Asosiy mazmunga o‘tish

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA GEOMETRIYAGA OID FAZOVIY TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ortikova Zulfiya Nurmakhamatovna1, Kadirova Mubinakhin Zukhriddin kizi22025

  1. 1Farg‘ona davlat universiteti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
  2. 2Farg‘ona davlat universiteti magistranti

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1034–1036

Annotatsiya

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometriyaga oid fazoviytasavvurlarni shakllantirish jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqoladao‘quvchilarning fazoviy tasavvur va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda innovatsion metodlar, interaktivtopshiriqlar va ijodiy yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. Natijada, geometrik tushunchalar orqalio‘quvchilarda mustaqil, ijodiy va tizimli fikrlashni shakllantirishning samarali yo‘llari asoslab berilgan

Boshqa tillarda

ruschaРАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ В ПРОЦЕССЕ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОСТРАНСТВЕННОГО ОБРАЗА ГЕОМЕТРИИ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

В данной статье рассматриваются вопросы развития творческого мышления в процессе формирования пространственных представлений о геометрии у учащихся начальной школы. Анализируется важность инновационных методов, интерактивных заданий и творческих подходов в развитии пространственного воображения и логического мышления учащихся. В результате обосновываются эффективные способы формирования самостоятельного, творческого и системного мышления у учащихся посредством геометрических понятий.

inglizchaDEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING IN THE PROCESS OF FORMING SPATIAL IMAGINE OF GEOMETRY IN PRIMARY STUDENTS

This article discusses the issues of developing creative thinking in the process of forming spatial representations of geometry in primary school students. The article analyzes the importance of innovative methods, interactive tasks and creative approaches in developing students‘ spatial imagination and logical thinking. As a result, effective ways of forming independent, creative and systematic thinking in students through geometric concepts are substantiated.

Kalit so‘zlar

  • geometriya
  • fazoviy tasavvur
  • kreativ fikrlash
  • boshlang‘ich ta‘lim
  • innovatsion metod

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA GEOMETRIYAGA OID FAZOVIY TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA KREATIV FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Ortiqova Zulfiya Nurmaxamatovna Farg‘ona davlat universiteti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, zn.ortiqova@gmail.com Qodirova Mubinaxin Zuxriddin qizi Farg‘ona davlat universiteti magistranti qodirovamubinaxon@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida geometriyaga oid fazoviy tasavvurlarni shakllantirish jarayonida kreativ fikrlashni rivojlantirish masalalari yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning fazoviy tasavvur va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda innovatsion metodlar, interaktiv topshiriqlar va ijodiy yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. Natijada, geometrik tushunchalar orqali o‘quvchilarda mustaqil, ijodiy va tizimli fikrlashni shakllantirishning samarali yo‘llari asoslab berilgan. Kalit soʻzlar: geometriya, fazoviy tasavvur, kreativ fikrlash, boshlangʻich ta’lim, innovatsion metod.

DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING IN THE PROCESS OF FORMING SPATIAL ILLUSTRATIONS ABOUT GEOMETRY IN PRIMARY GRADE STUDENTS

Ortikova Zulfiya Nurmakhamatovna Fergana State University, Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences, zn.ortiqova@gmail.com

Qodirova Mubinakhin Zukhridin kizi, Master's student of Fergana State University qodirovamubinaxon@gmail.com

Annotation: This article discusses the development of creative thinking in the process of forming spatial concepts related to geometry among primary school students. The importance of innovative methods, interactive tasks, and creative approaches in enhancing students’ spatial imagination and logical reasoning is analyzed. As a result, effective ways to foster independent, creative, and systematic thinking through geometric concepts are substantiated. Keywords: geometry, spatial thinking, creative thinking, primary education, innovative methods.

РАЗВИТИЕ КРЕАТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ В ПРОЦЕССЕ ФОРМИРОВАНИЯ ПРОСТРАНСТВЕННЫХ ИЛЛЮСТРАЦИЙ ПО ГЕОМЕТРИИ У УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Ортикова Зульфия Нурмахаматовна Ферганский государственный университет, доктор философии по педагогическим наукам, zn.ortiqova@gmail.com Кадирова Мубинахин Зухридин кызы, магистрант Ферганского государственного университета, qodirovamubinaxon@gmail.com

Аннотация: В данной статье рассматриваются вопросы развития креативного мышления в процессе формирования пространственных представлений по геометрии у учащихся начальных классов. Проанализировано значение инновационных методов, интерактивных заданий и творческого подхода в развитии пространственного воображения и логического мышления учащихся. В результате обоснованы эффективные пути формирования самостоятельного, творческого и системного мышления через геометрические понятия. Ключевые слова: геометрия, пространственное мышление, креативное мышление, начальное образование, инновационные методы.

Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish eng dolzarb masalalardan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf bosqichida o‘quvchilarning fazoviy tasavvurlari va geometrik fikrlash malakalarini rivojlantirish orqali ularning kreativ tafakkurini oshirish muhim ahamiyatga ega. Chunki geometriya bolalarda shakl, hajm, joylashuv va fazoviy munosabatlarni anglash orqali atrof-muhitni ongli idrok etishga yordam beradi. Shuningdek, kreativ fikrlash o‘quvchilarga yangi g‘oyalarni ilgari surish, muammolarga noodatiy yechim topish hamda o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish imkonini yaratadi. Tadqiqot jarayonida quyidagi metodlardan foydalanish mumkin: Kuzatish va suhbat — o‘quvchilarning geometriyaga oid bilimlarini aniqlash va ularning ijodiy fikrlash darajasini baholash uchun; Tajriba-sinov ishlari — o‘qituvchining kreativ metodlar asosida dars tashkil etishining samaradorligini aniqlash maqsadida; Tahlil va taqqoslash — mavjud metodik manbalar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish orqali nazariy asos yaratiladi. Amaliy bosqichda o‘quvchilarga geometrik shakllarni chizish, ularni birlashtirish orqali yangi figuralar yaratish, 3D konstruktorlar bilan ishlash, qog‘ozdan modellar yasash kabi kreativ topshiriqlar beriladi. Bundan tashqari, geometrik mashg‘ulotlarga kreativlik elementlarini qo‘shish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi. 1-sinf matematika darsligida o’quvchilarda kreativlikni shakllantirish uchun quyidagicha topshiriqlar berilgan:

. To’rtta bir xil kubdan shakl hosil qilindi. Agar bu shaklga tepadan qarasangiz, nimani ko’rasiz? To’g’ri shaklni aylanaga oling.(15-bet 7-misol)

Fazoviy tasavvurlarni shakllantirish jarayonida kreativ yondashuv o‘quvchilar tafakkurining faol, mustaqil va mantiqiy yo‘nalishda rivojlanishiga sabab bo‘ladi. An’anaviy metodlarda o‘quvchi ko‘proq kuzatuvchi bo‘lsa, kreativ metodlarda u faol ishtirokchiga aylanadi. Geometrik shakllarni o‘rganish jarayonida rangli karton, konstruktor, LEGO, 3D modellashtirish dasturlari va ijodiy o‘yinlardan foydalanish samarali natija beradi. Shuningdek, kreativlikni rivojlantirish uchun o‘qituvchi darsda savol-javob, mantiqiy topshiriq, loyiha ishlari, guruhli muhokama kabi interfaol metodlardan foydalanishi lozim. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometriyaga oid fazoviy tasavvurlarni shakllantirish bilan birga ularning kreativ fikrlashini rivojlantirish ta’lim sifatini oshiradi, o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi, izlanuvchan va ijodkor shaxs sifatida shakllantiradi. Shunday ekan, har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi geometriya darslarida kreativ yondashuvlardan unumli foydalanishi zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida geometriyaga oid fazoviy tasavvurlarni shakllantirish nafaqat matematik bilimlarni o‘zlashtirish, balki ularning tafakkurini, ijodiy yondashuvini, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fazoviy tasavvurlarni rivojlantirish jarayonida o‘quvchilarning atrof-muhitni idrok etish, shakllar, o‘lchamlar va joylashuvni aniqlash ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Bu esa ularda real hayotdagi masalalarni hal qilishga tayyorlikni shakllantiradi. Kreativ fikrlashni rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar, interaktiv metodlar, o‘yinli mashg‘ulotlar va vizual materiallar o‘quvchilarda matematika faniga qiziqishni oshiradi, o‘z fikrini erkin ifodalash, muammoga noodatiy yechim topish qobiliyatini kuchaytiradi. Shunday qilib, boshlang‘ich ta’limda geometriya elementlarini o‘qitish jarayoniga kreativ yondashuvni joriy etish — o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, fazoviy tafakkur va ijodiy salohiyatni shakllantirishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.

1. Jo‘raev, R. (2019). Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodikasi. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2. Tursunov, U., va Ergasheva, M. (2021). Matematika o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent: TDPU nashriyoti. 3. Tojiboeva, D. (2020). Boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari. Toshkent: “Ilm ziyo” nashriyoti. 4.Repyova I.V. 1-sinf . Matematika. Darslik. – Toshkent.: “Novda Edutainment” nashriyoti. 2023

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Jo‘raev, R. (2019). Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodikasi. Toshkent: “Fan va texnologiya”
  2. Tursunov, U., va Ergasheva, M. (2021). Matematika o‘qitish nazariyasi va metodikasi. Toshkent:
  3. TDPU nashriyoti.
  4. Tojiboeva, D. (2020). Boshlang‘ich sinflarda geometriya elementlarini o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari. Toshkent: “Ilm ziyo” nashriyoti.
  5. 4.Repyova I.V. 1-sinf . Matematika. Darslik. – Toshkent.: “Novda Edutainment” nashriyoti. 2023

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011583
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/596
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1034–1036
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25