“INCLUZIV TA‘LIMNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNI HAL ETISH YO‘LLARI”
Ortikov Rustamjon1, Solieva Dildora22025
- 1Farg‘ona Davlat Universiteti (FarDU) Ingliz Tili O‘qituvchisi (EFL teacher)
- 2Farg‘ona Davlat Universiteti (FarDU) 4-kurs talabasi Farg‘ona, O‘zbekiston
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1031–1034
Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada inklyuziv ta‘limning dolzarb masalalari, uning mohiyati,maqsadi va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Bugungi kunda har bir bolaga, shu jumladan jismoniy, aqliyyoki sensor cheklovlari bo‘lgan o‘quvchilarga ham teng ta‘lim imkoniyatlarini yaratish masalasi butundunyo ta‘lim tizimining markaziy yo‘nalishiga aylangan. Inklyuziv ta‘lim – bu faqat alohida ehtiyojlibolalarni umumiy ta‘lim muhitiga kiritish emas, balki har bir o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligini tan olganholda, ularning o‘qish, rivojlanish va ijtimoiylashuviga qulay sharoit yaratish tizimidir. Maqolada inklyuzivta‘limning nazariy asoslari, xalqaro tajribalar, milliy qonunchilikdagi yondashuvlar, pedagoglarning rolihamda ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiytayyorgarligini oshirish, maxsus metodik qo‘llanmalar yaratish, o‘quv muassasalarini texnik va didaktikjihatdan moslashtirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot davomida inklyuziv muhitda o‘qituvchi vao‘quvchi o‘rtasida empatiya, bag‘rikenglik, ijtimoiy moslashuv va hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyatiko‘rsatib o‘tiladi. Inklyuziv ta‘limni rivojlantirishning muhim sharti sifatida davlat siyosati, mahalliyboshqaruv organlari, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyatning birgalikdagi mas‘uliyati alohida e‘tirofetilgan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida O‘zbekistonda inklyuziv ta‘limni yanadatakomillashtirish bo‘yicha metodik, tashkiliy va psixologik tavsiyalar beriladi.
Boshqa tillarda
ruscha«Актуальные проблемы инклюзивного образования и пути их решения»
Данная научная статья всесторонне рассматривает актуальные вопросы инклюзивного образования, его сущность, цель и практическое значение. Сегодня вопрос создания равных образовательных возможностей для каждого ребенка, включая учащихся с физическими, умственными или сенсорными нарушениями, стал центральным направлением всей мировой системы образования. Инклюзивное образование – это не просто включение детей с особыми потребностями в общую образовательную среду, но и система создания благоприятных условий для их обучения, развития и социализации, с учетом уникальности каждого ученика. В статье анализируются теоретические основы инклюзивного образования, международный опыт, подходы в национальном законодательстве, роль педагогов, а также процессы социально-психологической адаптации. Также обсуждается необходимость повышения квалификации учителей, создания специальных методических пособий и адаптации образовательных учреждений с технико-дидактической точки зрения. В исследовании подчеркивается важность развития эмпатии, толерантности, социальной адаптации и сотрудничества между учителями и учениками в инклюзивной среде. Важным условием развития инклюзивного образования признается совместная ответственность государственной политики, местных властей, учителей, родителей и общества. В статье представлены методологические, организационные и психологические рекомендации по дальнейшему совершенствованию инклюзивного образования в Узбекистане, основанные на анализе передового зарубежного опыта.
inglizcha"CURRENT ISSUES OF INCLUSIVE EDUCATION AND WAYS TO SOLUTION THEM"
This scientific article broadly covers the current issues of inclusive education, its essence, purpose and practical significance. Today, the issue of creating equal educational opportunities for every child, including students with physical, mental or sensory disabilities, has become the central direction of the entire world education system. Inclusive education is not just about including children with special needs in the general educational environment, but also a system of creating favorable conditions for their learning, development and socialization, while recognizing the uniqueness of each student. The article analyzes the theoretical foundations of inclusive education, international experience, approaches in national legislation, the role of educators, as well as the processes of socio-psychological adaptation. It also discusses the need to improve the professional training of teachers, create special methodological manuals, and adapt educational institutions from a technical and didactic perspective. The study highlights the importance of developing empathy, tolerance, social adaptation and cooperation between teachers and students in an inclusive environment. The joint responsibility of state policy, local authorities, teachers, parents and society is recognized as an important condition for the development of inclusive education. The article provides methodological, organizational and psychological recommendations for further improving inclusive education in Uzbekistan, based on an analysis of advanced foreign experiences.
Kalit so‘zlar
- Incluziv ta‘lim
- dolzarb masalalar
- ta‘limga kirish imkoniyati
- pedagogik strategiyalar
- ijtimoiy inklyuziya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
“INCLUZIV TA’LIMNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNI HAL ETISH YO‘LLARI”
Ortiqov Rustamjon Fargʻona Davlat Universiteti (FarDU) Ingliz Tili Oʻqituvchisi (EFL teacher) E-mail: rortiqov90@gmail.com Soliyeva Dildora – Fargʻona Davlat Universiteti (FarDU) 4-kurs talabasi Fargʻona, Oʻzbekiston E-mail: soliyevadildora57@gmail.com
Annotatsiya. Mazkur ilmiy maqolada inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari, uning mohiyati, maqsadi va amaliy ahamiyati keng yoritilgan. Bugungi kunda har bir bolaga, shu jumladan jismoniy, aqliy yoki sensor cheklovlari bo‘lgan o‘quvchilarga ham teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish masalasi butun dunyo ta’lim tizimining markaziy yo‘nalishiga aylangan. Inklyuziv ta’lim – bu faqat alohida ehtiyojli bolalarni umumiy ta’lim muhitiga kiritish emas, balki har bir o‘quvchi shaxsining o‘ziga xosligini tan olgan holda, ularning o‘qish, rivojlanish va ijtimoiylashuviga qulay sharoit yaratish tizimidir. Maqolada inklyuziv ta’limning nazariy asoslari, xalqaro tajribalar, milliy qonunchilikdagi yondashuvlar, pedagoglarning roli hamda ijtimoiy-psixologik moslashuv jarayonlari tahlil qilingan. Shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, maxsus metodik qo‘llanmalar yaratish, o‘quv muassasalarini texnik va didaktik jihatdan moslashtirish zarurati ilmiy asosda yoritilgan. Tadqiqot davomida inklyuziv muhitda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida empatiya, bag‘rikenglik, ijtimoiy moslashuv va hamkorlikni rivojlantirishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Inklyuziv ta’limni rivojlantirishning muhim sharti sifatida davlat siyosati, mahalliy boshqaruv organlari, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamiyatning birgalikdagi mas’uliyati alohida e’tirof etilgan. Maqolada ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili asosida O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni yanada takomillashtirish bo‘yicha metodik, tashkiliy va psixologik tavsiyalar beriladi. Kalit soʻzlar: Incluziv ta’lim, dolzarb masalalar, ta’limga kirish imkoniyati, pedagogik strategiyalar, ijtimoiy inklyuziya
CURRENT ISSUES IN INCLUSIVE EDUCATION AND WAYS TO ADDRESS THEM
Ortiqov Rustamjon-english language teacher (FarSU) E-mail:rortiqov90@gmail.com
Soliyeva Dildora-4th year student (FarSU) Fergana Uzbekistan E-mail: soliyevadildora57@gmail.com
Abstract: This scientific article explores the current issues in inclusive education, its essence, objectives, and practical significance. Today, ensuring equal educational opportunities for every child, including those with physical, intellectual, or sensory impairments, has become a central focus of global education systems. Inclusive education is not merely about integrating students with special needs into general education settings; it is a system that recognizes each student’s individuality and creates favorable conditions for their learning, development, and socialization. The article analyzes the theoretical foundations of inclusive education, international experiences, approaches in national legislation, the role of educators, and socio-psychological adaptation processes. Additionally, the necessity to enhance teacher professional development, create specialized methodological guides, and adapt educational institutions technically and didactically is scientifically highlighted. The research emphasizes the importance of developing empathy, tolerance, social adaptation, and collaboration between teachers and students in an inclusive environment. A crucial condition for the development of inclusive education is the shared responsibility of state policies, local authorities, teachers, parents, and society. Based on the analysis of advanced international practices, the article provides methodological, organizational, and psychological recommendations for further improving inclusive education in Uzbekistan. Key words: Inclusive education, current issues, educational accessibility, pedagogical strategies, social inclusion
АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ПУТИ ИХ РЕШЕНИЯ
Ортиков Рустамжон-преподаватель английского языка (ФарГУ) Электронная почта:rortiqov90@gmail.com Солиева Дилдора-студентка 4 курса (ФарГУ) Фергана Узбекистан Электронная почта: solievadildora57@gmail.com
Аннотация: В данной научной статье рассматриваются актуальные вопросы инклюзивного образования, его суть, цели и практическое значение. В настоящее время обеспечение равных возможностей для обучения каждого ребенка, включая учащихся с физическими, интеллектуальными или сенсорными ограничениями, стало центральным направлением системы образования во всем мире. Инклюзивное образование – это не только включение детей с особыми потребностями в общую образовательную среду, но и система, признающая индивидуальность каждого ученика и создающая благоприятные условия для его обучения, развития и социализации. В статье анализируются теоретические основы инклюзивного образования, международный опыт, подходы в национальном законодательстве, роль педагогов и процессы социально-психологической адаптации. Также научно обоснована необходимость повышения профессиональной подготовки учителей, создания специальных методических пособий и адаптации образовательных учреждений с технической и дидактической точки зрения. В исследовании подчеркивается важность развития эмпатии, терпимости, социальной адаптации и сотрудничества между учителями и учениками в инклюзивной среде. Важным условием развития инклюзивного образования является совместная ответственность государственных органов, местного самоуправления, педагогов, родителей и общества. На основе анализа передового зарубежного опыта в статье даются методические, организационные и психологические рекомендации по дальнейшему совершенствованию инклюзивного образования в Узбекистане. Ключевые словa. Инклюзивное образование, актуальные вопросы, доступность образования, педагогические стратегии, социальная инклюзия
Kirish Zamonaviy jamiyatda har bir insonning ta’lim olish huquqi, qobiliyatidan, sog‘lig‘idan yoki ijtimoiy holatidan qat’i nazar, ta’minlanishi demokratik rivojlanishning muhim belgisi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, inklyuziv ta’lim tizimi bugungi kunda nafaqat pedagogika fanining, balki butun
jamiyatning dolzarb masalasiga aylangan. Inklyuziv ta’limning bosh maqsadi — barcha bolalarga bir xil ta’lim imkoniyatlarini yaratish, ularning ijtimoiy hayotda to‘liq ishtirok etishini ta’minlash, nogironlik yoki rivojlanishdagi farqlarni to‘siq sifatida emas, balki insoniyat xilma-xilligini ifodalovchi boylik sifatida qabul qilishdan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda inklyuziv ta’lim sohasida sezilarli islohotlar amalga oshirilmoqda: maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari bosqichmabosqich moslashtirilmoqda, maxsus ehtiyojli bolalar uchun individual ta’lim dasturlari ishlab chiqilmoqda, pedagoglar esa inklyuziv metodikalarga o‘rgatilmoqda.[1] Bunday yondashuv ta’limda insonparvarlik, tenglik va ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlaydi. Inklyuziv ta’lim shunchaki maxsus ehtiyojli bolalarga yordam berish emas, balki barcha o‘quvchilarda bag‘rikenglik, insonparvarlik, bir-birini tushunish va hurmat qilish kabi muhim fazilatlarni shakllantiruvchi ijtimoiy jarayondir.[2] Shu bois, inklyuziv ta’limni rivojlantirish har bir o‘qituvchidan o‘z faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, yangi metodlarni o‘zlashtirish, har bir bola uchun individual yondashuvni ishlab chiqish mahoratini talab etadi. Inklyuziv muhitda o‘quvchi o‘zini qabul qilingan, qadrlangan va to‘laqonli jamoa a’zosi sifatida his etadi, bu esa uning psixologik barqarorligi va ijtimoiy faolligini oshiradi. Shu ma’noda, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish jamiyatning kelajagi, inson qadri va tenglik tamoyillarini ro‘yobga chiqarishning eng muhim garovidir. Asosiy qism Incluziv ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir talabaning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, teng huquqli ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu nafaqat nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni, balki barcha talabalarning ijtimoiy, psixologik va akademik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi. Bugungi kunda incluziv ta’limning dolzarb masalalari bir qator asosiy yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi.[3] Eng avvalo, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini incluzivlik talablariga moslashtirish masalasi dolzarb hisoblanadi, chunki ko‘plab maktablar va universitetlarda nogironligi bo‘lgan talabalar uchun sharoit yaratishda muammolar mavjud. Masalan, aravachada harakatlanadigan talabalar uchun ramkali eshiklar, maxsus liftlar, sensorli panel va boshqa qulayliklarning yetishmasligi ta’lim jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Shu sababli, davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligida ta’lim muassasalarini zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash masalasi ayni paytda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shuningdek, pedagog kadrlarning incluziv ta’limga tayyorligi muhim masala sifatida namoyon bo‘ladi, chunki ko‘plab o‘qituvchilar zamonaviy pedagogik metodlar, individual yondashuv va maxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash bo‘yicha yetarli malakaga ega emas. Shu bois, o‘qituvchilarni qayta tayyorlash, maxsus treninglar va seminarlar orqali ularni incluziv pedagogika metodlari bilan tanishtirish bugungi kunda alohida e’tibor talab qiladi.[4] Pedagoglarning bilim va malakasi talabaning ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ijtimoiy va psixologik muhitni yaratish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega, chunki incluziv ta’limning samarasi nafaqat jismoniy sharoitlar va o‘qituvchi malakasiga, balki sinf va maktabning umumiy ijtimoiy-madaniy muhitiga ham bog‘liq. Talabalar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, diskriminatsiya va stereotiplardan holi ijtimoiy muhit yaratish zarur, shuningdek, ota-onalarni ham incluziv ta’lim jarayoniga jalb qilish va ularning qo‘llab-quvvatlashini ta’minlash bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir.[5] Ta’lim jarayonida texnologiyalardan foydalanish masalasi ham katta ahamiyatga ega, chunki zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, pedagogik dasturlar, interaktiv ta’lim resurslari va maxsus dasturlar incluziv ta’limni samarali qilishda katta imkoniyatlar yaratadi, lekin texnologik imkoniyatlardan barcha talabalar, jumladan maxsus ehtiyojli shaxslar teng darajada foydalanishi uchun zarur infratuzilma va dasturlar ishlab chiqilishi lozim. Bundan tashqari, ta’lim standartlari va qonuniy asoslarni takomillashtirish masalasi ham dolzarb hisoblanadi, chunki ko‘plab mamlakatlarda incluziv ta’limni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar mavjud bo‘lsa-da, amaliyotda ularni to‘liq tatbiq etish qiyinchilik tug‘diradi.[6] Shu bois, ta’lim siyosatini takomillashtirish, standartlarni inclusiv yondashuv asosida ishlab chiqish va ularni amaliyotga samarali tatbiq etish bugungi kunda zarur bo‘lgan chora-tadbir hisoblanadi. Natijada, incluziv ta’limning dolzarb masalalari nafaqat moddiy-texnik va pedagogik jihatlar, balki ijtimoiy-madaniy muhit, texnologik qo‘llab-quvvatlash va huquqiy asoslarni mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimi ushbu muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar orqali barcha talabalarga teng imkoniyatlar yaratishi, ularni jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli integratsiya qilishi lozim.[7] Xulosa Incluziv ta’limning dolzarb masalalari va ularni hal etish yo‘llari zamonaviy ta’lim tizimining samaradorligi va barqaror rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarining moddiy-
texnik bazasini zamonaviy talablarga moslashtirish, pedagog kadrlarni incluziv yondashuvlar bo‘yicha tayyorlash, ijtimoiy-madaniy muhitni shakllantirish, texnologik imkoniyatlardan foydalanish va qonuniy asoslarni mustahkamlash kabi masalalar bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning har biri ta’lim jarayonining sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.[8] Incluziv ta’lim orqali barcha talabalarga teng imkoniyatlar yaratish, ularni jamiyat hayotiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish, shuningdek, stereotiplar va ijtimoiy to‘siqlardan holi ijtimoiy muhitni shakllantirish mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, interaktiv ta’lim resurslari va pedagogik dasturlar incluziv ta’limni yanada samarali qiluvchi vositalar sifatida muhim o‘rin tutadi, lekin ularning barcha talabalarga teng taqsimlanishi va qulaylik yaratishi ta’minlanishi zarur. Incluziv ta’limni rivojlantirish orqali nafaqat nogironligi yoki maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning, balki barcha talabalar va o‘qituvchilarning ijtimoiy va pedagogik rivojlanishi qo‘llab-quvvatlanadi. Shunday qilib, incluziv ta’limning dolzarb masalalarini hal etish jarayoni kompleks va uzluksiz yondashuvni talab qiladi, bu esa ta’lim tizimini yanada adolatli, samarali va barqaror qiluvchi muhim qadam sifatida namoyon bo‘ladi, hamda har bir talabaning o‘z imkoniyatlarini to‘liq amalga oshirishiga sharoit yaratadi.[9]
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Ainscow, M., Booth, T., & Dyson, A. (2006). Improving schools, developing inclusion. Routledge.
- Armstrong, F. (2010). Inclusive education: Policy, contexts and comparative perspectives. Routledge.
- Florian, L. (2014). The SAGE Handbook of Special Education. SAGE Publications.
- Loreman, T., Deppeler, J., & Harvey, D. (2010). Inclusive education: Supporting diversity in the classroom. Routledge.
- Mittler, P. (2000). Working towards inclusive education: Social contexts. David Fulton Publishers.
- Norwich, B. (2008). Dilemmas of difference, inclusion and disability: International perspectives. Routledge.
- UNESCO. (1994). The Salamanca Statement and Framework for Action on Special Needs Education. Paris: UNESCO.
- UNESCO. (2020). Global Education Monitoring Report: Inclusion and education. Paris: UNESCO Publishing.
- Vlachou, A. (2010). Education, inclusion and social justice. Cambridge Scholars Publishing.
- Wright, P., & Dyson, A. (2012). Inclusive education: Principles and practices. Bloomsbury Academic.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011582
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/594
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1031–1034
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25