Asosiy mazmunga o‘tish

YOSHLARNING IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI ROLI

Muhammadjonova Shahzoda Bakhtiyor kizi1, B. A. Tillayev22025

  1. 1Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 1- bosqich talabasi
  2. 2Tarixiy va falsafiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1015–1016

Annotatsiya

Ushbu maqolada bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiyrivojlanishdagi roli va hukumatimiz tomonidan ularga berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr vamulohazalar o‘z aksini topgan.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ МОЛОДЕЖИ В СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ

В данной статье отражены мысли и мнения о роли молодежи в социально-экономическом развитии Узбекистана сегодня и о возможностях, предоставляемых ей нашим правительством.

inglizchaTHE ROLE OF YOUTH IN SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT

This article reflects thoughts and opinions on the role of youth in socio-economic development in Uzbekistan today and the opportunities provided to them by our government.

Kalit so‘zlar

  • Globallashuv
  • innovatsiya
  • sun‘iy intellekt
  • strategiya
  • IT
  • ijtimoiy ko‘rsatkich
  • brend
  • raqamli iqtisodiyot
  • intellektual salohiyat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

YOSHLARNING IJTIMOIY IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI ROLI

Muhammadjonova Shahzoda Baxtiyor qizi Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1- bosqich talabasi Ilmiy rahbar:Tarixiy va falsafiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi B. A. Tillayev

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda O'zbekistonda yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishdagi roli va hukumatimiz tomonidan ularga berilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr va mulohazalar o'z aksini topgan. Kalit so'zlar: Globallashuv, innovatsiya, sun'iy intellekt, strategiya, IT, ijtimoiy ko'rsatkich, brend, raqamli iqtisodiyot intellektual salohiyat.

РОЛЬ МОЛОДЕЖИ В СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОМ РАЗВИТИИ

Аннотация: В данной статье отражены взгляды и мнения о роли молодёжи в социалноэкономическом развитии современного Узбекистана и возможностях, предоставляемых ей нашим государством. Ключевые слова: Глобализация, инновации, искусственный интеллект, стратегия, IT, социальный индикатор, бренд, цифровая экономика, интеллектуальный потенциал.

THE ROLE OF YOUTH IN SOCIAL ECONOMIC DEVELOPMENT

Annotation: This article reflects the views and opinions on the role of youth in socio-economic development in Uzbekistan today and the opportunities provided to them by our government. Keywords: Globalization, innovation, artificial intelligence, strategy, IT, social indicator, brand, digital economy, intellectual potential.

Jahonda raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanayotgan davrda kechagi kunning mevasi, bugungi kunning qahramonlari va ertangi kunning umidi bo'lgan yoshlarning o'rni beqiyosdir. Diqqatimizni ko'zlari "yonib" turgan 3-renessansni barpo qilaman deya bong urayotgan kelajak egalariga qaratadigan bo'lsak, ularda shijoat va yangiliklarni tezkorlik bilan qabul qilish, intellektual salohiyatini boyitish kabi sifatlat yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu esa bizni yanada kattaroq marralarni zabt eta olishimizga umid bog‘laydi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonga o'zining tezkorligi va intiluvchanligi bilan o'z hissasini qo'shadigan yoshlar "suv va havodek" zarur. Qaysiki rivojlangan davlatlarning tajribalarini o'rganmaylik, barchasida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va ularning har qanday faoliyat turida o'rni yuqoriligini sezish mumkin. Xususan, O'zbekistonda ham yoshlarning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida o'rni beqiyos bo‘lib, bugungi kunda innovatsiya va texnologiyalardan ustalik bilan foydalanib IT, sun'iy intellekt, yashil iqtisodiyotni shiddat bilan rivojlantirishmoqda.[1] Ular erishayotgan yutuqlari esa bugungi kunda nafaqat

o‘z jamiyatlariga balki butun insoniyatga ham xizmat qilmoqda. Bu esa yoshlarimizni yanada kuchli bilimlar bilan qurollantirishimiz zarur ekanligini ko‘rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'zbekiston yoshlari-2030" kontseptsiyasiga binoan yoshlarning innovatsion g‘oya va tashabbuslarini har tomonlama qo‘llabquvvatlash, startap g‘oyalarini rag‘batlantirish, ularni tadbirkorlik va ishlab chiqarishga faol jalb etishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy sharoitlarni yaratish vazifasi yuklatilgan edi. Bunga javoban yoshlarimiz yuqori natijalarni qayd etib, sun'iy Intellektga tayyorlik bo'yicha xalqaro indeksda 17 pog'ona yuqoriladi va Markaziy Osiyodagi 188 ta davlatlar ichida 70-o'rinni egallab turibdi. Bir million Dasturchi (One Million Programmers) loyihasi doirasida 325 ming nafardan ortiq yosh IT yo'nalishida ta'lim olgan. [2] Bunday loyihalarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad yoshlar orasida dasturlash va raqamli ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Xalqaro savdo va jahon iqtisodiyotida ham yoshlarning o'rni sezilmoqda, ular nafaqat tadbirkorlik, bundan tashqari yangi ish o'rinlarini yaratish bo‘yicha ham, o'z mahsulotlarini ishlab chiqarish va o‘z brendlarini yaratishga intilishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning farmonlari bilan "Yoshlarni kasb hunarga o'rgatish, tadbirkorlikka jalb qilish, bandligini ta'minlash" tizimi yaratildi. Bunga javoban IT PARK rezidentlari bo'lgan yoshlar tomonidan tashkil etilgan startaplar ayniqsa (FinTech, Logistika yo'nalishlarida) xalqaro bozorga chiqib, millionlab dollar investitsiyalarni jalb qilmoqda.[3] Shu bilan birga, yoshlarni kasbhunarga o‘rgatish bo‘yicha Hunar maktablarining tashkil etilishi, yoshlar uchun imtiyozli kreditlarni berilishi so‘zimizni isboti deya olamiz. Shubhasiz, millatning rivojlanishida faqatgina iqtisodiy tomondan emas, ijtimoiy ko'rsatkichlar ham muhim rol o'ynaydi. Jamiyatning holati madaniy, ma'rifiy, milliy qadriyatlar va siyosati bilan ham belgilanadi. Ular azaldan shakllanib kelgan milliy qadriyat va urf-odatlarimizni, an'ana va udumlarimizni targ'ib qilishda, ularga hurmat bilan qarashda, yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, sport sohasini oladigan bo'lsak, FIFA va 2024-yilda bo'lib o'tgan (2024 Summer Olympics) o'yinlarida mamlakatimiz tayanchlari an'anaviy musiqa asboblari tanbur, doira dutor kabi cholg'ularimiz bilan, milliy kiyimlarimizda qatnashib, milliyligimizni targ'ib qilishdi. Yana bir misol O'zbekiston yosh dizaynerlari Italiyaning Milan moda haftaligi doirasida o'z kolleksiya va brendlarini namoyish qilib butun jahonga millatning milliyligi va an'analarini namoyish qilishdi. Zukko yoshlarimiz mamlakatimizning har jihatdan iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishida katta rol o'ynaydigan alohida qatlam. Ularga Davlatimiz rahbari tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlarning chegarasi yo'q. Gap isboti bilan deganlaridek, ushbu fikrimga misol tariqasida yurtboshimiz 2024-yilni "Yoshlar va biznesni qo'llab quvvatlash yili" deb e'lon qilingani, O'zbekiston-2030 strategiyasini, 30-iyun Yoshlar kuni deb belgilanganligi va ushbu sana keng miqyosda ko'tarinkilik ruhi bilan o'tkazilishini misol qilib keltirish mumkin.[5] Aynan shu sanada Yurtboshimiz ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etilib, davlatimizni har jihatdan rivojlantirayotgan va o'zining ilmiy salohiyati, bilimi va yuqori intellekti bilan yuqori marralarni zabt etayotgan yoshlarimizga "Kelajak bunyodkori" "Mard o'g'lon" davlat mukofotlari topshiriladi. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ertangi kun egalari millatning har jihatdan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Yoshlar har jihatdan yetuk va barkamol shaxs sifatida tarbiyalanib, jamiyatning rivoji uchun o’z hissalarini qo’shishlari kerak. O’zbekistonning kelajagi,rivojlanishi va taraqqiy etishi, xalqaro maydonda yuqori marralarni egallashi biz yoshlarning qo’lida. O'z fikrimni Muhtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning ushbu so'zlari bilan yakunlamoqchiman" Men yoshlarimizga ishonaman. Ular O'zbekistonning bunyodkori bo'ladilar". Shunday ekan, yoshlar o'zlarida daxldorlik hissini tuygan holda o'z oldiga aniq maqsad va strategiyalarini belgilab, imkoniyatlardan samarali foydalanishi darkor. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichlarga olib chiqishga qaratilgan choratadbirlar to'g'risidagi qaror 2. Raqamli Texnologiyalar Vazirligi matbuot xizmati 3. IT PARK O'ZBEKISTON. "2025-yil natijalari:IT xizmatlar eksporti va Venchur investitsiyalar hajmi" 4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6017-son Farmon(2020-yil 30-iyun)

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichlarga olib chiqishga qaratilgan choratadbirlar to'g'risidagi qaror
  2. Raqamli Texnologiyalar Vazirligi matbuot xizmati
  3. IT PARK O'ZBEKISTON. "2025-yil natijalari:IT xizmatlar eksporti va Venchur investitsiyalar
  4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6017-son Farmon(2020-yil 30-iyun)

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011575
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/587
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1015–1016
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25