PEDAGOGIK BREND: O‘QITUVCHI SHAXSIY VA KASBIY KOMPETENSIYASI UYG‘UNLASHUVIDIR.
Abdirasilova Kamola Mirodil qizi1, Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi22025
- 1ChDPU pedagogika yo‘nalishi 4-kurs talabasi
- 2ChDPU Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1007–1011
Annotatsiya
Ushbu maqolada pedagogik brend tushunchasi va uning o‘qituvchi shaxsiy hamdakasbiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. O‘qituvchining shaxsiy brendi ta‘lim jarayonidasamaradorlikni oshirish, o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblar orasida ishonch va hurmat qozonishdamuhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada o‘qituvchining o‘zini namoyon qilishi uchun zarur bo‘lganfazilatlar — kasbiy mahorat, axloqiy madaniyat, kommunikativ ko‘nikmalar, tashabbuskorlik, innovatsionyondashuv kabi jihatlar tahlil qilinadi
Boshqa tillarda
ruschaПЕДАГОГИЧЕСКИЙ БРЕНД: ИНТЕГРАЦИЯ ЛИЧНОЙ И ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ УЧИТЕЛЯ.
В данной статье рассматривается концепция педагогического бренда и его важность для личностного и профессионального развития учителя. Личный бренд учителя интерпретируется как важный фактор повышения эффективности образовательного процесса, завоевания доверия и уважения среди учеников, родителей и коллег. В статье анализируются качества, необходимые учителю для самовыражения, такие как профессиональные навыки, этическая культура, коммуникативные навыки, инициативность и новаторский подход.
inglizchaPEDAGOGICAL BRAND: THE INTEGRATION OF A TEACHER‘S PERSONAL AND PROFESSIONAL COMPETENCE.
This article discusses the concept of pedagogical brand and its importance in the personal and professional development of a teacher. The teacher‘s personal brand is interpreted as an important factor in increasing efficiency in the educational process, gaining trust and respect among students, parents and colleagues. The article analyzes the qualities necessary for a teacher to demonstrate himself - such as professional skills, ethical culture, communicative skills, initiative, and an innovative approach.
Kalit so‘zlar
- Pedagogik brend
- o‘qituvchi imiji
- kasbiy mahorat
- pedagogik etika
- pedagogik kompetensiya
- shaxsiy brend
- professional rivojlanish
- ta‘lim sifati
- pedagogik madaniyat
- o‘qituvchi obro‘si
- innovatsion o‘qituvchi
- ijodkorlik
- o‘quvchi bilan muloqot
- liderlik fazilatlari
- o‘qituvchi imidji va brendi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
PEDAGOGIK BREND: O‘QITUVCHI SHAXSIY VA KASBIY KOMPETENSIYASI UYG‘UNLASHUVIDIR.
Abdirasilova Kamola Mirodil qizi ChDPU pedagogika yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ilmiy rahbar: Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi ChDPU Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi ORCID ID: https://orcid.org/0009-0006-4669-0483 jamoldinova.cspu@gmail.com, [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik brend tushunchasi va uning o‘qituvchi shaxsiy hamda kasbiy rivojlanishidagi ahamiyati yoritilgan. O‘qituvchining shaxsiy brendi ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish, o‘quvchilar, ota-onalar va hamkasblar orasida ishonch va hurmat qozonishda muhim omil sifatida talqin etiladi. Maqolada o‘qituvchining o‘zini namoyon qilishi uchun zarur bo‘lgan fazilatlar — kasbiy mahorat, axloqiy madaniyat, kommunikativ ko‘nikmalar, tashabbuskorlik, innovatsion yondashuv kabi jihatlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Pedagogik brend, o‘qituvchi imiji, kasbiy mahorat, pedagogik etika, pedagogik kompetensiya, shaxsiy brend, professional rivojlanish, ta’lim sifati, pedagogik madaniyat, o‘qituvchi obro‘si, innovatsion o‘qituvchi, ijodkorlik, o‘quvchi bilan muloqot, liderlik fazilatlari, o‘qituvchi imidji va brendi.
PEDAGOGICAL BRAND: THE INTEGRATION OF A TEACHER'S PERSONAL AND PROFESSIONAL COMPETENCE
Abdirasilova Kamola Mirodil qizi Chirchik State Pedagogical University 4th year student of Pedagogy Scientific supervisor: Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi Chirchik State Pedagogical University Teacher of the Department of Pedagogy ORCID ID: https://orcid.org/0009-0006-4669-0483 jamoldinova.cspu@gmail.com, [telefon raqami yashirilgan]
Abstract: This article discusses the concept of a pedagogical brand and its importance in the personal and professional development of a teacher. A teacher's personal brand is interpreted as an important factor in increasing efficiency in the educational process, gaining trust and respect among students, parents, and colleagues. The article analyzes the qualities necessary for a teacher to express himself - such as professional skills, ethical culture, communicative skills, initiative, and an innovative approach. Keywords: Pedagogical brand, teacher image, professional skills, pedagogical ethics, pedagogical competence, personal brand, professional development, quality of education, pedagogical culture, teacher reputation, innovative teacher, creativity, communication with students, leadership qualities, teacher image and brand.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ БРЕНД: ИНТЕГРАЦИЯ ЛИЧНОЙ И ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ УЧИТЕЛЯ.
Abdirasilova Kamola Mirodil qizi студент 4 курса педагогического факультета ЧДПУ Научный руководитель: Jamoldinova Sayyora Nodirbek qizi Преподаватель кафедры педагогики ЧДПУ ORCID ID: https://orcid.org/0009-0006-4669-0483 jamoldinova.cspu@gmail.com, [telefon raqami yashirilgan]
Аннотация: В статье рассматривается понятие педагогического бренда и его значение в личностном и профессиональном развитии учителя. Личный бренд учителя рассматривается как важный фактор повышения эффективности образовательного процесса, завоевания доверия и уважения среди учеников, родителей и коллег. Анализируются качества, необходимые учителю для самовыражения, такие как профессиональные навыки, этическая культура, коммуникативные навыки, инициативность и инновационный подход. Ключевые слова: Педагогический бренд, имидж учителя, профессиональные навыки, педагогическая этика, педагогическая компетентность, личностный бренд, профессиональное развитие, качество образования, педагогическая культура, репутация учителя, инновационный учитель, креативность, общение с учениками, лидерские качества, имидж и бренд учителя.
Assosiy qism. Pedagogik brend — bu o‘qituvchining shaxsiy sifatlari, kasbiy mahorati va o‘zini taqdim etish qobiliyatini o‘z ichiga olgan professional obrazidir. U o‘qituvchi obro‘sini mustahkamlashga, o‘quvchilar ishonchini qozonishga va o‘ziga xos ta'sirchanlikni yaratishga yordam beradi. Pedagogik brendni shakllantirishning asosiy bosqichlari: Ichki va tashqi tahlil: Pedagog o‘zining shaxsiy va kasbiy sifatlarini tahlil qiladi, kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi, o‘zining qimmatli qobiliyatlarini belgilaydi. Maqsadli auditoriyani tushunish: O‘quvchilarning o‘qituvchi haqidagi tasavvurini tushunish va ularning nuqtai nazaridan qanday qilib mutaxassis sifatida obro‘ga ega bo‘lishni o‘rganish muhimdir. O‘zini taqdim etish: O‘qituvchi o‘zini qanday taqdim etishini, qaysi jihatlarga e'tibor qaratishini va qaysi ma'lumotlarni o‘z auditoriyasiga yetkazishni o‘ylab ko‘rishi kerak.
Qiymatli kontentni taqdim etish: Audiotoriya qiziqishini uyg‘otish uchun qiziqarli ma'lumotlar, o‘z kasbiga kirib kelishi haqidagi hikoya, qiziqarli tajribalar yoki kelajakdagi g‘oyalar bilan o‘rtoqlashish mumkin. Qimmatli qobiliyatlarni ko‘rsatish: Pedagog o‘zining eng yaxshi tajribalarini ko‘rsatishi, yangi g‘oyalarni taqdim etishi, o‘quvchilarga o‘zidan biror narsa o‘rganishga imkon beradigan qimmatli kontentni taqdim etishi kerak. O‘qituvchining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o‘quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar orasida obro - e’tibor qozonishini ta’minlaydi. Darsda o‘qituvchi rahbarligida har bir o‘quvchining bilim olish xususiyatlari hisobga olinadi. O‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda shakllantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Zamonaviy o’qituvchi quyidagilarni o’z vazifasi deb bilishi kerak : - O‘z mutaxassisligi bo’yicha eng so’nggi bilimlardan xabardor bo’lishi, ta’limni pedtexnologiyalar hamda axborot texnologiyalaridan foydalanib, amaldagi o’quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etishi; - ta’limda o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olib, o’z mahoratini, bilimini va qobilyatini namoyish etishi; - o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olgan holda ular tomonidan bilimlarni o’zlashtirishga sharoit yaratish; - o‘quvchilar tomonidan o’rganilayotgan o’quv fanlarining o’zaro aloqadorligini ta’minlash; - shaxsni har tomonlama kamol topishini faollashtirish; O‘qituvchi o‘z tajribasidan kelib chiqib, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagilarga qattiq e’tibor berishi shart. - integral fanlarning ilg’or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni zamonaviy o’quv –tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; - darsda barcha didaktik tamoyila qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash; - o‘quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olish; - o‘quvchining o‘zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo’yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; Hozirgi kun o’qituvchisi eng avvalo, faol, mehnatkash, fidoyi, talabchan, izlanuvchan, davr bilan hamnafas hamda ijodkor bo’lishi kerak! O‘qituvchilik – katta san’atdir. Bu san’atga pedagog osongina, o‘z-o‘zidan erisha olmaydi. Mashhur pedagog Yan Amos Komenskiy “O‘qituvchilik yer yuzidagi har qanday kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” ekanligini ta’kidlaydi. O‘qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar bo‘lishi kerakligini aytadi: vijdonli, mehnatkash, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, o‘quvchilarga otalaridek muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va o‘z e’tiqodiga ega bo‘lgan shaxs. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda belgilab qo‘yilishicha tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan o‘tgachgina ta’lim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi beriladi. “Brand” so‘zi qadimgi skandinavcha “brandr” so‘zidan olingan bo‘lib, “yoqmoq” yoki “tamg‘a bosmoq” degan ma’noni bildiradi. Dastlab chorvadorlar o‘z hayvonlariga tamg‘a bosish orqali egasini ajratishgan. 2. Birinchi tijorat brendlari XIX asrda paydo bo‘lgan. Masalan, Coca-Cola (1886 yilda) va Pepsi (1898 yilda) eng qadimgi global brendlardan hisoblanadi. 3. Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotining 50% dan ortig‘i mashhur brendlar (Apple, Google, Amazon, Microsoft va boshqalar) orqali shakllanadi. 4. Brendning asosiy elementi – bu ishonch. Odamlar sifatli mahsulot emas, ishonchli tajriba sotib oladi.
5. Brendni tan olish darajasi odatda ko‘rish, eshitish, his qilish orqali shakllanadi – bu idrok kanallari bilan bog‘liq psixologik jarayondir. Pedagogik brendga oid faktlar 1. Pedagogik brend tushunchasi ilk bor XX asr oxirida paydo bo‘lib, o‘qituvchini shaxsiy brend sifatida ko‘rish g‘oyasi keng tarqaldi. 2. Kuchli pedagogik brendga ega o‘qituvchilar o‘quvchilarning motivatsiyasini 30–40% ga oshiradi (ta’lim psixologiyasi tadqiqotlariga ko‘ra). 3. O‘qituvchining shaxsiy brendi ko‘pincha ta’lim muassasasining umumiy brendini ham mustahkamlaydi. 4. Finlyandiya, Yaponiya va Koreya ta’lim tizimlarida pedagogik brend davlat siyosati darajasida qo‘llab-quvvatlanadi — ya’ni o‘qituvchining obro‘si milliy qadriyat sifatida e’tirof etiladi. 5. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham “Innovatsion pedagog”, “Yil o‘qituvchisi”, “Ustoz” nishonlari orqali o‘qituvchilarning brendi rag‘batlantiriladi. Nima uchun siz brend yaratish bilan shug‘ullanishingiz kerak – va bu qanday amalga oshiriladi Keling, brend yaratishni “boshqa nigoh bilan” – ya’ni pedagogik nuqtai nazardan, maktab rahbariyati vazifalari doirasida ko‘rib chiqaylik. Brend yaratish – bu “sun’iy va arzon reklama” yoki “ortiqcha hashamat” emas. Maktablar uchun brend yaratishning asosiy maqsadi – pedagogik identifikatsiyani (o‘ziga xoslikni) mustahkamlashdir. Gap butun maktab haqida ketadi – uning barcha takliflari, loyihalari va maktab madaniyatiga oid tashabbuslari bilan birgalikda. Demak, bu faqat o‘qitish va tarbiyalashni emas, balki maktab hayotining turli jabhalarini va maktab bilan bog‘liq muhitni – maktab atmosferasini ham o‘z ichiga oladi. Brend yaratish bu o‘ziga xos maktab madaniyatini tan oladi, uni anglaydi, rivojlantiradi va boshqalarga yetkazadi – uni yanada kuchaytiradi. Brend yaratish – bu identifikatsiyani mustahkamlashga qaratilgan Brend yaratish quyidagilarga hissa qo‘shadi: Maktab madaniyati va maktab hayotini – jamoaviylik ruhini va ijobiy muhitni mustahkamlashga. O‘qituvchilar jamoasining identifikatsiyasini – ularning motivatsiyasi va faol ishtirokini kuchaytirishga. Ota-onalar identifikatsiyasini – ularning fidokorona ishtiroki va ilhomini oshirishga. O‘quvchilarning identifikatsiyasini – ularning o‘qishga bo‘lgan rag‘batini va maktabdagi farovonlik hissini mustahkamlashga. Barcha ishtirokchilar o‘rtasidagi bog‘liqlikni – maktabga nisbatan sadoqat va birlashuvni kuchaytirishga. Siz, albatta, barchaning maktabingizda o‘zini qulay his qilishi, motivatsiya bilan ishlashi va o‘qishi, maktabingiz bilan faxrlanishini xohlaysiz. Demak, gap maktabingizning identiteti, ya’ni umumiy birlik va ijobiy hamkorlik asosidagi muhit haqida ketmoqda. Maktab va uning qadriyatlariga nisbatan kuchli sadoqat, barcha ishtirokchilarni o‘z xatti-harakatlari orqali “maktab elchisi” (brend elchisi)ga aylantiradi – ular maktab haqida ijobiy tasavvur yaratadi. Samarali pedagogik faoliyat identifikatsiyasiz mumkin emas. Shuning uchun yaxshi maktablar brend yaratishga muhtoj. Brend yaratish – bu muvaffaqiyatli pedagogik ishning asosi, “behuda PR harakati” emas. U maktabning asosiy vazifalariga – ya’ni yaxshi muhitda o‘qitish va o‘rganishga, hamda har bir kishi o‘zini shu joyga tegishli deb his qiladigan sharoit yaratishga bevosita xizmat qiladi. Har bir maktab – bu brend. Maktab sohasida “brend” deganda nima tushuniladi? Hali ham ayrim maktab rahbarlari bor, ular o‘ylashadiki, faqat dars sifati muhim, imidj va brend esa shunchaki tashqi ko‘rinish, kommunikatsion qo‘shimcha. Men bu fikrni noto‘g‘ri deb bilaman: Albatta, dars sifati asosdir, ammo u maktabning umumiy obro‘sini belgilovchi yagona omil emas. Talablar oshgan – endi odamlar faqat yaxshi ta’lim sifatini emas, undan ko‘prog‘ini kutishadi. Faqat faktlar va ma’lumotlar yaxshi imidj yaratmaydi.
Agar siz ishonch va mehr uyg‘otmoqchi bo‘lsangiz, bu faqat emotsional jihatlar orqali mumkin. Maktabning obro‘-e’tibori uning pedagogik identitetidan – umumiy maktab madaniyatidan – boshlanadi, so‘ngra maktab bilan bog‘liq assotsiatsiyalar va tasvirlar bilan to‘ldiriladi. Natijada bu kompleks ta’sir tizimi – imidjni shakllantiradi. Bizning “boshimizdagi tasvirlar” – bizning fikrlashimizni va qarorlarimizni belgilaydi: Odamlar narsalarni qanday bo‘lsa, shundayligicha emas, ular qanday deb o‘ylasa, shunga qarab qaror qilishadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008. 2. To‘xtayeva D. Raqamli taʼlim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU, 2023. 3. UNESCO. Digital Learning Report 2024. – Paris, 2024. 4. Xolmatova N. Raqamli pedagogika asoslari. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2022. 5. www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Taʼlim portal. 6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-sentabrdagi PQ–4805-sonli qarori “Raqamli taʼlim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 7. Xodjayev, A. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va taʼlimda innovatsiyalar. Toshkent: Fan va texnologiya, 2022. 8. Jamoldinova,S.N.(2024). Oliy ta’lim talabalarida konfliktologik kompetensiyani shakllantirish va uni rivojlantirish mexanizmlari. “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muammolari va istiqbollari” Ilmiy-amaliy konferensiya, 1(1),116-123. 9. Jamoldinova,S.N, Temirova,U.I. (2024). Talabalar konfliktologik madaniyatini rivojlantirish ijtimoiypedagogik muammo sifatida. “Ta’lim tizimini takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajribalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman,1(1),957-962. 10. Jamoldinova,S.N.(2024). Oliy ta’lim talabalarida konfliktologik kompetensiyani shakllantirish va uni rivojlantirish mexanizmlari. “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muammolari va istiqbollari” Ilmiy-amaliy konferensiya, 1(1),116-123. 11. Jamoldinova,S.N, Primova,D.F. (2024). Umumiy oʻrta ta’lim tizimida ota-onalar majlisini tashkil qilish va oʻtkazishning pedagogik asoslari. “Kelajak o‘qituvchisi-kelajak bunyodkori” mavzusidagi II xalqaro ilmiy anjumani,1(2),1433-1439.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Karimov I.A. Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Maʼnaviyat, 2008.
- To‘xtayeva D. Raqamli taʼlim texnologiyalari. – Toshkent: TDPU, 2023.
- UNESCO. Digital Learning Report 2024. – Paris, 2024.
- Xolmatova N. Raqamli pedagogika asoslari. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti, 2022.
- www.edu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Taʼlim portal.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-sentabrdagi PQ–4805-sonli qarori “Raqamli taʼlim tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
- Xodjayev, A. va boshqalar. Pedagogik texnologiyalar va taʼlimda innovatsiyalar. Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
- Jamoldinova,S.N.(2024). Oliy ta’lim talabalarida konfliktologik kompetensiyani shakllantirish va uni rivojlantirish mexanizmlari. “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muammolari va istiqbollari” Ilmiy-amaliy konferensiya, 1(1),116-123.
- Jamoldinova,S.N, Temirova,U.I. (2024). Talabalar konfliktologik madaniyatini rivojlantirish ijtimoiypedagogik muammo sifatida. “Ta’lim tizimini takomillashtirishda ilg‘or xalqaro tajribalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman,1(1),957-962.
- Jamoldinova,S.N.(2024). Oliy ta’lim talabalarida konfliktologik kompetensiyani shakllantirish va uni rivojlantirish mexanizmlari. “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muammolari va istiqbollari” Ilmiy-amaliy konferensiya, 1(1),116-123.
- Jamoldinova,S.N, Primova,D.F. (2024). Umumiy oʻrta ta’lim tizimida ota-onalar majlisini tashkil qilish va oʻtkazishning pedagogik asoslari. “Kelajak o‘qituvchisi-kelajak bunyodkori” mavzusidagi II xalqaro ilmiy anjumani,1(2),1433-1439
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011573
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/584
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1007–1011
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25