Asosiy mazmunga o‘tish

MIYONBUZRUK SOLIHOVNING “O‘RTA OSIYO VA O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIGA UMUMIY QARASH” ASARI XUSUSIDA

Alijonov Muslimbek Bakhtiyorjon ogluJahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti v.b.dotsenti, t.f.f.d., PhD2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1019–1022

Annotatsiya

Ushbu maqolada jadid taraqqiyparvari va milliy ziyoli Miyon Buzruk Solihovninghayoti va faoliyati hamda uning “O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash” nomli asarigaoid ilmiy mulohaza va tahlillar amalga oshirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaО творчестве Миянбузрука Солихова «Общий обзор истории литературы Центральной Азии и Узбекистана»

В данной статье представлены научные размышления и анализ жизни и творчества современного прогрессивного и национального интеллектуала Мийона Бузрука Салихова, а также его работы «Общий обзор истории Центральной Азии и узбекской литературы».

inglizchaON THE WORK OF MIYANBUZRUK SOLIHOV "A GENERAL VIEW OF THE HISTORY OF CENTRAL ASIA AND UZBEKISTAN LITERATURE"

This article presents scientific reflections and analyses on the life and work of the modern progressive and national intellectual Miyon Buzruk Salihov, as well as his work "A General View of the History of Central Asia and Uzbek Literature."

Kalit so‘zlar

  • O‘rta Osiyo
  • adabiyot
  • yozuv adabiyoti
  • eski adabiyot
  • tasavvuf
  • eski adabiyot davrlari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MIYONBUZRUK SOLIHOVNING “O‘RTA OSIYO VA O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXIGA UMUMIY QARASH” ASARI XUSUSIDA

Alijonov Muslimbek Baxtiyorjon o‘g‘li Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti v.b.dotsenti, t.f.f.d., PhD Annotatsiya: Ushbu maqolada jadid taraqqiyparvari va milliy ziyoli Miyon Buzruk Solihovning hayoti va faoliyati hamda uning “O’rta Osiyo va o’zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash” nomli asariga oid ilmiy mulohaza va tahlillar amalga oshirilgan.

Kalit so‘zlar: O’rta Osiyo, adabiyot, yozuv adabiyoti, eski adabiyot, tasavvuf, eski adabiyot davrlari.

О ПРОИЗВЕДЕНИИ МИЙОНБУЗРУКА СОЛИХОВА «ОБЩИЙ ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ ЛИТЕРАТУРЫ СРЕДНЕЙ АЗИИ И УЗБЕКИСТАНА»

Алижонов Муслимбек Бахтиёржон угли врио доцента Университета мировой экономики и дипломатии, кандидат философских наук (PhD)

Аннотация: В данной статье рассматриваются жизнь и деятельность джадидского просветителя и национального интеллигента Мийонбузрука Солихова, а также приведены научные размышления и анализ его труда «Общий взгляд на историю Среднеазиатской и узбекской литературы». Ключевые слова: Средняя Азия, литература, письменная литература, древняя литература, суфизм, периоды древней литературы.

ON MIYONBUZRUK SOLIKHOV’S WORK “A GENERAL VIEW OF THE HISTORY OF CENTRAL ASIAN AND UZBEK LITERATURE”

Alijonov Muslimbek Bakhtiyorjon ogli Acting Associate Professor at the University of World Economy and Diplomacy, Doctor of Philosophy (PhD)

Annotation: This article examines the life and activities of the Jadid enlightener and national intellectual Miyon Buzruk Solikhov, as well as provides scholarly reflections and analysis of his work “A General View on the History of Central Asian and Uzbek Literature”. Keywords: Central Asia, literature, written literature, ancient literature, Sufism, periods of ancient literature.

XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy o‘zgarishlar, milliy uyg‘onish jarayonlari turli sohalarda, xususan, adabiyotshunoslik va tarixshunoslikda yangi ilmiy yondashuvlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ana shu jarayonlarning faol ishtirokchilaridan biri — ma’rifatparvar, jadid mutafakkir, adabiyotshunos va ijtimoiy arbob Miyon Buzruk Solihovdir. Uning ilmiy, adabiy va siyosiy faoliyati XX asr boshidagi Turkiston ziyolilari tafakkurining eng yorqin namunalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Miyon Buzruk Solihov o‘zining ilmiy izlanishlari orqali o‘zbek adabiyoti tarixini yangicha, tizimli va tarixiy-nazariy asosda o‘rganishga harakat qilgan olimlardan biridir. Ayniqsa, uning 1930-yilda nashr etilgan “O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash” asari o‘zbek adabiyotshunosligining shakllanish bosqichida muhim o‘rin tutadi. Miyon Buzruk Solihov 1891-yilda Toshkent shahrining Sho‘rtepa masjidining imomi Miyon Solih honadonida dunyoga keldi. Yosh Miyon Buzruk dastlab mahallasidagi eski maktabda tahsil olib, so‘ngra Degrez mahallasidagi madrasaga o‘qishga kiradi. Uning tafakkuridagi ijtimoiy-siyosiy evrilishlar aynan ana shu madrasadagi ta’lim yillarida yuz berdi [1]. San’atshunos olim Sirojiddin Ahmadning yozishicha Miyon Buzruk tahsil olgan yillarda madrasa talabalari orasida Qrim va Tataristondan, hatto Afg‘oniston, Hindiston, Turkiyadan maxfiy keladigan adabiyotlarni o‘qish ijtimoiy-siyosiy hayotni muhokamamulohaza qilish an’ana tusini olgan edi. Masalan, Toshkentdagi Eshonqulidodxoh, Mirzaabdullaboy, Yunusxon podsho, Beklarbegi, Ko‘kaldosh, Xo‘ja Ahror Valiy, Baroqxon, Abulqosimxon eshon, Mirza Ahmad madrasasining talabalari va yoshroq mudarrislari o‘rtasida davr voqealariga tanqidiy baho berish va o‘zaro fikr almashish o‘zgacha tus olgan [2]. Yuz berayotgan bunday jarayon tabiiyki Miyon Buzruk Solihovning ham ong va tafakkurida katta o‘zgarish yasagan. Shu boisdan ham u madrasa ta’limini tamomlagach o‘sha davrning eng faol siyosiy birlashmasi “Sho‘royi islom” harakatiga qo‘shilib, Munavvarqorining muovini sifatida faoliyat olib bordi. Shuningdek u 1917-yil 12-14-iyul kunlari Farg‘onada Turkistondagi ilk siyosiy partiya “Turk adami

Markaziyati”ni tuzishda faqih (islom huquqshunosi) sifatida ishtirok etdi, “Turkiston Muxtoriyati”ni qo‘llab-quvvatladi. Salimxon Tillaxonov o‘zining xotiralarida Miyon Buzruk Solihovning shaxsiyati va ijtimoiy-siyosiy faoliyati xususida to‘xtalib: “Miyon Buzrukxon “miyon”lardan bo‘lib “Miyon” familiyasi diniy tomondan e’tiborli edi, biroq bundaylar nihoyatda ozdur. “Miyon” degan familiya islom diniga ming yil to‘lg‘onidan keyin bir Imom Rabboniy degan kishi chiqib dinga ba’zi qoidalarni zamonga muvofiq o‘zgaraturg‘on diniy tarixlar va mashhur “Imom Murabboniy mujaddidi alifi soniy” so‘zi ila mashhurdir. Bu so‘zning ma’nosi “ming yildan keyin dinni yangilovchi imom Murabboniy” deganidur. Mana shul “miyon”larning barchasi shul Murabboniyga boradurlar. Miyon Buzrukxon “Turk adam markaziyati”, “Ittihod va taraqqiy” va “Milliy ittihod” tashkilotlarida ham juda jiddiy ishlar bilan shug‘ullangan, hattoki “Ittihod va taraqqiy”da Toshkentda markazni raisi bo‘lib turg‘on bo‘lsa ham ehtimoldir” deb yozgan edi [3]. Miyon Buzruk Solihovning ilmiy merosi nihoyatda ulkan bo‘lib, u turli xil davriy matbuot nashrlarida “O‘zbek tarixiga oid to‘rt muhim kitob” [4], “Adabiy til va istiloh: Eski yozuv tilida o‘zgarish” [5], “Yana lab ohangi” [6], “Mehrobdan chayon” [7] va boshqa shular kabi ko’plab maqolalarni e’lon qilgan. Bundan tashqari u “O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash” (1930), “O‘zbek adabiyotida millatchilik ko‘rinishlari: qisqacha tarix” (1933), “So‘fizoda va uning ijodi haqida” (1934), “Oktabrgacha bo‘lgan o‘zbek og‘zaki adabiyoti” (1935), “O‘zbek teatr tarixi uchun materiallar kabi muhim asarlarning ham muallifidir. Ayniqsa uning “O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash” nomli asari alohida diqqatga sazovor ilmiy ishlar biri hisoblanadi. Ushbu asar 1935-yilda “O’zdavnashr” tomonidan chop etilgan bo’lib, o’zbek adabiyoti tarixining turli davrlari xususida ilmiy mulohazalar yuritilgan. Qayd etish joizki, Miyonbuzruk Solihovning ushbu asarining asosini o’zi tomonidan o’qilgan ma’ruzalar tashkil etadi. Bu haqida uning o’zi asarning “Kichik izoh” deb atalmish kirish qismida quyidagicha yozadi: “Bu asar o’zbek va O’rta Osiyo adabiyoti tarixidan birinchi qismni tashkil qiladi. Sharqshunoslik fakultetida 1929-1930-yillarda tarafimdan o’qilgan leksiyalarning eski adabiyotga oid qismini tartib berib vujudga keltirildi. Asar mavzu e’tibori ila XII asr adabiyotidan boshlab, jadidizm adabiyotiga kelib to’xtadi” [8]. Miyonbuzruk Solihov o’zbek adabiyotini 3 ta davrga bo’ladi. Uning yozishicha I davr XII asrdan XIV asrning so’ngi yarmigacha davom etgan. Ayni shu davrda o’zbek so’zi milliy ism bo’lib tarixga kirdi. O’zbek xalqining ko’pchiligi orasida davom etgan ko’chma turmush tarsi shahariy turmushga aylandi. Xuddi shu vaqtdan boshlab Yassaviy zamonidan boshlangan yozuv adabiyoti rivojlana boshlagan. Keyinchalik bu adabiyot ichidan yuqori tabqa adabiyoti ham yaratila boshlangan. Muallifning qayd etishicha, bu yuqori tabaqa adabiyotining tug’ilgan yeri XIII asrda Xorazm bo’lgan bo’lsa, unga rivoj bergan yer Oltin O’rda poytaxti Saraj shahridir [8]. Miyonbuzruk Solihov o’zbek adabiyotining II davri xususida quyidagilarni ta’kidlaydi: “XVI asr boshlaridan o’zbeklarning bu kungi O’zbekistonga yerlashuvlari va Temuriy – Chig’atoy honadonining bitiruvlaridan boshlanadi. XIV asrning ikkinchi yarmida yozilgan Sharafiddin Yazdiyning asari bo’lgan “Zafarnoma”ning XVI asr o’rtalarida qilingan tarjimasi, XVI asr boshlarida yozilgan Muhammad Solihning “Shayboniynoma”si va boshqalar bu to’g’rida ochiq fikr bera oladilar” [8]. Bu tarixiy nuqta adabiy jarayon uchun burilish davri hisoblanadi. Chunki Temuriylar davrida adabiyot asosan saroy va ilmiy muhitda rivojlangan bo‘lsa, Shayboniylar davridan boshlab o‘zbek tili (eski o‘zbek tili) adabiy, tarixiy va diniy asarlarda yanada faol qo‘llanila boshlaydi. Demak, bu davr yangi siyosiy va madaniy muhitda shakllangan o‘zbek adabiyotining mustaqil yo‘nalishi sifatida qaraladi. Miyonbuzruk o’zbek adabiyotining III davri XVIII asr oxirlarida boshlanganini ta’kidlaydi. Bu davr adabiyoti Chi’gatoy-Navoiy davri adabiyotining butkul taqlidiy shakli edi. Muallifning ta’kidlashicha bu davr adabiyoti kuchsizlanib borgan bo’lsa-da, jadidizm davrini ham ko’rdi. Oxir borib 1917-yilgi inqilobdan keyin boshlangan yangi adabiy oqimdan keyin tugagan. Miyon Buzruk Solihov — XX asr boshlaridagi o‘zbek ma’rifatparvar fikrining yirik namoyandalaridan biri, milliy adabiyotshunoslik maktabining shakllanishida beqiyos xizmat ko‘rsatgan olimdir. Uning ilmiy faoliyati, xususan, “O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash” (1930) asari orqali o‘zbek adabiyot tarixiga yangicha, tizimli va tarixiy-nazariy yondashuv kiritildi. U adabiy jarayonni faqat estetik yoki biografik nuqtai nazardan emas, balki ijtimoiy-siyosiy, madaniy va til taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq holda o‘rgangan birinchi tadqiqotchilardan biridir. Solihov tomonidan ilgari surilgan o‘zbek adabiyotining uch davrga bo‘linishi tamoyili adabiyot tarixini ilmiy asosda davrlashtirish yo‘lidagi dastlabki konseptual urinish sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Shunday qilib, Miyon Buzruk Solihov o‘zbek adabiyotining tarixiy davrlari, tili va yo‘nalishlarini bir tizimga solib, milliy adabiyot tarixiga ilmiy davrlashtirish metodologiyasini olib kirdi. Uning qarashlari o‘zbek adabiyotshunosligida tarixiylik, manbashunoslik va nazariy yondashuv tamoyillarining shakllanishiga zamin yaratdi. Solihov nafaqat ilmiy sohada, balki jadidchilik harakati va ijtimoiy-siyosiy hayotda ham faol ishtirok etib, milliy tafakkur va adabiy ong uyg‘onishining ramziga aylangan siymo sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Sh.Turdiyev. Merosimizning bir sahifasi // “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi. 1989-yil 3- mart. – B. 4.
  2. S.Ahmedov. Qizil mustamlaka: e’lon qilinmagan urush. – T.: Info capital Books. 2022.
  3. S.Tillaxonov. Uzlatda bitilgan xotiralar // “Tarixning noma’lum sahifalari”. IV kitob. – T.: “G’afur G’ulom” nomidagi nashriyot-matbaaa ijodiy uyi. 2013. – B. 167.
  4. Miyon Buzruk. O‘zbek tarixiga oid to‘rt muhim kitob // “Maorif va o‘qitg‘uvchi” jurnali. 1927-yil № 9-10, 57-61-betlar.
  5. Miyon Buzruk. Adabiy til va istiloh: Eski yozuv tilida o‘zgarish // “Sharq haqiqati” gazetasi. 1929- yil 12-yanvar.
  6. Buzruk M. Yana lab ohangi // “Sharq haqiqati” gazetasi. 1929-yil 26-fevral.
  7. Buzruk M. “Mehrobdan chayon” // “Sharq haqiqati” gazetasi. 1929-yil 1-aprel.
  8. Miyon Buzruk Solihov. O‘rta Osiyo va o‘zbek adabiyoti tarixiga umumiy qarash. – T.: “O‘znashr”. 1930. – B. 2.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011577
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/589
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1019–1022
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25