INKLYUZIV TA‘LIM JARAYONIGA OILA VA JAMIYATNING TA‘SIRI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Gulnara Akhmedova, daughter of TurgunaliNamangan davlat pedagogika instituti https://ror.org/037z3rx482025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1000–1003
Annotatsiya
Mazkur maqola inklyuziv ta‘lim va uning jamiyatdagi ahamiyatini, shuningdek oilava jamiyatning ta‘lim tizimiga qo‘shgan hissasini tahlil qiladi. Unda ota-onalar va jamoatning inklyuzivta‘limni qo‘llab-quvvatlashi, pedagogik kadrlarni tayyorlash, maktablarning moddiy-texnik bazasinirivojlantirish hamda nogiron bolalar uchun ijtimoiy muhitni yaxshilash zarurligi ta‘kidlanadi
Boshqa tillarda
ruschaВлияние семьи и общества на процесс инклюзивного образования: возможности и проблемы.
В данной статье анализируется инклюзивное образование и его значение для общества, а также вклад семьи и общества в систему образования. Подчеркивается необходимость поддержки инклюзивного образования со стороны родителей и общества, подготовки педагогических кадров, развития материально-технической базы школ и улучшения социальной среды для детей с ограниченными возможностями.
inglizchaTHE INFLUENCE OF FAMILY AND SOCIETY ON THE INCLUSIVE EDUCATION PROCESS: OPPORTUNITIES AND CHALLENGES
This article analyzes inclusive education and its importance in society, as well as the contribution of the family and society to the education system. It emphasizes the need for parental and community support for inclusive education, training of pedagogical personnel, development of the material and technical base of schools, and improvement of the social environment for children with disabilities.
Kalit so‘zlar
- Inklyuziv ta‘lim
- Jamiyat
- Oila
- Ta‘lim tizimi
- Nogiron bolalar
- Ota-onalar roli
- Ijtimoiy adolat
- Farzandlar rivoji
- Maxsus ehtiyojlar
- Inkluziv ta‘lim konsepsiyasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIGA OILA VA JAMIYATNING TA’SIRI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Namangan Davlat Pedagogika instituti Maxsus pedogogika:Logopediya yo’nalishi magistratura talabasi Ahmedova Gulnora Turg’unali qizi Telefeon : [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Mazkur maqola inklyuziv ta'lim va uning jamiyatdagi ahamiyatini, shuningdek oila va jamiyatning ta'lim tizimiga qo'shgan hissasini tahlil qiladi. Unda ota-onalar va jamoatning inklyuziv ta'limni qo‘llab-quvvatlashi, pedagogik kadrlarni tayyorlash, maktablarning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish hamda nogiron bolalar uchun ijtimoiy muhitni yaxshilash zarurligi ta'kidlanadi. Kalit so’zlar: Inklyuziv ta'lim, Jamiyat, Oila, Ta'lim tizimi, Nogiron bolalar, Ota-onalar roli, Ijtimoiy adolat, Farzandlar rivoji, Maxsus ehtiyojlar, Inkluziv ta'lim konsepsiyasi.
THE INFLUENCE OF FAMILY AND SOCIETY ON THE INCLUSIVE EDUCATION PROCESS: OPPORTUNITIES AND CHALLENGE
Namangan State Pedagogical Institute Special Pedagogy:Speech Therapy Master's Student Ahmedova Gulnara Turgunali qizi Phone: [telefon raqami yashirilgan]
Abstract: This article analyzes inclusive education and its importance in society, as well as the contribution of the family and society to the education system. It emphasizes the need for parental and community support for inclusive education, training of pedagogical personnel, development of the material and technical base of schools, and improvement of the social environment for children with disabilities. Keywords: Inclusive education, Society, Family, Education system, Children with disabilities, Role of parents, Social justice, Child development, Special needs, Inclusive education concept.
ВЛИЯНИЕ СЕМЬИ И ОБЩЕСТВА НА ПРОЦЕСС ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ВОЗМОЖНОСТИ И ПРОБЛЕМЫ
Наманганский государственный педагогический институт Специальная педагогика:Логопедия, магистратура Ахмедова Гульнара Тургунали кызы Телефон: [telefon raqami yashirilgan]
Аннотация: В статье анализируется инклюзивное образование и его значение в обществе, а также вклад семьи и общества в систему образования. Подчеркивается необходимость поддержки инклюзивного образования со стороны родителей и общества, подготовки педагогических кадров, развития материально-технической базы школ и улучшения социальной среды для детей с ограниченными возможностями здоровья.
Ключевые слова: Инклюзивное образование, Общество, Семья, Система образования, Дети с ограниченными возможностями, Роль родителей, Социальная справедливость, Развитие ребенка, Особые потребности, Концепция инклюзивного образования.
Hozirgi kunda inklyuziv ta’lim va inklyuziv jamiyat tushunchalari aholida keng tarqalmoqda. Shunga qaramay, barcha alohida ehtiyojli va nogiron bolalar ham to‘liq inklyuziv ta’limga jalb etilmayapti. Sifatli ta’lim ularning ijtimoiylashuvi, jamiyat hayotida faol ishtirok etishi hamda kasbiy va shaxsiy rivojlanishi uchun asosiy shartlardan biridir. Inklyuziv ta’lim turli ta’limiy ehtiyojlarni hisobga oladigan moslashuvchan yondashuvni talab qiladi. 2020-yil 23 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonunining 20-moddasida inklyuziv ta’limning qonuniy ta’rifi berildi: “Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilarga teng ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan”. Shu bilan birga, 2020-2025 yillarda inklyuziv ta’limni rivojlantirishga qaratilgan Konsepsiya va uning amalga oshirilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlanib, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan tizimli choratadbirlar belgilandi.[2] Yangi O‘zbekistonda maxsus ta’lim tizimida innovatsion yo‘nalish- inklyuziv ta’lim rivojlantirilmoqda. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha uzoq muddatli Milliy strategiya ishlab chiqilgan bo‘lib, u inklyuziv ta’lim tizimini takomillashtirish va har bir bolaga, uning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy holati hamda jismoniy va ruhiy rivojlanishidan qat’iy nazar, ta’lim olishdagi alohida ehtiyojlariga mos sifatli ta’lim berish uchun teng imkoniyatlarni yaratadi. Inklyuziv ta’lim jamiyatda teng imkoniyatlarni ta’minlash va har bir bolaning o‘z imkoniyatlarini maksimal darajada amalga oshirishiga yordam beradi. Shu bilan birga, bunday tizimning samaradorligi faqat maktab va ta’lim muassasalari bilan chegaralanmaydi; ota-onalar, oila va jamoatchilikning faol ishtiroki ham muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar-bolaning asosiy ta’lim beruvchilari bo‘lib, ular uyda va ta’lim muassasasidagi muhitda farzandlarning muvaffaqiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularning faol qo‘llab-quvvatlashi bolalarning ta’limdagi muvaffaqiyati, jamiyatda o‘zlarini qulay his qilishi va imkoniyatlarini ishonch bilan amalga oshirishiga yordam beradi.[4] Oila ichidagi ijobiy muhit bolalarga psixologik barqarorlik yaratadi, ota-onalarning farzandlarini tushunishi va doimiy muloqoti ularning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi. Bu esa ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarini ta’minlaydi. Inklyuziv ta’limda ota-onalarning ishtiroki bolalarga nafaqat akademik, balki ijtimoiy va emotsional jihatdan ham yordam beradi.[7] Shuningdek, inklyuziyaning ahamiyati tarixiy qarashlar va madaniy meroslarda ham o‘z aksini topgan. Jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar barqaror bo‘lsa, jamiyat tez rivojlanadi va tashqi ta’sirlarga mustahkam pozitsiyada javob bera oladi. Jamiyatda turli nogironlikka ega shaxslarning mavjudligi tabiiy bo‘lib, ularni qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy institutlar va davlat tuzilmalarining insonparvarlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillariga bog‘liqdir. Ta’lim muassasalari, oila, mahalla, tibbiy bo‘limlar, nodavlat tashkilotlar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi tashkilotlari o‘rtasida samarali hamkorlik o‘rnatilganda, nogiron bolalarning sifatli ta’limga qamrab olinishiga erta va samarali erishish mumkin. Bugungi kunda har bir fuqaroning ta’lim olish huquqini ularning ehtiyojlari va mehnat bozorining talablari asosida ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Inklyuziv ta’lim oila, jamiyat va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayangan holda amalga oshiriladi. Oilada tug‘ilgan nogiron farzandning jamiyatga erta integratsiyasida mahalla a’zolarining qo‘llab-quvvatlovi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu ta’sir davlat tashkilotlari, xususan tibbiy va ta’lim tizimi harakatlarisiz to‘liq amalga oshmaydi. Shu zanjirning mustahkamligi shaxslararo munosabatlarning iliqligi va barqarorligiga bog‘liq. Jamiyatning inklyuziv ta’limga munosabati ham katta ahamiyatga ega. Agar jamiyat inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlasa, bu nafaqat ta’lim muassasalarining rivojlanishiga, balki umumiy ijtimoiy madaniyatning o‘sishiga ham yordam beradi. Jamiyatning e’tibori barcha bolalarga teng imkoniyatlar yaratish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va turli qatlamlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Jamoat tashkilotlari, hukumat va ta’lim muassasalari inklyuziv ta’limni rivojlantirish maqsadida turli tashabbuslarni amalga oshirmoqdalar. Bunga maxsus ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan metodika va resurslarni ishlab chiqish, ta’lim tizimidagi imkoniyatlarni kengaytirish hamda ijtimoiy yordam dasturlarini tatbiq etish kiradi. Ushbu tashabbuslar jamiyatda inklyuziv ta’limning samarali
rivojlanishiga xizmat qiladi va bolalarning barcha qatlamlaridan ta’lim olish imkoniyatlarini teng darajada ta’minlashga yordam beradi. Shuningdek, 2021 yil 12 oktabrda Vazirlar Mahkamasi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni rivojlantirishga doir bir qator normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqladi. Mazkur hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktabrdagi “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, inklyuziv ta’limning tizimli rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan.[1] 2020–2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirishga qaratilgan asosiy ustuvor vazifalarni belgilaydi. Ularning jumlasiga quyidagilar kiradi: • Alohida ta’limga muhtoj bolalar o‘qiydigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; • Ushbu ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, o‘quv qurollari, turli kasblar bo‘yicha o‘qitish uchun moddiy-texnik baza va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; • Inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, ta’lim muassasalarini maxsus asbob-uskunalar (yuk ko‘tarish moslamalari, panduslar, panjara va boshqalar) hamda tegishli xodimlar (maxsus o‘qituvchilar, bolalarni psixologik-pedagogik nazorat qilish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash; • Alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalarning moslashuvi va integratsiyalashuvini ta’minlash maqsadida maktab-internatlarni maxsus jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash va boshqa tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish. Doimiy va to‘laqonli fikr yuritish uchun turli tomonlarning qarashlarini hisobga olish zarur. Ya’ni, mutaxassislar va mutassaddi organlar fikri bilan bir qatorda jamiyat a’zolarining mulohazalari ham o‘rganilishi lozim. Afsuski, hozirgi kunda jamiyatimiz inklyuziv ta’limga to‘liq tayyor emas. Umumta’lim maktablariga inklyuziv ta’lim asosida qamrab olingan imkoniyati cheklangan bolalar ommaning salbiy munosabatiga uchrab, jismoniy va ma’naviy zarar ko‘rgan holatlar ham kuzatilmoqda. Ba’zi hollarda esa pedagog xodimlarning noto‘g‘ri yondashuvi bunga sabab bo‘lmoqda. Ota-onalarning farzandlariga berayotgan noto‘g‘ri ko‘rsatmalari esa imkoniyati cheklangan sinfdoshlarga nisbatan salbiy munosabatni shakllantirmoqda. Shu bilan birga, tashkiliy masalalar, moddiytexnik baza, imkoniyati cheklangan bolalar uchun qulayliklar yaratish va pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu ishlar yaqin kelajakda o‘z samarasini berishi kutilmoqda. Ammo jamiyat fikri ijobiy tomonga o‘zgarmas ekan, imkoniyati cheklangan bolalar inklyuziv ta’limdan kutilgan natijaga erisha olmaydilar. Aslida, inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyat hayotiga qo‘shishdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyat a’zolarining, xususan, o‘quvchi yoshlar, ularning ota-onalari va ayrim pedagoglarning inklyuziv ta’limga qarshi bo‘lishi, shuningdek imkoniyati cheklangan bolalarni jamiyatdan ajratish holatlari, ayni paytda inklyuziv ta’limning zarurligini va dolzarbligini yana bir bor tasdiqlaydi. Chunki ilgari imkoniyati cheklangan bolalar sog‘lom tengdoshlaridan alohida o‘qitilgan, turar joylari ham alohida bo‘lgan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan shaxslar bilan birgalikda yashagan va jamiyatdan ajratilgan holatlar ularning ijtimoiy integratsiyasining cheklanganligini ko‘rsatadi. O‘zaro muloqotda erkinlikni his qilgan, imo-ishorada gaplashgan va o‘zlariga o‘xshagan insonlar bilan birga bo‘lgan bolalar qulaylik his qilgan. Biroq, bu holatlar sog‘lom qatlamdagi odamlarning imkoniyati cheklangan shaxslar haqida yetarli ma’lumotga ega bo‘lmasligiga, kundalik hayotda ular bilan muloqot qilmasligiga va ularning ham keng imkoniyatlarga ega ekanliklari haqida tasavvurga ega bo‘lmasligiga sabab bo‘lgan. Masalan, eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning intelektual jihatdan sog‘lom ekanliklari ko‘pchilikka ma’lum emas; ba’zilar ularni aqliy nosog‘lom deb hisoblaydi. Ularning eshitishdagi nuqsonlari ikkilamchi nuqson sifatida nutqning to‘liq rivojlanmasligiga olib kelishi mumkin, ammo to‘g‘ri korreksion ishlar orqali og‘zaki nutqdan foydalanishlari, ya’ni gapira olishlari mumkinligi ko‘pchilikni ajablantiradi. Inklyuziv ta’lim joriy etilganda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar, balki barcha imkoniyati cheklangan shaxslar bilan jamiyatning sog‘lom qatlamidagi to‘siqlar bartaraf etiladi. Bu insonlarga imkoniyati cheklangan shaxslar bilan muloqot qilish va munosabatda bo‘lishni odatiy hol sifatida qabul qilish imkonini beradi. Natijada bolalar ham o‘zlarini nuqsonli yoki kamchilikka ega deb his qilmaydi,
balki o‘zlarining o‘ziga xosligini anglay boshlaydi va bu ularning keng imkoniyatlardan foydalanganiga to‘sqinlik qilmasligini tushunishga yordam beradi.[4] Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ovoz kuchaytiruvchi aparat yoki koxlear implantlardan, ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlar qalin oynali ko‘zoynaklardan, tayanch harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lganlar nogironlik aravachalaridan foydalanishdan uyalishni to‘xtatadilar. Bularni ularning o‘zlari xohlamagan bo‘lsa-da, taqdir ularni shunday sinamoqda. Ularni ayblash, mazax qilish, turtkilash yoki ajratish insoniylik, diniy tamoyil va qonun me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydi. Imkoniyati cheklangan bolalar va ularning ota-onalari sog‘lom tengdoshlari bilan bir safda bo‘lishni, jamiyatdagi boshqa a’zolar kabi erkin bo‘lishni istaydilar. Yuqorida ta’kidlanganidek, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan jamiyatning sog‘lom qatlami orasidagi to‘siqlarni bartaraf etish masalasi dolzarbdir. Jamiyatning inklyuziv ta’lim mohiyatini to‘g‘ri anglashini ta’minlash, imkoniyati cheklangan shaxslarning jamiyatning to‘laqonli a’zosi ekanligini tushunishlari va qabul qilishlarini rag‘batlantirish uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Mazkur masala ko‘plab konferensiyalarda, jamoat yig‘ilishlarida muhokama qilingan va muayyan chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, ijobiy natijalar sekinlik bilan sezilmoqda. Shu bois, keng ommaga mo‘ljallangan tadbirlarni ko‘paytirish, televideniya va ommaviy axborot vositalaridan keng foydalanish, ijtimoiy roliklar tayyorlash, yoshlar orasida inklyuziv ta’lim mavzusidagi eng yaxshi ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil etish muhimdir. Shuningdek, taniqli estrada va kino yulduzlaridan targ‘ibot ishlarida foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda mavzuni faollashtirish, aksiya, chelenj, marafonlar o‘tkazish samarali usullar sifatida ahamiyat kasb etadi.[6] Bunda taniqli blogerlar yordamidan foydalanish, aholini faollikka chaqirish, shuningdek, tadbirkorlar va yirik tashkilotlarni hamkorlikka jalb qilish muhimdir. Umumta’lim maktablari pedagog xodimlarini inklyuziv ta’limning maqsadi, mohiyati, ahamiyati va tashkil etish tartibi bo‘yicha qayta tayyorlash, umumta’lim o‘quvchilari orasida inklyuziv ta’limning mohiyatini ochib beruvchi insholar tanlovlarini o‘tkazish ham samarali choradir. Shuningdek, 8-sinf “Odam va uning salomatligi” darsligi, sinflar kesimida odobnoma, tarbiya, sinf soati, konstitutsiya va huquqshunoslik darslarida imkoniyati cheklangan bolalar, ularning toifalari, nuqson turlari va huquqlari haqida mavzularni kiritish, darsliklarni moslashtirish tavsiya etiladi. Aholi gavjum joylar, shahar markazlari, savdo va ko‘ngilochar maskanlardagi reklama e’lonlari uchun ajratilgan joylarda ijtimoiy roliklar va targ‘ibot materiallarini tarqatish, hayriya aksiyalarini o‘tkazish kabi amaliy ishlarni muntazam olib borish orqali jamiyatni inklyuziv ta’limga tayyorlash mumkin. Xulosa qilib aytganda, inklyuziv ta’lim jamiyatda ijtimoiy adolat, tenglik va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Oila va jamiyatning inklyuziv ta’limga qo‘shilishi bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ularning imkoniyatlardan maksimal darajada foydalana olishiga yordam beradi. Otaonalar va jamoatchilikning bu jarayondagi faol ishtiroki ta’limning umumiy sifatini yaxshilaydi va jamiyatda barcha bolalar uchun teng imkoniyatlarni yaratadi. Kelajakda inklyuziv ta’limni yanada rivojlantirish uchun ota-onalar, jamiyat va davlat tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlash va samarali hamkorlik zarurdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son qarori “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. Tashqi manba: https://lex.uz
- O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020 yil, 23 sentyabr).
- “2020–2025 yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi��, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, 2020.
- Shomahmudova R. Sh. – “Inklyuziv ta’lim”. T.: O‘qituvchi, 2011. 224 b.
- UNESCO. (2021). Inclusion in Education: Towards a Better Future for All. Paris: UNESCO Publishing.
- Florian, L., & Black-Hawkins, K. (2011). Exploring Inclusive Pedagogy. British Educational Research Journal, 37(5), 813–828.
- Shodiev, R. (2020). Oila va jamiyatning inklyuziv ta’limdagi roli. Ta’limda innovatsiyalar, 4(7), 23–
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011571
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/582
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1000–1003
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25