BADIIY ASARLARDA KO‘P RAKURSLILIK VA NARRATIV MURAKKABLIK TUSHUNCHALARI TAHLILI (MARIO VARGAS LLOSANING QAHRAMON ZAMONI VA ECHKINING BAYRAMI ASARLARI MISOLIDA)
Razzakov Bakhrom AbdugafurovichNamangan davlat texnika universiteti “Xorijiy tillar“ kafedrasi o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 1004–1007
Annotatsiya
Ushbu maqola Mario Vargas Llosaning Qahramon zamoni (La ciudad y los perros,1963) va Echkining bayrami (La fiesta del chivo, 2000) romanlarini ko‘p rakurslilik (polifoniya) va narrativmurakkablik tushunchalari nuqtai nazaridan chuqur tahlil etadi. Ko‘p rakurslilik, Mixail Baxtinningnazariyasiga asoslanib, bir nechta personajlar va nuqtai nazarlar orqali voqealarni ko‘rsatish orqali adabiymatnning ko‘p ovozliligini ta‘minlaydi, bu esa totalitarizm va jamiyatdagi qudrat tuzilmalarini ko‘proqchuqur ochib beradi. Narrativ murakkablik esa vaqt, makon va hikoya qilish usullaridagi tajriba orqalio‘quvchining faol ishtirokini talab qiladi, shu bilan birga siyosiy va shaxsiy travmalarni bog‘laydi.Maqolada Qahramon zamonida harbiy maktab muhitidagi yoshlarning ichki ziddiyatlari va jamiyatkorruptsiyasi ko‘p nuqtai nazarlar (omnisent, birinchi shaxs monologlari) orqali tasvirlanishi, shuningdek,Echkining bayramida Dominikan Respublikasidagi Truxillo diktaturasi davridagi shaxsiy va tarixiyvoqealar non-lineer struktura va ko‘p perspektivalar (Uraniya, Truxillo, qotillarning ovozlari) orqalimurakkablashtirilishi ko‘rib chiqiladi. Ikki asarning taqqosiy tahlili orqali Vargas Llosaning badiiy uslubiLotin Amerika adabiyotida postmodernizm va modernizm o‘rtasidagi o‘tishni ko‘rsatadi, qudratningshaxsiy hayotga ta‘sirini ta‘kidlaydi. Tahlil Vargas Llosaning Faulkner va Flaubertdan olgan ta‘sirini,shuningdek, uning siyosiy evolyutsiyasini (chapdan liberallikka o‘tish) hisobga olgan holda olib boriladi.Maqola adabiyotshunoslikda ko‘p rakurslilikning totalitar tuzumlar tanqidida rolini va narrativmurakkablikning o‘quvchi bilan dialogini ta‘kidlaydi
Boshqa tillarda
ruschaАНАЛИЗ КОНЦЕПЦИЙ МНОГОКРАТНОГО ПОВТОРЕНИЯ И НАРРАТИВНОЙ СЛОЖНОСТИ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ХУДОЖЕСТВЕННОГО ХУДОЖЕСТВЕННОГО КОНТЕНТА (НА ПРИМЕРЕ РАБОТ МАРИО ВАРГАСА ЛЬОСЫ «ГЕРОИЧЕСКОЕ ВРЕМЯ» И «ПРАЗДНИК КОЗЛА»)
В данной статье проводится углубленный анализ романов Марио Варгаса Льосы «Город и псы» (1963) и «Козий пир» (2000) с точки зрения концепций полифонии и сложности повествования. Полифония, основанная на теории Михаила Бахтина, предполагает многоголосый литературный текст, представляющий события через множество персонажей и точек зрения, что, в свою очередь, раскрывает структуры тоталитаризма и власти в обществе. Сложность повествования, с другой стороны, требует активного участия читателя посредством восприятия времени, пространства и приемов повествования, а также связывает политические и личные травмы. В статье рассматривается использование множественных перспектив (вездесущие монологи от первого лица) в романе «Время героя» для изображения внутренних конфликтов молодых людей в условиях военной школы и коррупции в обществе, а также сложности личных и исторических событий во время диктатуры Трухильо в Доминиканской Республике в романе «Праздник козла» посредством нелинейной структуры и множественных перспектив (Урания, Трухильо, голоса убийц). Сравнительный анализ двух произведений демонстрирует переход художественного стиля Варгаса Льосы от постмодернизма к модернизму в латиноамериканской литературе, подчеркивая влияние власти на личную жизнь. Анализ проводится с учетом влияния Варгаса Льосы на Фолкнера и Флобера, а также его политической эволюции (переход от левых к либерализму). В статье подчеркивается роль множественных перспектив в литературной критике в критике тоталитарных режимов и диалоге сложной повествовательной структуры с читателем.
inglizchaANALYSIS OF THE CONCEPTS OF MULTIPLE REPETITION AND NARRATIVE COMPLEXITY IN ARTISTIC WORKS (ON THE EXAMPLE OF MARIO VARGAS LLOSA‘S WORKS THE HEROIC TIME AND THE FEAST OF THE GOAT)
This article analyzes Mario Vargas Llosa‘s novels The City and the Dogs (1963) and The Goat‘s Feast (2000) in depth from the perspective of the concepts of polyphony and narrative complexity. Polyphony, based on Mikhail Bakhtin‘s theory, provides a multi-voiced literary text by presenting events through multiple characters and perspectives, which in turn reveals the structures of totalitarianism and power in society. Narrative complexity, on the other hand, requires the active participation of the reader through the experience of time, space, and storytelling techniques, while also connecting political and personal traumas. The article examines the multiple perspectives (omnipresent, first-person monologues) used in The Time of the Hero to portray the internal conflicts of young people in a military school environment and the corruption of society, as well as the complexity of personal and historical events during the Trujillo dictatorship in the Dominican Republic in The Feast of the Goat through a non-linear structure and multiple perspectives (Urania, Trujillo, the voices of the assassins). Through a comparative analysis of the two works, Vargas Llosa‘s artistic style demonstrates the transition between postmodernism and modernism in Latin American literature, emphasizing the impact of power on personal life. The analysis is conducted taking into account Vargas Llosa‘s influence on Faulkner and Flaubert, as well as his political evolution (the transition from left to liberalism). The article emphasizes the role of multiple perspectives in literary criticism in the critique of totalitarian regimes and the dialogue of narrative complexity with the reader.
Kalit so‘zlar
- ko‘p rakurslilik (polifoniya)
- narrativ murakkablik
- totalitarizm va jamiyatdagi hokimiyat
- ichki ziddiyatlar va jamiyatdagi korruptsiya
- personajlar polifoniyasi
- mikrokosmos
- evolyutsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BADIIY ASARLARDA KO‘P RAKURSLILIK VA NARRATIV MURAKKABLIK TUSHUNCHALARI TAHLILI (MARIO VARGAS LLOSANING QAHRAMON ZAMONI VA ECHKINING BAYRAMI ASARLARI MISOLIDA)
Razzakov Baxrom Abdug’afurovich Namangan davlat texnika universiteti “Xorijiy tillar“ kafedrasi o‘qituvchisi E-mail : bahromrazzakkov@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola Mario Vargas Llosaning Qahramon zamoni (La ciudad y los perros, 1963) va Echkining bayrami (La fiesta del chivo, 2000) romanlarini ko‘p rakurslilik (polifoniya) va narrativ murakkablik tushunchalari nuqtai nazaridan chuqur tahlil etadi. Ko‘p rakurslilik, Mixail Baxtinning nazariyasiga asoslanib, bir nechta personajlar va nuqtai nazarlar orqali voqealarni ko‘rsatish orqali adabiy matnning ko‘p ovozliligini ta’minlaydi, bu esa totalitarizm va jamiyatdagi qudrat tuzilmalarini ko‘proq chuqur ochib beradi. Narrativ murakkablik esa vaqt, makon va hikoya qilish usullaridagi tajriba orqali o‘quvchining faol ishtirokini talab qiladi, shu bilan birga siyosiy va shaxsiy travmalarni bog‘laydi. Maqolada Qahramon zamonida harbiy maktab muhitidagi yoshlarning ichki ziddiyatlari va jamiyat korruptsiyasi ko‘p nuqtai nazarlar (omnisent, birinchi shaxs monologlari) orqali tasvirlanishi, shuningdek, Echkining bayramida Dominikan Respublikasidagi Truxillo diktaturasi davridagi shaxsiy va tarixiy voqealar non-lineer struktura va ko‘p perspektivalar (Uraniya, Truxillo, qotillarning ovozlari) orqali murakkablashtirilishi ko‘rib chiqiladi. Ikki asarning taqqosiy tahlili orqali Vargas Llosaning badiiy uslubi Lotin Amerika adabiyotida postmodernizm va modernizm o‘rtasidagi o‘tishni ko‘rsatadi, qudratning shaxsiy hayotga ta’sirini ta’kidlaydi. Tahlil Vargas Llosaning Faulkner va Flaubertdan olgan ta’sirini, shuningdek, uning siyosiy evolyutsiyasini (chapdan liberallikka o‘tish) hisobga olgan holda olib boriladi. Maqola adabiyotshunoslikda ko‘p rakurslilikning totalitar tuzumlar tanqidida rolini va narrativ murakkablikning o‘quvchi bilan dialogini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: ko‘p rakurslilik (polifoniya) va narrativ murakkablik tushunchalari, totalitarizm va jamiyatdagi qudrat, ichki ziddiyatlari va jamiyat korruptsiya, polifoniya personajlar, mikrokosmos, evolyutsiya.
ANALYSIS OF THE CONCEPTS OF MULTI-PERSPECTIVE AND NARRATIVE COMPLEXITY IN WORKS OF FICTION (ON THE EXAMPLE OF MARIO VARGAS LLOSA'S WORKS THE AGE OF HEROES AND THE FEAST OF THE GOAT)
Razzakov Baxrom Abdug’afurovich Teacher of the “Foreign Languages“ department of Namangan State Technical University E-mail : bahromrazzakkov@gmail.com
Abstract: This article analyzes Mario Vargas Llosa's novels The City and the Dogs (1963) and The Feast of the Goat (2000) in depth from the perspective of the concepts of polyphony and narrative complexity. Polyphony, based on Mikhail Bakhtin's theory, provides a multi-voiced literary text by presenting events through multiple characters and perspectives, which in turn reveals the structures of totalitarianism and power in society. Narrative complexity, on the other hand, requires the active participation of the reader through the experience of time, space, and storytelling techniques, while connecting political and personal traumas. The article examines the depiction of the internal conflicts and corruption of society in the military school environment in The Time of the Hero through multiple perspectives (omnipresent, first-person monologues), as well as the complexity of personal and historical events during the Trujillo dictatorship in the Dominican Republic in The Feast of the Goat through a nonlinear structure and multiple perspectives (Urania, Trujillo, the voices of the assassins). Through a comparative analysis of the two works, Vargas Llosa's artistic style demonstrates the transition between postmodernism and modernism in Latin American literature, emphasizing the impact of power on personal life. The analysis is conducted taking into account Vargas Llosa's influence on Faulkner and Flaubert, as well as his political evolution (the transition from leftism to liberalism). The article emphasizes the role of multiple perspectives in literary criticism in the critique of totalitarian regimes and the dialogue of narrative complexity with the reader.
Keywords: concepts of multi-perspective (polyphony) and narrative complexity, totalitarianism and power in society, internal conflicts and corruption in society, polyphony of characters, microcosm, evolution. АНАЛИЗ КОНЦЕПЦИЙ МУЛЬТИПЕРСПЕКТИВНОСТИ И ПОВЕСТВОВАТЕЛЬНОЙ СЛОЖНОСТИ В ХУДОЖЕСТВЕННЫХ ПРОИЗВЕДЕНИЯХ (НА ПРИМЕРЕ ПРОИЗВЕДЕНИЙ МАРИО ВАРГАСА ЛЬОСЫ «ВЕК ГЕРОЕВ» И «ПИР КОЗЛА»)
Раззаков Бахром Абдугафурович Преподаватель кафедры «Иностранные языки» Наманганского государственного технического университета E-mail : bahromrazzakkov@gmail.com
Аннотация: В статье подробно анализируются романы Марио Варгаса Льосы «Город и собаки» (1963) и «Пир козла» (2000) с точки зрения концепций полифонии и повествовательной сложности. Полифония, основанная на теории Михаила Бахтина, создаёт многоголосый литературный текст, представляя события через призму множества персонажей и точек зрения, что, в свою очередь, раскрывает структуры тоталитаризма и власти в обществе. С другой стороны, повествовательная сложность требует активного участия читателя через восприятие времени, пространства и приёмов повествования, связывая политические и личные травмы. В статье рассматривается изображение внутренних конфликтов и коррупции общества в среде военного училища в романе «Время героя» через множественные перспективы (вездесущие монологи от первого лица), а также сложность личных и исторических событий периода диктатуры Трухильо в Доминиканской Республике в романе «Пир козла» через нелинейную структуру и множественные перспективы (Урания, Трухильо, голоса убийц). Через сравнительный анализ двух произведений художественный стиль Варгаса Льосы демонстрирует переход от постмодернизма к модернизму в латиноамериканской литературе, подчеркивая влияние власти на личную жизнь. Анализ проводится с учетом влияния Варгаса Льосы на Фолкнера и Флобера, а также его политической эволюции (переход от левых взглядов к либерализму). В статье подчеркивается роль множественных перспектив в литературной критике тоталитарных режимов и диалога повествовательной сложности с читателем. Ключевые слова: концепции многоперспективности (полифонии) и повествовательной сложности, тоталитаризм и власть в обществе, внутренние конфликты и коррупция в обществе, полифония персонажей, микрокосм, эволюция.
Mario Vargas Llosa -XX asr Lotin Amerika adabiyotining eng muhim namoyandalaridan biri, 2010-yilda Nobel mukofotini “qudrat tuzilmalarini xaritaga solishi va shaxsning qarshilik, isyon va mag‘lubiyatining keskin tasvirlari” uchun olgan peruvlik yozuvchi. Uning asarlari siyosiy, ijtimoiy va psixologik mavzularni murakkab narrativ texnikalar orqali ochib beradi. Ushbu maqolada biz Vargas Llosaning ikki muhim romani – Qahramon zamoni (1963) va Echkining bayrami (2000) - ni ko‘p rakurslilik va narrativ murakkablik tushunchalari asosida tahlil qilamiz.[1] Ko‘p rakurslilik (polifoniya) tushunchasi Mixail Baxtin tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, unda roman bir nechta mustaqil ovozlar va nuqtai nazarlar orqali quriladi, bu esa yagona avtorlik nuqtai nazarni inkor etadi. Vargas Llosaning asarlarida bu texnika jamiyatdagi qudrat munosabatlarini ko‘p qirraliligi bilan ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Narrativ murakkablik esa vaqt oqimi, hikoya qilish ovozlari va struktura tajribalari orqali o‘quvchining passiv qabul qiluvchidan faol talqin qiluvchiga aylanishini ta’minlaydi. Bu ikki tushuncha Vargas Llosaning romanlarida totalitarizmning shaxsiy travmalarga ta’sirini ochib berishda muhim rol o‘ynaydi. Qahramon zamoni – yozuvchining debyut romani, unda Peruning Leoncio Prado harbiy maktabi muhiti orqali yoshlikning ziddiyatlari va jamiyat korruptsiyasi tasvirlanadi. Echkining bayrami esa Dominikan Respublikasidagi Rafael Truxillo diktaturasi davrini, uning qotilligi va oqibatlarini ko‘rsatadi. Ikki asar orasidagi farq – birinchisi avtobiografik va shaxsiy, ikkinchisi tarixiy va siyosiy – lekin ularni birlashtiruvchi narsa narrativ tajribalar orqali qudratning universalligini ko‘rsatishdir. Maqola quyidagi bo‘limlarda ushbu tushunchalarni batafsil ko‘rib chiqadi, shu bilan birga Vargas Llosaning Uilyam Faulknardan olgan ta’sirini va uning siyosiy evolyutsiyasini hisobga oladi. [2]
Ko‘p rakurslilik tushunchasi va uning adabiyotdagi o‘rni : Ko‘p rakurslilik, yoki polifoniya, adabiyotshunoslikda roman matnining ko‘p ovozliligi sifatida tushuniladi. Baxtinning “Dostoevskiy poetics” asarida ta’kidlaganidek, polifoniya personajlarning mustaqil ovozlari orqali yagona avtorlik diktatini buzadi, bu esa jamiyatdagi plurallikni aks ettiradi. Lotin Amerika adabiyotida, xususan “Boom” davrida, bu texnika siyosiy tanqid uchun ishlatilgan: Xulio Kortasar va Gabo (Gabriel Garsiya Markes) kabi yozuvchilar orqali totalitarizmning ko‘p qirraliligini ko‘rsatgan. [3] Vargas Llosaning asarlarida ko‘p rakurslilik Faulknorning ta’sirida shakllangan: uning romanlarida bir nechta nuqtai nazarlar (omnisent, birinchi shaxs, ichki monologlar) orqali voqea bir vaqtda shaxsiy va kollektiv darajada ochiladi. Bu texnika qudrat tuzilmalarini faqat tashqi tasvir emas, balki ichki ziddiyatlar orqali tanqid qilishga imkon beradi. Masalan, yozuvchining “Yozuvchining haqiqati” (A Writer's Reality, 1991) asarida ta’kidlaganidek, forma o‘ziga xos xarakter bo‘lib, narrativ orqali haqiqatni qayta yaratadi. Narrativ murakkablik bilan bog‘liq holda, ko‘p rakurslilik o‘quvchining faol ishtirokini talab qiladi: voqeani birlashtirish o‘quvchining vazifasi. Vargas Llosada bu postmodernizm va modernizm o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lib, uning romanlarida qudratning shaxsiy hayotga ta’sirini ko‘rsatadi. [4] Qahramon zamoni asarida ko‘p rakurslilik va narrativ murakkablik: Qahramon zamoni – Vargas Llosaning Leoncio Prado harbiy maktabidagi shaxsiy tajribasiga asoslangan roman, unda yosh kursantlarning hayoti orqali Peruning ijtimoiy korruptsiyasi tanqid qilinadi. Roman non-lineer struktura va ko‘p narrativ ovozlari bilan ajralib turadi: to‘rtta narrativ ovoz (omnisent uchinchi shaxs, Jaguar va Boa ning birinchi shaxs ovozlari, Alberto ichki monologlari) orqali voqea tasvirlanadi. Ko‘p rakurslilik bu yerda yoshlikning “tanlov vaqti” (Sartre ta’sirida) sifatida ko‘rsatiladi: har bir personaj (Alberto – burjua intellektual, Jaguar – kuchli lider, Rikardo – “qul”) o‘z nuqtai nazaridan gapiradi, bu esa harbiy maktabni jamiyat mikrokosmosiga aylantiradi. Masalan, kursantlarning “Doira”si orqali subvertiv faoliyat va o‘lim voqeasi ko‘p perspektivalar orqali ochiladi: Gamboa ofitserining adolat izlashi, Alberto yozuvchining ichki ziddiyati va Jaguar rahbarligi orqali qudrat ierarxiyasi tanqid qilinadi. [5] Narrativ murakkablik fragmentlangan suhbatlar, flashbacklar va ichki monologlar orqali amalga oshiriladi. Roman ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, epilogda ovozlar birlashadi, lekin o‘quvchi voqeani o‘zi talqin qilishi kerak. Bu texnika harbiy maktabdagi zo‘ravonlikni (initatsiya marosimlari, zararkunandalik) shaxsiy travmalar bilan bog‘laydi, jamiyatning “qahramonlik” mifosini buzadi. Vargas Llosa bu yerda Faulkner uslubini qo‘llab, o‘quvchiga “sirli narrativlar” orqali faol rol beradi, bu romaning murakkabligini oshiradi.Roman chop etilganda harbiy rahbariyat 1000 nusxasini yoqib yuborgan, chunki u Peruning haqiqiy muammolarini ochiq ko‘rsatgan. [6] Echkining bayrami asarida ko‘p rakurslilik va narrativ murakkablik: Echkining bayrami – Truxillo diktaturasi davrini tasvirlovchi tarixiy roman, unda 1961-yilgi qotillik va uning oqibatlari ko‘rsatiladi. Narrativ struktura non-lineer: hozirgi vaqt (Uraniya Kabralning qaytishi) bilan 1960-yillar voqealari aralashadi, bu esa shaxsiy travma va siyosiy tiraniyani bog‘laydi. Ko‘p rakurslilik bu yerda eng yaqqol namoyon bo‘ladi: Uraniyaning perspektivasi (Manhattan advokati sifatida o‘tmishdagi zo‘rlanish xotiralari), Truxilloniki (sog‘lig‘i yomonlashgan diktatorning ichki g‘azabi), qotillar (Pupo Roman metanarrativi orqali isyon va qiynoqlar) va Balaguer (demokratiyaga o‘tish) ovozlari orqali. Bu polifoniya diktaturaning jamiyatdagi ta’sirini ko‘rsatadi: Agustín Kabralning sadoqat sinovlari, Uraniyaning Mahogany uyi voqeasi orqali qudrat shaxsiy hayotni buzishi tasvirlanadi. [7] Narrativ murakkablik vaqt o‘zgarishlari, subtrama va ochilishlar orqali yaratiladi: Uraniyaning xotiralari Truxillo o‘limi voqeasi bilan parallel yuradi, bu esa postmodern texnikalarni (korpus stilistik tahlilga ko‘ra) qo‘llaydi. Roman ovozlarning xori orqali totalitarizmning psixologik ta’sirini ochadi, o‘quvchiga tarixni qayta talqin qilish imkonini beradi. Vargas Llosa bu yerda siyosiy evolyutsiyasini (chapdan liberallikka) aks ettirib, qudratning korruptsiyasini tanqid qiladi. [8] Ikki asarning taqqosiy tahlili: Qahramon zamoni va Echkining bayrami o‘rtasidagi o‘xshashlik – ko‘p rakurslilik orqali qudrat tuzilmalarini tanqid qilish: birinchisida harbiy maktab, ikkinchisida diktatura jamiyat mikrokosmosi sifatida ishlatiladi. Narrativ murakkablik ikkalasida ham non-lineer struktura orqali shaxsiy va kollektiv travmalarni bog‘laydi, lekin farqlar mavjud: birinchisi yoshlik va avtobiografik, ikkinchisi tarixiy va kengroq. Ko‘p rakurslilikda Qahramon zamonida yosh ovozlar ustunlik qiladi (kursantlar monologlari), Echkining bayramida esa siyosiy figuralar (diktator va qotillar). Bu evolyutsiyani ko‘rsatadi: yosh Vargas Llosa Sartre ta’sirida shaxsiy ziddiyatlarni, keksasi esa Baxtin polifoniyasini siyosiy tanqid uchun ishlatadi. Narrativ murakkablikda ikkalasi ham o‘quvchini faol qiladi, lekin ikkinchisi postmodern elementlarni (vaqt fragmentatsiyasi) ko‘proq qo‘llaydi. [9]
Taqqoslash orqali Vargas Llosaning uslubi Lotin Amerika adabiyotida qudrat va erkinlik mavzusini rivojlantirganini ko‘ramiz: ikki roman ham “qudratning xaritasi” sifatida Nobel mukofotini haqli qiladi. [10] Xulosa: Vargas Llosaning Qahramon zamoni va Echkining bayrami romanlari ko‘p rakurslilik va narrativ murakkablik orqali totalitarizmning shaxsiy va jamiyatdagi ta’sirini chuqur ochib beradi. Bu texnikalar adabiyotni siyosiy tanqid vositasiga aylantiradi, o‘quvchiga faol rol beradi. Yozuvchining evolyutsiyasi – chapdan liberallikka o‘tish – asarlarida aks etib, erkinlik va qudrat mavzusini boyitadi. Kelajak tadqiqotlar bu texnikalarni boshqa Lotin Amerika asarlarida qo‘llash mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar16 ta adabiyot
- 1.Vargas Llosa, M. (2000). La fiesta del chivo. Madrid: Alfaguara.
- 2.Vargas Llosa, M. (1963). La ciudad y los perros. Barcelona: Seix Barral.
- Baxtin, M. (1984). Dostoevskiy poetics. Moskva: Xudozhestvennaya literatura.
- Booker, M. K. (1994). Vargas Llosa Among the Postmodernists. Gainesville: University Presses of
- Williams, R. L. (2014). Mario Vargas Llosa: A Life of Writing. Austin: University of Texas Press.10.7560/758124
- Abdug’afurovich, R. B. (2025). THE ROLE OF FICTION IN LEARNING ENGLISH. TANQIDIY
- NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G‘OYALAR, 1(9), 447-451.
- Abdugafurovich, R. B. (2025). THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF THE POETICS
- OF HISTORICAL NOVELS CREATED DURING THE" SOUTHERN RENAISSANCE" IN
- LINGUISTIC CONTEXT. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti konferensiyalari, 489-492.
- Razzakov, B. (2025). PROBLEMS OF LINGUISTIC TRANSLATION STUDIES IN THE POETICS
- OF HISTORICAL NOVELS CREATED DURING THE “SOUTHERN RENAISSANCE”. Zamonaviy filologiya muammolari, 2(1), 86-89.
- Раззаков, Б. (2025). THE IMPORTANCE OF HISTORICAL NOVELS IN LEARNING
- ENGLISH. Международный мультидисциплинарный журнал исследований и разработок, 1(5),
- Abdug’Afurovich, R. (2024). EXPLORING THE POETICS OF HISTORICAL NOVELS DURING
- THE SOUTHERN RENAISSANCE. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 4(5-
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011572
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/583
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1004–1007
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25