Asosiy mazmunga o‘tish

4 311 natija

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

  1. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Saqlash va qayta ishlashga qulay tarvuz navlarining sifatiga ta‘sir etuvchi omillar

    Karimullaeva Marziya Usnatdinovna, Sultanov Jetker Davletbaevich, Salilaeva Gulshad Patullaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining agroiqlim sharoitida yetishtirilgan kechpishar tarvuz navlarining sifat ko‘rsatkichlari, ularni uzoq muddat saqlash imkoniyatlari va saqlash davomida yuz beradigan o‘zgarishlar o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Qozibay, Xait qara va Gulistan navlarining agrobiologik xususiyatlari, hosildorligi, meva etining chiqishi va saqlanuvchanlik xususiyatlari solishtirilgan. Kuzatishlar Nukus va Chimboy tumanlaridagi tarvuz yetishtiruvchi xo‘jaliklarda hamda moslashtirilgan omborxonalar sharoitida olib borilgan. Olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, Qozibay navining hosildorligi 41,5 t/ga, Xait qara navining hosildorligi 40,2 t/ga, Gulistan navining hosildorligi 36,3 t/ga bo‘lgan. Saqlash natijalari may oyining oxiriga kelib Nukus tumanida hosilning 41,7 %, Chimboy tumanida esa 37,6 % qismi iste‘molga yaroqli bo‘lganini ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalari tarvuz navlarini to‘g‘ri tanlash, mevalarni saqlashga sifatli tayyorlash va omborxona sharoitlarini takomillashtirish hosil yo‘qotilishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  2. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Olma mevasini qayta ishlash asosida pyure tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish

    Karimullaeva Marziya Usnatdinovna, Bazarbayev Ajiniyaz Polatovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida yetishtiriladigan olma mevalarini qayta ishlash va ulardan pyure ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Golden Delishes va Renet Simirenko navlarining ayrim pomologik hamda iste‘mol xususiyatlari tavsiflanib, xomashyoni qabul qilish, saralash, yuvish, maydalash, issiqlik bilan ishlov berish, bir jinsli massa olish va qadoqlash bosqichlarining ahamiyati yoritiladi. An‘anaviy usul bilan bir qatorda fermentativ ishlov berish, ultratovush va yuqori bosimli gomogenizatsiya kabi texnologik yechimlarni qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  3. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Tabiiy yaylovlardan foydalanish va yer resurslari monitoringini avtomatlashtirish hamda baholash usullari

    Kalimbetov Jaksibay Bayramovich, Bekturganova Bibinur Yesengeldi kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Orolbo‘yi mintaqasining, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining subarid va arid iqlim sharoitida tabiiy yaylovlarning hozirgi eko-geobotanik holati, degradatsiyaga uchrash sabablari hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirishning kompleks mexanizmlari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda Ustyurt platosi, Janubiy Orolbo‘yi hududlaridagi yaylovlarning ozuqabop imkoniyatlarini qayta tiklash, fitomelioratsiya tadbirlari, geoaxborot tizimlari (GIS) va sun‘iy yo‘ldosh ma‘lumotlari (NDVI) orqali yaylov yuklamasini tartibga solish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar hamda iqtisodiy-ekologik baholash natijalari keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  4. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida yetishtirilgan sanoat pillalarining texnologik ko‘rsatkichlari

    Jumanazarov Timur Tanirbergenovich, Kamalova Rano Tursinbaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada tut navlari bilan ipak qurti duragaylari parvarishlanib, olingan pillalarning texnologik ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Olingan natijalardan shuni ko‘rish mumkinki, variantlarning texnologik ko‘rsatkichlari ichida Sh.Erimbetova fermer xo‘jaligida pillalarning navliligi bo‘yicha eng yuqori natija «Liangguangzhengjiao» xorijdan keltirilgan duragayida kuzatildi (60,42 %). Pillalarning atlasliligi bo‘yicha esa eng yaxshi natija xuddi o‘sha fermer xo‘jaligida kuzatildi (13 %). Olib borilgan tajribalarda Beruniy tumanidagi fermer xo‘jaliklarining ichida Sh.Erimbetova boshqa fermer xo‘jaliklariga nisbatan tut ipak qurti duragaylarining pillasining texnologik ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lishi isbotlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  5. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Bosh piyozning tanlangan istiqbolli navlar ichidan konkurs nav sinovi tashkil etish

    Hayitbayev Doniyor Komiljon ugli, Torayeva Gulzira Muzzafarovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitida xorijiy davlatlardan keltirilgan bosh piyozning 32 tadan ortiq kolleksiyasining iqlimlashtirilganligi va qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganilganligi hamda aniqlanganligi maqolada yoritilgan. Jumladan, tajriba natijalarida k-1 «Dermo», k-9 «Brown Beauty», k-194 «Nomsiz», k-10 «Kind Variety», k-12 «Pioneer 25013», k-13 «Canade maple», k-173 «Nomsiz», k-185 «Nomsiz», k-11 «Xalsedon», k-18 «Meteor», k-40 «Roket», k-43 «Spring Onion», k-44 «Grandina», k-170 «Nomsiz», k-120 «Nomsiz», k-50 «Super Bear», k-75 «Prince-33», k-153 «Qizil piyoz», k-128 «Kizil sak», k-85 «K-3», k-81 «K-11», k-83 «K-12» va k-80 «K-13» nav namunalari ertapisharligi bilan ajraldi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  6. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Ta‘limni raqamlashtirish: zamonaviy ta‘limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishi

    Gubenova Galiya Turganbaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada ta‘limni raqamlashtirishning zamonaviy ta‘lim tizimidagi o‘rni, uning asosiy yo‘nalishlari va ta‘lim sifatini oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Ta‘lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, elektron o‘quv resurslaridan foydalanish, masofaviy o‘qitish tizimlarini rivojlantirish, sun‘iy intellekt va interaktiv platformalarni qo‘llash masalasiga alohida e‘tibor qaratiladi. Shu bilan birga, ta‘limni raqamlashtirish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar, raqamli savodxonlikni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta‘minlash va pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini oshirish yo‘llari muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ta‘limni raqamlashtirish bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishga, o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga va ta‘lim sifatini yaxshilashga yordam berishini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  7. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qovoq navlari mevalarining yangiligidagi quruq modda, umumiy qand va askorbin kislotasi miqdori

    Genjebaev Marat Sovetovich, Abdieva Gulmira Muratbaevna, Karimullaeva Marziya Usnatdinovna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Mazkur tadqiqotda qovoq navlari mevalarining saqlashdan oldingi biokimyoviy tarkibi, jumladan, quruq modda, umumiy qand va askorbin kislotasi miqdori qiyosiy jihatdan o‘rganildi. Tadqiqotda nazorat sifatida Ispanskaya 73 navi tanlanib, Palov kadu 268, Kashgarskaya 1644 va Non kadi navlarining biokimyoviy ko‘rsatkichlari nazorat navi bilan taqqoslandi. Olingan natijalarga ko‘ra, Palov kadu 268 navida quruq modda miqdori 16,3 %, umumiy qand miqdori 8,2 % va askorbin kislotasi 15,2 mg/100 g ni tashkil etdi. Kashgarskaya 1644 navida ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda 16,0 %, 7,8 % va 14,8 mg/100 g, Non kadi navida esa 15,5 %, 7,3 % va 13,8 mg/100 g bo‘ldi. Nazorat Ispanskaya 73 navida quruq modda 14,5 %, umumiy qand 6,8 % va askorbin kislotasi 12,0 mg/100 g miqdorida qayd etildi. Natijalar o‘rganilgan navlar orasida Palov kadu 268 navi uchala biokimyoviy ko‘rsatkich bo‘yicha eng yuqori qiymatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Mazkur natijalar qovoq navlarini oziqaviy qiymati va biokimyoviy xususiyatlari bo‘yicha qiyosiy baholashda muhim ahamiyatga ega.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  8. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qorako‘l qo‘ylarining jun mahsuldorligiga ta‘sir etuvchi omillar

    Eshmuratova Sulukhan Tulegenovna, Joldasbaeva Juldizkhan Amanbaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada qorako‘l qo‘ylarining jun mahsuldorligi va uning sifatiga bevosita ta‘sir etuvchi asosiy omillar — genetik (ichki) va paratipik (tashqi muhit) omillar haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  9. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Nukus shahridan olingan Melilotus officinalis (L.) Lam. namunasining xloroplast matK geni ketma-ketligi asosida molekulyar-genetik identifikatsiyasi

    Eshanova Gulistan · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hududida o‘sgan dorivor qashqarbeda — Melilotus officinalis (L.) Lam. o‘simligining molekulyar-genetik identifikatsiyasi natijalari keltirilgan. Tadqiq qilinayotgan namunaning turga mansubligini tasdiqlash maqsadida xloroplast genomining maturase K (matK) genidan olingan fragmentdan foydalanildi. Nukleotidlar ketma-ketligi Sanger sekvenirlash usuli yordamida olindi. Tahlil qilingan nukleotidlar ketma-ketligining uzunligi 499 juft asosni (bp) tashkil etdi. Tadqiqot uchun 2026-yil 20-mayda Nukus shahri hududidan yig‘ilgan o‘simlik namunasi genomi DNKsi olindi. Olingan ketma-ketlik tarkibida 148 ta adenin (A), 76 ta sitozin (C), 66 ta guanin (G) va 209 ta timin (T) nukleotidi aniqlandi. GC tarkibi 28,46 %, AT tarkibi esa 71,54 % ni tashkil etdi. Olingan matK gen fragmentidan Melilotus officinalis namunasining taksonomik mansubligini molekulyar jihatdan tasdiqlash uchun qo‘shimcha marker sifatida foydalanish mumkinligi ko‘rsatildi. Olingan nukleotidlar ketma-ketligi xalqaro GenBank/NCBI ma‘lumotlar bazasiga depozit qilish uchun tayyorlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  10. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Tuproqni ekishga tayyorlaydigan katoklarga oid

    Erniyazov Allaniyaz Nurniyaz ugli · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada g‘altakmolaning texnik va nazariy tahlillari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Mavjud g‘altakmolalarning konstruktiv tuzilishi va texnologik jarayonlarini o‘rganish maqsadida chet el va respublikamiz olimlari tomonidan g‘altakmolalar ustida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  11. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish holati va rivojlantirish istiqbollari

    Elubaev Allayar Kuwanishbaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish holati rasmiy statistika asosida tahlil qilingan, cheklovchi omillar aniqlangan hamda suv tejovchi infratuzilma, ekinlar diversifikatsiyasi va muqobil moliyalashtirish orqali investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha takliflar berilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  12. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Kurkaning kelib chiqishi, saqlash va oziqlantirish sharoiti (adabiyot ma‘lumotlari asosida)

    N.P. Dauletbaev, R.M. Tashtemirov · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu tezisda bir qator xorijiy olimlarning va respublikamiz olimlarining kurkalar kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari natijalariga asoslangan adabiyot ma‘lumotlari keltirilgan, ularning kelib chiqishi, zotlari, saqlash sharoitlari va oziqlantirilishi yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  13. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Har xil rangdagi qorako‘l qo‘ylardan olingan avlodlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari

    Kh.A. Bekbaev, Satbaev Nietbay Kuanyshbaevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligi sharoitida turli rangga mansub (qora, ko‘k, sur) qorako‘l qo‘ylarining biologik xususiyatlari, tirik vazni o‘zgarishi dinamikasi hamda ularning sut mahsuldorligiga ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘g‘ozlik va laktatsiya davrlarida qo‘ylarning tirik vazni hamda o‘sish ko‘rsatkichlari ranglar kesimida farqlanishi aniqlandi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  14. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘ylarni sog‘ish usullari va qo‘shimcha oziqlantirishni tashkil qilish

    Kh.A. Bekbaev, Maksatova Lazzat Abay kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligi sharoitida qo‘ylarni sog‘ish usullari va qo‘shimcha oziqlantirish o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘g‘ozlik va laktatsiya davrlarida qo‘ylarning tirik vazni hamda o‘sish ko‘rsatkichlari ranglar kesimida farqlanishi aniqlandi. Xususan, yaylovlar radiusi, ozuqa birligi, quruq modda, hazmlanuvchi protein, xom kletchatka, chap yonbosh, Qo‘ylarni sog‘ish davrida zoogigienik talablarga rioya qilish eng muhim zootexnik talablarning biridir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  15. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    O‘zbekiston qovun navlari ma‘lumotlar bazasi va veb-qo‘shimchasini ishlab chiqish

    Beglerbekov Rasul Jubatkhanovich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida yetishtiriladigan an‘anaviy qovun navlari haqidagi ma‘lumotlarni raqamlashtirish, tizimlashtirish va boshqarishga mo‘ljallangan ma‘lumotlar bazasi hamda uning asosida ishlab chiqilgan veb-qo‘shimcha haqida ma‘lumot berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi qovun navlarining biologik, morfologik va xo‘jalik xususiyatlarini yagona elektron tizimda saqlash hamda foydalanuvchilarga ushbu ma‘lumotlardan qulay foydalanish imkoniyatini yaratishdan iborat. Tizim PHP dasturlash tili, MySQL/MariaDB ma‘lumotlar bazasi, HTML5 va CSS3 texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan. Ma‘lumotlar bazasida qovun navining nomi, o‘simlik va meva xususiyatlari, meva shakli va rangi, vazni, barg o‘lchami, quruq modda va umumiy shakar miqdori, hosildorligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, tashishga chidamliligi va saqlanuvchanligi kabi ko‘rsatkichlar saqlanadi. Ishlab chiqilgan tizimda 108 ta dastlabki qovun navi haqidagi ma‘lumotlar shakllantirilgan. Veb-qo‘shimcha orqali mavjud navlarni ko‘rish, izlash, tahrirlash, o‘chirish va yangi navlarni qo‘shish imkoniyati yaratilgan. Natijalar ushbu tizimdan agroinformatika, seleksiya, qishloq xo‘jaligi va qovunchilikka oid ma‘lumotlarni raqamlashtirish jarayonlarida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  16. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Non jiydaning bioekologik xususiyatlari

    Aytimov I.A., Abdibaev T.N. · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu jiyda turlari, birinchisi kamroq, ikkinchisi ko‘proq darajada xalq seleksiyasi obyekti sifatida tabiiy jiydazorlardan doimiy ravishda yirik mevali shakllarini tanlab olish va yangi mahsuldor shakllar va navlar yaratish imkonini bergan. Uzoq o‘tmishlarda xalqimiz tomonidan turli yo‘llar bilan yaratilgan va madaniylashtirilgan yirik mevali jiyda shakllari «Non jiyda» nomi bilan mashhur bo‘lib, aholi tomonidan qimmatli mevali daraxt sifatida ko‘plab o‘stirila boshlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  17. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Orolbo‘yi hududida suv tanqisligi va sho‘rlanish sharoitida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini iqlimga moslashtirish

    Aymuratov Ulugbek Davletbay uli, Kutlimuratova Azizakhon Sadik kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Orolbo‘yi sharoitida suv tanqisligi va sho‘rlanish ta‘sirida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashni iqlimga moslashtirish hamda raqamli monitoring modeli yoritilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  18. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qo‘ychilikda seleksiya-naslchilik ishlari

    Ansatbayev Parakhat Azatbayevich · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Ushbu maqolada qo‘ychilikda seleksiya-naslchilik ishlarini tashkil etish va samarali olib borishning asosiy yo‘nalishlari yoritilgan. Qo‘ylarning mahsuldorlik, nasl va zot xususiyatlarini yaxshilashda seleksiya usullarining ahamiyati, yuqori mahsuldor va genetik jihatdan qimmatli hayvonlarni tanlash hamda saralash masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, naslchilik ishlarida qo‘ylarning kelib chiqishi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, avlod sifati va nasl berish qobiliyatini baholashning o‘rni ko‘rsatib berilgan. Qo‘ychilikda maqsadli juftlashtirish, nasldor qo‘chqorlardan samarali foydalanish hamda zamonaviy seleksiya usullarini qo‘llash orqali yuqori mahsuldor podalarni shakllantirish imkoniyatlari bayon etilgan. Maqolada seleksiya-naslchilik ishlarini ilmiy asosda tashkil etish qo‘ychilik mahsuldorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va soha iqtisodiy samaradorligini ta‘minlashning muhim omili ekanligi ta‘kidlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  19. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Ertagi ekinda turli ekish usullarida yetishtirilgan qovun navlarining iqtisodiy samaradorligi

    Z.M. Amanjolova, Kh. Matiyakubov, Sh. Saburov · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada Nukus tumanida ertagi ekinda yetishtirishda eksportbop kichik vaznli qovunning Dakaro F1 duragayi (54,1 t/ga) hamda Lo‘nda xandalak №25 (44,4 t/ga), Kolxoznitsa (41,0 t/ga) va Kichkintoy (34,4 t/ga) yuqori tovarbop hosildorlikni namoyon qilganligi ilmiy asoslangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish
  20. Ochiq kirishKonferensiya maqolasi

    Qoraqalpog‘iston hududlarida qoramollarning fassiolyoz kasalligi bilan zararlanish darajasi

    Allaniyazov Orinbay Uteniyazovich, Kipshakbayeva Dinara Kanatbay kizi · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026

    Maqolada so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoramollarning fassiolyoz kasalliklarining payda bo‘lishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, shuningdek, gelmintozlar bilan bog‘liq tuman hududlari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish va kasallanish darajasini aniqlash yoritilgan. Tezak namunalari olinib, gelmintokoprologik usul bo‘yicha tekshirilib, fassiola tuxumlari topilib, ya‘ni fassiolalar bilan zararlanish darajasi aniqlandi. Qoramollarning tezak namunalarini tekshirish, tuxumning soni, o‘lchami va rangi bo‘yicha fassiolalarning qaysi avlodiga mansubligini aniqlash tavsiflangan. Fassiolyozni davolash va oldini olish choralari bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Metodologiya

    Manbani ko‘rish