Asosiy mazmunga o‘tish

Kurkaning kelib chiqishi, saqlash va oziqlantirish sharoiti (adabiyot ma‘lumotlari asosida)

N.P. Dauletbaev1, R.M. Tashtemirov22026

  1. 1Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
  2. 2Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 583–586

Annotatsiya

Ushbu tezisda bir qator xorijiy olimlarning va respublikamiz olimlarining kurkalar kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari natijalariga asoslangan adabiyot ma‘lumotlari keltirilgan, ularning kelib chiqishi, zotlari, saqlash sharoitlari va oziqlantirilishi yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПроисхождение индейки, условия её содержания и кормления (по данным литературы)

В данном тезисе представлены сведения из научной литературы, основанные на результатах исследований зарубежных и отечественных учёных, посвящённых происхождению индеек. Рассмотрены происхождение и породные особенности индеек, условия их содержания и кормления.

inglizchaOrigin of the turkey and its housing and feeding conditions (based on literature data)

This abstract presents findings from the scientific literature based on research conducted by foreign and Uzbek scholars on the origin of turkeys. It examines the origin, breed characteristics, housing conditions, and feeding practices of turkeys.

Kalit so‘zlar

  • G.meleagris
  • mahalliy o‘zbek zoti
  • Big-6 kross
  • bronza zoti
  • saqlash sharoiti
  • oziqalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636.592

Kurkaning kelib chiqishi, saqlash va oziqlantirish sharoiti (adabiyot ma’lumotlari asosida) N.P.Dauletbaev 1 Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi assistenti · R.M.Tashtemirov 2 v.f.n., professor Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610155 Iqtibos uchun: N.P.Dauletbaev, R.M.Tashtemirov. Kurkaning kelib chiqishi, saqlash va oziqlantirish sharoiti (adabiyot ma’lumotlari asosida) // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 583–586. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610155

Annotatsiya. Ushbu tezisda bir qator xorijiy olimlarning va respublikamiz olimlarining kurkalar kelib chiqishi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari natijalariga asoslangan adabiyot ma’lumotlari keltirilgan, ularning kelib chiqishi, zotlari, saqlash sharoitlari va oziqlantirilishi yoritilgan. Kalit so‘zlar: G.meleagris, mahalliy o‘zbek zoti, Big-6 kross, bronza zoti, saqlash sharoiti, oziqalar. Аннотация. В данном тезисе представлены сведения из научной литературы, основанные на

4 -S H O ‘ B A результатах исследований зарубежных и отечественных учёных, посвящённых происхождению индеек. Рассмотрены происхождение и породные особенности индеек, условия их содержания и кормления. Ключевые слова: Meleagris gallopavo, местная узбекская порода индеек, кросс Биг-6, бронзовая порода, условия содержания, кормление. Abstract. This abstract presents findings from the scientific literature based on research conducted by foreign and Uzbek scholars on the origin of turkeys. It examines the origin, breed characteristics, housing conditions, and feeding practices of turkeys. Keywords: Meleagris gallopavo, local Uzbek turkey breed, Big-6 crossbreed, Bronze turkey breed, housing conditions, feeding practices.

Kirish Kurkalar (Meleagris gallopavo) Amerika qit’asida paydo bo‘lib, 1523-yili ular Yevropa davlatlariga «dengiz orti tovuqlari» nomi bilan ispanlar tomonidan olib kelingan, keyinchalik Osiyo davlatlariga ham shu yerlardan tarqalgan. Uy parrandalari ichida kurkalar gavdasi eng yirigi hisoblanadi [8]. Binobarin, maslahatimiz kurkachilik fermer xo‘jaliklariga va aholi xonadonlariga qanday qilib kurkalarni saqlash va oziqlantirish to‘g‘risidadir. Materiallar va metodlar Kurkalarning kelib chiqish tarixi, zotlari, saqlash sharoiti va oziqlantirishning joriy etilishini adabiyotlar tahlili asosida o‘rganish. Qushlarning ikki kenja sinfi bo‘lib: kil suyaksiz (Ratitae) va kil suyakli qushlar (Carinatae)ga bo‘linadi. Barcha uy qushlari kil suyakli sinfga kiradi, ular o‘z navbatida ikkita otryadga bo‘linadi: 1. tovuqsimon qush (Galliformes) – tovuq va kurka; 2. g‘ozsimon qush (Anseriformes) – g‘oz va o‘rdak [2]. Olingan natijalar Biz kurkalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida o‘rganishdan boshladik, shuning uchun hozirgi vaqtda ular to‘g‘risida ma’lumotlarni bermoqchimiz.

Ba’zi bir ma’lumotlarga ko‘ra, kurkalarning go‘sht yo‘nalishidagi zotlari o‘ziga xos xulqli xususiyatga ega bo‘lib–ya’ni ko‘p sonli muskullar mavjudligi bilan ajralib turadi. Kurkachilik xo‘jaliklari va ishlab chiqarishning rivojlanganligi Novo Cross Hybrid Converter Cross kurka zotlarida o‘z isbotini topgan [12]. Aholi xonadonlarida Amerikadan keltirilgan Big-6 va Big-9 zot krosslari, Isroil davlatidan keltirilgan oq patli, keng ko‘krakli tez yetiladigan kurkalar boqiladi. Go‘shti mazali, parhezbop. Makiyon kurkalar yerga oddiygina in qurib, 10-15 ta tuxum qo‘yadi. Xonaki kurka xo‘rozlarining tirik vazni 9-35 kg, makiyonlariniki 4,5-11 kg. 8-9 oyligida tuxum qo‘ya boshlaydi [10]. Shimoliy Kavkaz bronza kurkasi. Bu zot Rossiyaning Stavropol o‘lkasida 1946-yili mahalliy zot bilan Bronza keng ko‘krakli kurkasini chatishtirish orqali yaratilgan [9]. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy o‘zbek zotini O‘rta Osiyodagi mashhur seleksioner N.Zolotuxin olgan. Parrandachi olimlar jamoasi bilan birgalikda jadal ish olib borishgan. Ya’ni, kurkalarning mahsuldorligini oshirish va ularni turli iqlim sharoitlariga moslashtirishga qaratilgan bo‘lib, seleksiya uchun kurkalarning yuqori yashovchanligi bilan ajralib turadigan mahalliy zotlaridan foydalangan [6]. Mamlakatimizda mahalliy o‘zbek zotli kurka. O‘rta Osiyo iqlimiga moslashgan zot bo‘lib, ko‘p yillar davomida yaratilgan. Patlar ranglari bo‘yicha bir necha turlari bor: bronza rangi va och sariq rang. Tirik vazni uncha yuqori emas: xo‘rozining og‘irligi 6-7 kg, makiyoni bo‘lsa 3,5-4 kg ni tashkil qiladi. Yiliga 45-50 dona tuxum beradi. Oxirgi yillari yuqori mahsuldor kurka zotlari bilan chatishtirib, mahalliy kurka zoti mahsuldorligi oshirildi: xo‘rozining og‘irligi 10 kg, makiyoni bo‘lsa 6 kg ni tashkil etib, yiliga 70 donagacha tuxum bergan [8]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ko‘pincha aholi xonadonlarida «Mahalliy o‘zbek zoti», Big-6 zot krosslari va Kavkaz bronza kurkasi parvarishlanyapti.

4 -S H O ‘ B A Kurkalarni saqlash sharoiti. Pogodaev ma’lumotlariga ko‘ra, kurkalar tashqi muhit sharoitiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan parrandalardir, ya’ni ularda gipotermik yoki gipertermik jarayonlar bo‘lsa, kasal bo‘lish xavfi ko‘proq bo‘lgan. Kurkalarning noqulay atrof-muhit sharoitlariga sezgirligi oshishining sabablaridan biri shundaki, boshqa parrandalar bilan solishtirganda ularning o‘pkasi va yuragi tana vazniga nisbatan eng kichikdir [3]. Gallyamutdinov ma’lumotlariga ko‘ra, kurkalar haddan tashqari tana vazni bilan birgalikda issiqlik stressiga uchraganda, kurkalar «yumshoq muskul sindromi» rivojlanishini aytib o‘tgan [1]. Xorijiy ma’lumotlarga ko‘ra, tana haroratining ko‘tarilishi (45 °C va undan yuqori) oqsillarning parchalanishiga va muskullarning bo‘shashishiga olib kelgan. Kasal kurka go‘shti o‘zining strukturasini yo‘qotgan, rangi oqarib, bo‘shashib, suvli bo‘lib qolganini isbotlagan [4]. 1-jadval. Kurka jo‘jalarini saqlash uchun xona harorati. T/r Kurkalar yoshi (kun) Xona harorati (toC) 1 1–5 31 – 30 2 6 – 10 29 – 27 3 11 – 20 26 – 24 4 21 – 30 23 – 21 5 31 – 40 20 – 18 Yosh kurkalarning o‘sishiga va rivojlanishiga yorug‘ kunning uzunligi va yorug‘lik kuchi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Go‘sht uchun boqiladigan kurkalarga quyidagi (2-jadval) yorug‘lik rejimi tavsiya etiladi: 2-jadval. Kurkalarning yorug‘lik rejimi. Kurkalar yoshi (hafta) Yorug‘lik vaqtining uzunligi (soat) Yorug‘lik (lyuks) 1 24 50 2-3 17 30 3-7 14 15 8 va undan ortiq 8 1-2

Yosh kurkalar derazasi yo‘q xonada boqilganda binafsharang nurlanuvchi chiroq yoqib turilishi ular organizmida modda almashinuvi buzilishining oldini oladi. Qo‘noqlar yerdan 45-50 sm balandlikda, har bir boshga 30-35 sm hisobidan o‘rnatiladi. Kesimi 3,5x7 sm bo‘lgan taxta plankalarning orasi 28-30 sm, ikki cheti yumaloqlangan bo‘lishi kerak. Devorning yonidagi oxirgi qo‘noq kurkalar dumlari bilan devorga suyanmasligi uchun devordan 35-40 sm masofada bo‘lishi zarur [8]. Kurkalarni oziqlantirish. Yakimov ma’lumotlariga ko‘ra, qishloq xo‘jalik kurkalarini o‘zlarining irsiy mahsuldorlik liniyasini samarali namoyon qilishlari uchun kurkalarning fiziologik talablariga muvofiq barcha ozuqa moddalar bilan ta’minlash kerakligini aytib o‘tgan [7]. Xorijiy ma’lumotlarga ko‘ra, kurkalar postnatal ontogenezida ichak mikroflorasini asta-sekin rivojlantirib, bu ovqat hazm qilish va assimilyatsiya jarayonlarining faolligini qiyinlashtirgan [5]. Birinchi oziqlantirishga qattiq qilib pishirilgan tuxum (1 boshga 4-5 gramm), yangi suzilgan tvorog, tariq, quruq sut qo‘shilgan 3-4 xil donlardan iborat don yormasi (makkajo‘xori, bug‘doy) berilishi lozim. Yem quruq holda yoki nam holatda, qatiq, yog‘i olingan sutlarga aralashtirib berilsa, maqsadga muvofiqdir. Agar imkon bo‘lsa, yosh kurkalar yemiga tuxum, tvorog, ko‘katlar, go‘shtsuyak va baliq unlarini qo‘shib boqilsa, yaxshi natija beradi [8]. Quruq oziqalar bilan oziqlantirilganda 120 kungacha bo‘lgan kurkalarning har bir boshiga eni 4 sm dan kam bo‘lmagan, 120-180 kunligida 6 sm, sersuv aralashmali oziqalar bilan oziqlantirilganda 10-12 sm oxurcha va suvdon bo‘lishi kerak [11]. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kurkalarni oziqlantirishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida bo‘lsa mahalliy xonadonlarida ko‘pincha yem aralashmalari ishlatiladi, ularning tarkibiga quruq va ho‘l aralashmalar, maydalangan yoki butun don, ko‘katlar, tvorog va maydalangan savzi bilan boqilyapti. Nam ozuqa aralashmasiga yangi uzilgan va mayda qilib kesilgan ko‘katlar (piyoz, savzi, beda),

4 -S H O ‘ B A baliq yog‘i va non xamirturishi ham beriladi. Oziqalardagi to‘yimli moddalar kurkalar organizmiga energiya manbai sifatida va moddalar almashinuvi jarayonlarining me’yorida kechishi uchun zarur bo‘lib, kurka kasalliklari ko‘pincha oziqlantirish va saqlash qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Xulosa Adabiyot ma’lumotlari tahliliga ko‘ra, respublikamizda kurka zotlarini keng ko‘lamda rivojlantirish, kurkalarning saqlash sharoiti va postnatal ontogenezdan boshlab oziqa ratsioni tavsiyalarini tatbiq qilishdan iborat. Shuning uchun, tadqiqotchilar fikricha, saqlash sharoiti va oziqa ratsioni to‘g‘ri tuzilishi yangi ekstensiv samaradorligi yuqori bo‘lgan kurka zotlarini amaliyotga joriy etishni taqozo etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. Галлямутдинов Р.В. Основные способы адаптации мышечных волокон к нагрузке и пути их реализации / Галлямутдинов Р.В., Каштанов А.Д., Куставинова Е.В., Карташкина Н.Л., Яцковский А.Н. – Текст: непосредственный // Оперативная хирургия и клиническая анатомия. – 2019- №3(4). – с.28-33.
  2. Никонова Н. А. Анатомия домашней птицы: учебное пособие / Министерство сельского хозяйства Российской Федерации, федеральное государственное бюджетное образовательное учреждение высшего образования «Пермский аграрно-технологический университет имени академика Д.Н. Прянишникова», – Пермь: ИПЦ «Прокростъ», 2022.–153 с.
  3. Погодаев, В.А. Выращивание и откорм индеек в клеточных батареях КБИ–1-00.000 и КБИ–2-
  4. 000 / В.А. Погодаев, В.А., Канивец – Текст: непосредственный // Эффективное животноводство. – 2012. – № 4 (78). – С. 48–51.
  5. Сидорова К. А., Череменина Н. А., Козлова С. В., Криволапова О. С. Ветеринарно-санитарная оценка мяса птицы, реализуемого в условиях рынков города /– Текст: непосредственный // Интеграция науки и практики для развития Агропромышленного комплекса: Сборник статей всероссийской научной конференции, Тюмень, 10 ноября 2017 года. – Тюмень: Государственный аграрный университет Северного Зауралья, 2017. – С. 328-333.
  6. Уразова, А. А. Использование премиксов в кормлении курнесушек / А. А. Уразова, А. С. Иванова – Текст: непосредственный // Достижения молодежной науки для агропромышленного комплекса: Сборник материалов LVI научно-практической конференции студентов, аспирантов и молодых ученых, Тюмень, 14–18 марта 2022 года. Том Часть 3. – Тюмень: Государственный аграрный университет Северного Зауралья, 2022. – С. 564-567.
  7. Узбекская палевая порода индеек – Энциклопедия мяса Wikimeat
  8. Якимов, О.А. Влияние минеральной добавки «Цеостимул» на мясную продуктивность индюшат/О.А. Якимов, Р.В. Айметов – Текст: непосредственный // Учёные записки Казанской государственной академии ветеринарной медицины им. Н.Э. Баумана. – Казань, 2016. – Т. 227. – № 3. – С. 90–92.
  9. Kurkalarni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar / O‘zbekiston Respublikasi «PARRANDASANOAT» uyushmasi; rahbar P.E. Raxmatullaev; tuzuvchi: X.I. Narmuxamedov. – Toshkent: 2013., 36 b.
  10. Qurbonov R. Parrandachilik sirlari / To‘plab, nashrga tayyorlovchi. - T.: Meriyus, 2013 y., 96 bet.
  11. Ruziev R., Raximov A., Raxmatullaev P., Narmuxamedov X., Xidirov K., Komilov A. Parranda boqish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma. Toshkent-2022., 32 b.
  12. Tangirov Q.J., Mallayev M.G‘. Parranda kasalliklari fani bo‘yicha amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quv qo‘llanma. Termiz-2022., 213 b.
  13. Hajbrid Konverter NOVO (Hybrid ConverterNOVO): сайт. – URL: https://www.hybridturkeys.com/ru/products-ru/hybrid-converterNOVO-ru 4 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014639
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610155
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
583–586
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03