Asosiy mazmunga o‘tish

Har xil rangdagi qorako‘l qo‘ylardan olingan avlodlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari

Kh.A. Bekbaev, Satbaev Nietbay KuanyshbaevichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 579–582

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligi sharoitida turli rangga mansub (qora, ko‘k, sur) qorako‘l qo‘ylarining biologik xususiyatlari, tirik vazni o‘zgarishi dinamikasi hamda ularning sut mahsuldorligiga ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘g‘ozlik va laktatsiya davrlarida qo‘ylarning tirik vazni hamda o‘sish ko‘rsatkichlari ranglar kesimida farqlanishi aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaОсобенности роста и развития потомства, полученного от каракульских овец разной окраски

В данной статье в условиях фермерского хозяйства «Нуртилек-караозек» Караузякского района Республики Каракалпакстан изучены биологические особенности каракульских овец разной окраски (чёрной, серой, сур), динамика изменения их живой массы и её влияние на молочную продуктивность. По результатам исследования установлено, что в периоды суягности и лактации живая масса и показатели роста овец различаются в зависимости от окраски.

inglizchaGrowth and development characteristics of offspring obtained from Karakul sheep of different colours

This article examines the biological characteristics of Karakul sheep of different colours (black, grey, sur), the dynamics of their live weight and its effect on milk productivity on the Nurtilek-qoraozek farm in Karauzyak district of the Republic of Karakalpakstan. The results showed that the live weight and growth indicators of ewes during pregnancy and lactation differ by colour.

Kalit so‘zlar

  • Qorako‘l qo‘ylari
  • qora
  • ko‘k
  • sur ranglar
  • tirik vazn
  • mutlaq o‘sish
  • tirik vazn dinamikasi
  • eksteryer ko‘rsatkichlar
  • o‘sish va rivojlanish xususiyatlari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026

Har xil rangdagi qorako‘l qo‘ylardan olingan avlodlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari X.A.Bekbaev Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi dotsenti, q.x.f.f.d. (PhD) · Satbaev Nietbay Kuanyshbaevich Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi veterinariya yo‘nalishi 3-kurs talabasi

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Bekbaev.1983@mail.com, satbaev93@gmaul.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610154 Iqtibos uchun: X.A.Bekbaev, Satbaev Nietbay Kuanyshbaevich. Har xil rangdagi qorako‘l qo‘ylardan olingan avlodlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 579–582. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610154

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligi sharoitida turli rangga mansub (qora, ko‘k, sur) qorako‘l qo‘ylarining biologik xususiyatlari, tirik vazni o‘zgarishi dinamikasi hamda ularning sut mahsuldorligiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘g‘ozlik va laktatsiya davrlarida qo‘ylarning tirik vazni hamda o‘sish ko‘rsatkichlari

4 -S H O ‘ B A ranglar kesimida farqlanishi aniqlandi. Kalit so‘zlar: Qorako‘l qo‘ylari, qora, ko‘k, sur ranglar, tirik vazn, mutlaq o‘sish, tirik vazn dinamikasi, eksteryer ko‘rsatkichlar, o‘sish va rivojlanish xususiyatlari.

Kirish Bugungi kunda qorako‘l qo‘y zoti dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlarida urchitilib, 600 dan ortiq turli mahsuldorlik yo‘nalishidagi qo‘y zotlarining umumiy bosh soni 1,25 mlrd.ni tashkil etadi. Dunyo miqyosida qorako‘lchilik sohasida sut mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Shu sababli qorako‘lchilik rivojlangan xorijiy mamlakatlarda, aholining qorako‘lchilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, ayniqsa sut mahsulotlarining miqdori va sifati hamda seleksion-texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Barcha rangdagi qorako‘l qo‘ylari 1,5 yosh davrga borib deyarli tirik vazni bo‘yicha tenglashib borishi kuzatiladi. Ya’ni bu davrda yolg‘iz va egiz tug‘ilgan qo‘zilar orasida farq 3,5-4,0% tashkil qiladi. Materiallar va metodlar O‘zbekiston Respublikasida juda ko‘p tadqiqotlarda qorako‘l sovliqlarning sut mahsuldorligi zotiga Yusupov S. Yu., Fazilov U. T., Gaziev A, individual irsiy xususiyatiga Gaziev A, oziqlanish darajasiga Boboqulov.N.A, Turganbaev R.U yoshiga, etologik tipiga Xatamov A.X, konstitutsiyasiga Yusupov S. Yu, Ismailov M.Sh tug‘ilish muddatiga, o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlariga Eshniyazov S., Gaziev A va boshqa bir qator omillarga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Ilmiy – tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligida olib borildi. Qorako‘l qo‘ylari rangining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Qora rangli qo‘ylar 75-80% dan ko‘proq, ko‘k qo‘ylar 13-17% ni, sur rangli qo‘ylar 5-6% ni, boshqa rangli qo‘ylar 3,0% ni tashkil qiladi. Qora qorako‘l qo‘ylari shu zotning asosi bo‘lib, mustahkam konstitutsiyali, teri mahsuldorligi yuqori bo‘ladi. Ko‘k qo‘ylar jussasi yirikroq, lekin bo‘sh, sur rangli qo‘ylar esa birmuncha nozikroq konstitutsiyaga egadirlar.

Tahlil va natijalar Qo‘ylarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish, ularning mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘sish va rivojlanish qorako‘l qo‘ylarida ma’lum qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Ba’zi eksteryer ko‘rsatkichlar embrional davrda tezroq yoki jadal o‘sish va rivojlanish xususiyatlari bilan tavsiflansa, ba’zilari postembrional davrda jadal o‘sish va rivojlanish xususiyatiga ega. O‘sish va rivojlanishda irsiyat qonunlari muhim ahamiyatga egadir. Buni turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarida eksteryer hamda o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Bu ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lishida tashqi muhit omillari va ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi ko‘pchilik tadqiqotchi olimlar tomonidan isbotlangan. Bizning tadqiqot ishlarimizda har xil rangdagi qorako‘l qo‘ylari va ulardan olingan avlodlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi. Tirik vazn dinamikasi ko‘rsatkichlari. Qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni, ularning ma’lum darajada sog‘lomligini, mahsuldorligini, konstitutsional mustahkamligini belgilovchi muhim omillarning biri hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar qorako‘l qo‘ylarida yil fasllariga va ularning fiziologik holatiga qarab o‘zgarib turishi ko‘pchilik olimlar tomonidan o‘rganilgan. Qorako‘l qo‘ylarining tirik vaznini imkon darajada bir maromda saqlash, ularning mahsuldorligi, hayotchanligi, olinadigan avlodlarning yaxshi o‘sishi va rivojlanishini ta’minlaydi. Shundan kelib chiqqan holda qo‘ylarni yetarli darajadagi tirik vaznda saqlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining va ulardan olingan avlodlarning tirik vazn ko‘rsatkichlarini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar olib borildi. Shuni ta’kidlash lozimki, Qizilqum sharoitida cho‘l yaylov ozuqabop o‘simliklar tanqisligi va yaylov o‘simliklari hosildorligi kamligini hisobga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida ayniqsa qish va bahor mavsumlarida qo‘shimcha oziqlantirishni taqozo qiladi. Chunki bu

4 -S H O ‘ B A davrda qorako‘l qo‘ylari uchun talab qilinadigan ozuqa to‘yimliligi yetishmasligi kuzatiladi. Bunday davrda har bir bosh uchun o‘rtacha 200-250 gramm konsentrat ozuqa va 0,5 ozuqa birligiga sifatli pichan berish tavsiya qilinadi. Bunday holat hayvonlarning ikkinchi bo‘g‘ozlik davriga to‘g‘ri kelib, homilaning me’yor darajasida rivojlanishiga zamin yaratadi. Kelgusida sog‘lom avlod olish imkonini beradi. Qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni sut mahsuldorligini hamda hayotchanligini belgilovchi muhim foydali–xo‘jalik belgisidir. Qizilqum sharoitida urchitilayotgan turli rangga mansub urg‘ochi qorako‘l qo‘zilarining tirik vazn dinamikasi 1 –jadvalda keltirilgan. Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni sutdan chiqqan davrda barcha rangdagilarda yuqori ekanini ko‘rsatadi: qora rangdagilarda 40,0±0,59 bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich sur rangdagilarda 37,2±0,58 ga teng bo‘lgan, oraliq o‘rinni ko‘k rangdagilarda 39,2±0,53ga tengdir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bo‘g‘ozlik davrida qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni sutdan chiqqan davrga nisbatan 10-13 % kam bo‘lishi kuzatiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, birinchidan, bo‘g‘ozlik davrining qish oylariga to‘g‘ri kelishi natijasida ozuqaviy tanqislikning bo‘lishi, organizm uchun yetarli moddalar yetishmasligi bo‘lsa, ikkinchidan, o‘sha davrda homila uchun katta miqdorda mineral moddalarga bo‘lgan talab oshib boradi. Sutdan chiqqan davrga kelib yaylov o‘simliklari barqarorligi tufayli hayvon organizmi uchun ma’lum darajada ozuqaviy moddalar zaxirasi to‘planadi va ularning bevosita tirik vazniga ta’sir ko‘rsatadi.

1-jadval. Turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni, kg.

Tirik vazn, kg Turli rangdagi Laktatsiyaning Laktatsiyaning Sutdan chiqqan n Bo‘g‘ozlik davri qorako‘l qo‘ylari birinchi o‘n kunligi ikkinchi o‘n kunligi davr X±Sx Sv X±Sx Sv X±Sx Sv X±Sx Sv Qora 30 35,0±0,45 6,90 37,3±0,68 8,79 39,4±0,55 8,01 40,0±0,59 8,13 Ko‘k 10 33,4±0,41 6,43 35,0±0,61 8,87 37,6±0,49 7,73 39,2±0,53 8,79 Sur 25 31,5±0,42 6,35 33,2±0,69 11,15 35,8±0,53 8,98 37,2±0,58 8,02

37.335.0 39.437.635.8 40.039.238.7 35.033.431.5 33.2 40.0 30.0 20.0 10.0 0.0 Bo‘g‘ozlikning Laktatsiya 1–10 Laktatsiya 2–10 Sutdan chiqqan ikkinchi davri kunligi kunligi davr Qora Ko‘k Sur

1-rasm. Turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni, kg. Shuni ta’kidlash lozimki, qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni, rangi kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, qorako‘l qo‘ylar rangi qora rangga kiruvchi qo‘ylarda oqchil rangga kiruvchi qo‘ylarga nisbatan barcha yoshi dinamikasi kesimida yuqori bo‘lganligini kuzatish mumkin. Bizning tajriba ishlarimizda ko‘k rangli qorako‘l qo‘ylari tirik vazni bo‘yicha oraliq o‘rinni egalladi. Ranglar orasidagi farq o‘rtacha 4-6% ni tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash joizki, bunday farqning sut mahsuldorligiga bog‘liqligini hisobga olish zarur. Turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi quyidagi jadvalda keltirilgan.

2-jadval. Har xil rangdagi qorako‘l qo‘zilarining tirik vazn dinamikasi, kg

Qora rangli Ko‘k rangli Sur rangli Hayvonlarning Tug‘ilish tipi

4 -S H O ‘ B A yoshi n yolg‘iz n egiz n yolg‘iz n egiz n yolg‘iz n egiz Tug‘ilganda 29 3,97+0,11x 13 3,2+0,11 15 3,24+0,18 11 3,5+0,16 17 4,03+0,18 11 3,3+0,16 4-4,5 oyligida 24 24,2+0,27x) 11 21,2+0,15 13 25,3+0,23 9 23,7+0,32 14 25,3+0,23 10 22,4+0,27 12 oyligida 21 31,3+0,38x) 9 29,8+0,27x) 12 30,6+0,34 8 30,3+0,21 13 31,6+0,34 7 29,3+0,19 18 oyligida 19 35,2+0,21x) 7 33,4+0,34x 9 34,9+0,32 6 33,2+0,27 11 33,1+0,32 5 32,5+0,21

Jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rinib turibdiki, taqqoslanayotgan har xil rangdagi qo‘ylardan olingan yolg‘iz tipda tug‘ilgan qo‘zilarning tirik vazni egiz tug‘ilganlarga nisbatan yuqori bo‘lgan. Shuni ta’kidlash joizki, yoshi kesimida tirik vazni bo‘yicha tafovut 18-oylik yoshiga borib tenglashishi kuzatiladi. Ranglar kesimida bu farq saqlab qolingan. 18-oylik davrida yolg‘iz tug‘ilgan qora rangdagi qo‘zilar o‘rtacha 35,2+0,21 tirik vaznga ega bo‘lgan bo‘lsa, sur rangdagilar 33,1+0,32 kg tirik vaznga ega bo‘lib, oraliq vaziyatda ko‘k rangdagilar turadi. Barcha rangdagi qorako‘l qo‘ylari 1,5 yosh davrga borib deyarli tirik vazni bo‘yicha tenglashib borishi kuzatiladi. Ya’ni bu davrda yolg‘iz va egiz tug‘ilgan qo‘zilar orasida farq 3,5-4,0% tashkil qiladi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, qora rangli qorako‘l qo‘ylari ko‘k va sur rangdagilarga qaraganda yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. Bu farq ranglar kesimida 4,5-5,5% tashkil qiladi.

Tirik vaznning mutlaq va nisbiy o‘sishi Har qanday organizmning o‘sish jadalligini o‘rganishda mutlaq va nisbiy o‘sim hisobga olinadi. Bu ko‘rsatkichlar kelgusida hayvonning o‘sib rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, sababi bu kelgusida hayvonning sog‘lomligi, jinsiy yetilishini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Qorako‘l qo‘ylarining sutdorligi qanchalik yuqori bo‘lsa, qo‘zilarning mutlaq o‘simi me’yor darajasida kechadi. Qorako‘l qo‘ylarining sutdorligi birinchi navbatda ularning sutkalik ozuqa ratsioniga bog‘liqdir. Amaliy tajribalardan ma’lumki, mutlaq o‘sim susayishi me’yor darajasidagi tirik vazndan orqada qolishi hayvonlarning o‘z navbatida kasallikka beriluvchanligi oshadi. Bizning tadqiqotlarimizda har xil rangga mansub qorako‘l qo‘ylarining mutlaq o‘simi quyidagi jadvalda keltirilgan.

3-jadval. Har xil rangga mansub qo‘zilar mutlaq va nisbiy o‘sish ko‘rsatkichlari, kg. (15 oygacha) O‘sish ko‘rsatkichlari

Qo‘ylar rangi Mutlaq o‘sish (15 oygacha) tug‘ilgandan 4-4,5 oygacha

n kg % n kg % Qora rangli 29 31,23 786,0 24 20,23 589,5 Ko‘k rangli 15 30,20 732,0 13 22,06 580,8 Sur rangli 17 29,07 726,0 14 21,27 531,8

Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, qora rangli qo‘zilarda 18 oylik davrgacha 31,23 kg, ya’ni (786,0%) tashkil qilgan bo‘lsa, ko‘k rangli qo‘zilarda bu ko‘rsatkich 30,20 kg (732%) tashkil qiladi. Sur rangdagilarda esa 29,07 kg (726%) tashkil qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Турганбаев Р.У. Каракалпакский породный тип каракульских овец окраски сур. Монография. Тошкент 2012, 164 с.
  2. Турганбаев Р.У. Қорақалпоқ типига мансуб сур рангли қоракўл қўйларининг маҳсулдорлигини такомиллаштириш. //Докторлик диссертацияси автореферати. Самарқанд 2017, 52 б.
  3. Бобоқулов Н.А. Продуктивность разных типов каракульских овец. Ж. Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги, №2. 2004. –С. 18.
  4. Базаров С.Р. Юсупов С.Ю. Наследуемость смушковых типов овец сур разных типов 4 -S H O ‘ B A конституции. Ж. Зооветеринария. Ташкент. 2015. №3 С. 27-28
  5. Базаров С.Р., Юсупов С.Ю. Конституция и селекция каракульских овец. Сам ҚХИ 75 йиллигига бағишланган илмий-амалий конференция материаллари. II жилд. Самарқанд 2004. -С.47-49.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014638
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610154
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
579–582
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03