Asosiy mazmunga o‘tish

Qoraqalpog‘iston hududlarida qoramollarning fassiolyoz kasalligi bilan zararlanish darajasi

Allaniyazov Orinbay Uteniyazovich, Kipshakbayeva Dinara Kanatbay kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 551–554

Annotatsiya

Maqolada so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoramollarning fassiolyoz kasalliklarining payda bo‘lishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, shuningdek, gelmintozlar bilan bog‘liq tuman hududlari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish va kasallanish darajasini aniqlash yoritilgan. Tezak namunalari olinib, gelmintokoprologik usul bo‘yicha tekshirilib, fassiola tuxumlari topilib, ya‘ni fassiolalar bilan zararlanish darajasi aniqlandi. Qoramollarning tezak namunalarini tekshirish, tuxumning soni, o‘lchami va rangi bo‘yicha fassiolalarning qaysi avlodiga mansubligini aniqlash tavsiflangan. Fassiolyozni davolash va oldini olish choralari bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСтепень заражённости крупного рогатого скота фасциолезом в районах Каракалпакстана

В статье представлены данные о появлении фасциолезных заболеваний крупного рогатого скота в Республике Каракалпакстан за последние годы, а также проведение обследований и определение уровня заболеваемости по районам, связанным с гельминтозами. Были взяты образцы фекалий для гельминтокопрологического исследования, обнаружены яйца фасциолы, то есть определена степень поражения фасциолами. Описано исследование образцов фекалий крупного рогатого скота, определение рода фасциол по количеству, размеру и окраске яиц. Разработаны выводы и рекомендации по лечению и профилактике фасциолеза.

inglizchaLevel of fascioliasis infestation in cattle in the regions of Karakalpakstan

The article provides information on the occurrence of fascioliasis in cattle in the Republic of Karakalpakstan in recent years, as well as on conducting surveys and determining the level of morbidity in the areas of districts associated with helminthiases. Fecal samples were taken and examined by the helminth coprological method, fasciola eggs were found, i.e., the degree of fasciola infestation was determined. It describes the examination of cattle fecal samples, determining the genus of fasciolae by the number, size, and color of the eggs. Conclusions and recommendations for the treatment and prevention of fascioliasis have been developed.

Kalit so‘zlar

  • fassiolyoz
  • gelmintoz
  • gelmint
  • o‘pka
  • jigar
  • fassiola
  • parazit
  • lichinka
  • ayrim organ va to‘qimalarni to‘liq gelmintologik yorib ko‘rish usuli
  • koprologik tekshirish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636/639

Qoraqalpog‘iston hududlarida qoramollarning fassiolyoz kasalligi bilan zararlanish darajasi Allaniyazov Orinbay Uteniyazovich assistent · Qıpshaqbayeva Dinara Qanatbay qızı talaba Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti allaniyazovorinbay@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610147 Iqtibos uchun: Allaniyazov Orinbay Uteniyazovich, Qıpshaqbayeva Dinara Qanatbay qızı. Qoraqalpog‘iston hududlarida qoramollarning fassiolyoz kasalligi bilan zararlanish darajasi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 551–554. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610147

Annotatsiya. Maqolada so‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoramollarning fassiolyoz kasalliklarining payda bo‘lishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, gelmintozlar bilan bog‘liq tuman hududlari bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish va kasallanish darajasini aniqlash yoritilgan. Tezak namunalari olinib, gelmintokoprologik usul bo‘yicha tekshirilib, fassiola tuxumlari topilib, ya’ni fassiolalar bilan zararlanish darajasi aniqlandi. Qoramollarning tezak namunalarini tekshirish, tuxumning soni, o‘lchami va

4 -S H O ‘ B A rangi bo‘yicha fassiolalarning qaysi avlodiga mansubligini aniqlash tavsiflangan. Fassiolyozni davolash va oldini olish choralari bo‘yicha xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Аннотация. В статье представлены данные о появлении фасциолезных заболеваний крупного рогатого скота в Республике Каракалпакстан за последние годы, а также проведение обследований и определение уровня заболеваемости по районам, связанным с гельминтозами. Были взяты образцы фекалий для гельминтокопрологического исследования, обнаружены яйца фасциолы, то есть определена степень поражения фасциолами. Описано исследование образцов фекалий крупного рогатого скота, определение рода фасциол по количеству, размеру и окраске яиц. Разработаны выводы и рекомендации по лечению и профилактике фасциолеза. Abstract. The article provides information on the occurrence of fascioliasis in cattle in the Republic of Karakalpakstan in recent years, as well as on conducting surveys and determining the level of morbidity in the areas of districts associated with helminthiases. Fecal samples were taken and examined by the helminth coprological method, fasciola eggs were found, i.e., the degree of fasciola infestation was determined. It describes the examination of cattle fecal samples, determining the genus of fasciolae by the number, size, and color of the eggs. Conclusions and recommendations for the treatment and prevention of fascioliasis have been developed. Kalit so‘zlar: fassiolyoz, gelmintoz, gelmint, o‘pka, jigar, fassiola, parazit, lichinka, ayrim organ va to‘qimalarni to‘liq gelmintologik yorib ko‘rish usuli, koprologik tekshirish. Ключевые слова: Метод полного гельминтологического вскрытия фасциолеза, гельминтоза, гельминта, легких, печени, фасциолы, паразитов, личинок, отдельных органов и тканей, копрологическое исследование. Keywords: Method of complete helminthological dissection of fascioliasis, helminthiasis, helminth, lungs, liver, fasciola, parasite, larva, individual organs and tissues, coprological examination.

Kirish Respublika hududlarida mart-aprel, may-iyun oylarida qoramollarning gelmintoz kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qoramollarning fassiolyoz kasalliklari respublikamizning barcha tuman hududlarida keng tarqalgan bo‘lib, chorvachilikda mollar bosh soni va mahsuldorligini ko‘paytirishda katta iqtisodiy zarar yetkazmoqda. Qoramollar fassiolyozi kasalligidan keladigan iqtisodiy zarar kasallangan hayvonlar o‘limi, majburiy so‘yilishi hamda kasallanib sog‘aygan mollar uzoq vaqt davomida kasallik qo‘zg‘atuvchi parazitlarni tashuvchilik xususiyatini o‘zida saqlab qolishi, mahsuldorligi pasayib ketishi, ishlab chiqarishda yaroqsiz bo‘lib qolishi va veterinariya-sanitariya tadbirlariga ketgan xarajatlaridan iborat bo‘ladi.

Fassiolyoz qishloq xo‘jaligi hayvonlari orasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida keng tarqalgan va kasallanish darajasi eng yuqori, juda xavfli trematodoz kasalliklarining biri hisoblanadi. Respublikamizning shimoliy hududlarida, asosan Karao‘zak, Taxtako‘pir, Chimboy, Kegeyli, Moynaq, Ko‘ng‘irot, Bozataw tumanlarida fassiolyoz kasalligiga nosog‘lom hududlar hisoblanadi. Ba’zi hududlarda ushbu kasallikning orientobilxarsioz bilan aralash formasi, o‘tkir va surunkali turlari uchraydi.

Fassiolyoz barcha turdagi chorvachilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazadigan gelmintoz kasallik. 1985-1993-yillarda Qoraqalpog‘istonning asosan shimoliy hududlarida qoramollarning ommaviy nobud bo‘lishi kuzatilgan. Kasallikning o‘tkir oqimidan qisqa vaqtda yuzlab qoramollar nobud bo‘lgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida fassiolyoz kasalligining qo‘zg‘atuvchisi F. gigantica, uning oraliq xo‘jayinlari Lymnaea auricularia va L. bactriana mollyuskalaridir. Materiallar va metodlar Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlaridagi qoramollar orasida fassiolyoz kasalligining tarqalishini o‘rganish maqsadida olib borildi. Uning uchun avvalo ushbu kasalliklarning respublikamizda so‘nggi 5 yilda, ya’ni 2020-2024-yillardagi ma’lumotlarda o‘z aksini topganligi, ya’ni ularning tarqalishi, tekshirishlarining natijalari o‘rganildi. Ushbu ma’lumotlarning qanchalik haqqoniy ekanligini aniqlash uchun respublikaning 7 tumanida 114 bosh turli yoshdagi qoramollardan namunalar olinib, 32 boshi zararlanganligini aniqladik. Ularda topilgan fassiolalar turini, sonini, hajmini va qaysi organda uchrashini aniqladik. Tekshirilgan hayvonlardan namunalar

4 -S H O ‘ B A olinib, laboratoriya sharoitida tezak namunalari ketma-ket yuvish usullarida tekshirildi. Tadqiqot joyi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida Karao‘zak, Taxtako‘pir, Chimboy, Kegeyli, Moynaq, Ko‘ng‘irot, Bozataw tumanlari. Tadqiqot obyekti va tekshirish usullari. Turli yoshdagi 114 bosh qoramollarning to‘g‘ri ichagidan olingan 10-15 g atrofidagi tezak namunalari gelmintoskopik, ketma-ket yuvish usullari bilan tekshirildi.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida qoramollarning fassiolyoz kasalligi qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanganlik darajasi 1-jadvalda berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Karao‘zak, Taxtako‘pir, Chimboy, Kegeyli, Moynaq, Ko‘ng‘irot, Bozataw tumanlari sharoitidagi qoramollarning fassiolyoz qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanish darajasini o‘rganishda dastlab Karao‘zak tumani hududidagi aholi qaramog‘idagi qoramollardan olingan tezak namunalarini gelmintokoprologik tekshirish natijalari 10 bosh qoramollardan 2 boshida fassiola tuxumlari topilib, zararlanish darajasi 20,0 foizni tashkil etdi. Taxtako‘pir tumani hududidagi aholi qaramog‘idagi 13 bosh qoramollardan yig‘ib olingan tezak namunalaridan 2 boshida fassiola tuxumlari topilib, zararlanish darajasi 15,3 foizni tashkil etishini ko‘rsatdi. Chimboy tumanining hududlari aholisi qoramollaridan olingan tezaklari tekshirilganda, 15 bosh qoramollardan 5 boshida fassiolalar tuxumlari topilgan va zararlanish darajasi 33,0 foizni tashkil etdi. Kegeyli tumani hududlari aholisi qoramollarining tezaklari tekshirilganda, 25 bosh qoramollardan 9 boshida fassiola gigantika tuxumlari topilgan va zararlanish darajasi 36,0 foizni tashkil etdi. Moynaq tumani hududlaridagi aholi qoramollarining tezaklari tekshirilganda, 12 bosh qoramollardan 3 boshida fassiola gigantika tuxumlari topilib, zararlanish darajasi 33,3 foizni tashkil etdi.

Ko‘ng‘irot tumani hududlaridagi aholi qoramollarining tezaklari tekshirilganda, 17 bosh qoramollardan 5 boshida fassiola gigantika tuxumlari topilib, zararlanish darajasi 29,4 foizni tashkil etdi. Bozataw tumani hududlaridagi aholi qoramollarining tezaklari tekshirilganda, 22 bosh qoramollardan 6 boshida fassiola gigantika tuxumlari topilib, zararlanish darajasi 27,7 foizni tashkil etdi. Umumiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududlar tumanlari bo‘yicha 114 bosh qoramollardan 32 boshining tezak namunalaridan fassiola tuxumlari topildi va zararlanish darajasi 28,0 foizni tashkil etdi.

1-jadval. Qoraqalpog‘iston Respublikasining hududlarida fassiolyoz qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanish darajasi. (Gelmintokoprologik tekshirish natijalari) (1-jadval) № Gelmint tuxumlari Tumanlar Tekshirilgan Trematodlar (hududlar) namunalar soni F. gigantica nomi soni foizi (%) 1 Karao‘zak 10 2 20,0 2 Taxtako‘pir 13 2 15,3 3 Chimboy 15 5 33,0 4 Kegeyli 25 9 36,0 5 Moynaq 12 3 33,3 6 Ko‘ng‘irot 17 5 29,4 7 Bozataw 22 6 27,7 Jami 114 32 28,0

4 -S H O ‘ B A Tadqiqot natijalariga asoslangan xulosa va takliflar 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlar hududlaridagi qoramollarning fassiolyoz kasalligi qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanganlik darajasini o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, ushbu hududlarda qoramollar fassiolyozining tarqalishida (Fassiola gigantika) 28,8 foizni tashkil etgani aniqlandi. 2. Tadqiqotlarimiz respublika sharoitida qoramollar fassiolyoz kasalligi, gelmintoz kasalliklari orasida kasallanish darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatdi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida saqlanadigan qoramollarni yiliga ikki marta bahor va kuz mavsumlarida zamonaviy antigelmintiklar bilan jigar o‘t yo‘llarida parazitlik qiluvchi fassiolalarga qarshi zararsizlantirish zarur deb hisoblaymiz. 4. Fassiolyoz dunyoda eng keng tarqalgan iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xavfli gelmintozlardan biri bo‘lib hisoblanadi. 5. Tadqiqotlarimiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qoramollar orasida fassiolalar bilan zararlanishning juda yuqori darajada bo‘lishi oqibatida yirik va mayda shoxli mollar fassiola tashuvchi bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatadi. 6. Qoraqalpog‘iston Respublikasida so‘nggi 5 yillik ma’lumotlarni tahlil qilganimizda qoramollarning fassiolalar bilan zararlanishining natijasida jigari iste’molga yaroqsiz deb topilganligini ko‘rsatdi. 7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida qoramollar fassiolyoz kasalligining keng tarqalishini aniqladik. To‘liq gelmintologik yorish yo‘li bilan tekshirilgan qoramollarning fassiolyozga chalinganligi qayd qilindi. Shunga ko‘ra har bir fassiolyozga chalingan qoramol jigarida fassiolalarning parazitlik qilishini aniqladik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida fassiolalarning invaziya intensivligi yuqori ekanligini ko‘rsatdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. А. О. Орипов, «Гельминтозларга қарши курашишнинг замонавий стратегияси, услуб ва воситалари» Ж. Ветеринария медицинаси 2021 й. №11 17-19 бетлар.
  2. Орипов А. О., Давлатов Р. Б., Йулдашев Н. Э., «Ветеринария гельминтологияси». ўқув қўлланма. 2016 йил. «Наврўз» нашриёти Тошкент.
  3. Орипов А. О., Шакиев Е. С., Жумашев Р. Ж., «Распространение некоторых гельминтозов сельскохозяйственных животных в Приаралье»
  4. Азимов Д. А. «Эпизоотология ориентобильхарциоза жвачных животных в Узбекистане». 1966 год. Стр 3-7 Материал науч конф ВОГ.
  5. Орипов А. О., Йулдашев Н. Э, «Фасциолез, ориентобильхарциоз ва парафистоматозларнинг олдини олишда моллюскаларга қарши курашиш» «Зооветеринария» № 12 2012 – Б 20-23, № 1 2013–Б 22-26
  6. Даминов А. С. «Қорамоллар трематодозларида қоннинг морфологик ва биокимёвий кўрсаткичлари» Зооветеринария №6 2016 Б- 18-21 4 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014631
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610147
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
551–554
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03