Asosiy mazmunga o‘tish

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish holati va rivojlantirish istiqbollari

Elubaev Allayar KuwanishbaevichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 587–589

Annotatsiya

Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish holati rasmiy statistika asosida tahlil qilingan, cheklovchi omillar aniqlangan hamda suv tejovchi infratuzilma, ekinlar diversifikatsiyasi va muqobil moliyalashtirish orqali investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha takliflar berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСостояние привлечения инвестиций в сельское хозяйство Республики Каракалпакстан и перспективы развития

В статье на основе официальной статистики проанализировано состояние привлечения инвестиций в сельское хозяйство Республики Каракалпакстан, выявлены ограничивающие факторы, а также представлены предложения по привлечению инвестиций через водосберегающую инфраструктуру, диверсификацию культур и альтернативное финансирование.

inglizchaCurrent state and development prospects of attracting investment into agriculture in the Republic of Karakalpakstan

The article analyzes the state of attracting investment into agriculture in the Republic of Karakalpakstan based on official statistics, identifies limiting factors, and provides proposals for attracting investment through water-saving infrastructure, crop diversification, and alternative financing.

Kalit so‘zlar

  • investitsiya
  • qishloq xo‘jaligi
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • xorijiy investitsiyalar
  • asosiy kapital
  • suv tejovchi texnologiyalar
  • islomiy moliya

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish holati va rivojlantirish istiqbollari Elubaev Allayar Quwanishbaevich tayanch doktorant Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti allayare@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610156 Iqtibos uchun: Elubaev Allayar Quwanishbaevich. Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish holati va rivojlantirish istiqbollari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 587–589. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610156

Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga investitsiyalarni jalb etish holati rasmiy statistika asosida tahlil qilingan, cheklovchi omillar aniqlangan hamda suv tejovchi infratuzilma, ekinlar diversifikatsiyasi va muqobil moliyalashtirish orqali investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: investitsiya, qishloq xo‘jaligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, xorijiy investitsiyalar, asosiy

4 -S H O ‘ B A kapital, suv tejovchi texnologiyalar, islomiy moliya. Аннотация. В статье на основе официальной статистики проанализировано состояние привлечения инвестиций в сельское хозяйство Республики Каракалпакстан, выявлены ограничивающие факторы, а также представлены предложения по привлечению инвестиций через водосберегающую инфраструктуру, диверсификацию культур и альтернативное финансирование. Ключевые слова: инвестиции, сельское хозяйство, Республика Каракалпакстан, иностранные инвестиции, основной капитал, водосберегающие технологии, исламские финансы. Abstract. The article analyzes the state of attracting investment into agriculture in the Republic of Karakalpakstan based on official statistics, identifies limiting factors, and provides proposals for attracting investment through water-saving infrastructure, crop diversification, and alternative financing. Keywords: investment, agriculture, Republic of Karakalpakstan, foreign investment, fixed capital, water-saving technologies, Islamic finance.

Kirish Qishloq xo‘jaligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotining tayanch tarmoqlaridan biri bo‘lib, 2 million kishidan ortiq aholining [10] bandligi va daromadlari ko‘p jihatdan unga bog‘liq. Orol dengizi inqirozi, suv tanqisligi va tuproq sho‘rlanishi sharoitida an’anaviy ekstensiv dehqonchilik o‘z imkoniyatlarini tugatgan, tarmoqni modernizatsiya qilish uchun esa uzoq muddatli kapital qo‘yilmalar zarur. Bu yo‘nalishdagi davlat siyosatining huquqiy asoslari «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun [1] hamda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020– 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi [2] bilan belgilangan, 2025-yildagi PQ-248-son qaror bilan esa hududni 2035-yilgacha rivojlantirish strategiyasini moliyalashtirish uchun natijaga asoslangan moliyalashtirish (PforR) tizimi bo‘yicha 150–200 mln dollar xorijiy mablag‘ jalb qilish belgilandi [3]. Jahon banki tadqiqotiga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida yaratilgan o‘sish qashshoqlikni kamaytirishga boshqa tarmoqlardagi o‘sishga nisbatan kamida ikki baravar kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi [5]. Shu bois agrar sohaga investitsiyalarni jalb etish holati va istiqbollarini baholash dolzarb vazifadir. Tadqiqotda statistik, qiyosiy va normativ-huquqiy tahlil usullari qo‘llanildi.

Materiallar va metodlar 2027-yilda hududga 5 mlrd dollar investitsiya jalb qilish vazifasi qo‘yilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlar, avvalo, suv yo‘qotishlarini kamaytirishga bog‘liq [8]. Shundan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlarni ustuvor deb hisoblaymiz: 1. Suv tejovchi infratuzilma. Kanallarni betonlash, nasoslarni yangilash, tomchilatib sug‘orish va lazerli tekislashni davlat-xususiy sheriklik asosida joriy etish. Hisob-kitobimizga ko‘ra, yo‘qotishlarni ikki baravar kamaytirish 1 mlrd kub metrdan ortiq suvni tejash imkonini beradi. 2. Ekinlar diversifikatsiyasi. Kam hosilli paxta maydonlariga kunjut, ozuqa, dorivor va sho‘rga chidamli ekinlarni joylashtirish, sanoatlashgan bog‘ va tokzorlar barpo etish [6]. 3. Chorvachilik. Yaylovlarda artezian quduqlari va ozuqa bazasini yaratish, gektariga 500 ming so‘mlik ozuqa subsidiyasini [9] investorlar uchun barqaror rag‘batga aylantirish. 4. Qayta ishlash va logistika. Agroklasterlar va sovutish omborlarini barpo etish, Qo‘ng‘irotda 2027-yil yakunigacha tashkil etiladigan «quruq port» maqomidagi Orol logistika markazidan [7] agroeksportda foydalanish. 5. Moliyalashtirish. Davlat-xususiy sheriklik bilan bir qatorda islomiy moliya instrumentlari (mushoraka, murobaha, ijara, sukuk) va takaful asosidagi agrosug‘urtani joriy etish; yetakchi investorlar orasida Saudiya Arabistoni va BAA borligi [10] bu yo‘nalishning istiqbolli ekanini ko‘rsatadi. 6. Institutsional muhit. Tumanlarning agrar investitsiya pasportlarini yaratish, yerni ochiq elektron auksionlar orqali ajratish va hududiy imtiyozlar muddatini uzaytirish [7]. Natijalar So‘nggi yillarda hududda keng ko‘lamli investitsiya imtiyozlari joriy etildi: foyda, yer va mol-mulk soliqlari ikki baravar, sanoat korxonalari uchun elektr energiyasi tarifi 15 foizga pasaytirildi,

4 -S H O ‘ B A ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi [8], investitsiya loyihalari uchun yer to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratilmoqda [6]. Natijada 2025-yilda hududga 1,7 mlrd AQSH dollari investitsiya kiritildi, bu 2021- yildagidan 22 baravar ko‘p [8].

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 27 010,1 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan, bu mamlakat bo‘yicha jami hajmning 4,6 foiziga teng [4]. Ularning tarkibi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025-yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari bo‘yicha tarkibi Moliyalashtirish manbalari QR, mlrd so‘m* QR, % O‘zR, % Respublika byudjeti 1 026,4 3,8 4,7 Korxona va tashkilotlar mablag‘lari 3 943,5 14,6 15,3 Aholi mablag‘lari 1 620,6 6,0 6,3 Xorijiy investitsiya va kreditlar 19 771,4 73,2 71,4 Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi – – 0,4 Tijorat bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari 648,2 2,4 1,9 Jami 27 010,1 100,0 100,0 Manba: Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari [4] asosida tuzilgan. QR – Qoraqalpog‘iston R., O‘zR – O‘zbekiston R.; *mutlaq hajmlar ulushlar asosida hisoblangan.

Jadvaldan ko‘rinadiki, hududda investitsiyalarning 73,2 foizi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga shakllanmoqda (respublikada 71,4 %), ularning 59,6 foizini xorijiy investitsiyalar, qolganini kreditlar tashkil etadi [4]. Demak, investitsiya jarayoni asosan tashqi manbalarga tayanmoqda. Yetakchi investorlar qatorida Saudiya Arabistoni, Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari turibdi [10].

Mamlakat miqyosida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga kiritilgan investitsiyalar 2025- yilda 51 181,1 mlrd so‘mni tashkil etib, ularning jami investitsiyalardagi ulushi 5,1 foizdan 8,7 foizga oshgan [4]. Qoraqalpog‘istonda esa 2025-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 747,5 mln dollarga yetib, 10,1 foizga o‘sgan [10]. Osiyo taraqqiyot bankining 60 mln dollarlik krediti va 8 mln dollarlik granti chorvachilikka yo‘naltirilmoqda, cho‘l sharoitida ozuqa yetishtirish bo‘yicha Misr tajribasi esa 20 ming gektar maydonda joriy etiladi [9].

Shu bilan birga, tarmoqqa investitsiyalar oqimini cheklayotgan tizimli muammolar ham mavjud: – suv va yer resurslari: 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga sarflanayotgan 5,7 mlrd kub metr suvning 38 foizi yo‘qotilmoqda [9], yerlarning sho‘rlanishi esa hosildorlikni pasaytirmoqda; – yaylovlardan foydalanish: 4,3 mln gektar yaylovning 2,5 mln gektaridan yetarli foydalanilmayapti [9]; – past hosildorlik: 87 ming gektar paxta maydonidan o‘rtacha 28 sentnerdan hosil olinmoqda, 10 ta tumanda rentabellik past [6]; – investitsiyalarning nomutanosibligi: 2025-yilga rejalashtirilgan 3,1 mlrd dollarning atigi 500 mln dollari hududiy loyihalarga to‘g‘ri kelgan [6]. Xulosa va tavsiyalar Tahlil Qoraqalpog‘istonda investitsiya faolligi keskin oshganini, biroq qishloq xo‘jaligi bu jarayonda o‘z salohiyatiga mos o‘rin egallamayotganini ko‘rsatdi: investitsiyalar asosan tashqi manbalarga tayanmoqda, sug‘orish suvining 38 foizi yo‘qotilmoqda, yaylovlardan foydalanish darajasi past. Taklif etilgan yo‘nalishlar izchil amalga oshirilsa, agrar sohada qo‘shilgan qiymat, aholi bandligi va daromadlari oshadi, Orolbo‘yi mintaqasida ekologik barqarorlik mustahkamlanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar10 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni. 2019-yil 25-dekabr, O‘RQ-598-son.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5853-son 4 -S H O ‘ B A Farmoni. 2019-yil 23-oktabr.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi PQ-248-son qarori. 2025-yil 14-avgust.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar (2025-yil yanvar–dekabr): press-reliz. – Toshkent, 2026. – URL: https://stat.uz
  5. World Bank. World Development Report 2008: Agriculture for Development. – Washington, DC: World Bank, 2007.
  6. Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jaligi, sanoat va turizmni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi // president.uz, 23.12.2024. – URL: https://president.uz/oz/lists/view/7779
  7. Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilandi // president.uz, 20.02.2026. – URL: https://president.uz/oz/lists/view/8961
  8. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi // gov.uz, 21.09.2026. – URL: https://gov.uz/oz/news/view/221779
  9. Bo‘zatovda 7,5 ming gektar yer chorva ozuqasi yetishtirishga moslashtiriladi // kun.uz, 19.09.2026. – URL: https://kun.uz/news/2026/09/19/bozatovda-75-ming-gektar-yer-chorva-ozuqasi-yetishtirishga- moslashtiriladi
  10. Economic transformation of Karakalpakstan: outcomes, strategic reforms and future prospects // Dunyo IA, 26.02.2026. – URL: https://dunyo.info/en/news/ekonomicheskaya-transformaciya-karakalpakstana- rezultaty-i-perspektivy

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014640
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610156
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
587–589
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03