Qo‘ylarni sog‘ish usullari va qo‘shimcha oziqlantirishni tashkil qilish
Kh.A. Bekbaev, Maksatova Lazzat Abay kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 575–578
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligi sharoitida qo‘ylarni sog‘ish usullari va qo‘shimcha oziqlantirish o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘g‘ozlik va laktatsiya davrlarida qo‘ylarning tirik vazni hamda o‘sish ko‘rsatkichlari ranglar kesimida farqlanishi aniqlandi. Xususan, yaylovlar radiusi, ozuqa birligi, quruq modda, hazmlanuvchi protein, xom kletchatka, chap yonbosh, Qo‘ylarni sog‘ish davrida zoogigienik talablarga rioya qilish eng muhim zootexnik talablarning biridir.
Boshqa tillarda
ruschaСпособы доения овец и организация подкормки
В данной статье изучены способы доения овец и их подкормка в условиях фермерского хозяйства «Нуртилек-караозек» Караузякского района Республики Каракалпакстан. По результатам исследования установлено, что в периоды суягности и лактации живая масса и показатели роста овец различаются в зависимости от окраски. В частности, рассмотрены радиус пастбищ, кормовая единица, сухое вещество, переваримый протеин, сырая клетчатка, левый бок. Соблюдение зоогигиенических требований в период доения овец является одним из важнейших зоотехнических требований.
inglizchaMethods of milking sheep and organization of supplementary feeding
This article studies methods of milking sheep and their supplementary feeding on the Nurtilek-qoraozek farm in Karauzyak district of the Republic of Karakalpakstan. The results showed that the live weight and growth indicators of ewes during pregnancy and lactation differ by colour. In particular, the pasture radius, feed unit, dry matter, digestible protein, crude fibre and the left side are considered. Compliance with zoohygienic requirements during the milking of sheep is one of the most important zootechnical requirements.
Kalit so‘zlar
- Qorako‘l qo‘ylari
- chuqur elin
- uzunchoq elin
- yarim do‘maloq elin
- mutlaq o‘sish
- laktatsiya davri
- sut mahsuldorligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026
Qo‘ylarni sog‘ish usullari va qo‘shimcha oziqlantirishni tashkil qilish X.A.Bekbaev Zooinjeneriya kafedrasi dotsenti, q.x.f.f.d. (PhD) · Maksatova Lazzat Abay qizi Zooinjeneriya va veterinariya kafedrasi magistranti
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Bekbaev.1983@mail.com, lazzat.2001@mail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610153 Iqtibos uchun: X.A.Bekbaev, Maksatova Lazzat Abay qizi. Qo‘ylarni sog‘ish usullari va qo‘shimcha oziqlantirishni tashkil qilish // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 575–578. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610153
Annotatsiya. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumanidagi «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligi sharoitida qo‘ylarni sog‘ish usullari va qo‘shimcha oziqlantirish o‘rganilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘g‘ozlik va laktatsiya davrlarida qo‘ylarning tirik vazni hamda o‘sish ko‘rsatkichlari ranglar kesimida farqlanishi aniqlandi. Xususan, yaylovlar radiusi, ozuqa birligi, quruq modda,
4 -S H O ‘ B A hazmlanuvchi protein, xom kletchatka, chap yonbosh, Qo‘ylarni sog‘ish davrida zoogigienik talablarga rioya qilish eng muhim zootexnik talablarning biridir. Kalit so‘zlar: Qorako‘l qo‘ylari, chuqur elin, uzunchoq elin, yarim do‘maloq elin, mutlaq o‘sish, laktatsiya davri, sut mahsuldorligi.
Kirish Qorako‘l qo‘ylari biologiyasi bo‘yicha cho‘l va yarim cho‘llarning og‘ir keskin sharoitida vujudga kelgan. Ular ko‘pchilik hollarda mustahkam konstitutsiyali, suyaklari baquvvat, muskullari kuchli, serharakat va chidamli hisoblanadi. Qo‘ylarning sutdorligi 4-5 oy laktatsiya davrigacha oshishi va keyingi davrda sutkasiga 100-200 grammga kamayishi kuzatilgan [1]. Sovliqlarning tirik vazni ularning sut mahsuldorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, sovliqlarning serpushtligi va suruvda egiz qo‘zilagan sovliqlar salmog‘i oshadi [2], [3]. Sut-bu biologik suyuqlik bo‘lib, hayvonlar sut bezlari orqali ishlab chiqariladi. Qo‘y suti-bu tabiatda yaratilgan takrorlanmas mahsulotligini aytadi [4]. Qo‘y sutidan qadimda nafaqat oziq-ovqat sifatida foydalanilgan, balki har xil qayta ishlangan mahsulot sifatida, ya’ni pishloq, yog‘ hamda dorilik mahsulot sifatida foydalanilgan [1], [4]. Materiallar va metodlar Ilmiy – tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani qorako‘lchilikka ixtisoslashgan «Nurtilek-qoraozek» fermer xo‘jaligida olib borildi. Qorako‘l qo‘zilarining tirik vazni yangi tug‘ilgan paytida laboratoriya tarozisida, yoshi kattargandan so‘ng platformali elektron tarozida o‘lchash yo‘li bilan aniqlandi. Qo‘zilarining tug‘ilganidan 21 kunlik yoshigacha bo‘lgan davrdagi tirik vaznini 5 koeffitsiyentiga bo‘lish yo‘li bilan, keyingi yoshlarida qo‘zilarning onalarini emishidan oldin va emgandan keyingi tirik vaznini o‘lchash yo‘li bilan aniqlandi. Tahlil va natijalar Qorako‘l qo‘ylarining tirik vazni, ularning ma’lum darajada sog‘lomligini, mahsuldorligini, konstitutsional mustahkamligini belgilovchi muhim omillarning biri hisoblanadi. Bizning tajribamizda qorako‘l qo‘ylarning tirik vazni aniqlandi va olingan ma’lumotlar 1-jadvalda keltirildi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida qorako‘l qo‘ylari mari qo‘ylari asosan 60-90 kun sog‘iladi. Sut sog‘ish qo‘ylarning qo‘zilari qorako‘l terisi uchun so‘yilgandan keyin boshlanib, qochirish davriga 100-120 kun qolganda to‘xtatiladi. Qizilqum sharoitida qorako‘l qo‘ylar sutkasiga bir marta sog‘ilib, o‘rtacha 60-90 kg sut yetishtirish imkoni tug‘iladi. Qorako‘l qo‘ylarni sog‘ish ertalab amalga oshirilib, qo‘zilar yoshi 60-75 kunlik davrida to‘xtatiladi. Sog‘iladigan qorako‘l qo‘ylari kechasi qo‘zilaridan ajratilib, kunduzi ona sovliq qo‘ylar bilan qo‘shilib yaylovga yuboriladi va shu tariqa sog‘ish davom ettiriladi. Sog‘iladigan qo‘ylar uchun hosildor yaylovlar ajratilishi zarurdir. Yaylovlar radiusi 2-3 km dan oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Agar qorako‘l qo‘ylari sog‘ish davrida semizlik darajasi o‘rta yoki o‘rtadan past bo‘lsa, qo‘shimcha oziqlantirish talab qilinadi. Qo‘shimcha oziqlantirish qo‘ylarning semizlik darajasini bir maromda saqlash bilan birgalikda sut mahsuldorligini ma’lum darajada oshiradi. Bunday holat qo‘zilarning yetarli miqdorda ona suti ta’minlanishida va qo‘shimcha sut sog‘ib olish imkonini beradi. Bizning tadqiqot ishlarimizda qo‘shimcha ozuqa sifatida M.Smailov (2018) tavsiya qilgan retseptidan foydalangan holda amalga oshirildi. Tajriba uchun qo‘llanilgan ozuqa retsepti quyidagi jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Konsentratli ozuqa aralashmasi tarkibi (100 kg uchun) Ko‘rsatkichlar Arpa Bug‘doy yormasi Kepak Jami 1 kg–da Miqdori, kg 35 15 50 100 1,0 Ozuqa birligi 0,40 0,18 0,37 95,0 0,95 Almashinuv energiyasi, MDj 3,92 1,86 4,77 1055 10,5 Quruq modda, g 297,5 127,5 425 85000 850 Hazmlanuvchi protein, g 39,5 10,44 76,5 12650 126,5 Xom yog‘, g 7,7 3,67 17 2637 28,3 Xom kletchatka, g 17,1 8,76 40 6580 65,8
4 -S H O ‘ B A Azotsiz eks.modda, g 223,3 120,4 265 60840 608,4 Qand, g 0,7 3,0 23,5 23870 238,7 Kalsiy, g 0,7 0,40 1,0 210 2,1 Fosfor, g 1,36 1 4,8 716 7,16 Kaliy, g 1,75 0,51 5,45 771 7,71 Temir, g 17,1 6,0 85 10,850 108,8 Yod 0,08 0,009 0,87 95,8 0,96 Karotin, mg 0,17 0,15 1,3 162 1,62
Ushbu retseptda tayyorlangan ratsion asosida yaylov sharoitida sutkasiga 1 marta kechqurungi davrda oziqlantirish tavsiya qilinadi. Qo‘shimcha oziqlantirish asosida saqlangan ona sovliq qo‘ylarning semizlik darajasini va sut miqdorini ko‘paytirishiga erishiladi. Bugungi kunda qo‘ylarni sog‘ishning 2 usulidan foydalanib kelinmoqda: 1. Orqa tomondan – bu usulda orqadagi ikki oyoq o‘rtasidan o‘ng qo‘lda sut bezlari so‘rg‘ichlaridan sut siqib chiqariladi. 2. Chap yonbosh tomonidan – bu usulda sog‘ish sut bezlari so‘rg‘ichlarini yuqoridan pastga tortishi natijasida sut ajralib chiqadi. Shuni ta’kidlash joizki, bu ikki usul ham ko‘p qo‘llaniladigan usullar bo‘lib, shundan birinchisi hayvonga ko‘proq og‘riq keltiruvchi usullar qatoriga kiradi va sut bezlari kasalliklarini keltirib chiqarishga imkon tug‘diradi. Ikkinchi usulda bo‘lsa, ancha qulay bo‘lib, gigienik talablarga javob beradi. Qo‘ylarni sog‘ish davrida zoogigienik talablarga rioya qilish eng muhim zootexnik talablarning biridir. Sut sog‘ish davrida sog‘ib olingan sutning qo‘y juni aralashmasligini ta’minlash, sut idishlariga chang tushishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Buning oldini olish maqsadida sut sog‘ish idishlari ikki qavatdan marli bilan yopilishi zarurdir. Sog‘ib olingan sut maxsus idish yoki flyaklarga vatali filtr yordamida quyilishini ta’minlash zarur. Sog‘iladigan sovliq suruvlar veterinariya nazoratida bo‘lishi kerak.
Qorako‘l qo‘ylarini yil davomida yaylovda saqlash sharoitida to‘la qiymatli oziqlantirishni tashkillashtirish uchun ularni qo‘shimcha oziqlantirish zarur. Birinchi navbatda nimjon qo‘ylar, so‘ngra fiziologik holatini hisobga olgan holda, bo‘g‘oz sovliqlar, emizikli sovliqlar, sun’iy urug‘lantirish davrida naslli qo‘chqorlar va ozuqa depressiyasi davrida yosh qo‘zilar qo‘shimcha oziqlantiriladi. Qo‘shimcha ozuqa aralashmasini quyidagi: paxta sheluxasi, kunjara, maydalangan donli ozuqalar, don chiqindisi, bo‘r, osh tuzi komponentlardan tuzish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ozuqalar bilan bir bosh qo‘yni bir marta oziqlantirish qo‘ylarning semizlik darajasi hamda yaylovning hosildorligiga qarab 300-600 g tashkil qiladi. Qo‘shimcha oziqlantirishga bo‘lgan yillik talabni aniqlashda: yaylov ozuqalarida to‘yimli moddalar yetishmovchiligi, meteorologik sharoitiga bog‘liq o‘tlatilmasdan turg‘un saqlangan kunlar soni va kunlik qo‘shimcha oziqlantirish zaruriyati hisobga olinadi. Qorako‘l qo‘ylarining sut mahsuldorligining elin tuzilishiga bog‘liqligi Qorako‘l qo‘ylarining elin tuzilishi ma’lum darajada sovliqlar sutdorligi bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik sonli olimlarning ma’lumotlari bo‘yicha, qorako‘l qo‘ylarining elin tuzilishi har xil bo‘lishi ta’kidlangan. Bizning tajriba ishlarimizda qorako‘l qo‘ylarining tuzilishini ko‘p yillik tadqiqotlar va soha chorvadorlari tajribasiga tayangan holda quyidagi elin tuzilishlariga bo‘lib o‘rganishni maqsad qildik. Ular quyidagilardan iboratdir. 1. Chuqur elin. Bunday ko‘rinishdagi qo‘y elinlari chuqur joylashgan bo‘lib, boshqa turdagi elinlarga qaraganda birmuncha keng sut vannasiga egadir. Bunday elinga ega sovliq qo‘ylarning qulaylisi sog‘ish uchun barcha sharoitga ega bo‘lib, ma’lum darajada sutdorlikni ta’minlaydi. Bunday elinga ega qo‘ylar podada ko‘p sonli hisoblanadi.
4 -S H O ‘ B A 2. Uzunchoq elin. Bunday elinga ega sovliq qo‘ylar birmuncha kichikroq sut vannasiga ega bo‘lib, sut to‘planish darajasi chuqur elinga nisbatan ancha kamroqdir. Uzunchoq elinga ega qo‘ylar podada kam sonni tashkil qiladi. 3. Yarim do‘maloq elin. Bunday elinga ega sovliq qo‘ylarda sut paydo bo‘lish mexanizmi va sutdorligi past hisoblanadi. Ko‘pchilik hollarda bunday elinga ega qo‘ylarda egiz tug‘ishda sut tanqisligi, natijada avlodlarning sut bilan ta’minlanishi sust darajada bo‘lib, qo‘zilar o‘sib-rivojlanishi ortda qolishi kuzatiladi. Ko‘p yillik kuzatishlar va tajribalar asosida olib borilgan tadqiqotlarga tayangan holda, qo‘ylarning elin tuzilishi bo‘yicha taqsimlanishi quyidagi jadvalda keltirilgan. 2-jadval. Turli rangdagi sovliq qo‘ylarning elin tuzilishi bo‘yicha taqsimlanishi Elin tuzilishi Turli rangdagi qo‘ylar Qora rangli n=50 Sur rangli n=42 Ko‘k rangli n=38 Bosh soni % Bosh soni % Bosh soni %
Chuqur elin 40 80,0 35 83,4 32 84,2 Uzunchoq elin 3 6,0 2 47,0 2 5,3 Yarim do‘maloq elin 7 14,0 5 11,9 4 10,5
Tajriba ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, elin tuzilishi bo‘yicha turli rangdagi qo‘ylarning taqsimlanishi bo‘yicha sur rangdagi qo‘ylarda chuqur elinga ega qo‘ylar bosh soni -84,2 %, qora rangdagilarda esa -80,0 %-ga teng bo‘ldi. Ko‘k rangli sovliqlar oraliq o‘rinni (83,4 %) egalladi. Qorako‘l qo‘ylarining elin tuzilishiga bog‘liq holda, sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan. 3-jadval. Turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining 60-kunlik laktatsiya davridagi sutdorligining elin tuzilishiga bog‘liqligi, kg
Elin tuzilishi Turli rangdagi qo‘ylar Qora rangli n=50 Ko‘k rangli n=22 Sur rangli n=38 X±Sx Chuqur elin 39,8±1,49 37,6±1,69 38,1±1,97 Uzunchoq elin 32,7±1,17 34,5±1,74 34,9±2,01 Yarim do‘maloq elin 31,9±1,06 33,7±1,68 32,6±1,86
Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, turli rangdagi qorako‘l qo‘ylarining 60-kunlik laktatsiya davridagi sutdorligining elin tuzilishiga bog‘liqligi tahlili, qora rangdagi qo‘ylar sut miqdori 100 foiz deb qabul qilinsa, ko‘k rangdagi sovliqlarda 94,5 foiz, sur rangdagilar esa -95,7 foizga tengdir. Ko‘p yillik tajribalarga tayanib, shuni ta’kidlash imkoni bo‘ladiki, ko‘p sonli qorako‘lchilik suruvlarini tahlil qilganimizda chuqur elinga ega qo‘ylar bosh soni ma’lum darajada ko‘p sonli ekanligini ko‘rsatadi. Shuni ta’kidlash lozimki, ko‘pchilik hollarda, chuqur elinga ega qo‘ylarda egizlik darajasi yuqori ekanligi tasdiqlanadi. Qorako‘l qo‘ylaridan nafaqat teri mahsuldorligi, balki ulardan go‘sht yetishtirishda elin tuzilishi ahamiyatli hisoblanib, ularning sut mahsuldorligi, sog‘lom qo‘zilar yetishtirishda bu ko‘rsatkichlarni inobatga olish zarurdir.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Турганбаев Р.У. Каракалпакский породный тип каракульских овец окраски сур. Монография. Тошкент 2012, 164 с.
- Турганбаев Р.У. Қорақалпоқ типига мансуб сур рангли қоракўл қўйларининг маҳсулдорлигини такомиллаштириш. //Докторлик диссертацияси автореферати. Самарқанд 2017, 52 б.
- Бобоқулов Н.А. Продуктивность разных типов каракульских овец. Ж. Ўзбекистон қишлоқ 4 -S H O ‘ B A хўжалиги, №2. 2004. –С. 18.
- Базаров С.Р. Юсупов С.Ю. Наследуемость смушковых типов овец сур разных типов конституции. Ж. Зооветеринария. Ташкент. 2015. №3 С. 27-28
- Базаров С.Р., Юсупов С.Ю. Конституция и селекция каракульских овец. Сам ҚХИ 75 йиллигига бағишланган илмий-амалий конференция материаллари. II жилд. Самарқанд 2004. -С.47-49.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014637
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610153
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 575–578
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03