Asosiy mazmunga o‘tish

Non jiydaning bioekologik xususiyatlari

Aytimov I.A., Abdibaev T.N.Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 569–570

Annotatsiya

Ushbu jiyda turlari, birinchisi kamroq, ikkinchisi ko‘proq darajada xalq seleksiyasi obyekti sifatida tabiiy jiydazorlardan doimiy ravishda yirik mevali shakllarini tanlab olish va yangi mahsuldor shakllar va navlar yaratish imkonini bergan. Uzoq o‘tmishlarda xalqimiz tomonidan turli yo‘llar bilan yaratilgan va madaniylashtirilgan yirik mevali jiyda shakllari «Non jiyda» nomi bilan mashhur bo‘lib, aholi tomonidan qimmatli mevali daraxt sifatida ko‘plab o‘stirila boshlangan.

Boshqa tillarda

ruschaБиоэкологические особенности джиды «Нон жийда»

Эти виды инжира, первый в меньшей степени, второй в большей, были объектом народной селекции, что позволило нам постоянно отбирать крупноплодные формы из естественных инжирных плантаций и создавать новые продуктивные формы и сорта. В далеком прошлом крупноплодные формы инжира, созданные и культивируемые нашими людьми различными способами, стали известны как «хлебный инжир» и начали широко культивироваться населением как ценные плодовые деревья.

inglizchaBioecological characteristics of Non jiyda oleaster

These types of figs, the first to a lesser extent, the second to a greater extent, have been the object of folk selection, which has allowed us to constantly select large-fruited forms from natural fig plantations and create new productive forms and varieties. In the distant past, large-fruited fig forms, created and cultivated by our people in various ways, became known as “Bread figs” and began to be widely cultivated by the population as valuable fruit trees.

Kalit so‘zlar

  • oziq-ovqat
  • dorivorlik
  • meliorativ va manzarali
  • qimmatli mevali daraxt

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026

Non jiydaning bioekologik xususiyatlari Aytimov I.A. q.x.f.f.d. (PhD), dotsent · Abdibaev T.N. magistr Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610151 Iqtibos uchun: Aytimov I.A., Abdibaev T.N. Non jiydaning bioekologik xususiyatlari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 569–570. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610151

Annotatsiya. Ushbu jiyda turlari, birinchisi kamroq, ikkinchisi ko‘proq darajada xalq seleksiyasi obyekti sifatida tabiiy jiydazorlardan doimiy ravishda yirik mevali shakllarini tanlab olish va yangi mahsuldor shakllar va navlar yaratish imkonini bergan. Uzoq o‘tmishlarda xalqimiz tomonidan turli yo‘llar bilan yaratilgan va madaniylashtirilgan yirik mevali jiyda shakllari «Non jiyda» nomi bilan mashhur bo‘lib, aholi tomonidan qimmatli mevali daraxt sifatida ko‘plab o‘stirila boshlangan. Abstract. These types of figs, the first to a lesser extent, the second to a greater extent, have been the object of folk selection, which has allowed us to constantly select large-fruited forms from natural fig plantations and create new productive forms and varieties. In the distant past, large-fruited fig forms, created and cultivated by our people in various ways, became known as “Bread figs” and began to be

4 -S H O ‘ B A widely cultivated by the population as valuable fruit trees. Аннотация. Эти виды инжира, первый в меньшей степени, второй в большей, были объектом народной селекции, что позволило нам постоянно отбирать крупноплодные формы из естественных инжирных плантаций и создавать новые продуктивные формы и сорта. В далеком прошлом крупноплодные формы инжира, созданные и культивируемые нашими людьми различными способами, стали известны как «хлебный инжир» и начали широко культивироваться населением как ценные плодовые деревья. Kalit so‘zlar: oziq-ovqat, dorivorlik, meliorativ va manzarali, qimmatli mevali daraxt. Xalqimiz hayotida asrlar osha muhim o‘rin egallab kelayotgan o‘simliklar orasida jiyda alohida o‘rin tutadi. Bu oziq-ovqat, dorivorlik, eroziyaga qarshi meliorativ va manzarali xususiyatlarga ega juda qimmatli va foydali o‘simliklar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo ikkita tabiiy tarqalgan qimmatli jiyda turining vatanidir: bular ingichka bargli jiyda yoki qush jiyda (Лох узколистный-Elaeagnus angustifolia) va sharq jiydasi (Лох восточный Elaeagnus orientalis) bo‘lib, ular turli ekologik sharoitlarga yaxshi moslashgan va O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida o‘sadi. Ushbu jiyda turlari, birinchisi kamroq, ikkinchisi ko‘proq darajada xalq seleksiyasi obyekti sifatida tabiiy jiydazorlardan doimiy ravishda yirik mevali shakllarini tanlab olish va yangi mahsuldor shakllar va navlar yaratish imkonini bergan. Uzoq o‘tmishlarda xalqimiz tomonidan turli yo‘llar bilan yaratilgan va madaniylashtirilgan yirik mevali jiyda shakllari «Non jiyda» nomi bilan mashhur bo‘lib, aholi tomonidan qimmatli mevali daraxt sifatida ko‘plab o‘stirila boshlangan. Non jiydaning yirik mevali shakllari tarkibida qand moddasi ko‘pligi (60 % gacha) va yuqori iste’mollilik xususiyatlariga ega ekanligidan mevalari qish-bahor mavsumida quritilgan holda iste’mol qilingan va u qand o‘rnini bosgan. Madaniylashtirilgan non jiyda shakllari doimiy ravishda yaxshilanib borgan va sug‘orma dehqonchilik madaniyati yuqori bo‘lgan hududlarda tarqalgan va aholi tomonidan ko‘plab o‘stirila boshlangan. Ayni vaqtda nafaqat respublikamizda, balki jahonda xalq seleksiyasi yo‘li bilan yetishtirilgan barcha mevalarga, shu jumladan non jiyda navlariga qiziqish ortib bormoqda. Xalq seleksiyasi juda mahsuldordir, u mana necha ming yillarki tabiatdan eng sara mevali shakllarni tanlab olib, o‘z faoliyatida ongli ravishda foydalanib kelgan. Keyinchalik insonning o‘simliklar

OROLBO‘ YI · 2026 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERIALLARI 4-SHO‘BA Ilmiy g‘oyalar va zamonaviy yechimlar

haqidagi bilimlari doirasi tobora kengayib bordi va u faol seleksiya bilan shug‘ullana boshladi. Natijada chatishtirish usuli bilan olingan duragaylarni tarbiyalab nav darajasiga yetkazishga harakat qilingan va ko‘p hollarda bu ish yaxshi natijalar bergan. Xalq seleksiyasi tomonidan yaratilgan meva navlariga, ularning yovvoyi ajdodlariga bo‘lgan qiziqish nafaqat respublikamizda, balki jahonda ham ortmoqda. Xuddi shunga o‘xshash mevali o‘simliklar turlarining xalq seleksiyasi yo‘li bilan yaratilgan mahalliy aholi qo‘lidagi eng sara shakllarini hamda ularning yovvoyi istiqbolli ajdodlarini topib, ilmiy ahamiyatga molik kolleksiyasini (genofondini) barpo etish ishlari respublikamizda ham allaqachonlar boshlab yuborilgan. Ushbu tanlangan mavzuning ham asosiy maqsadi — Uzun o‘rmon xo‘jaligi sharoitida non jiydani vegetativ ko‘paytirish. Tarixdan ma’lumki, ajdodlarimiz juda qadimdan birinchi navbatda mahalliy sharoitlarda tarqalgan yovvoyi jiydalardan foydalanganlar, uning iste’mol uchun mevalari quritilgan. Vaqt o‘tishi bilan tabiatdan insonning o‘sib borayotgan talabiga javob bera oladigan seret, shirin, yirik mevali shakllari saralanib hovlilarda, tomorqalarda ekila boshlangan, ya’ni jiyda madaniylashtirilgan. Shu asnoda asta-sekin sara jiyda shakllari va navlari yaratilgan, madaniy sharoitlarda ular yanada qayta-qayta saralanib borgan. Natijada xo‘jalik nuqtai nazaridan qimmatli belgi va sifatlarga ega bo‘lganlari saqlab qolingan, ko‘paytirilgan va xalq orasida ommalashtirilgan. Shu sababli non jiydaning qimmatli belgi va sifatlarga ega shakllarini o‘rmon xo‘jaliklarida ko‘paytirishni muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga molik ish hisoblayman. Jiyda o‘simligi o‘rmon melioratsiyasida juda qadrlanadi, ayniqsa ingichka bargli jiyda, juda plastik o‘simlik bo‘lib, turli ekologik sharoitlarda tabiiy tarqalgan. Tog‘larda 1000 metrdan balandlikkacha ko‘tarilsa, sho‘rxok, yer osti sizot suvlari yer yuzasiga yaqin yerlarda ham bemalol o‘sadi. Suv havzalari, irrigatsion kanallar, kollektorlar qirg‘oqlarini mustahkamlashda, jarliklar, ko‘chki joylarida ham tuproqni mustahkamlovchi eroziyaga qarshi jiydazorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir. Unumsiz

4 -S H O ‘ B A tuproqlarda ham jiyda bemalol o‘sib hosil beradi. Chunki uning ildiz sistemasida azotni o‘zlashtiruvchi tuganak bakteriyalar (aktinomitsetlar) mavjud bo‘lib, ular tuproq unumdorligini oshiradi. Bir so‘z bilan aytganda, jiyda turli og‘ir tuproq sharoitlariga oson moslashadi. Qishloq xo‘jaligi tizimidan chiqarilgan va meliorativ holati yomonlashgan yerlarda yirik mevali jiydazorlar barpo etish maqsadga muvofiq ishdir. Jiydaning turli geografik hududlarda keng tarqalganligi va ekilayotganligi ham uning chidamli tur ekanligini ko‘rsatadi. Rossiya sharoitlarida u sovuqqa chidamliligi tufayli (-300C gacha sovuqlarga bardosh beradi) ko‘plab o‘stirilmoqda, chunki u nafaqat shirin meva beribgina qolmay, tuproqni (60-70 kg/ga) azot bilan boyitadi. Shu sababli uning nomi Rossiya yoki shimol xurmosi nomiga sazovor bo‘lgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Azimov İ. Razmnojenie loxa steblevыmi cherenkami. Trudы SredazNİİLX. Vыp 14 Tashkent 1975 S 139-142.
  2. Azimov İ. Krupnoplodnыe formы loxa (djida) Uzbekistana i sposobы ix vegetativnogo razmnojeniya Avtoreferat diss na sois.uch. st. k. s. x nauk. Tashkent 1967 17 str.
  3. Allayarov İ. Rastitelьnostь Xorezmskogo oazisa Nauchnыe trudы TashGU vыp 204 Tashkent İz-vo FAN UzSSR 1962
  4. Allazarova U Butkov A Ya Xamidov G X Gornыe listvennыe lesa i kustarniki mezofilnogo sklada – Therodendra Rastitelьnыy pokrov Uzbekistana i puti ego racionalьnogo ispolьzovaniya. Tom IV Tashkent İzd-vo Fan 1984 S 3-85.
  5. Berdiev E. Turdiev S. Turdiev R Non jiyda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi 2009 y № 7 19 bet.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014635
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610151
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
569–570
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03