Dorivor valeriana (Valeriana officinalis L.) o‘simligini urug‘dan va vegetativ usulda ko‘paytirish usullari
Rasbergenova Dilbarkhan Rambergenovna, Karimbaeva Ayzada Ongarbaevna · Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish · 2026
Ushbu maqolada dorivor valeriana (Valeriana officinalis L.) o‘simligini urug‘dan va vegetativ usulda ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot ma‘lumotlarida urug‘larni ekish muddati, ekish chuqurligi va haroratning maysalar unib chiqishiga ta‘siri taqqoslangan. Dala sharoitida mart–may oylarida ekilgan urug‘larning unib chiqishi 25–30% ni tashkil etgan, iyul–avgust oylarida esa bu ko‘rsatkich 56,6% ga yetgan. Ekish chuqurligi bo‘yicha 0,2 sm variantida 46,6%, tuproq yuzasiga ekilganda 28,8%, 0,5 sm chuqurlikda 29,4% unib chiqish kuzatilgan. Soya joyda ekilgan urug‘larning unib chiqishi 56–60% bo‘lgani, quyosh tushib turadigan joyda esa urug‘larning unib chiqish darajasi past bo‘lgani qayd etilgan. Vegetativ usulda ildizpoyadan ajratilgan yosh o‘simliklarni kuzda va bahorda ekib ko‘rish natijalarida unib chiqish 95–100%, saqlanish ko‘rsatkichi 85–90% ni tashkil etgan. Olingan ma‘lumotlar valerianani introduksiya sharoitida ko‘paytirishda ekish muddati, chuqurligi va joyini tanlash muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.