Parrandalarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum yetkazishda gigiyena talablari
Kazakbaev Bakhit Seyilbekovich, Shernazarov Saparbay JumanazarovichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 637–639
Annotatsiya
Maqolada respublikamizda parrandachilikning fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda rivojlanishi, ularni parvarish qilish va oziqlantirish masalalari, bu xo‘jaliklarda naslchilik ishlarini olib borish va mustahkam ozuqa bazasini yaratish kerakligi ko‘rsatilgan.
Boshqa tillarda
ruschaГигиенические требования при кормлении и выращивании птицы, производстве мяса и яиц
В статье рассматриваются вопросы развития птицеводства в фермерских и личных подсобных хозяйствах нашей республики, ухода за ними и кормления, необходимость проведения племенной работы в этих хозяйствах и создания прочной кормовой базы.
inglizchaHygiene requirements for feeding and rearing poultry and producing meat and eggs
The article examines issues regarding the development of poultry farming in farms and personal subsidiary plots in our republic, their care and feeding, the need to conduct breeding work in these farms, and the creation of a stable feed base.
Kalit so‘zlar
- Parrandaxona
- parranda fermasi
- fabrikasi
- polda
- katakda
- oziqlantirish
- mikroiqlim ko‘rsatkichlari
- yayratish
- to‘shama
- inkubatsiya. Kalit so‘zlar: Parrandachilik
- parrandaxona
- tovuq
- jo‘ja
- broyler
- tuxum
- parranda go‘shti
- omuxta yem
- oziqa ratsioni
- naslchilik
- inkubatsiya
- katakli batareya
- erkin saqlash
- zoogigiyena
- veterinariya-sanitariya
- mikroiqlim
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636.5:614.9
Parrandalarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum yetkazishda gigiyena talablari Kazakbaev Baxit Seyilbekovich katta o‘qituvchi · Shernazarov Saparbay Jumanazarovich assistent Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610168 Iqtibos uchun: Kazakbaev Baxit Seyilbekovich, Shernazarov Saparbay Jumanazarovich. Parrandalarni oziqlantirish, boqish, go‘sht va tuxum yetkazishda gigiyena talablari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 637–639. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610168
Annotatsiya. Maqolada respublikamizda parrandachilikning fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda rivojlanishi, ularni parvarish qilish va oziqlantirish masalalari, bu xo‘jaliklarda naslchilik ishlarini olib borish va mustahkam ozuqa bazasini yaratish kerakligi ko‘rsatilgan. Аннотация. В статье рассматриваются вопросы развития птицеводства в фермерских и личных подсобных хозяйствах нашей республики, ухода за ними и кормления, необходимость проведения племенной работы в этих хозяйствах и создания прочной кормовой базы.
4 -S H O ‘ B A Abstract. The article examines issues regarding the development of poultry farming in farms and personal subsidiary plots in our republic, their care and feeding, the need to conduct breeding work in these farms, and the creation of a stable feed base. Kalit so‘zlar: Parrandaxona, parranda fermasi, fabrikasi, polda, katakda, oziqlantirish, mikroiqlim ko‘rsatkichlari, yayratish, to‘shama, inkubatsiya. Kalit so‘zlar: Parrandachilik, parrandaxona, tovuq, jo‘ja, broyler, tuxum, parranda go‘shti, oziqlantirish, omuxta yem, oziqa ratsioni, naslchilik, inkubatsiya, katakli batareya, erkin saqlash, zoogigiyena, veterinariya-sanitariya, mikroiqlim.
Kirish Bozor iqtisodiyoti sharoitida parrandachilik korxonalari davlat rejasi asosida emas, mahsulot ishlab chiqarishni bozor talabidan kelib chiqib tashkil qiladi, bu esa bozorda sifatli, arzon parranda mahsulotlari turlarini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha turdagi mulk shaklidagi xo‘jaliklarning erkin raqobat uchun huquqiy va iqtisodiy asoslari yaratilib beriladi. Respublika chorvachilik sohasini rivojlantirish: shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari sonini ko‘paytirish maqsadida parrandalar sotib olish uchun mikrokreditlar ajratish. Mamlakatning turli tashkilot va korxonalarida parrandachilik yordamchi xo‘jaliklarini tashkil qilish, naslchilik ishlarini takomillashtirish maqsadida sun’iy urug‘lantirishni keng joriy etish, zooveterinariya servis xizmatlarini kengaytirish va muhimi, oziqa bazasini mustahkamlash uchun shartli mol boshiga yetarli yerlarni ajratish hamda mahsulot ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyalarini talab darajasiga yetkazish kabi tadbirlar orqali amalga oshirilmoqda. Parrandalar uchun quriladigan parrandaxonalar saqlash usuliga qarab moslashtiriladi. Parrandalar asosan polda va katakli batareyalarda saqlanadi. Erkin holda almashtiriladigan yoki almashtirilmaydigan qalin to‘shamalarda saqlansa, ichiga qo‘noqlar qilinadi. Alohida yoki guruh holida kataklarda saqlansa, boshqa parrandaxona, lager sharoitida saqlansa, boshqa binolar quriladi. Parrandalardan asosan tuxum, go‘sht va qo‘shimcha ravishda pat olinadi. Shuning uchun veterinariya-sanitariya va gigiyena talablarining hammasini inkubatsiyaga, jo‘jalarni o‘stirish, katta yoshdagi parrandalarni parvarish qilish, broyler jo‘ja go‘shtini yetishtirishga qaratish lozim.
Materiallar va metodlar Parrandalarni erkin holda va kataklarda saqlashning o‘ziga xos afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Erkin holda saqlanganda bemalol harakat qiladi, toza havo va quyosh nuridan foydalanadi, modda almashish yaxshilanib, kasalliklarga chidamliligi ortadi, ammo hamma qilinadigan ishlar qo‘l kuchi bilan bajariladi. Kataklarda saqlansa, hamma texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtirilib, mehnat yengillashadi, mahsulot tannarxi arzonlashadi. Lekin bir bosh parranda uchun ajratilgan joy maydoni kengayadi, ya’ni 1 m2 joyga erkin holida boqilsa, 5-6 bosh joylashtiriladi. Hozirgi vaqtda parrandaxonalar qurishda TLM 4 – 83 talabiga javob beradigan yangi loyihalardan foydalanilmoqda. Parranda fermalari va fabrikalari qurishda joyni to‘g‘ri tanlash, binolarni joylashtirish, bosh sonini ko‘paytirish, mahsuldorligini oshirish, sog‘lom parranda yetkazish asosiy vazifadir. Parrandaxonalar o‘rtasida yo‘lak qo‘yilib, ikkiga bo‘linadi. Har tomoni ham yana bir nechta seksiyalarga bo‘linib, alohida eshiklar qo‘yiladi. Ferma atrofi 2 metr balandlikda devor o‘ralib, yagona kirish-chiqish yo‘li qilinadi. Tovuqxonaning janubiy tomonidan yayratish maydoni qilinib, qo‘noqlar o‘rnatiladi. Qo‘noqlar har 250-500 bosh tovuq, 100 o‘rdak, 60 g‘oz va 150 kurkaga bitta o‘rnatiladi. Parrandaxonalarning poli yer, sement, asfaltdan bo‘lishi mumkin. Tovuqxona ichida kataklar, oxur, sug‘orish idishi (avtosug‘orgich), kul solingan yashikchalar o‘rnatiladi. Kul solingan yashikchalar o‘lchami 1,2 x 1,2 m va balandligi 18 – 20 sm bo‘ladi. Parrandaxonalarda 1 m 2 joyga 1 kunlik jo‘jalardan 25 bosh, 2 oyligida 16 bosh, 2-3 oyligida 12 bosh, 5 – 6 oyligida katta tovuqlardan 4 – 5 bosh joylashtiriladi. Ilmiy natijalar Parranda fabrikalarini qurishda ayniqsa o‘sayotgan jo‘jalar uchun ajratilgan binolar shamol esish tomoniga qaratib quriladi. Veterinariya jihozlari, sanitariya so‘yish va o‘til qilish sexlari shamol yo‘nalishiga qarab quriladi. Parrandachilik fermalari har xil yuqumli kasalliklar tarqalmasligi uchun
4 -S H O ‘ B A alohida sektorlarga bo‘linadi: bunda tuxum tug‘adigan tovuqlar, inkubatsiya, so‘yish, patlash, xo‘jalik boshqaruv bo‘limlariga bo‘linadi. Bu binolar bir-biridan alohida ajratilib, maxsus eshiklar orqali kiriladi. Har bir bo‘limga kirish joyida sanitariya ijozat xonasi, dezobaryer, dezomat va boshqalar qurilishi kerak. Parrandalarni oziqlantirishda ozuqa ratsionining to‘yimliligi talab darajasida bo‘lishi va ratsiondagi hazmlanuvchi protein, aminokislotalar, mineral moddalar va vitaminlar organizmning talabini qondirishi kerak. Ozuqa ratsionining to‘yimlilik darajasi, mikroiqlim ko‘rsatkichlarining me’yor darajasida bo‘lishi turli yuqumsiz, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish hamda organizm chidamliligini oshirishning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Jo‘jalar 60 kunligigacha kuniga 4 – 5 marta oziqlantirilib, oziqa doimo oxurdan uzilmasligi kerak. Parrandachilik xo‘jaliklari uchun maxsus omuxta yem tayyorlanib, uning tarkibida kalsiy, fosfor, natriy, aminokislotalar, vitaminlar va makro- va mikroelementlar bo‘ladi.
Parrandalarga beriladigan ozuqalarning sifati past, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasa, parrandalarning mahsuldorligi pasayadi va turli yuqumli kasalliklarga chalinadi. Jumladan, aspergillyoz, kandidomikoz, avitaminoz, mineral va oqsil almashinishining buzilishi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Parrandalarda vitamin yetishmasligini aniqlash uchun ulardan namuna so‘yilib, jigarida vitamin A ning bor-yo‘qligi qaraladi. Masalan, bir kunlik jo‘ja jigarida 15 – 20 mkg, 10 kunligida 25 – 30, 1 oyligida – 40, 2 – 4 oyligida 80 – 100 va kattalarida 300-350 mkg karotin bo‘ladi. Yirik xo‘jaliklarda broyler jo‘jalarining bosh soni 3 mln. gacha yetadi. Bunday xo‘jaliklarda yil davomida jo‘jalar 40 – 42 kun boqilib tirik vazni 2,5-2,8 kg ga yetkazib so‘yiladi. Bunda jo‘jalarning bosh sonini saqlab qolish – 97% bo‘lib, 1 kg tirik vaznga 2,5-3 kg omuxta yem sarf bo‘ladi. «Broyler- 20» parrandaxonalarida asosiy ish mexanizatsiyalashgan. Bunda jo‘jalar to‘rt haftalik yoshigacha +18 – 200C da saqlanib, nisbiy namlik 60-70%, havo harakati 0,5 – 1m/sek, CO2 gazi 0,15 – 0,20%, ammiak 0,01-0,015 mg/l dan oshmasligi kerak. Ular uchun alohida yoritish tizimi bo‘lib, 20 kunligigacha 24 soat, 21 – 40 kunligida 24 – 17 soat va 41 – 70 kunligida 17 soat davomida yoritilib turiladi. 1m2 joyga broyler jo‘jalari 14-15 bosh joylashtiriladi. Jo‘jalar go‘sht uchun kataklarda ham o‘stiriladi. Umuman, veterinariya-sanitariya gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish kerak. Ozuqalarning sifati, to‘yimliligi, ratsion tarkibi, mikroiqlim ko‘rsatkichlari, sifatli suv bilan ta’minlash va boshqalar nazorat qilinishi zarur. Yirik ferma va fabrikalarda tovuqlar kataklarda saqlangan jo‘jalar erkin yurganga qaraganda tez yetiladi, hatto 15 kun oldin tulaydi. 1 – 60 kunlik jo‘jalar uchun KBE-1 katakli batareyalar ishlatilib, uning uzunligi 31 m, eni 9 m bo‘ladi. Unda elektr isitish batareyasi, sug‘orish sistemasi, oziqlantirish, tozalash kabi ishlar mexanizatsiyalashgan bo‘ladi. Keyingi yoshdagilar KBM-2, KBM-2A, KBM-25 batareyalarida saqlanib, ular uzunligi va ko‘p qavatligi bilan farq qiladi. Katta yoshdagi tovuqlar alohida yoki guruh holida kataklarda saqlanadi. Ko‘pincha kataklar yoni va poli panjarali yoki to‘rdan qilinadi. Polning oldingi tomoni pastroq qiya qilinadi, ya’ni tuxumni namlab kelishi uchun eng ko‘p tarqalgan, tuxum tug‘adigan tovuqlar KBM-1 markali 4 qavatli katakli batareyalarda saqlanib, ozuqa tarqatish, tagini tozalash, tuxum terish kabi ishlar birdaniga bir harakat bilan bajariladi.
Xulosa Ixtisoslashgan fabrikalar 100-250 ming bosh tug‘adigan tovuqqa mo‘ljallanib quriladi. Jo‘jalar saqlanadigan binolarda nisbiy namlik 65-70 %, keyinchalik 55-60% bo‘lishi va yoritishni 17 soatgacha yetkazish kerak. Uzoq yoritish jo‘jalarning tuxumga kirishini tezlashtiradi, ammo o‘sishni sekinlatib, tuxumning po‘chog‘i ham qattiq bo‘lmaydi. Tug‘adigan tovuqlar uchun havo harorati +16 – 180C, nisbiy namlik 60-70% bo‘lishi kerak, kuni 15-17 soat, sun’iy yorug‘lik esa 10 vt/m 2 bo‘lishi kerak. Yuqorida aytilgan zoogigiyenik va oziqlantirish, saqlash qoidalarini to‘g‘ri saqlasak, parrandalardan olinadigan mahsulot yuqori va sifatli bo‘ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Suvonqulov Y.A. «Qishloq xo‘jaligi hayvonlari gigienasi» Toshkent, 1994 y. 4 -S H O ‘ B A
- Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotnymi». Minsk, 2007 g.
- Kochish I.I., Kolyujnyy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena», Moskva,2008 g.
- Selyanskiy V.I. «Mikroklimat v ptichnikax» Moskva, 1995 g.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014652
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610168
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 637–639
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03