Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi
Kazakbaev Bakhit Seyilbekovich, Shernazarov Saparbay JumanazarovichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 640–642
Annotatsiya
Maqolada respublikamizda parrandachilikning fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda rivojlanishi, ularni parvarish qilish, zoogigiyenik talab asosida va oziqlantirish masalalari, bu xo‘jaliklarda naslchilik ishlarini olib borish va mustahkam ozuqa bazasini yaratish kerakligi ko‘rsatilgan.
Boshqa tillarda
ruschaГигиена инкубации и выращивания цыплят
В статье рассматриваются вопросы развития птицеводства в нашей республике в фермерских и личных подсобных хозяйствах, ухода за ними, кормления на основе зоогигиенических требований, необходимости проведения племенной работы в этих хозяйствах и создания прочной кормовой базы.
inglizchaHygiene of incubation and chick rearing
The article demonstrates the development of poultry farming in farms and personal subsidiary plots in our republic, issues regarding their care, feeding based on zoohygienic requirements, the need to conduct breeding work in these farms, and the creation of a solid feed base.
Kalit so‘zlar
- «Universal» inkubatori
- parrandaxona
- polda
- katakda
- oziqlantirish
- mikroiqlim ko‘rsatkichlari
- yayratish
- to‘shama
- inkubatsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636.5.082.47
Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi Kazakbaev Baxit Seyilbekovich katta o‘qituvchi · Shernazarov saparbay Jumanazarovich assistent Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610169 Iqtibos uchun: Kazakbaev Baxit Seyilbekovich, Shernazarov saparbay Jumanazarovich. Inkubatsiya va jo‘jalarni o‘stirish gigiyenasi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 640– 642. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610169
Annotatsiya. Maqolada respublikamizda parrandachilikning fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda rivojlanishi, ularni parvarish qilish, zoogigiyenik talab asosida va oziqlantirish masalalari, bu xo‘jaliklarda naslchilik ishlarini olib borish va mustahkam ozuqa bazasini yaratish kerakligi ko‘rsatilgan. Аннотация. В статье рассматриваются вопросы развития птицеводства в нашей республике в фермерских и личных подсобных хозяйствах, ухода за ними, кормления на основе зоогигиенических требований, необходимости проведения племенной работы в этих хозяйствах и создания прочной кормовой базы. Abstract. The article demonstrates the development of poultry farming in farms and personal subsidiary
4 -S H O ‘ B A plots in our republic, issues regarding their care, feeding based on zoohygienic requirements, the need to conduct breeding work in these farms, and the creation of a solid feed base.
Kalit so‘zlar: «Universal» inkubatori, parrandaxona, polda, katakda, oziqlantirish, mikroiqlim ko‘rsatkichlari, yayratish, to‘shama, inkubatsiya Kirish Parrandachilik xo‘jaliklarida bir kunlik jo‘ja olish uchun inkubatsiya keng qo‘llaniladi. Ayniqsa «Universal» inkubatori keng qo‘llanilib, unda tuxumlarni joylashtirish, havo almashish, harorat, namlik me’yori avtomatik boshqariladi. «Universal»-45 va «Universal»-50 inkubatorlari 45 yoki 50 ming tuxumga mo‘ljallanib, 3 ta inkubatsiya, 1 ta chiqish shkafi, eshigi va unda qarab turadigan oynasi bo‘ladi. Tuxum joylashtiriladigan lotoklarning bittasiga 120 ta tovuq tuxumi, 90 ta o‘rdak, 50 ta g‘oz yoki kurka tuxumi sig‘adi. Tuxum solingan lotok maxsus baraban ustiga o‘rnatilgan bo‘lib, har 2 soatda avtomatik ravishda 90 gradusga buriladi. Inkubatsiya yashigida birinchi jo‘jalar chiqishi boshlanishi bilan tuxumlar jo‘ja chiqadigan yashigiga o‘tkaziladi. «Rekord–39» va «Rekord – 42» inkubatorlari 39-42 ming tuxumga mo‘ljallanib, shaxsiy va fermer xo‘jaliklar sharoitiga moslashtiriladi. Texnologik loyihaga asosan qurilgan inkubatsiya binosining o‘lchami 54x18 m bo‘lib, vodoprovod, kanalizatsiya, isitish va ventilyatsiya hisobga olingan. Inkubatsiya binosi tarkibiga inkubatsiya, jo‘ja chiqish zali, tuxum qabul qilish, saqlash, saralash ombori, dezokamera, yuvish, bir kunlik jo‘jani saqlash va saralash xonasi hamda qo‘shimcha binolar bo‘ladi. Inkubatsiyaga qo‘yiladigan tuxumlar saralanib, yuqori baholanishi kerak. Embrion o‘sa boshlagandan boshlab ovoskop yordamida doimo kuzatilib boriladi. Saralangan tuxum to‘g‘ri shaklda, silliq, toza, po‘stlog‘i mustahkam bo‘lishi kerak. Inkubatsiyaga qo‘yiladigan tuxumning og‘irligi quyidagicha bo‘lishi shart: tovuq tuxumi 56-58 g, o‘rdak 70-90 g, g‘oz 120-180 g, kurka 70-90 g, sesarkaniki 35-45 g bo‘lishi va yuqori tomondagi havo bo‘shlig‘i 1,8-2sm dan oshmasligi kerak. Materiallar va metodlar Har xil parrandalar bir vaqtda tuxum tug‘maydi, ya’ni tovuq, kurka, sesarka ertalab va kunduzi, o‘rdak tong azonda tug‘adi. Tuxumlar tezda terib olinib vaqtinchalik harorati +8-120 C, nisbiy namligi 70% bo‘lgan saqlash xonasida saqlanadi. Tuxumdan jo‘ja chiqish muddati turlichadir, ya’ni tovuq tuxumidan – 21, o‘rdak va kurka 27, g‘oz tuxumidan – 30 kunda jo‘ja chiqadi. Jo‘ja tuxumdan chiqishidan 1-2 kun oldin tuxumlar chiqish lotogiga o‘tkaziladi. Embrionni kuzatganda birinchi kundan boshlab qon tomirlarining o‘sishi, ovoskopda allantois, qon tomirlari va uchinchi kuzatishda esa embrionning o‘sishi yaqqol ko‘rinadi. Agar kuzatishda qon tomirlarining o‘sishi kuzatilmasa yoki yo‘q bo‘lsa, bunday tuxumlar olib tashlanadi. Inkubatsiyadagi tuxumlar 11-13 % gacha og‘irligini yo‘qotadi, ya’ni namligi ketadi. Shuning uchun inkubatsiya shkafida harorat +37,4-37,5 0C, nisbiy namlikni 55%, nam termometrning ko‘rsatkichini 29 0C da saqlash mumkin. Jo‘ja chiqish zalida harorat +36,5-37,50C, nisbiy namlik 55%, ammo jo‘ja chiqish vaqtida nisbiy namlik 80 % gacha ko‘tariladi. Inkubatsiya jarayonida harorat pasaysa, embrionning o‘sishi sekinlashadi, havo almashishi yomon bo‘lsa, kislorod 15% gacha kamayadi, karbonat angidrid gazi 1% gacha ortadi. Natijada embrion nobud bo‘ladi. Havoning harakat tezligi 2 m/sek yoki soatiga 15 marta almashishi kerak. Tuxumdan chiqqan jo‘jalar usti qurigancha inkubatoriyada saqlanadi. Keyin 3 guruhga: sog‘lom, nimjon va mayiblarga saralanadi. Naslchilik xo‘jaliklarida maxsus mashinalarda jo‘jalarning burun teshigining 1/3 qismi pastidan kesiladi va qo‘rozchalarning tirnoqlari qirqiladi. Sog‘lom jo‘jalar 60 x 60 sm kenglikdagi va 18 sm balandlikdagi maxsus yashiklarga solinadi. Yashik 4 bo‘limga ajratilgan bo‘lib, har bo‘limga 25 bosh tovuq, 15 o‘rdak, 10 bosh g‘oz yoki kurka jo‘jasi joylashtirilib kerakli joylarga jo‘natiladi. Jo‘jalar 1 – 60 kunligigacha 10-20 ming boshdan polda yoki kataklarda saqlanadi. Yirik jo‘jaxonalar texnologik loyiha asosida qurilib, uzunligi 72-92 m, kengligi 12-18 m bo‘ladi. Jo‘jalar hayotining birinchi 5 kunligida jo‘jaxonada harorat +340-350C, keyinchalik asta-sekin pasaytirilib 40-60 kunligida +22-20 0C bo‘ladi. Jo‘jalar keltirilishidan oldin yaxshilab ta’mirlanadi, tozalanadi va dezinfeksiya qilinadi. 2 oylikkacha bo‘lgan jo‘jalar qalin to‘shama va polda 20 ming boshdan saqlanadi. Bunda tovuqxona 2 bo‘limga bo‘linib, isitish qurilmalari qo‘yiladi va 1 m2 joyga bir oylikdan 26 ta, 1-2 oyligidan 16 ta, 61-150 kunligidan 9 va 151-190 kunligidan 5-6 bosh joylashtiriladi.
4 -S H O ‘ B A Ilmiy natijalar: Kurka, o‘rdak va g‘ozlarni saqlashda gigiyena talablari. Kurkalar asosan go‘sht uchun boqilib, to‘g‘ri tashkillashtirilsa, 1 kg o‘sishga 3,5-4,5 oziq birligi sarflanadi va 120-150 kunligida 5-6 kg ga yetishi mumkin. Ona kurkalar keng hajmli alohida bo‘limlarga bo‘lingan binolarda va almashtirilmaydigan to‘shamada saqlanadi. Har bir bo‘limga 2 – 2,5 m 2 hisobidan 500 boshgacha kurka joylashtiriladi. Ular asosan quruq ozuqa bilan boqilib, oziqlanish oxuri 8 sm va sug‘orish oxuri 4 sm qilinadi. Inkubatsiyadan chiqqan kurka jo‘jalari saralanadi va 8-10 ming boshdan batareya sexlaridagi kataklarga o‘tkazilib, 20 – 30 kunligigacha boqiladi. U yerdan aklimatizatorga (moslashadigan sex) o‘tkazilib 60 kunligigacha saqlanadi. Keyin yo‘nalishiga qarab boshqa binolarga o‘tkaziladi. Bir kunlik jo‘ja KBE-1 batareyali katakda boqiladi. Har bir katakka 12 boshdan joylashtiriladi. Polda saqlansa, ularning 1 m2 pol yuzasiga 1 – 2 oyligida 8 bosh, 2-3 oyligida 5 bosh, 3-5 oyligida – 3 boshdan joylashtiriladi. Bino ichida ularning o‘tirishi uchun qo‘noqlar qilinadi. Qo‘noqlarning uzunligi har bir kurka hisobiga 35 – 40 sm bo‘lishi va qo‘noq yog‘ochlari oralig‘i 50 sm, poldan balandligi ham 50 sm bo‘lishi kerak. Kurkalar uchun bino harorati +220 – 210C va nisbiy namlik 60-62% bo‘lishi lozim. Ularni doimo to‘yimli ozuqalar bilan ta’minlash zarur, ayniqsa yosh kurkalar doimo ko‘k ozuqalar, o‘stirilgan don, ko‘k piyoz va boshqa oziqaga muhtoj bo‘ladi. O‘rdaklar suvda va suvsiz sharoitda boqilib, go‘sht va tuxum yetkazib beradi. Go‘sht yo‘nalishidagi o‘rdaklar fermalarda o‘stirilib, 50-55 kunligida og‘irligi 2,5-2,8 kg ga yetadi. Inkubatsiya tuxumlari uchun ona o‘rdaklar polda, qalin to‘shamada saqlanib, doimo yayratish maydoniga chiqib yuradi. O‘rdakxona bo‘limlarga bo‘linib, har bo‘limda 25-75 bosh saqlanadi va tug‘ish uchun 50x30 sm kenglik va 20 sm balandlikdagi yashikchalar o‘rnatiladi. O‘rdaklar 1 m 2 pol yuzasiga 2 – 3 boshdan joylashtirilib, o‘rdakxona harorati +14 0C, nisbiy namlik 70-80 % bo‘lishi va yorug‘lik 15-16 soat berilishi zarur. Ixtisoslashgan xo‘jaliklarda o‘rdak jo‘jalari katakli batareyalarda 10 kunligigacha 30 boshdan saqlanadi. Bu vaqtda harorat +28 -300C va nisbiy namlik 65-70% bo‘lishi lozim. O‘rdak jo‘jalari 30 kunligidan bo‘rdoqiga boqilib, 55 – 60 kunligida tirik vazni 2,1-2,3 kg ga yetadi. Mahalliy ozuqalar bilan boqilib suvda saqlanadigan o‘rdaklar 2 – 3 haftaligidan keyin suvga qo‘yiladi. Havzada suvning harorati +140C bo‘lishi va 1 ga suv havzasiga 200 boshgacha o‘rdak qo‘yiladi. Suvda boqilganda 30% gacha ozuqa kam sarflanadi. G‘ozlar yaxshi sifatli go‘sht berib, uning jigaridan tayyorlangan konserva dunyo miqyosida diyetik ozuqa hisoblanadi. Ona g‘ozlar mexanizatsiyalashgan g‘ozxonada qalin to‘shamada saqlanadi. G‘ozlar 1 m 2 pol yuzasiga 1,5 bosh hisobidan, har bir bo‘limga 25 boshdan joylashtiriladi. Bino yoniga yayratish maydoni qurilib ikkiga bo‘linadi, ya’ni birida oziqlanadi, ikkinchisida dam oladi. Xulosa Ular yaylov ozuqalarida ham boqilishi mumkin (2 kg gacha o‘t iste’mol qiladi). Go‘sht uchun jadal usulda boqilsa, 60 – 75 kunligida tirik vazni 4-5 kg ga yetadi. Binoning poliga ohak sepilib (1 kg/m2), ustidan qum va uning ustidan to‘shama solinadi. G‘ozlarning yoshiga qarab havoning harorati 5 kunligigacha +25 – 260C, 6-15 kunligida +23 – 240C, 16-30 kunligida +18 – 220C bo‘lishi kerak. Yozning issiq paytlarida bostirma tagiga o‘tkazilib, 5 – 6 boshga 1 m 2 joy ajratiladi va har bo‘limda 800 – 1000 boshgacha saqlanadi. Havoning sovuq vaqtlarida yopiq binolarda 150 – 175 boshdan guruh holida saqlanib, harorat +140C bo‘lishi lozim. G‘ozlar uchun yorug‘lik kuni 15-17 soat, sun’iy yorug‘lik esa 10 vt/m2 bo‘lishi kerak. Yuqorida aytilgan zoogigiyenik va oziqlantirish, saqlash qoidalarini to‘g‘ri saqlasak, parrandalardan olinadigan mahsulot yuqori va sifatli bo‘ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Suvonqulov Y.A. «Qishloq xo‘jaligi hayvonlari gigienasi» Toshkent, 1994 y.
- Medvedskiy V.I. «Soderjanie, kormlenie i uxod za jivotnymi». Minsk, 2007 g.
- Kochish I.I., Kolyujnyy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiena», Moskva,2008 g.
- Selyanskiy V.I. «Mikroklimat v ptichnikax» Moskva, 1995 g. 4 -S H O ‘ B A
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014653
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610169
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 640–642
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03