Qoraqalpoq zot tipiga mansub sur qorako‘l qo‘ylarining po‘lati va qamar sur liniyalari
Ospanov Asemkhan Kadirkhanovich, Omarova Marjan Erjan kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 693–696
Annotatsiya
Ushbu maqolada sur qorako‘l qo‘ylarning qoraqalpoq zot tipiga mansub naslli qo‘chqorlaridan olingan po‘lati sur, qizil qamar, to‘q qamar va ochiq qamar rang-baranglikdagi avlodlari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tajribalar asosida olingan natijalar va xulosalar keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЛинии пулаты и камар сур у каракульских овец окраски сур каракалпакского породного типа
В данной статье приведены и сделаны выводы на основе проведенных научных опытов каракульских овец каракалпакского породного типа племенных баранов полученного потомства от расцветки пулаты сур, камар красный, тёмный камар и светлый камар.
inglizchaPulati and camar sur lines in sur Karakul sheep of the Karakalpak breed type
This article presents the results and draws conclusions on the basis of scientific experiments carried out on Karakul sheep of the Karakalpak breed type of pedigree rams obtained from the offspring of pulati sur, red camar, black and light camar.
Kalit so‘zlar
- qorako‘l qo‘ylari
- qoraqalpoq zot tipi
- po‘lati sur
- qizil qamar
- ochiq qamar
- qora qamar
- liniya sinfi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636.933.2.032.2
Qoraqalpoq zot tipiga mansub sur qorako‘l qo‘ylarining po‘lati va qamar sur liniyalari Ospanov Asemxan Kadirxanovich q.x.f.f.d. (PhD), assistent · Omarova Marjan Erjan qizi magistranti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti asemkhan1969@mail.ru
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610183 Iqtibos uchun: Ospanov Asemxan Kadirxanovich, Omarova Marjan Erjan qizi. Qoraqalpoq zot tipiga mansub sur qorako‘l qo‘ylarining po‘lati va qamar sur liniyalari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 693–696. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610183
Annotatsiya. Ushbu maqolada sur qorako‘l qo‘ylarning qoraqalpoq zot tipiga mansub naslli qo‘chqorlaridan olingan po‘lati sur, qizil qamar, to‘q qamar va ochiq qamar rang-baranglikdagi avlodlari bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tajribalar asosida olingan natijalar va xulosalar keltirilgan. Аннотация. В данной статье приведены и сделаны выводы на основе проведенных научных опытов каракульских овец каракалпакского породного типа племенных баранов полученного
4 -S H O ‘ B A потомства от расцветки пулаты сур, камар красный, тёмный камар и светлый камар. Abstract. This article presents the results and draws conclusions on the basis of scientific experiments carried out on Karakul sheep of the Karakalpak breed type of pedigree rams obtained from the offspring of pulati sur, red camar, black and light camar. Kalit so‘zlar: qorako‘l qo‘ylari, qoraqalpoq zot tipi, po‘lati sur, qizil qamar, ochiq qamar, qora qamar, liniya sinfi
Kirish Qo‘ylarni urchitishda ularning mahsuldorligini oshirishning genetik asoslari bo‘lgan quyidagi imkoniyatlardan foydalanilib kelingan. Shulardan asosiylari: sof zotli urchitish, ya’ni zot ichida juftlash, chatishtirish, yangi liniyalar yaratish va ularni ko‘paytirish. Avstraliyalik olim R.Tassel merinos zotli qo‘ylarni urchitishda merinos zotli sovliqlarni ushbu zotga mansub qo‘chqorlar bilan juftlash eng samarali usul ekanligini aytadi. Olimning tajriba natijalari xulosasida ko‘rsatishicha, sur qo‘chqorlarni qora rangdagi qo‘ylar bilan juftlashda birinchi bo‘g‘in avlodlarda sur rangli qo‘zilar 3,6-5,1% ni tashkil qilgan bo‘lsa, sur rangli qo‘chqorlarni sur rangli qo‘ylar bilan juftlashda 90-98% sur rangli avlod olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xulosa qilgan [1]. Muallifning ilmiy ishlarida o‘rikgul rang-baranglikdagi qo‘ylarning rang-barangligi bo‘yicha gomogen juftlash usulida olib borgan tajriba ma’lumotlari xulosasi shuni ko‘rsatadiki, bunda 60- 65% o‘rikgul rang-baranglikdagi qo‘zilar olingan bo‘lsa, po‘lati surni juftlashda esa 70-75% po‘lati sur avlod olingan [2]. Olim tajribalarida esa po‘lati sur qo‘chqorlari bilan po‘lati sur qo‘ylarni juftlashda 78,7% va 83,6% po‘lati sur qo‘zilar olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aytadi [3]. Adabiyot ma’lumotlari bo‘yicha Surxondaryo sur zot tipidagi antratsit rang-barangligidagi qo‘ylarini gomogen juftlaganda 92,1% antratsit qo‘zilar olingan bo‘lsa, yantar x yantar juftlashda 68,5% yantar rang-baranglikdagi qo‘zilar olingan. Muallif fikriga ko‘ra, har xil rang-baranglikdagi qo‘ylar geterogen juftlanganda olinadigan avlodlar miqdori ularning rang-barangligiga bog‘liqligini ta’kidlaydi [4].
Zavod liniyasidagi qo‘ylar gruppasi mashhur liniya asoschilaridan tarqalgan va uning nomi bilan atalgan bo‘lib, nasldan-naslga yaxshi o‘tadigan muayyan irsiy xususiyatlar bilan xarakterlangan, talab darajasidagi nasliy xossalar yaxshi ifodalangan va ma’lum maqsad, reja asosida yaratilgan bo‘ladi. Liniyalar bo‘yicha urchitishdan asosiy maqsad, shu liniyadagi eng qimmatli qo‘ylardan foydalanib tanlash-juftlash va ularga ma’lum sharoitni yaratish asosida, muayyan qarindosh qo‘ylar gruppasining irsiy sifatlarini yaxshilashdan iboratdir [5]. Respublikamiz qorako‘lchilik sohasida har xil rangdagi terilarga, ayniqsa sur rangli qorako‘l terilarga, talab ortib bormoqda. Shu bois respublikamizda qorako‘lchilikning asosiy vazifasi sur zot tipidagi qo‘ylar sonini ko‘paytirish hamda qimmatbaho va kamyob rangli qorako‘lning barqaror yetishtirilishini ta’minlovchi yuqori mahsuldor ixtisoslashtirilgan hayvonlar podasini yaratishdan iborat. Bunda genofondni saqlash, seleksiya usullarini takomillashtirish va yangi turdagi, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotni yetishtiruvchi rang-baranglik va naqshli jingalak gulli qorako‘l qo‘ylarini yaratish borasida ilmiy tadqiqotlar dolzarb bo‘lib hisoblanadi. Bir qator tadqiqotchilar tomonidan qoraqalpoq zot tipiga mansub sur qorako‘l qo‘ylarning asosiy rang-barangliklari, ularni ko‘paytirish usullari, o‘sish, rivojlanishining ayrim ko‘rsatkichlari, jun yetishtirish usullari tadqiq qilingan [5; 6]. Po‘lati sur rang-barangli terilarda jun tolasi asosi qora rangli (65-70%) bo‘lib, tola uchida po‘lati yoki oqish rangga sekin o‘tishi bilan tavsiflanadi. Teri sathining asosiy qismini qovurg‘asimon va yassi qalamgullar hamda qisqa yarim doira qalamgullar egallagan. Po‘lati sur rang-barangligidagi katta yoshdagi qo‘ylar mustahkam va nozik konstitutsiya tipida bo‘lib, asosan kichik tana tuzilishiga ega. Bu qo‘ylarning burun bo‘limi asosan po‘lati rangli yoki ochiq oq rangli jun tolasidan iborat. Qizil qamar jun tolasi ostki qismi (70-75%) qora qo‘ng‘ir yoki qoramtir rangga ega bo‘lib,
4 -S H O ‘ B A ustki bo‘limi intensiv qizil rangi (25-30%) bilan tavsiflanadi. Katta yoshdagi hayvonlar yirik tana tuzilishiga ega bo‘lib, mustahkam konstitutsiya tipida. Ochiq qamar – rang-barang terilarda jun tolasining ostki qismi qoramtir (70-80%) rangga ega bo‘lib, ustki bo‘limi sarg‘ish rangga (20-30%) sekin o‘tishi bilan tavsiflanadi. Qora qamar – jun tolasi ostki bo‘limi qora rangli (80-85%) bo‘lib, ustki bo‘limi qora-qizil rangga (15-20%) sekin o‘tishi bilan tavsiflanadi [5; 6; 7]. Olimlarning ma’lumotlari bo‘yicha bugungi kunda jun qoplamasining ayrim morfologik xususiyatlari, shakllanishi qonuniyatlari, genetik va fenotipik o‘zgarishlar, ularning boshqa mahsuldorlik alomatlari bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar dolzarb bo‘lib hisoblanadi [5; 6]. Materiallar va metodlar Po‘lati va qamar sur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘ylarining liniyalarini tuzish va olingan avlodlar sifat ko‘rsatkichlari natijalari bo‘yicha xulosalar qilish maqsad qilib olingan. Tadqiqotlar Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlarida qoraqalpoq zot tipiga mansub sur qorako‘l qo‘ylarining po‘lati va qamar sur rang-baranglikdagi qo‘ylar ustida olib borildi. Tajribadagi qo‘ylarni rang-barangliklar bo‘yicha turli variantlarda juftlashdan olingan qo‘zilarni baholash «Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma» (S.Yu.Yusupov va boshqalar, 2015) asosida, ma’lumotlarga matematik ishlov berish variatsion statistika usullarida (N.A.Ploxinskiy, 1969) amalga oshirildi. Liniya tashkil etishda avvalo maqsad va reja aniqlanadi. Liniya tashkil etishda, ma’lum zot qo‘ylarda naslchilik ishlarini yuqori darajada tashkil etish uchun qimmatli qo‘chqor va sovliqlar bilan o‘zaro tanlash, juftlash ishlarini olib borish katta ahamiyatga ega. Buning uchun irsiy sifati tomonidan tekshirilgan eng yaxshi elita qo‘chqorchalardan shu tipdagi mahsuldor sovliqlar urug‘lantiriladi. Olingan qo‘zilar ichida nasliy sifati jihatidan shu liniyaga juda mos bo‘lganlari tanlanadi.
Natijalar Qoraqalpoq zot tipiga mansub po‘lati sur va qamar rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘chqorlarning liniyalaridan olingan avlodlarga tavsif berildi. Mazkur rang-baranglikdagi qorako‘l qo‘zilarning terilari sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha qimmatbaho, eksportbop, jozibador original sur terilar qatoriga kiradi. Liniyali urchitish podani muayyan sifat – farqli birliklarga bo‘lish va bu orqali sof zotli hayvonlarni urchitishda zavod tipidagi sur rang-barangligini saqlash imkonini beradi. Birinchilar qatorida yarim doira (jaket) qalamgul tipidagi naslli qo‘chqor – Antik 1420 tanlangan bo‘lib, u bir tekis yaqqol ifodalangan po‘lati sur rang-baranglikka ega bo‘lgan. Bu liniyaga mansub avlodga yaqqol ifodalangan po‘lati sur rang-baranglik xos bo‘lib, 75-77% gacha 1-sinf va sara nasl olingan. Ularning terisi yupqaligi, zichligi bilan ajralib turadi. Teri sathining asosiy qismini 2/3 qismga o‘ralgan uzun, kengligi bo‘yicha o‘rta qalamgullar egallagan, surlik darajasi 25-30%, jun qoplami ipaksimon va kuchli yaltiroqlikka ega. Aniqlandiki, qamar rang-baranglikdagi jingalaklik to‘liq o‘ralmaganda jun tolasining bir tekisligi ko‘proq namoyon bo‘ladi 3/10 – 4/10, po‘lati sur rang-barangligida esa kam darajali surlik darajasi ham namoyon bo‘ladi 4/10 – 5/10. Rang-baranglikning yaqqol ifodalanishi, tovlanishi, ranglar va rang-baranglikning tekisligi ko‘p jihatdan sur qorako‘lning go‘zalligi va betakrorligini ta’minlaydi. Tajribadagi naslli qo‘chqorlar liniyalaridan olingan avlodlar sinfi ko‘rsatkichlari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Naslli qo‘chqorlar avlodining sinfi Rang-baranglik Elita I-sinf II-sinf yaroqsiz Po‘lati sur 16,2 47,5 32,5 3,8
4 -S H O ‘ B A Qizil qamar 9,1 43,9 37,8 9,2 Qora qamar 2,9 42,8 48,6 5,7 Ochiq qamar 2,3 41,8 44,3 11,6
Jadval natijalaridan ko‘rinadiki, po‘lati sur rang-baranglikdagi qo‘zilarning 16,2 foizi elita va 47,5 foizi 1-sinfga mansub bo‘lgan bo‘lsa, qizil qamar rang-barangli qo‘zilarda bu ko‘rsatkich 9,1 va 43,9 foizni, qora qamarda 2,9 va 42,8 foizni, ochiq qamarda esa 2,3 va 41,8 foizni tashkil qildi.
1-rasm. Naslli qo‘chqorlar avlodining sinfi Shu bilan birga, liniyali urchitishda elita, 1- va 2-sinfga mansub qo‘zilardan tashqari yaroqsiz qo‘zilar ulushi po‘lati sur rang-baranglikda 3,8 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, qizil qamarda 9,2 foizni, qora qamarda 5,7 foizni va ochiq qamarda 1,6 foizni tashkil qildi.
Xulosa va tavsiyalar Xulosa qilib aytganda, qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarning po‘lati sur rang-barangligining va teri xususiyatlarining avlodga o‘tishi yuqori darajada ekanligini ko‘ramiz. Shu sababli olingan avlodlar ichida yuqori sinfga mansub qo‘zilarning ko‘p bo‘lishi va yaroqsiz qo‘zilarning nisbatan kam bo‘lishidan dalolat beradi. Liniya asoschisi sifatida uzun, yarim doira shaklidagi barra tipli, mustahkam konstitutsiya tipiga ega, olalik belgilari yo‘q qizil qamar 1281 elita sinfli qo‘chqor tanlandi. Liniyali nasldor qo‘chqorlarning mahsuldorlik xususiyatlarini o‘rganish asosida aniqlandiki, qo‘chqorlarning yaratilgan to‘rtta liniyasi asosiy mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha barqaror hisoblanadi. Ular o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lib, barqaror ravishda avlodiga o‘tkazadi va sur qorako‘l zot tipli qo‘ylarning yangi, yuqori mahsuldor podalarini yaratishda hamda mavjud turlarini takomillashtirishda ulardan differensiyalangan holda foydalanish lozim. Qimmatbaho rang-barangli qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarning ixtisoslashtirilgan podalarini yaratishda, birinchi galda xo‘jalikda qoraqalpoq sur qorako‘l qo‘ylarni (sovliqlarni) ixtisoslashtirilgan rang-barangli qo‘chqorlardan foydalangan holda ko‘paytirishga ixtisoslashuvchi (geterogen tanlov) aniqlash kerak. Qimmatbaho rang-barangli sovliqlar yetarli bo‘lsa, ixtisoslashtirilgan rang-baranglar bo‘yicha gomogen juftlashni amalga oshirish zarur. Shuningdek, qoraqalpoq sur zot tipiga mansub qorako‘l qo‘zilarni baholashda (bonitirovka) rang-baranglikning va qorako‘l gullarning saqlanishi bo‘yicha 10-15 kunligida baholashga ham alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilamiz.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Mamatov B.S. Sur qorako‘l qo‘zilarida rang va rangbaranglikning gul tiplari bilan bog‘liqligi // Cho‘l yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini olishning ilmiy-amaliy asoslari 4 -S H O ‘ B A mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Samarqand, 2019. – B. 49-51.
- Турганбаев Р., Очилов Қ.Д., Юсупов С.Ю. Принципы селекционно-племенной работы при создании специализированных стад овец каракалпакского типа // Cho‘l-yaylov chorvachiligi va ozuqa yetishtirish muammolari: QCHEITIning 85-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konf. materiallari. – Samarqand. 2015. – B. 35-39.
- Turapov P. Turli rangbaranglikdagi sur qorako‘l qo‘ylarining muhim seleksion ko‘rsatkichlari // Cho‘l- yaylov chorvachiligini rivojlantirish muammolari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Samarqand, 2005. – B. 133-135.
- Omonov M.I. Surxandaryo sur qorako‘l qo‘ylari genofondini saqlash va tiklashning seleksion-genetik usullari // Chorvachilik va naslchilik ishi ilmiy-amaliy jurnali. – Toshkent, 2021. – № 4 (21). – B. 20-23.
- Ахметшиев А.С. Селекционные генетические основы создания племенного стада каракульских овец каракалпакского сура в Казахстане. Диссертация доктора сельскохозяйственных наук. Алма ата. 1989 г. 285 стр.
- Джуманиёзов Ю.Д. Каракалпакский сур и методы его разведения. Материалы и рекомендации на улучшение племенного дела в животноводстве. Москва: Колос. 1966 г. 417-420 стр.
- Турганбаев Р.У. Каракалпакский породный тип каракульских овец окраска сур. //Монография. – Тошкент. 2012 г. 164 стр.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014667
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610183
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 693–696
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03