Turli yaylov sharoitlarida shakllangan qorako‘l qo‘ylarida konstitutsiyaviy tiplarning tarqalishi va tirik vazn xususiyatlari
Ospanov Asemkhan Kadirkhanovich, Omarova Marjan Erjan kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 689–692
Annotatsiya
Mazkur maqolada har xil yaylov sharoitlarining ushbu mintaqada saqlanadigan qorako‘l qo‘ylarning konstitutsiya tipiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalari keltirilgan va yaylov tiplarining qo‘ylarning konstitutsiya tiplariga va tirik vazniga ta‘siri o‘rganilgan hamda xulosalar qilingan.
Boshqa tillarda
ruschaРаспространение типов конституции и особенности живой массы каракульских овец, сформировавшихся в различных пастбищных условиях
В данной статье представлены результаты экспериментов по изучению влияния различных пастбищных условий на тип конституции каракульских овец, содержащихся в данном регионе, изучено влияние типов пастбищ на тип конституции и живую массу овец, а также сделаны выводы.
inglizchaDistribution of constitutional types and live weight characteristics of karakul sheep formed under different pasture conditions
This article presents the results of experiments on the influence of various pasture conditions on the constitutional type of karakul sheep kept in the given region, examines the influence of pasture types on the constitutional type and live weight of sheep, and draws conclusions.
Kalit so‘zlar
- yaylovlar tipi
- cho‘l
- landshaft o‘simliklari
- bir yillik sho‘rxak o‘tlar
- efemer o‘simliklar
- qorako‘l qo‘ylarning konstitutsiyaviy tiplari
- biologiya
- mustahkam (g‘uzamoy)
- dag‘al (oqgul)
- nozik (qirriq)
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq chiqish» texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636.933.2 (636.06)
Turli yaylov sharoitlarida shakllangan qorako‘l qo‘ylarida konstitutsiyaviy tiplarning tarqalishi va tirik vazn xususiyatlari Ospanov Asemxan Kadirxanovich q.x.f.f.d. (PhD), assistent · Omarova Marjan Erjan qizi magistranti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti asemkhan1969@mail.ru
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610182 Iqtibos uchun: Ospanov Asemxan Kadirxanovich, Omarova Marjan Erjan qizi. Turli yaylov sharoitlarida shakllangan qorako‘l qo‘ylarida konstitutsiyaviy tiplarning tarqalishi va tirik vazn xususiyatlari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 689–692. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610182
Annotatsiya. Mazkur maqolada har xil yaylov sharoitlarining ushbu mintaqada saqlanadigan qorako‘l qo‘ylarning konstitutsiya tipiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tajriba natijalari keltirilgan va yaylov tiplarining qo‘ylarning konstitutsiya tiplariga va tirik vazniga ta’siri o‘rganilgan hamda xulosalar qilingan. Аннотация. В данной статье представлены результаты экспериментов по изучению влияния
4 -S H O ‘ B A различных пастбищных условий на тип конституции каракульских овец, содержащихся в данном регионе, изучено влияние типов пастбищ на тип конституции и живую массу овец, а также сделаны выводы. Abstract. This article presents the results of experiments on the influence of various pasture conditions on the constitutional type of karakul sheep kept in the given region, examines the influence of pasture types on the constitutional type and live weight of sheep, and draws conclusions. Kalit so‘zlar: yaylovlar tipi, cho‘l, landshaft o‘simliklari, bir yillik sho‘rxak o‘tlar, efemer o‘simliklar, qorako‘l qo‘ylarning konstitutsiyaviy tiplari, biologiya, mustahkam (g‘uzamoy), dag‘al (oqgul), nozik (qirriq).
Kirish Qo‘ylar saqlash, oziqlantirish sharoitlariga juda talabchandir. Noqulay iqlim sharoitlarida ularning mahsuldorligi, salomatligi va faolligining keskin pasayishi kuzatiladi. Barcha tadqiqotchilar, seleksionerlar, mavjud bo‘lgan zotlarning irsiy xususiyatlarini yaxshilash maqsadida yangi zot va zot tiplarini yaratishda eng sinalgan usullardan foydalanishi, ularni oziqlantirishga katta e’tibor qaratish orqali yuqori natijaga erishish mumkinligini ta’kidlaydi [1]. Bir qator olimlar, tadqiqotlarida qo‘ylarning mahsuldorligi ularning konstitutsiyasi bilan bevosita bog‘liqligini ta’kidlaydi. Muallifning ma’lumotlari bo‘yicha mustahkam konstitutsiya tipiga mansub qorako‘l qo‘ylarining jun mahsuldorligi dag‘al va nozik konstitutsiya tipidagi tengqurlariga nisbatan yuqoriligini isbotlaydi [3]; [2]. Yaylov deb o‘simlik qoplami uy hayvonlarini boqish uchun mo‘ljallangan maydonga aytiladi. Har bir yaylov tipi ma’lum botanik turlar va tarkibdan iborat o‘simliklar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, mahsuldor holatda saqlanadi va foydalanishi lozim. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hozirgi kunda qorako‘lchilikda foydalanib kelinayotgan tabiiy yaylovlarning jami maydoni 4856,0 ming ga bo‘lib, shu jumladan suv bilan ta’minlanganligi 4492,3 ming ga (92,5%) ni, suv bilan ta’minlanmagani 363,7 ming ga (7,5%) ni tashkil qiladi. Bu yaylovlar shimoliy cho‘l yaylov tipiga mansub bo‘lib, bu joylarning qishi sovuq bo‘ladi, kuchli shamol, qor kam yog‘adi, oktabr oyidayoq sovuq tusha boshlaydi. Yozi issiq, temperaturasi ko‘pincha 460 gacha ko‘tariladi. Yog‘inning yillik o‘rtacha miqdori 100-108 mm; ular yilning issiq faslida yog‘adi, shuning uchun o‘simliklarning avj olishiga unchalik nafi tegmaydi.
O‘simliklari shuvoq-sho‘rxak o‘tlar aralashmasidan iborat. Shimoliy gips tuproqli cho‘lning landshaft o‘simliklari bo‘ztuproq shuvog‘i (juvsan), burgan, chetir, boyalich va qora saksovul kabilardan iborat. Bir yillik sho‘rxak o‘tlar (sersuv va quruq), ayrim yillarda esa oz miqdorda efemer o‘simliklar ham uchraydi [4; 7].
Konstitutsiya so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, tuzilish degan ma’noni anglatadi. Biologiya fanlarida konstitutsiya termini butun bir organizmning tashqi sharoitga nisbatan bo‘lgan reaksiya normasini ifodalaydigan barcha xususiyatlari yig‘indisini bildiradi.
Qorako‘l qo‘ylar konstitutsiya xususiyatlariga ko‘ra quyidagi tiplarga bo‘linadi:
Mustahkam tip – «g‘uzamoy», bu tipga kiradigan qo‘ylar saqlash sharoitlariga yaxshi moslashgan, normal rivojlangan, suyaklari baquvvat bo‘ladi. Jun qoplami qalin, tekis, o‘rtacha kattalikdagi kokilchalardan tashkil topgan. Boshi, qorni, oyoqlari jun bilan yaxshi qoplangan.
Dag‘al (oq gul) tipdagi qo‘ylar ancha kuchli rivojlangan, juda suyakdor, boshi qo‘pol, juni ancha oqargan, dag‘al bo‘ladi. Junida dag‘al uzun qiltiqlar ko‘p, kokilchalari yirik, kam buralgan yoki to‘g‘ri, oxirigacha yoyilib turadi, bu tipdagi qo‘ylar g‘uzamoydan ko‘ra ko‘proq jun beradi. Hayvonlar birmuncha yirik, ular tez semiradi, ammo sersut yaylovlarni talab qiladi va oziq yetishmay qolganda tez ozib ketadi.
Nozik tipdagi qorako‘l qo‘ylarining suyaklari birmuncha nozik, juni ancha ingichka, ammo birmuncha qalin va tekis, tiviti va oraliq tolalari ko‘p bo‘ladi.
O‘ta noziklashgan tip (qirriq) – bu qo‘ylarning jussasi kichik, suyaklari nozik, juni ancha ingichka, qalin, kalta junida tivit va oraliq tolalari ko‘p [5; 6]. Materiallar va metodlar
4 -S H O ‘ B A Qoraqalpog‘iston Respublikasida qorako‘l qo‘ylar urchitiladigan yaylov sharoitlarida shakllangan qorako‘l qo‘ylarning konstitutsiya tiplarini va tirik vazn ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida ijobiy konstitutsiyaviy tipdagi qorako‘l qo‘ylarni ko‘paytirish usullarini ishlab chiqish maqsad qilib olingan. Tadqiqot obyekti sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘ng‘irot («Ustyurt qorako‘lchilik markazi» IChK), To‘rtko‘l («Qizilqum qorako‘lchilik markazi» IChK) va Taxtako‘pir («Qorako‘lchilik ilmiy naslchilik tajriba stansiyasi» UK) tumanlarida joylashgan qorako‘lchilik xo‘jaliklaridagi qorako‘l qo‘ylar olindi. Tajribadagi qo‘ylarning konstitutsiya tiplari «Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma» (S.Yu.Yusupov va boshqalar, 2015) asosida baholandi. Tajribada olingan ma’lumotlar variatsion statistika usullarida qayta ishlandi. Har xil belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (x), uning xatosi (S) aniqlandi. Natijalar Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, hayvonlarning tana tuzilishiga katta e’tibor berish zarurligini tushunamiz. Shuning uchun biz tajribamizda turli yaylov hududlaridan keltirilgan qora rangli qorako‘l qo‘ylarining konstitutsiyaviy tiplari bo‘yicha tarqalishini aniqlashni maqsad qildik (1-jadval). 1-jadval. Tajriba hayvonlari guruhlari konstitutsiyaviy tiplarining tarqalishi foiz hisobida
Tana tuzilishi Tajriba hayvonlari guruhlari n dag‘al mustahkam nozik Mm Mm Mm I guruh 167 46,73,64 49,53,66 3,81,40 II guruh 195 20,82,77 68,73,16 10,42,06 III guruh 216 11,62,08 50,73,25 37,73,15
Jadval ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldiki, tajriba hayvonlari guruhlari ichida tana tuzilishining konstitutsiyaviy tiplarining tarqalishi bo‘yicha sezilarli farqlar mavjud. Bu yerda, ijobiy deb topilgan «mustahkam» konstitutsiya tipidagi qo‘ylarning eng katta ulushi – 68,7 % II guruhdagi mollarda bo‘lsa, III va I guruhdagi mollar orasida ularning ulushlari teng – mos ravishda 50,7 va 49,5 % oralig‘ida ekanligini ko‘ramiz. Ustyurt platosi mintaqasiga mansub «Ustyurt qorako‘lchilik markazi» IChKda boqilgan qora rangli qorako‘l qo‘ylari orasida «dag‘al» konstitutsiyaviy tipga mansub qo‘ylar katta qismni – 46,5% ni tashkil etgan bo‘lsa, «nozik» tana tuzilishiga ega mollar juda kam – 3,8% ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. Qumli hudud bo‘lgan «Qizilqum qorako‘lchilik markazi» IChK qo‘ylari orasida «nozik» konstitutsiyali tipga mansub qo‘ylar nisbatan ko‘p – 37,7 foiz tarqalgan bo‘lsa, «dag‘al» tipga mansub qo‘ylar esa juda kam – 11,5 foiz uchraydi. Hayvonlarning atrof-muhitga moslashishi va rivojlanish salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan biri ularning tirik vazni hisoblanadi. Hayvonning tirik vazni miqdori, uning nasliy farqlari shu mollarning konstitutsiyaviy xususiyatlariga, oziqlantirish sharoitlariga, atrof-muhit sharoitiga moslashuviga bog‘liq bo‘lgani uchun, bu belgining mol guruhlari bo‘yicha farqlarini o‘rganish, umuman olganda, biron-bir molning bir xil hayotiy sharoitlardagi qiymatini ifodalashi mumkin. Shuning uchun biz o‘z tajribalarimizda turli konstitutsiyaviy tipdagi qorako‘l qo‘ylarining tirik vazn ko‘rsatkichlarini aniqladik (2-jadval). 2-jadval. Konstitutsiyaviy tiplarga bog‘liq holda qorako‘l qo‘ylarining tirik vazn xususiyatlari kilogramm hisobida
4 -S H O ‘ B A Tana tuzilishi Tajriba hayvonlari guruhlari n dag‘al mustahkam nozik Mm Mm Mm I guruh 167 47,720,62 44,651,12 42,170,95 II guruh 195 47,540,76 44,120,87 41,650,78 III guruh 216 46,361,25 42,751,22 41,181,13 O‘rta hisobda 47,211,32 43,841,26 41,671,05
Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, barcha chorva guruhlarida ham tirik vazni bo‘yicha «dag‘al» konstitutsiya tipidagi qorako‘l qo‘ylari «mustahkam» va «nozik» tipdagi qo‘ylarga nisbatan ustunlik qilishini ko‘ramiz. Masalan, barcha guruhlardagi «dag‘al» konstitutsiya tipidagi qorako‘l qo‘ylarining o‘rtacha vazni 47,21 kg bo‘lsa, «mustahkam» tipdagilarniki 43,84 kg, «nozik» konstitutsiyaviy tipdagi qo‘ylarniki esa o‘rtacha 41,67 kg ni tashkil etgan (P<0,01). Bu «dag‘al» konstitutsiya tipidagi qo‘ylar «mustahkam» konstitutsiya tipidagi qo‘ylardan 3,36 kg, «nozik» konstitutsiya tipidagi qo‘ylardan esa 5,53 kg og‘irligini ko‘rsatadi (P<0,01). Ustyurt platosi mintaqasiga mansub I guruhdagi qo‘ylar orasida «dag‘al» konstitutsiya tipiga mansub qo‘ylarning ulushi ko‘pligi (46,7%) hisobiga, ushbu qo‘ylarning o‘rtacha vazni (47,2 kg) boshqa guruhlarga qaraganda (43,84 kg) «Qorako‘lchilik ilmiy naslchilik tajriba stansiyasi» UK va 4,67 kg «Qizilqum qorako‘lchilik markazi» IChK ustunlik qiladi (P<0,01). Xulosa va tavsiyalar Turli hududlarda boqilgan qorako‘l qo‘ylarining konstitutsiyaviy xususiyatlarini o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, ekologik va yaylov sharoitlariga bog‘liq holda chorva mollari tarkibidagi konstitutsiyaviy tiplarning tarqalishida sezilarli farqlar mavjud. Tabiiy tanlanish ta’sirida muhitning muayyan sharoitiga yaxshi moslashgan chorva mollari shu muhit sharoitida munosib miqdorda o‘zlarining potensial mahsuldorliklarini namoyon qila oladilar. Shuning uchun hayvonlarning yashovchanligi, sog‘lomligi, atrof-muhit sharoitiga moslashganligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari ularning konstitutsiyaviy xususiyatlariga bog‘liq bo‘lganligi sababli, qorako‘lchilikdagi saralash ishlarida mutaxassislar tomonidan unga asosiy e’tibor qaratilishi lozim deb hisoblaymiz.
Qo‘ylarning tirik vazni tashqi atrof-muhit sharoitiga moslashuvchanligi va hayotchanligini belgilaydigan muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, mahsuldorlikning, qo‘zilarning nasl qiymati va konstitutsiyaviy ko‘rsatkichlarini tavsiflaydi. U bilan qo‘zilarning rivojlanish darajasini belgilaydi, shu bilan bir qatorda ularning teri sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Konstitutsiya qo‘ylarning irsiy xususiyati bo‘lib, bular yashash sharoiti, tanlash va juftlash ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Qorako‘l qo‘ylarini urchitishda hamda ularning asl sifatini tobora takomillashtirishda mustahkam tana tuzilishiga ega bo‘lgan, seleksiya talabiga javob beradigan, yaxshi yetilgan, sog‘lom va yuqori teri sifatli qo‘ylarni tanlab olish katta ahamiyatga ega.
Qo‘ylarni noqulay yaylov va iqlim sharoitida uzoq boqish, yomon oziqlantirish, noto‘g‘ri juftlashtirish oqibatida nozik qo‘ylar suruvlarda yildan-yilga ko‘payishi mumkin. Shuning uchun bu xil qo‘ylarni o‘t-o‘lanlari mo‘l, sero‘t yaylovlarda boqish tavsiya qilinadi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Укбаев Х. И. Казахская каракуль – курдючная порода овец // Сб. матер. научно – практической конф. – Самарканд 2019. – С. 139-140.
- Shaptakov E.S., Shukurova M. Har xil konstitutsiya tipli qo‘zilarning jun mahsuldorligi // Chorvachilik va naslchilik ishi ilmiy-amaliy jurnali. – Toshkent, 2022. - № 2 (24). – V. 16-17.
- Юсупов С. Ю., и другие. Живые самоцветы Каракалпакии // Zooveterinariya jurnali. – Toshkent, 2016. № 9. – B. 35-37.
- Turganbaev R.U Qorako‘l qo‘ylarning sut mahsuldorligining konstitutsiya tiplariga bog‘liqligi, «Chorvachilik va naslchilik ishi» ilmiy-amaliy jurnali. Toshkent №1 2020 yil. 22-25 betlar.
- Nurillaev Ya.N., Qorako‘lchilikda naslchilik ishlari va qo‘zilarni bonitirovka qilish. Toshkent, «Mehnat» 1986, 39 b. 4 -S H O ‘ B A
- Турганбаев Р.У., Очилов Қ.Д., Юсупов С.Ю. Принципы селекционно-племенной работы при создании специализированных стад овец каракалпакского типа. //«Cho‘l-yaylov chorvachiligi va ozuqa etishtirish muammolari» QCHEITI ning 85 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konf. materiallari. Samarqand. 2015 yil. 35-39 b.
- Ахметшиев А.С Селекционные генетические основы создания племенного стада каракульских овец каракалпакского сура в Казахстане. Дисс. док. с/х наук. Алма ата, 1989, с 285.
- Yusupov.S.Yu va boshqalar. Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent. 2015. 31 bet
- Плохинский Н.А. Руководство по биометрии для зоотехников. Москва «Колос». 1966, 255 с
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014666
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610182
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 689–692
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03