Asosiy mazmunga o‘tish

Sog‘in sigirlarni laktatsiyaning ayrim davrlarida boqishning alohida xususiyatlari

B. Kazakhbaev, R. KarimovQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 643–645

Annotatsiya

Maqolada respublikamizda sog‘in sigirlarning fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda rivojlanishi, ularni parvarish qilish va oziqlantirish masalalari, bu xo‘jaliklarda naslchilik ishlarini olib borish va mustahkam ozuqa bazasini yaratish kerakligi ko‘rsatilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОсобенности кормления дойных коров в отдельные периоды лактации

В статье рассматриваются вопросы развития дойных коров в фермерских и личных подсобных хозяйствах нашей республики, ухода за ними и кормления, необходимость проведения племенной работы в этих хозяйствах и создания прочной кормовой базы.

inglizchaSpecific features of feeding dairy cows in certain periods of lactation

The article examines the development of dairy cows in farms and personal subsidiary plots in our republic, the issues of their care and feeding, the need to conduct breeding work in these farms, and the creation of a solid fodder base.

Kalit so‘zlar

  • sersut sigirlar
  • mikroiqlim ko‘rsatkichlari
  • yayratish
  • laktatsiya
  • ratsion
  • oziqlantirish
  • genetik
  • energiya
  • tug‘ruq xonasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636.2.034:636.084

Sog‘in sigirlarni laktatsiyaning ayrim davrlarida boqishning alohida xususiyatlari B.Kazaxbaev katta o‘qituvchi · R.Karimov assistent Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610170 Iqtibos uchun: B.Kazaxbaev, R.Karimov. Sog‘in sigirlarni laktatsiyaning ayrim davrlarida boqishning alohida xususiyatlari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 643–645. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610170

Annotatsiya. Maqolada respublikamizda sog‘in sigirlarning fermer va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda rivojlanishi, ularni parvarish qilish va oziqlantirish masalalari, bu xo‘jaliklarda naslchilik ishlarini olib borish va mustahkam ozuqa bazasini yaratish kerakligi ko‘rsatilgan. Аннотация. В статье рассматриваются вопросы развития дойных коров в фермерских и личных подсобных хозяйствах нашей республики, ухода за ними и кормления, необходимость проведения племенной работы в этих хозяйствах и создания прочной кормовой базы.

4 -S H O ‘ B A Abstract. The article examines the development of dairy cows in farms and personal subsidiary plots in our republic, the issues of their care and feeding, the need to conduct breeding work in these farms, and the creation of a solid fodder base. Kalit so‘zlar: sersut sigirlar, mikroiqlim ko‘rsatkichlari, yayratish, laktatsiya, ratsion, oziqlantirish, genetik, energiya, tug‘ruq xonasi. Keywords: high-yielding cows, microclimate indicators, breeding, lactation, ration, feeding, genetic, energy, calving room.

Kirish Ma’lumki, sersut sigirlar yangi tuqqan paytida sut bilan juda ko‘p energiyani ajratadi. Shuning uchun laktatsiyaning birinchi 100 kunida ular energiyaga ko‘proq talabchan bo‘ladi. Bu davrda ratsionning to‘yimli moddalari sut hosil bo‘lishi uchun sarflangan energiyaning o‘rnini qoplay olmaydi va organizm tanadagi zahira holidagi to‘yimli moddalardan foydalanadi. Bunday paytda yangi tuqqan sigirlarning iloji boricha tanasidagi to‘yimli moddalarning sarf bo‘lishini kamaytirib qolmasdan, ularning genetik mo‘ljallangan sutdorligini ham ro‘yobga chiqarish kerak. Yangi tuqqan sigirlarga tuqqan zahoti ularga 1-1,5 kg yirik bug‘doy kepagidan atala qilib uni iliq holatida ichirish kerak. Oxurlarida yaxshi sifatli pichandan erkin iste’mol qilishlariga sharoit yaratish kerak. Yangi tuqqan sigirlarni tuqqandan keyingi 10-15 kunligida boqish tug‘ishdan oldingi davrda qanday sharoitda oziqlantirilganligiga va yangi tuqqan sigirning holatiga qarab belgilanadi. Buzoq tug‘ilish jarayoni yaxshi o‘tib, sigir o‘zini yaxshi his qilsa va elinlarida ortiqcha shish alomatlari sezilmasa, ratsionda sifatli silos, senaj va ildizmevalarni, yozda esa ko‘k ozuqani bir me’yorda asta-sekin ko‘paytirib, birinchi 7-10 kunlikda to‘liq normaga yetkazish kerak. Shu davr ichida konsentrat ozuqalar miqdorini ham asta-sekinlik bilan to‘liq normaga chiqarish mumkin. Agarda elinda shish me’yoridan ziyod bo‘lib, tug‘ish jarayonida sigir biroz qiynalsa hamda tuqqandan keyingi ahvoli yaxshi bo‘lmasa, ratsionda silos, senaj, ildizmeva va konsentratlar miqdori chegaralanadi. Bogdanov G.A.ning (1981) ta’kidlashicha, agar sigir tug‘ishdan oldin to‘laqimmatli ratsion bilan boqilgan bo‘lsa, tuqqandan keyingi birinchi haftasida chegaralab oziqlantirish sigirning kelgusidagi sut mahsuldorligiga ziyon yetkazmaydi. Aks holda yangi tuqqan sigirlarning elin holatiga qaramasdan oziqlantirish ularda mastit kasalligiga olib keladi. Yangi tuqqan sermahsul sigirlar elini qattiq bo‘ladi. Ularni sog‘ishda oxirigacha sog‘ish va elinini uqalash kerak. Bu tadbir-choralar sigir elinining 7-10 kun ichida me’yoriga kelishiga va shishining to‘liq qaytishiga olib keladi. Tug‘ish oldida ortiqcha semizlikka ega bo‘lgan sigirlarni tuqqandan so‘ng me’yorida boqish kerak. Yangi tuqqan sigirlarga eng yaxshi sifatli ozuqalardan berish kerak. Shunday qilib, 7-10 kun ichida va ayrim hollarda 15 kunda sigirlar to‘liq normaga o‘tadi. Undan so‘ng esa ularning sutdorligini maksimal darajagacha oshirishga (razdoy) kirishiladi. Bu tadbirlarga sigirlarni to‘laqimmatli, muvozanatlashtirilgan ratsionlar bilan boqish, to‘g‘ri sog‘ish, elinni sog‘ishdan oldin va sog‘ishdan so‘ng qoidalarga muvofiq ravishda uqalash, yaxshi parvarishlash, avans tariqasida qo‘shimcha ozuqa berish singarilar kiradi. Katta yoshdagi sigirlar esa tuqqan vaqti, tirik vazni va sutdorligi bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. Bir sinfdagi sigirlar ichida sutdorliklar bo‘yicha o‘rta sutdorlikdan yuqori yoki past sutdorlikdagi sigirlar ham bo‘lishi mumkin. Bu holda ular yana alohida kichik texnologik guruhlarga ajratiladi. Har bir sinf uchun o‘rtacha sut mahsuldorligi bo‘yicha asosiy ratsion belgilanadi. Materiallar va metodlar Ma’lumki, sersut sigirlar yangi tuqqan paytida sut bilan juda ko‘p energiyani ajratadi. Shuning uchun laktatsiyaning birinchi 100 kunida ular energiyaga ko‘proq talabchan bo‘ladi. Bu davrda ratsionning to‘yimli moddalari sut hosil bo‘lishi uchun sarflangan energiyaning o‘rnini qoplay olmaydi va organizm tanadagi zahira holidagi to‘yimli moddalardan foydalanadi. Bunday paytda yangi tuqqan sigirlarning iloji boricha tanasidagi to‘yimli moddalarning sarf bo‘lishini kamaytirib qolmasdan, ularning genetik mo‘ljallangan sutdorligini ham ro‘yobga chiqarish kerak. Shunday qilib, 7-10 kun ichida va ayrim hollarda 15 kunda sigirlar to‘liq normaga o‘tadi. Undan so‘ng esa ularning sutdorligini maksimal darajagacha oshirishga (razdoy) kirishiladi. Bu tadbirlarga sigirlarni to‘laqimmatli, muvozanatlashtirilgan ratsionlar bilan boqish, to‘g‘ri sog‘ish, elinni

4 -S H O ‘ B A sog‘ishdan oldin va sog‘ishdan so‘ng qoidalarga muvofiq ravishda uqalash, yaxshi parvarishlash, avans tariqasida qo‘shimcha ozuqa berish singarilar kiradi. Sigirlarni sersut qilish tuqqandan so‘ng birinchi 100 kun ichida tugatilmog‘i lozim: bu davrda sigirlar butun laktatsiya davrida beradigan sutining 40-45 % ini, ayrim hollarda esa 50 % ini berishi mumkin. Bundan tashqari, yangi bo‘g‘ozlik davrining boshlanishi bilan organizmda fiziologik o‘zgarishlar ro‘y berib, iste’mol qilingan ratsion to‘yimliligining tobora ko‘proq qismi organizmda to‘plana boradi va embrionning takomillashuviga sarflanadi. Sigirlar tug‘ruq xonasidan umumiy podaga ko‘chirilganda birinchi va ikkinchi tug‘ishdagi sigirlardan alohida guruh tuziladi. Bu esa ularni hali o‘sishdan to‘xtamagan bo‘lganligi uchun o‘sish va rivojlanishi uchun qo‘shimcha ozuqa berib boqish imkonini beradi. Katta yoshdagi sigirlar esa tuqqan vaqti, tirik vazni va sutdorligi bo‘yicha sinflarga bo‘linadi. Bir sinfdagi sigirlar ichida sutdorliklar bo‘yicha o‘rta sutdorlikdan yuqori yoki past sutdorlikdagi sigirlar ham bo‘lishi mumkin. Bu holda ular yana alohida kichik texnologik guruhlarga ajratiladi. Har bir sinf uchun o‘rtacha sut mahsuldorligi bo‘yicha asosiy ratsion belgilanadi. Ilmiy natijalar Sigirlarning sutdorligini oshirishda kunlik sutdorligi bo‘yicha belgilangan ozuqa normasiga qo‘shimcha avans tariqasida emish berish kerak. Avans ozuqa sifatida asosan energiyaga boy bo‘lgan konsentrat ozuqalardan, ayrim hollarda esa qisman ildizmevalardan foydalanish mumkin. Chunki bu davrda sigirlarning energiyaga bo‘lgan talabi yuqori bo‘lganligidan bu talabni va unga qo‘shimcha tarzda avans ozuqa energiyasini ham hajmdor ozuqalar evaziga to‘ldirish mumkin bo‘lmay qoladi. Vaholanki, buncha miqdordagi hajmdor ozuqalarni sigirlar hazm qila olmaydi. Avans ozuqa berilgandan so‘ng sigirlar sutdorligi nazorat qilib boriladi. Agar oddiy holatda nazorat sog‘imi har 10 kunda bir marta o‘tkazilsa, sutni oshirish sexida esa 5 kunda bir marta o‘tkazilmog‘i lozim. Shu yo‘l bilan berilgan avans tariqasidagi qo‘shimcha ozuqaga sigirlar sutini ko‘paytirayotganligini o‘z vaqtida bilish mumkin. Avans tariqasida qo‘shimcha ozuqa berish qachonki sigirlar bunga sutini ko‘paytirish bilan javob bermay qo‘yguncha davom ettiriladi va undan so‘ng asta-sekinlik bilan haqiqiy sutdorligi bo‘yicha ozuqa normasi asosida tuzilgan ratsionga o‘tkaziladi. Hamkorlik mamlakatlarida sigirlar sutini oshirishga mo‘ljallangan tadbirlar laktatsiyaning birinchi 100 kunligida olib boriladi. Bu juda uzoq muddat. Chunki sigirlarda servisdavri o‘rtacha 60-70 kun hisoblansa, laktatsiyaning birinchi 100 kunligida sigirlar 30-40 kunlik homilada bo‘ladilar. Xulosa Bizga ma’lumki, bo‘g‘ozlik boshlangandan so‘ng sut oshirish tadbir-choralari yaxshi natija bermaydi. Bu esa sigirlarni tuqqandan keyin 3 oydan so‘ng qochirishni taqozo qiladi. Demak, 1 yilda har sigirdan bir boshdan buzoq olish imkonini to‘liq yaratmaydi. Bu borada sigirlarning sutdorligini oshirishning golland usuli qo‘l keladi. Bunda, sigirlar to‘liq normaga o‘tgandan (10-15 kundan) so‘ng 1 boshga 1-2-kun 2,0 kg dan, 3-4-kun 2,5 kg, 5-6-kun 3 kg, 7-8- va 9-10-kun 3,5 va 4,0 kg dan konsentrat ozuqa beriladi. 11-kundan 20-kungacha har kuni 0,5 kg dan yem ko‘paytirilib boriladi va 21-kuni 9,5 kg yem berish kerak. 22-30-kungacha 1 kg suti uchun 400 g dan, 31-40- kunlari 390 g dan, 41-50-kunlari 380 g dan, 51-60-kunlari 370 g dan, 61-70-kunlari 360 g dan, 71- 80-kunlari 350 g dan, 81-90-kunlari 340 g dan va 91-100-kunlari 1 kg suti uchun 330 g dan yem beriladi. 100 kundan so‘ng esa har 1 kg suti uchun 300 g dan yem beriladi. Agar avans tariqasida qo‘shimcha konsentratga sigir sutdorligini ko‘paytirmasa, avans to‘xtatiladi. Lekin bu usul uchun xo‘jalikda yetarli miqdorda konsentrat ozuqa bo‘lishi shart. Shunday qilib, bu sexda sigirlarning genetik mo‘ljallangan maksimal sutdorligi aniqlanib, shu sutdorlik bilan kelgusi sexga o‘tkaziladi. Yuqorida aytilgan zoogigiyenik va oziqlantirish, saqlash qoidalarini to‘g‘ri saqlasak, sigirlardan olinadigan mahsulot yuqori va sifatli bo‘ladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Nosirov U.N. «Qoramolchilik» T., 2001 Toshkent,
  2. Ikromov T.X., «Chorvachilik asoslari» Darslik. Nukus. «Bilim.» 2003-yil. 280-bet 4 -S H O ‘ B A
  3. Makarsev N.G. Texnologiya proizvodstva i pererabotki jivotnovodcheskoy produksii. Manuskript 2005.
  4. Nawrızov T.Q., Eshmuratova S.T., Kazakbaev B.S.«Haywanlardı azıqlandırıw texnologiyası» Oqıw qollanba. Nókis «Ilimpaz» 2021 jıl. 167 bet

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014654
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610170
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
643–645
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03