Tuproqni ekishga tayyorlaydigan katoklarga oid
Erniyazov Allaniyaz Nurniyaz ugliQishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 590–593
Annotatsiya
Maqolada g‘altakmolaning texnik va nazariy tahlillari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Mavjud g‘altakmolalarning konstruktiv tuzilishi va texnologik jarayonlarini o‘rganish maqsadida chet el va respublikamiz olimlari tomonidan g‘altakmolalar ustida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi.
Boshqa tillarda
ruschaО катках для предпосевной подготовки почвы
В статье приведены сведения о техническом и теоретическом анализе катков. С целью изучения конструкции и технологических процессов существующих катков проанализированы результаты научных исследований катков, проведённых зарубежными и отечественными учёными.
inglizchaOn rollers for pre-sowing soil preparation
The article provides information on the technical and theoretical analysis of rollers. In order to study the design and technological processes of existing rollers, the results of research on rollers carried out by foreign and Uzbek scientists were analysed.
Kalit so‘zlar
- g‘altakmola
- tekislash va zichlash
- silindrik g‘altakmola
- tik solishtirma yuklanish Qz
- harakat tezligi
- qamrash kengligi
- diametri
- tortishga qarshiligi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026
Tuproqni ekishga tayyorlaydigan katoklarga oid Erniyazov Allaniyaz Nurniyaz o‘g‘li tayanch doktoranti QXMITI erniyazovallan@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610157 Iqtibos uchun: Erniyazov Allaniyaz Nurniyaz o‘g‘li. Tuproqni ekishga tayyorlaydigan katoklarga oid // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 590–593. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610157
Annotatsiya. Maqolada g‘altakmolaning texnik va nazariy tahlillari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mavjud g‘altakmolalarning konstruktiv tuzilishi va texnologik jarayonlarini o‘rganish maqsadida chet el va respublikamiz olimlari tomonidan g‘altakmolalar ustida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari tahlil qilindi. Kalit so‘zlar: g‘altakmola, tekislash va zichlash, silindrik g‘altakmola, tik solishtirma yuklanish Qz, harakat tezligi, qamrash kengligi, diametri, tortishga qarshiligi.
4 -S H O ‘ B A Kirish Ma’lumki, g‘altakmola alohida holda yoki tuproqqa ishlov beruvchi boshqa agregatlar hamda seyalkalar bilan birgalikda qo‘llanilganda, nafaqat palaxsa va yirik kesaklarni maydalash, balki tuproq yuzasini tekislash, haydov qatlamini zichlashtirish hamda tuproqdagi havo bo‘shliqlarini kamaytirish vazifalarini ham bajaradi [1]. Xorijiy mamlakatlarda va respublikamizda olimlar alohida hamda kombinatsiyalashgan agregatlar tarkibida foydalaniladigan turli konstruksiyadagi g‘altakmolalarni o‘rganish va takomillashtirish bo‘yicha, ekishdan oldin yerga ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan agregatlar tarkibida qo‘llaniladigan, tuproq-iqlim sharoitlarimizga mos turli xil g‘altakmolalarni tadqiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borishgan.
Adabiyotlar tahlili va metodlar. Maqolada g‘altakmolaning oldin bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari va nazariyasi tahlil qilindi.
V.V. Volfram hamda S. Charkov [2; 40–46-b.] tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida kombinatsiyalashgan agregatni diametri 300 mm bo‘lgan g‘altakmola bilan jihozlash eng maqbul yechim ekanligi aniqlangan. Tadqiqotchilar tomonidan tavsiya etilgan mazkur g‘altakmola yordamida tuproqqa ishlov berilganda, kesaklarni maydalash sifati sezilarli darajada yaxshilangani kuzatilgan.
Paxtachilik chizel-kultivatorlari tarkibida foydalanish uchun I. Nosirov [3; 45–61-b.] tomonidan prutokli-tishli g‘altakmola tavsiya etilgan. Uning tomonidan olib borilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, tishning o‘tkirlanish burchagi 50°, baraban diametri 310 mm, prutoklar soni kamida 8 ta hamda tik solishtirma bosim 0,9–1,5 kN/m bo‘lishi eng maqbul ekanligi aniqlangan. Shu bilan birga, ushbu turdagi g‘altakmolaning tuproqqa yetarli darajada botmasligi natijasida dala yuzasini talab darajasida tekislash va zichlash imkoniyatlari cheklanganligi qayd etilgan.
S. Aminov [4; 7–15-b.] tomonidan KFG-3,6 frezali kultivatori tarkibida qo‘llaniladigan g‘altakmolaning asosiy parametrlari asoslab berilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida tekis yuzali silindrik g‘altakmola uchun uning diametri 0,3 m, g‘altakmolaga tushadigan tik solishtirma yuklanish 2,2–2,6 kN/m, harakat tezligi esa 1,8 m/s bo‘lishi maqsadga muvofiq deb topilgan. Shuningdek, ish jarayonida g‘altakmola tortqisi gorizontal holatda yoki gorizontal yo‘nalishga nisbatan ko‘pi bilan 10° burchak ostida og‘gan holda joylashishi lozimligi aniqlangan. S. Aminov tomonidan tavsiya etilgan mazkur parametrlar asosan tekis yuzali silindrik g‘altakmolalarga taalluqli hisoblanadi. Muhokama Ilgari bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining tahlilidan kelib chiqqan holda [5,6] g‘altakmolaning diametri D, g‘altakmolaga beriladigan tik yuklanish QZ ni aniqlash bo‘yicha nazariy muhokama qilindi: S.Aminov [5] katok diametrini tuproqni zarur darajada zichlash va ish jarayonida katok bilan tuproq o‘rtasida sirpanishga yo‘l qo‘ymaslik shartlaridan kelib chiqib aniqlash bo‘yicha tadqiqot olib borgan. U katok diametrini zichlanadigan tuproq qatlamining qalinligi, tuproqning zichlashdan oldingi va keyingi zichligi hamda po‘lat va tuproq, tuproq va tuproq orasidagi ishqalanish burchaklarini hisobga olgan holda quyidagi ifoda orqali aniqlashni taklif etgan:
H h1 ( 0 ) D sin 2 ( 0 1 ) (1)
bunda D – katok diametri; H – tuproq kesagining balandligi; h₁ – zichlanadigan tuproq qatlamining chuqurligi, u KFG-3,6 ning ishlov berish chuqurligiga teng; ρ₀, ρ – mos ravishda tuproqning zichlashdan oldingi va keyingi zichligi; φ₀, φ₁ – mos ravishda po‘lat va tuproq hamda tuproq va tuproq orasidagi ishqalanish burchaklari.
4 -S H O ‘ B A Katok diametrining yakuniy qiymati ko‘p omilli tajribalar natijalari asosida tanlangan. Shuningdek, muallif katokka ta’sir etuvchi vertikal yuklamani aniqlash bo‘yicha ham tadqiqot olib borgan. Bunda katokka tushadigan Q yuklama tuproqning vertikal siqilishga qarshiligi, katokning tuproqqa botish chuqurligi, qamrash kengligi va diametriga bog‘liq holda aniqlangan:
2 2 Dh0 h02 Q 0.59q b[ D arcsin ( D h ) Dh h 2 ] 0 0 0 0 4 D 2 (2)
bunda q₀ – tuproqning umumiy siqilish koeffitsiyenti; b – katokning qamrash kengligi; D – katok diametri; h₀ – katokning tuproqqa botish chuqurligi. I. Akbarov [6; 116–118-b.] g‘altakmolaning ish jarayonida uning oldida tuproq uyilib qolmasligi shartidan kelib chiqib, g‘altakmola diametrini aniqlash bo‘yicha tadqiqot olib borgan. U g‘altakmola diametrini dala yuzasida joylashgan va g‘altakmola bilan uchrashishi mumkin bo‘lgan kesaklarning o‘lchami hamda tuproqning tashqi va ichki ishqalanish burchaklarini hisobga olgan holda quyidagi ifoda orqali aniqlashni taklif etgan: 21 2 D d k ctg , 2 (2.2) bunda dₖ – dala yuzasida joylashgan va g‘altakmola bilan uchrashishi mumkin bo‘lgan kesaklarning diametri, m; φ₁, φ₂ – mos ravishda tuproqning tashqi va ichki ishqalanish burchaklari, °. Shuningdek, I. Akbarov g‘altakmolaga beriladigan tik yuklanish Qz ni uning ta’siri ostida tuproqning agrotexnik talablar darajasida zichlanishini ta’minlash shartidan kelib chiqib aniqlagan. Bunda g‘altakmolaning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish qismi elementar maydonchalarga ajratilib, ularga ta’sir etuvchi elementar normal kuch quyidagi ifoda orqali aniqlangan: bunda ps – tuproqqa g‘altakmolaning botishiga solishtirma qarshilik (bosim), Pa; B – g‘altakmolaning qamrash kengligi, m; D – g‘altakmola diametri, m; dαs – elementar burchak, °. Natijalar G‘altakmolaning konstruktiv va texnologik parametrlarini nazariy jihatdan tahlil qilish natijasida uning asosiy parametrlarini tanlashda g‘altakmola diametri, tuproqqa botish chuqurligi, qamrash kengligi, tuproqning fizik-mexanik xususiyatlari hamda unga beriladigan tik yuklanish asosiy omillar ekanligi aniqlandi. S. Aminov tomonidan taklif etilgan nazariy ifoda asosida bajarilgan hisoblashlar natijasida g‘altakmola diametri 0,29 m dan kam bo‘lmasligi lozimligi aniqlangan. Bunda zichlanadigan tuproq qatlamining qalinligi, tuproqning zichlashdan oldingi va keyingi zichligi hamda tuproq bilan ishchi yuza orasidagi ishqalanish xususiyatlari hisobga olingan. Shuningdek, g‘altakmolaning diametri va tuproqqa botish chuqurligi ortishi bilan unga ta’sir etuvchi tik yuklanishning ham ortishi kuzatilgan.
Tahlil qilingan tadqiqotlarda g‘altakmolaning 1 m qamrash kengligiga to‘g‘ri keladigan tik yuklanish 2,2–2,4 kN oralig‘ida bo‘lishi aniqlangan. I. Akbarov tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda esa g‘altakmolaning tuproqqa agrotexnik talablar darajasida zichlovchi ta’sirini ta’minlash uchun har bir metr qamrash kengligiga 2,3–2,4 kN miqdorida tik yuklanish berilishi tavsiya etilgan.
I. Akbarov tomonidan g‘altakmola oldida tuproqning uyilib qolmasligi sharti asosida o‘tkazilgan hisoblashlarda dala yuzasidagi kesak diametri dₖ = 0,1 m, tuproqning tashqi ishqalanish burchagi φ₁ = 25° va ichki ishqalanish burchagi φ₂ = 35° qabul qilinganda, g‘altakmola diametri kamida 0,30 m bo‘lishi kerakligi aniqlangan. Diametrning ushbu qiymatdan kichik bo‘lishi g‘altakmola oldida tuproqning uyilishiga, texnologik jarayonning buzilishiga, dala yuzasining yetarli darajada zichlanmasligiga va tortishga qarshilikning ortishiga olib kelishi mumkin.
4 -S H O ‘ B A Adabiyotlarda keltirilgan natijalarni o‘zaro taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, turli konstruksiyadagi g‘altakmolalar uchun diametr qiymatlari 0,29–0,31 m atrofida shakllangan. Jumladan, V.V. Volfram va S. Charkov 300 mm, I. Nosirov 310 mm, S. Aminov 0,30 m, I. Akbarov esa hisoblash shartlari asosida kamida 0,30 m diametrni asoslagan. Shu sababli g‘altakmola konstruksiyasini ishlab chiqishda diametrni tanlash tuproqning fizik-mexanik xususiyatlari, kesaklarning o‘lchami, zichlanadigan qatlam qalinligi va g‘altakmolaning botish chuqurligini kompleks hisobga olish asosida amalga oshirilishi lozim. Xulosa G‘altakmolaning konstruktiv va texnologik parametrlarini nazariy tahlil qilish natijasida uning samarali ishlashini ta’minlovchi asosiy parametrlar sifatida diametri, qamrash kengligi, tuproqqa botish chuqurligi va tik yuklanish belgilandi.
Nazariy hisoblashlar bo‘yicha g‘altakmola diametri 0,29 m dan kam bo‘lmasligi, dala yuzasidagi kesaklar o‘lchami va tuproqning ishqalanish xususiyatlarini hisobga olgan holda esa 0,30 m va undan yuqori qiymatlarni qabul qilish mumkinligi aniqlandi. G‘altakmolaning tuproqqa botish chuqurligi va diametri ortishi bilan unga ta’sir etuvchi tik yuklanish ham ortadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, g‘altakmolaning 1 m qamrash kengligiga 2,2–2,4 kN, xususan, agrotexnik talablar darajasida zichlashni ta’minlash uchun 2,3–2,4 kN miqdorida tik yuklanish berilishi asoslangan.
Umuman, g‘altakmolaning konstruktiv parametrlarini tanlashda faqat uning diametrini emas, balki tuproqning fizik-mexanik xususiyatlari, zichlanadigan qatlam qalinligi, kesaklarning o‘lchami, tuproqqa botish chuqurligi va g‘altakmolaga beriladigan tik yuklanishni o‘zaro bog‘liq holda hisobga olish zarur. Mazkur omillarni kompleks hisobga olish g‘altakmolaning tuproqni talab etilgan darajada tekislash va zichlash sharoitlarini belgilash imkonini beradi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Barlibaev Sh.N. Mola-tekislagichning texnologik ish jarayonini takomillashtirish va parametrlarini asoslash: PhD diss. – Gulbahor, 2020. – 119 b.
- To‘xtaqo‘ziev A., Mansurov M.T., Rasuljonov A.R. Ish organlari ramaga qo‘zg‘almas biriktirilgan tuproqqa ishlov berish mashinalarining ishlash chuqurligi barqarorligini ta’minlashning ilmiy-texnik yechimlari. – Toshkent: «Muxr PRESS», 2019. – 70 b.
- Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – Москва: Колос, 1973. – 335 с.
- Аугамбаев М., Иванов А.З., Терехов Ю.И. Основы планирования научно-исследовательского эксперимента. – Ташкент: Ўқитувчи, 1993.–336 с.
- Аминов С. Обоснование параметров уплотнительного катка к предпосевному орудию для хлопководства: Автореф. дисс...канд. техн. наук. – Янгиюль, 1988. – 16 с.
- Akbarov I.A., G‘altakmolali mola-tekislagich g‘altakmolasiga beriladigan tik yuklanishni aniqlash: Respublika ilmiy-amaliy konferensiya – Toshkent, 2020. – B. 344-348. 4 -S H O ‘ B A
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014641
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610157
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 590–593
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03