Saqlash va qayta ishlashga qulay tarvuz navlarining sifatiga ta‘sir etuvchi omillar
Karimullaeva Marziya Usnatdinovna, Sultanov Jetker Davletbaevich, Salilaeva Gulshad PatullaevnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 628–631
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining agroiqlim sharoitida yetishtirilgan kechpishar tarvuz navlarining sifat ko‘rsatkichlari, ularni uzoq muddat saqlash imkoniyatlari va saqlash davomida yuz beradigan o‘zgarishlar o‘rganilgan. Tadqiqotlarda Qozibay, Xait qara va Gulistan navlarining agrobiologik xususiyatlari, hosildorligi, meva etining chiqishi va saqlanuvchanlik xususiyatlari solishtirilgan. Kuzatishlar Nukus va Chimboy tumanlaridagi tarvuz yetishtiruvchi xo‘jaliklarda hamda moslashtirilgan omborxonalar sharoitida olib borilgan. Olingan ma‘lumotlarga ko‘ra, Qozibay navining hosildorligi 41,5 t/ga, Xait qara navining hosildorligi 40,2 t/ga, Gulistan navining hosildorligi 36,3 t/ga bo‘lgan. Saqlash natijalari may oyining oxiriga kelib Nukus tumanida hosilning 41,7 %, Chimboy tumanida esa 37,6 % qismi iste‘molga yaroqli bo‘lganini ko‘rsatgan. Tadqiqot natijalari tarvuz navlarini to‘g‘ri tanlash, mevalarni saqlashga sifatli tayyorlash va omborxona sharoitlarini takomillashtirish hosil yo‘qotilishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.
Boshqa tillarda
ruschaФакторы, влияющие на качество сортов арбуза, пригодных для хранения и переработки
В данной статье изучены качественные показатели позднеспелых сортов арбуза, выращенных в агроклиматических условиях Республики Каракалпакстан, возможности их длительного хранения и изменения, происходящие в период хранения. В исследованиях сравнивались агробиологические особенности, урожайность, выход мякоти плода и лёжкость сортов «Козыбай», «Хаит кара» и «Гулистан». Наблюдения проводились в арбузоводческих хозяйствах Нукусского и Чимбайского районов и в условиях приспособленных хранилищ. По полученным данным, урожайность сорта «Козыбай» составила 41,5 т/га, сорта «Хаит кара» — 40,2 т/га, сорта «Гулистан» — 36,3 т/га. Результаты хранения показали, что к концу мая пригодными для потребления оставались 41,7 % урожая в Нукусском районе и 37,6 % — в Чимбайском районе. Результаты исследования подтверждают, что правильный выбор сортов арбуза, качественная подготовка плодов к хранению и совершенствование условий в хранилищах имеют важное значение для снижения потерь урожая.
inglizchaFactors affecting the quality of watermelon varieties suitable for storage and processing
This article studies the quality indicators of late-ripening watermelon varieties grown in the agroclimatic conditions of the Republic of Karakalpakstan, the possibilities of their long-term storage and the changes that occur during storage. The studies compared the agrobiological characteristics, yield, flesh yield and keeping quality of the Qozibay, Xait qara and Gulistan varieties. The observations were carried out on watermelon-growing farms in Nukus and Chimbay districts and in adapted storage facilities. According to the data obtained, the yield was 41.5 t/ha for Qozibay, 40.2 t/ha for Xait qara and 36.3 t/ha for Gulistan. The storage results showed that by the end of May, 41.7% of the crop in Nukus district and 37.6% in Chimbay district remained fit for consumption. The results confirm that the correct choice of watermelon varieties, proper preparation of the fruit for storage and better storage conditions are important for reducing crop losses.
Kalit so‘zlar
- tarvuz
- kechpishar navlar
- Qozibay
- Xait qara
- Gulistan
- saqlash texnologiyasi
- mahsulot sifati
- saqlanuvchanlik
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Bo‘riev X. Ch, Ashurmetov O.A. Poliz ekinlari biologiyasi va etishtirish texnologiyasi. Toshkent: «Mehnat», 2000.
- Bo‘riev X.Ch., Jo‘raev R., Alimov O. Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. T.: Mehnat. 2002.
- Bo’riev X. Ch, Zuev V.İ., Gafurova L.A., Adilov M.M. Baxchevıe kulturı: proizvodstvo, ispolzovanie, puti povısheniya kachestva. Toshkent, 2005. –
- Bo’riev X.Ch., Moryakin V. Xranenie i transportirovka baxchevıx kultur. Jurnal «Stepnıe Prostorı» № 8, 1975, s. 43
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014650
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610166
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 628–631
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03