Asosiy mazmunga o‘tish

Bosh piyozning tanlangan istiqbolli navlar ichidan konkurs nav sinovi tashkil etish

Hayitbayev Doniyor Komiljon ugli, Torayeva Gulzira MuzzafarovnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 613–616

Annotatsiya

Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitida xorijiy davlatlardan keltirilgan bosh piyozning 32 tadan ortiq kolleksiyasining iqlimlashtirilganligi va qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganilganligi hamda aniqlanganligi maqolada yoritilgan. Jumladan, tajriba natijalarida k-1 «Dermo», k-9 «Brown Beauty», k-194 «Nomsiz», k-10 «Kind Variety», k-12 «Pioneer 25013», k-13 «Canade maple», k-173 «Nomsiz», k-185 «Nomsiz», k-11 «Xalsedon», k-18 «Meteor», k-40 «Roket», k-43 «Spring Onion», k-44 «Grandina», k-170 «Nomsiz», k-120 «Nomsiz», k-50 «Super Bear», k-75 «Prince-33», k-153 «Qizil piyoz», k-128 «Kizil sak», k-85 «K-3», k-81 «K-11», k-83 «K-12» va k-80 «K-13» nav namunalari ertapisharligi bilan ajraldi.

Boshqa tillarda

ruschaОрганизация конкурсного сортоиспытания лука репчатого среди отобранных перспективных сортов

В статье освещены результаты изучения акклиматизации и хозяйственно ценных признаков более 32 коллекционных образцов лука репчатого, завезённых из зарубежных стран, в почвенно-климатических условиях Республики Каракалпакстан. В частности, по результатам опыта скороспелостью выделились сортообразцы k-1 «Dermo», k-9 «Brown Beauty», k-194 «Без названия», k-10 «Kind Variety», k-12 «Pioneer 25013», k-13 «Canade maple», k-173 «Без названия», k-185 «Без названия», k-11 «Xalsedon», k-18 «Meteor», k-40 «Roket», k-43 «Spring Onion», k-44 «Grandina», k-170 «Без названия», k-120 «Без названия», k-50 «Super Bear», k-75 «Prince-33», k-153 «Qizil piyoz», k-128 «Kizil sak», k-85 «K-3», k-81 «K-11», k-83 «K-12» и k-80 «K-13».

inglizchaOrganization of a competitive variety trial of onion among selected promising varieties

The article presents the results of studying the acclimatization and valuable economic traits of more than 32 collection samples of onion introduced from foreign countries under the soil and climatic conditions of the Republic of Karakalpakstan. In particular, the experiment showed that the variety samples k-1 “Dermo”, k-9 “Brown Beauty”, k-194 “Unnamed”, k-10 “Kind Variety”, k-12 “Pioneer 25013”, k-13 “Canade maple”, k-173 “Unnamed”, k-185 “Unnamed”, k-11 “Xalsedon”, k-18 “Meteor”, k-40 “Roket”, k-43 “Spring Onion”, k-44 “Grandina”, k-170 “Unnamed”, k-120 “Unnamed”, k-50 “Super Bear”, k-75 “Prince-33”, k-153 “Qizil piyoz”, k-128 “Kizil sak”, k-85 “K-3”, k-81 “K-11”, k-83 “K-12” and k-80 “K-13” were distinguished by early ripening.

Kalit so‘zlar

  • nav
  • namuna
  • tizma
  • duragay
  • bosh piyoz
  • hosildorlik
  • ertapishar
  • nav namunalari
  • barg
  • barg yuzasi
  • bosh piyoz vazni

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq chiqish» texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 635.25

Bosh piyozning tanlangan istiqbolli navlar ichidan konkurs nav sinovi tashkil etish Hayitbayev Doniyor Komiljon o‘g‘li q.x.f.f.d., assistenti · To‘rayeva Gulzira Muzzafarovna magistranti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Meva-sabzavot va polizchilik» kafedrasi

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610162 Iqtibos uchun: Hayitbayev Doniyor Komiljon o‘g‘li, To‘rayeva Gulzira Muzzafarovna. Bosh piyozning tanlangan istiqbolli navlar ichidan konkurs nav sinovi tashkil etish // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 613–616. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610162

Annotatsiya. Qoraqalpog‘iston Respublikasining tuproq-iqlim sharoitida xorijiy davlatlardan keltirilgan bosh piyozning 32 tadan ortiq kolleksiyasining iqlimlashtirilganligi va qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganilganligi hamda aniqlanganligi maqolada yoritilgan. Jumladan, tajriba natijalarida k-1 «Dermo», k-9 «Brown Beauty», k-194 «Nomsiz», k-10 «Kind Variety», k-12 «Pioneer 25013», k-13 «Canade maple», k-173 «Nomsiz», k-185 «Nomsiz», k-11 «Xalsedon», k-18 «Meteor», k-40 «Roket», k-43 «Spring Onion», k-44 «Grandina», k-170 «Nomsiz», k-120

4 -S H O ‘ B A «Nomsiz», k-50 «Super Bear», k-75 «Prince-33», k-153 «Qizil piyoz», k-128 «Kizil sak», k-85 «K-3», k-81 «K-11», k-83 «K-12» va k-80 «K-13» nav namunalari ertapisharligi bilan ajraldi. Kalit so‘zlar: nav, namuna, tizma, duragay, bosh piyoz, hosildorlik, ertapishar, nav namunalari, barg, barg yuzasi, bosh piyoz vazni.

Kirish Bosh piyozni kolleksiya nav namunalarining qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganishlar natijasida Koreyadan keltirilgan k-58 «K-3» nav namunasidan yakka tanlash asosida mos ravishda L- 2 liniya ajratib olinib, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganildi. Seleksiyaning yakka tanlov usulida ishlar doimiy ravishda olib borildi. Natijada bosh piyoz ekinining yangi ertapishar, hosildor, sifatli hosil miqdori yuqori bo‘lgan navi yaratildi.

Ushbu L-2 liniya ustida nav tanlov sinovi olib borildi. Yangi navni sinovdan o‘tkazish uchun Qishloq xo‘jaligi ekinlari nav sinash markaziga «Qizil nur» nomi bilan topshirildi va bu ekin sinovga topshirilgan yili (2022-y.) Davlat reestriga kiritilgan «Kaba-132» navi bilan bir-biriga taqqoslanib sinaldi.

Sinovdan o‘tayotgan navlar ertagi muddatda (10-mart) ochiq dalaga urug‘idan ekildi.

Bosh piyoz ertapisharlik belgisi bo‘yicha o‘rganilganda Davlat reestriga kiritilgan bosh piyozning «Kaba-132» naviga nisbatan yangi yaratilgan «Qizil nur» navini 2022-2023-yillarda bir-biriga taqqoslab sinovlardan o‘tkazilgan fenologik kuzatishlar natijasida nihollarning unib chiqishi o‘rtacha standart Kaba-132 navda 8-kunda 10 %, 14-kunda 75 % tashkil etgan bo‘lsa, yangi yaratilgan Qizil nur navida o‘rtacha nihollar 6-kunda 10%, 12-kunda 75% tashkil etdi hamda 10 va 75% unib chiqishda 2 kunga erta unib chiqqani kuzatildi. Bu natija, o‘z navbatida, o‘simliklarda fenologik jarayonlarning tez boshlanishiga zamin bo‘ldi.

Standart Kaba-132 navida nihollarining birinchi chinbargi 20 kunda, yangi Qizil nur navida esa 17 kunda shakllandi. Ko‘chatlardagi 4 chinbarg standart Kaba-132 navida 25 kunda, yangi Qizil nur navida 22 kunda hosil bo‘ldi.

Dehqonlarimiz tomonidan ko‘p yillardan buyon yetishtirib kelinayotgan standart Kaba-132 navida bosh piyozining shakllana boshlashiga 85 kun kerak bo‘ldi, yangi yaratilgan Qizil nur navida bosh piyozining shakllana boshlashiga 70 kun yetarli bo‘ldi. Bu esa andoza Kaba-132 navidan Qizil nur navining bosh piyozini shakllantirishi 15 kun erta sodir bo‘ldi. Yangi yaratilgan Qizil nur navida fenologik kuzatuvlar olib borilganda urug‘ ekilgan kundan barglarining sarg‘aya boshlashigacha 100 kun kerak bo‘ldi. Standart Kaba-132 navga esa 130 kun yetarli bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, yangi Qizil nur navida urug‘ ekilgan kundan barglarining sarg‘aya boshlashigacha standart navga nisbatan 30 kun oldin sodir bo‘ldi. 1-jadval. Bosh piyozning yangi Qizil nur va standart Kaba-132 navlarining fenologik ko‘rsatkichlari (2022- 2023 y.)

Urug‘ ekilgandan, barglarining sarg‘aya chiqishi, kun

O‘suv davri, kun boshlashi, kun Kaba-132, St. 8 14 20 25 85 130 155 Qizil nur 6 12 17 22 70 100 120

4 -S H O ‘ B A Tadqiqotlarimizda bosh piyozning standart sifatida qatnashayotgan Kaba-132 navining o‘suv davri 155 kunni tashkil etgan bo‘lsa, yangi yaratilgan Qizil nur navining o‘suv davri 120 kun bo‘lganligi kuzatildi. Bu esa standart navdan 35 kunga erta yetilganligi va ertapisharligi aniqlandi. Bosh piyozning hosildorlik va sifatli hosil miqdori belgisi bo‘yicha o‘rganilganda Respublikamizda ko‘p yillar davomida dehqonlarimiz tomonidan yetishtiriladigan va Davlat reestriga kiritilgan bosh piyozning «Kaba-132» naviga nisbatan konkurs nav sinovida yangi «Qizil nur» navining bosh piyoz vazni, hosildorlik ko‘rsatkichlari va sifatli hosil miqdorlari solishtirib o‘rganildi (7-jadval). Standart Kaba-132 navining bosh piyoz og‘irligi 120 g ni tashkil etgan bo‘lsa, yangi yaratilgan Qizil nur navida bu ko‘rsatkich 160 g bo‘lib standart Kaba-132 navidan 40 g ga yoki 133,3 foizga og‘irligi namoyon bo‘ldi.

2-jadval. Konkurs nav sinovida ekilgan bosh piyozning hosildorlik va sifat ko‘rsatkichlari (2022-2023 y.)

Standartga nisbatan Standartga nisbatan qo‘shimcha qo‘shimcha Umumiy hosildorligi, t/ga

Namuna nomi Sifatli hosildorligi, % Bosh piyoz vazni, g

Kaba-132, st. 120 - 100 35 - 100 90 Qizil nur 160 40 133,3 45,7 10,7 130,5 95

Umumiy hosildorligi bo‘yicha Qizil nur navida aniqlanganda standart Kaba-132 navidan sezilarli darajada yuqori va ishonchli hosil to‘plab yuqori hosildorligini ko‘rsatdi. Bosh piyozning rayonlashtirilgan Kaba-132 navidan 35 t/ga umumiy hosil olingan bo‘lsa, Qizil nur navidan esa 45,7 t/ga umumiy hosil olindi, standart navga nisbatan 10,7 t/ga yoki 130,5 foizga yuqori hosil olindi. Bosh piyozning kolleksiyasini o‘rganish va yangi navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tajribalarimizda yangi yaratilgan Qizil nur (95%) navining yetishtirilgan hosilining tovarbop mahsuloti standart Kaba-132 (90%) navidan 5 foizga yuqori to‘plaganligi namoyon bo‘ldi. Bosh piyozning «Qizil nur» navining dastlabki manbalar bilan asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarining farqliligi aniqlanganda, bosh piyozning shakllana boshlashiga Koreyaning k-85 «K-3» nav namunasida 76 kun bo‘lgan bo‘lsa, «Qizil nur» navda esa 70 kun bo‘lib, 6 kunga qisqarganligi kuzatildi (3-jadval). Bundan tashqari, urug‘ ekilgandan barglarining sarg‘aya boshlashigacha k-85 «K-3» nav namunasida 107 kun bo‘lgan bo‘lsa, Qizil nur navda 100 kunga qisqarganligi hamda o‘suv davri k-85 «K-3» nav namunasida 125 kun davom etgan bo‘lsa, yangi Qizil nur navida 120 kunga qisqarganligi yoki 5 kunga ertapisharligi aniqlandi. 3-jadval. Bosh piyozning «Qizil nur» navining dastlabki manbalar bilan asosiy qimmatli xo‘jalik belgilarining farqliligi Nav va namunalar Morfobiologik ko‘rsatkichlar Birlik Koreyaning k-85 «K- «Qizil nur» 3» namunasi navi

4 -S H O ‘ B A Bosh piyozning shakllana boshlashi, kun kun 76 70 Urug‘ ekilgandan, barglarining sarg‘aya kun 107 100 boshlashi, kun O‘suv davri, kun kun 125 120 Bosh piyoz vazni, g g 145 160

Bosh piyozning vazni bo‘yicha ham dastlabki k-85 «K-3» nav namunasidan yangi yaratilgan Qizil nur navida bosh piyoz vazni og‘ir ekanligi kuzatildi. Jumladan, Qizil nur navida bosh piyoz vazni 160 g bo‘lgan bo‘lsa, dastlabki k-85 «K-3» nav namunasida 145 g bo‘lganligi va yillar davomida yangi navning navdorligini oshirish natijasida 15 g ga o‘zgarganligi kuzatildi. Umumiy hosildorlik ham uzviy bog‘liqlikda dastlabki k-85 «K-3» nav namunasidan yangi Qizil nur navining umumiy hosili 2,5 t/ga yoki 5,7 foizga oshganligi namoyon bo‘ldi. Hamda tovarbop hosil miqdorini aniqlash bo‘yicha kuzatuvlar natijasida yangi yaratilgan Qizil nur navi dastlabki Koreyaning k-85 «K-3» kolleksiya nav namunasidan 2 foizga sifatli yuqori mahsulot to‘plaganligi aniqlandi. Seleksiya yutug‘i bosh piyozning «Qizil nur» navining qisqacha tavsifi Bosh piyoz (Allium cepa L.)ning Qizil nur navi ertapishar navi. Analitik seleksiya usulidan foydalangan holda jahon kolleksiyasi nav namunalaridan ajratib olingan namunadan yakka tanlash orqali yaratilgan. Ekish muddatlari: Turli ekish muddatlarida (erta bahorda – fevral oxiri martning boshlarida; yoz-kuzda -avgust-sentabrda) ochiq dalaga ko‘chatidan yoki urug‘idan ekib yetishtirish tavsiya qilinadi. Bosh piyoz og‘irligi 140-160 g, hosildorligi urug‘idan ekilganda 45-50 t/ga, tayyor ko‘chatidan ekib yetishtirilganda 75-85 t/ga, o‘rtacha o‘suv davri 120-130 kun.

1-rasm. Bosh piyozning jahon kolleksiyasida qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.

O‘simlik tipi piyozlilar, ko‘chat balandligi 37-40 sm, barg yuzasining shakli naysimon, barg rangi momiqsimon qoplamli yashil, barg yuzasi silliq. Bosh piyozning shakli yumoloq, biroz keng

4 -S H O ‘ B A teskari-tuxumsimon, bosh piyozning ko‘ndalang kesim shakli yumoloq, bosh piyozning g‘ovakligi mavjud emas, bosh piyozning rangi to‘q jigarrang qizil. Xulosalar Yangi yaratilgan «Qizil nur» nav ustida konkurs nav sinovlari olib borish natijasida o‘suv davri bo‘yicha standart «Kaba-132» navga nisbatan 35 kunga qisqa ekanligi aniqlandi. Shu bilan birga, ushbu yangi navda ertapisharlik xususiyati ham kuzatildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Пивоваров В.Ф., Конанков П. Ф., Никулшин В.П. Значение овощей как продуктов питания. Овощи – новинки на вашем столе. // Москва ВНИИССОК, 1995 – С. 8-33.
  2. Пивоваров, В.Ф. Ершов, И.И., Агафонов, А.Ф. Луковые культуры // М., 2001 – С.210.
  3. Azimov B.J., Azimov B.B. «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi».-T. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002 y, 180-198 B.
  4. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. // М.: Колос, 1992 – С.34.
  5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. // М., «Колос». 1973.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014646
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610162
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
613–616
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03