Asosiy mazmunga o‘tish

Ertagi ekinda turli ekish usullarida yetishtirilgan qovun navlarining iqtisodiy samaradorligi

Z.M. Amanjolova, Kh. Matiyakubov, Sh. SaburovQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 555–559

Annotatsiya

Maqolada Nukus tumanida ertagi ekinda yetishtirishda eksportbop kichik vaznli qovunning Dakaro F1 duragayi (54,1 t/ga) hamda Lo‘nda xandalak №25 (44,4 t/ga), Kolxoznitsa (41,0 t/ga) va Kichkintoy (34,4 t/ga) yuqori tovarbop hosildorlikni namoyon qilganligi ilmiy asoslangan.

Boshqa tillarda

ruschaЭкономическая эффективность сортов дыни, выращенных разными способами посева в ранней культуре

В статье научно обосновано, что при выращивании в ранней культуре в Нукусском районе высокую товарную урожайность показали экспортный мелкоплодный гибрид дыни Dakaro F1 (54,1 т/га), а также сорта «Лунда хандалак №25» (44,4 т/га), «Колхозница» (41,0 т/га) и «Кичкинтой» (34,4 т/га).

inglizchaEconomic efficiency of melon varieties grown by different sowing methods in early cultivation

The article describes the production of small-weight export-oriented melons in the Nukus district, including the Dakaro F1 hybrid (54.1 t/ha), Londa Khandalak No. 25 (44.4 t/ha), Kolkhoznitsa (41.0 t/ha), and Kichkintoy (34.0 t/ha) in the early cultivation of the region.

Kalit so‘zlar

  • qovun
  • asosiy poya uzunligi
  • yon shoxlar soni va uzunligi
  • poyaning umumiy uzunligi
  • barg soni
  • eni
  • uzunligi va sathi
  • meva soni
  • uzunligi
  • etining qalinligi va vazni
  • bir tupdagi hosil
  • umumiy va tovarbop hosildorlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq chiqish» texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 635.611

Ertagi ekinda turli ekish usullarida yetishtirilgan qovun navlarining iqtisodiy samaradorligi Z.M.AMANJOLOVA assistenti (PhD) · X.Matiyakubov magistranti · Sh.SABUROV Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610148 Iqtibos uchun: Z.M.AMANJOLOVA, X.Matiyakubov, Sh.SABUROV. Ertagi ekinda turli ekish usullarida yetishtirilgan qovun navlarining iqtisodiy samaradorligi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 555–559. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610148

Annotatsiya. Maqolada Nukus tumanida ertagi ekinda yetishtirishda eksportbop kichik vaznli qovunning Dakaro F1 duragayi (54,1 t/ga) hamda Lo‘nda xandalak №25 (44,4 t/ga), Kolxoznitsa (41,0 t/ga) va Kichkintoy (34,4 t/ga) yuqori tovarbop hosildorlikni namoyon qilganligi ilmiy asoslangan. Abstract. The article describes the production of small-weight export-oriented melons in the Nukus district, including the Dakaro F1 hybrid (54.1 t/ha), Londa Khandalak No. 25 (44.4 t/ha), Kolkhoznitsa (41.0 t/ha), and Kichkintoy (34.0 t/ha) in the early cultivation of the region.

4 -S H O ‘ B A Kalit so‘zlar: qovun, asosiy poya uzunligi, yon shoxlar soni va uzunligi, poyaning umumiy uzunligi, barg soni, eni, uzunligi va sathi, meva soni, eni, uzunligi, etining qalinligi va vazni, bir tupdagi hosil, umumiy va tovarbop hosildorlik. Keywords: melon, main stem length, number and length of side branches, total stem length, number of leaves, width, length and surface, number of fruits, width, length, flesh thickness and weight, yield per bush, total and marketable yield.

Kirish Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda sanoat va aholining qovunga bo‘lgan talablarini to‘la qondirishga strategik yondashib, bir qator rejalar, jumladan, ertagi va eksportbop qovun mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida eksportbop qovun mahsulotlarini yetishtirishda maqbul nav va duragaylarini tanlash hamda ertagi ekinda hosildorlikni oshirishda agrotexnikaga alohida e’tibor qaratish lozim.

So‘nggi yilda Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida mos qovun nav va duragaylarini tanlash va uni yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari yetarlicha amalga oshirilmagan. Shu munosabat bilan ushbu dissertatsiya mavzusi doirasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish dolzarb hisoblandi.

Tadqiqot uslubiyoti. Tadqiqotlarda qovunning O‘zbekistonda rayonlashtirilgan mahalliy seleksiyasiga mansub «Gurbek mestniy» (st), «Dilxush», «Kichkintoy», «Oltin vodiy», «Oltin tepa», «Roxat», «Suyunchi 2» navlari, «Ko‘k mag‘iz F1» duragayi hamda Niderlandiya seleksiyasiga mansub «Dakaro F1» duragayi, shuningdek, mahalliy istiqbolli «Zamcha № 20», «Iftixor (L-160)», «Lo‘nda xandalak №25», «Malika №28», «Oftob (L-161)», «Xandalak sariq №9/4», «Shirali» va «Ertagi xandalak №24» navlari hamda Rossiya seleksiyasiga mansub «Kolxoznitsa» navi olindi.

Qovun nav namunalari 4 ta qaytariqli, 40 m 2 hisobli maydondan har bir namunada 40 dona va hisob-kitob ishlari 10 dona o‘simliklarda olib borildi. Tadqiqotlardagi qovun nav namunalari 210+70 ×70 sm ekish sxemasida, urug‘larni aprel oyining 1-dekadasida ekishda olib borildi.

Dala tajribalari «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi» (B.J.Azimov, B.B.Azimov, 2002), «Методика полевого опыта в овощеводстве и бахчеводстве» (V.F.Belik, 1992) uslubiy qo‘llanmalari asosida olib borildi, tadqiqot natijalarining statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturida, 0,95% ishonchlilik oralig‘i bilan «Методика полевого опыта» (B.A.Dospexov, 1985) dispersion usuli bo‘yicha hisoblandi. Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ertagi ekinda qovunni turli yoshdagi ko‘chat, ekish muddati va usullarda yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda 2022-2024- yillar davomida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan olingan tovarbop hosildorligi asosida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2022-2026-yillar uchun «Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik kartalari» (Sabzavot, kartoshka, poliz va uzum ekinlari bo‘yicha, III-qism) asosida agrotexnologik karta ishlab chiqildi.

Mazkur «Ertagi ekinda qovun ko‘chatlaridan yetishtirishda qo‘llaniladigan namunaviy texnologik karta»si bo‘yicha turli yoshdagi ko‘chat, ekish muddati va usullarda yetishtirishning iqtisodiy samaradorligi bo‘yicha hisob-kitoblar natijasi jadvalda batafsil bayon etildi. Bunda, bir gektar maydonda qovun ko‘chatlarini yetishtirishda urug‘ sarfi 2,0 kg/ga bo‘lib, 1 kg urug‘ narxi mahalliy seleksiyaga mansub qovun navlarida 300 ming so‘m hamda xorijiy seleksiyaga mansub qovun nav va duragayida – 500 ming so‘m hisobida olindi, bir gektarga sarflangan urug‘ narxi mahalliy seleksiyaga mansub qovun navlarida – 600,0 ming so‘m hamda xorijiy seleksiyaga mansub qovun nav va duragayida – 1 000 ming so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, bir gektar maydonda qovun nav namunalarini yetishtirishda 216 litr miqdorda YoMM sarflangan bo‘lib (32-ilovaga qarang), 2024-yildagi 1 litr YoMM narxi – 12 500 so‘m hisoblanib, bir gektarga sarflangan YoMM narxi 2700,0 ming so‘mni tashkil qildi. Hosil yetishtirishda o‘simliklarni oziqlantirish uchun sarflangan

4 -S H O ‘ B A azotli o‘g‘it (ammoniy sulfat, 21 %) – 720 kg (narxi 1 kg – 3000 so‘m), fosforli o‘g‘it (superfosfat, 40 %) – 320 kg (1 kg – 5300 so‘m), kaliyli o‘g‘it (kaliy xlorid, 60 %) – 50 kg (1 kg – 5500 so‘m) bo‘lib, jami mineral o‘g‘itga ketgan xarajatlar 7909,0 ming so‘mni tashkil qiladi. Shuningdek, qovun nav namunalarini yetishtirishda turli xil kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash xarajatlari 1 575,0 ming so‘mni tashkil qildi. Urug‘, YoMM, o‘g‘it, kimyoviy preparat xarajatlari, jumladan: mahalliy seleksiyaga mansub qovun navlarida – 12784,0 ming so‘m, shuningdek, xorijiy seleksiyaga mansub qovun nav va duragayida – 13184,0 ming so‘m bo‘lganligi aniqlandi. Bir gektar yerni tayyorlash xarajatlari – 365,9 ming so‘m, ko‘chat yetishtirish xarajatlari – 2 045,1 ming so‘m hamda ko‘chat ekish va parvarishlash xarajatlari – 8 199,9 ming so‘mni tashkil qildi.

1-jadval. 1-ilova Ertagi ekinda turli ekish usullarida yetishtirilgan qovun navlarining iqtisodiy samaradorligi «Gurbek mestniy» navi «Kichkintoy» navi Ekish usullari Ko‘rsatkichlar urug‘ni ochiq urug‘ni polietilen ko‘chatni polietilen urug‘ni ochiq urug‘ni polietilen ko‘chatni polietilen dalaga ekish plyonka ostiga plyonka ostiga dalaga ekish plyonka ostiga plyonka ostiga (nazorat) ekish ekish (nazorat) ekish ekish Urug‘, YoMM, o‘g‘it, kimyoviy preparat 12 784,0 12 784,0 12 784,0 12 784,0 12 784,0 12 784,0 xarajatlari Yerni tayyorlash xarajatlari 365,9 365,9 365,9 365,9 365,9 365,9 Ko‘chat yetishtirish xarajatlari 2 045,1 2 045,1 Polietilen plyonka xarajatlari 11 400,0 11 400,0 11 400,0 11 400,0 Urug‘ va ko‘chat ekish va parvarishlash xarajatlari 8 199,9 8 199,9 8 199,9 8 199,9 8 199,9 8 199,9 Hosilni yig‘ish xarajatlari 1109,0 1540,9 1875,8 635,8 781,4 1087,1 Hosilni tashish xarajatlari 186,2 258,8 315,0 106,8 131,2 182,6 Jami xarajatlar 22 645,0 34 549,5 36 985,7 22 092,4 33 662,4 36 064,6 Ustama xarajatlar, 25% 5 661,3 8 637,4 9 246,4 5 523,1 8 415,6 9 016,2 Kutilmagan xarajatlar, 15% 3 396,8 5 182,4 5 547,9 3 313,9 5 049,4 5 409,7 Barcha xarajatlar 31 703,1 48 369,3 51 780,0 30 929,3 47 127,4 50 490,5 Tovarbop hosildorlik, t/ga 45,7 63,5 77,3 26,2 32,2 44,8 1 kg qovun mevasi narxi, so‘m 2000,0 3000,0 3000,0 2000,0 3000,0 3000,0 Hosilning narxi, so‘m 91400,0 190500,0 231900,0 52400,0 96600,0 134400,0 1 tonna mahsulot tannarxi, so‘m 693,7 761,7 669,9 1180,5 1463,6 1127,0 Sof foyda 59696,9 142130,7 180120,0 21470,7 49472,6 83909,5 Rentabellik darajasi, % 188,3 293,8 347,9 69,4 105,0 166,2

2-jadval. 1-ilova davomi Ertagi ekinda turli ekish usullarida yetishtirilgan qovun navlarining iqtisodiy samaradorligi «Roxat» navi «Dakaro F1» duragayi Ekish usullari

4 -S H O ‘ B A Ko‘rsatkichlar urug‘ni ochiq urug‘ni polietilen ko‘chatni urug‘ni ochiq urug‘ni polietilen ko‘chatni polietilen dalaga ekish plyonka ostiga polietilen plyonka dalaga ekish plyonka ostiga plyonka ostiga (nazorat) ekish ostiga ekish (nazorat) ekish ekish Urug‘, YoMM, o‘g‘it, kimyoviy preparat xarajatlari 12 784,0 12 784,0 12 784,0 13 184,0 13 184,0 13 184,0 Yerni tayyorlash xarajatlari 365,9 365,9 365,9 365,9 365,9 365,9 Ko‘chat yetishtirish xarajatlari 2 045,1 2 045,1 Polietilen plyonka xarajatlari 11 400,0 11 400,0 11 400,0 11 400,0 Urug‘ va ko‘chat ekish va parvarishlash xarajatlari 8 199,9 8 199,9 8 199,9 8 199,9 8 199,9 8 199,9 Hosilni yig‘ish xarajatlari 934,3 1087,1 1441,4 1759,3 2188,9 2555,3 Hosilni tashish xarajatlari 156,9 182,6 242,1 295,5 367,6 429,1 Jami xarajatlar 22 441,0 34 019,5 36 478,4 23 804,6 35 706,3 38 179,3 Ustama xarajatlar, 25% 5 610,2 8 504,9 9 119,6 5 951,2 8 926,6 9 544,8

«Roxat» navi «Dakaro F1» duragayi Ekish usullari Ko‘rsatkichlar urug‘ni ochiq urug‘ni polietilen ko‘chatni urug‘ni ochiq urug‘ni polietilen ko‘chatni polietilen dalaga ekish plyonka ostiga polietilen plyonka dalaga ekish plyonka ostiga plyonka ostiga (nazorat) ekish ostiga ekish (nazorat) ekish ekish Kutilmagan xarajatlar, 15% 3 366,1 5 102,9 5 471,8 3 570,7 5 355,9 5 726,9 Barcha xarajatlar 31 417,4 47 627,3 51 069,8 33 326,4 49 988,8 53 451,1 Tovarbop hosildorlik, t/ga 38,5 44,8 59,4 72,5 90,2 105,3 1 kg qovun mevasi narxi, so‘m 2000,0 3000,0 3000,0 2000,0 3000,0 3000,0 Hosilning narxi, so‘m 77000,0 134400,0 178200,0 145000,0 270600,0 315900,0 1 tonna mahsulot tannarxi, so‘m 816,0 1063,1 859,8 459,7 554,2 507,6 Sof foyda 45582,6 86772,7 127130,2 111673,6 220611,2 262448,9 Rentabellik darajasi, % 145,1 182,2 248,9 335,1 441,3 491,0

1-ilovadagi ma’lumotlarga ko‘ra, ertagi ekinda turli ekish usullarida yetishtirilgan qovun navlarining iqtisodiy samaradorligi tahlil qilinganda, nazorat urug‘ni ochiq dalaga ekib yetishtirilgan hosilni yig‘ish xarajatlari qovunning «Gurbek mestniy» navida – 1109,0 ming so‘m, «Kichkintoy» navida – 635,8 ming so‘m, «Roxat» navida – 934,3 ming so‘m va «Dakaro F1» duragayida – 1759,3 ming so‘m bo‘lib, ko‘chat polietilen plyonka ostiga ekilganda (mos ravishda) – 1875,8; 1087,1; 1441,4 va 2555,3 ming so‘m hamda urug‘ polietilen plyonka ostiga ekilganda – 1540,9; 781,4; 1087,1 va 2188,9 ming so‘mni tashkil qildi. Hosilni tashish xarajatlari esa nazorat urug‘ni ochiq dalaga ekishda qovunning «Gurbek mestniy» navida – 186,2 ming so‘m, «Kichkintoy» navida – 106,8 ming so‘m, «Roxat» navida – 156,9 ming so‘m va «Dakaro F1» duragayida – 295,5 ming so‘m bo‘lib, ko‘chat polietilen plyonka ostiga ekilganda (mos ravishda) – 315,0; 182,6; 242,1 va 429,1 ming so‘m, urug‘ polietilen plyonka ostiga ekilganda esa – 258,8; 131,2; 182,6 va 367,6 ming so‘mni tashkil qildi. Qovun nav namunalarini turli ekish usullarida yetishtirishga ketgan jami xarajatlar nazorat urug‘ni ochiq dalaga ekishda qovunning «Gurbek mestniy» navida – 22,6 mln so‘m, «Kichkintoy» navida – 22,1 mln so‘m, «Roxat» navida – 22,4 mln so‘m va «Dakaro F1» duragayida – 23,8 mln so‘m bo‘lib, ko‘chat polietilen plyonka ostiga ekilganda (mos ravishda) – 37,0; 36,1; 36,5 va 38,2 mln so‘m hamda urug‘ polietilen plyonka ostiga ekilganda – 34,5; 33,7; 34,0 va 35,7 mln so‘mni tashkil qildi. Qovun nav namunalarini yetishtirishga ketgan jami xarajatlarga ustama (25%) va kutilmagan (15%) xarajatlar qo‘shilganda barcha xarajatlar nazorat urug‘ni ochiq dalaga ekishda qovunning «Gurbek mestniy» navida – 31,7 mln so‘m, «Kichkintoy» navida – 30,9 mln so‘m, «Roxat» navida – 31,4 mln so‘m va «Dakaro F1» duragayida – 33,3 mln so‘m bo‘lib, ko‘chat polietilen plyonka ostiga ekilganda (mos ravishda) – 51,8; 50,5; 51,1 va 53,5 mln so‘m hamda urug‘ polietilen plyonka ostiga ekilganda – 48,4; 47,1; 47,6 va 50,0 mln so‘mni tashkil qildi. Ulgurji bozorda 1 kg qovun mevasi 5000 so‘mdan sotilganda bir gektardan yetishtirilgan

4 -S H O ‘ B A hosilning narxi nazorat urug‘ni ochiq dalaga ekishda qovunning «Gurbek mestniy» navida – 91,4 mln so‘m, «Kichkintoy» navida – 52,4 ming so‘m, «Roxat» navida – 77,0 mln so‘m va «Dakaro F1» duragayida – 145,0 mln so‘m bo‘lib, ko‘chat polietilen plyonka ostiga ekilganda (mos ravishda) – 231,9; 134,4; 178,2 va 315,9 mln so‘m hamda urug‘ polietilen plyonka ostiga ekilganda – 190,5; 96,6; 134,4 va 270,6 mln so‘mni tashkil qildi. Qovun nav namunalarini yetishtirishda sof foyda nazorat urug‘ni ochiq dalaga ekishda qovunning «Gurbek mestniy» navida – 59,7 mln so‘m, «Kichkintoy» navida – 21,5 mln so‘m, «Roxat» navida – 45,6 mln so‘m va «Dakaro F1» duragayida – 111,7 mln so‘m bo‘lib, ushbu nazorat ekish usuliga nisbatan yuqori sof foyda ko‘chat polietilen plyonka ostiga ekilganda (mos ravishda: 180,1; 83,9; 127,1 va 262,4 mln so‘m) bo‘lib, urug‘ polietilen plyonka ostiga ekilganda (142,1; 49,5; 86,8 va 220,6 mln so‘m) esa aksincha, kam sof foyda olinganligi aniqlandi. Qovun nav namunalarini yetishtirishda rentabellik nazorat urug‘ni ochiq dalaga ekishda qovunning «Gurbek mestniy» navida – 188,3 %, «Kichkintoy» navida – 69,4 %, «Roxat» navida – 145,1 % va «Dakaro F1» duragayida – 335,1 % bo‘lib, ushbu nazorat ekish usuliga nisbatan yuqori rentabellik ko‘chat polietilen plyonka ostiga ekilganda (mos ravishda: 347,9; 166,2; 248,9 va 491,0 %) bo‘lib, urug‘ polietilen plyonka ostiga ekilganda (293,8; 105,0; 182,2 va 441,3 %) esa aksincha, kam rentabellikni namoyon qildi. Xulosa Ertagi ekinda qovun nav namunalarini ko‘chatni polietilen plyonka ostiga ekilganda esa «Gurbek mestniy» (180,1 mln so‘m va 347,9 %), «Kichkintoy» (83,9 mln so‘m va 166,2 %), «Roxat» (127,9 mln so‘m va 248,0 %) navlarida va «Dakaro F1» duragayida (262,4 mln so‘m va 491,0 %) aniqlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Азимов Б.Ж., Азимов Б.Б. Сабзавотчилик, полизчилик ва картошкачиликда тажрибалар ўтказиш методикаси. – Тошкент, 2002. – Б. 121-152
  2. Белик В.Ф. Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. – М: Агропромиздат, 1992. – С. 133-135, 226.
  3. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М.: Колос, 1985. – С. 207-223, 268-297

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014632
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610148
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
555–559
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03