Nashrlar
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
4 311 natija
Barchasi
4 311 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
O‘QITISHNI TAKOMILLASHTIRUVCHI DASTUR VOSITALARI
X.K.Qarshiboyeva · Research Focus International Scientific Journal · 2026
ushbu maqolada o‘qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalarining turlari, ularning zamonaviy ta‘lim jarayonidagi o‘rni va pedagogik samaradorligi tahlil qilindi. Raqamli texnologiyalar asosidagi vositalarning o‘quv jarayonini yengillashtirish, individuallashtirish va monitoring qilishdagi imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari o‘qitishni takomillashtiruvchi vositalardan tizimli foydalanish ta‘lim sifatini oshirishda muhim omil ekanini ko‘rsatdi.
- Ochiq kirishMaqola
YOSH GANDOLCHILARNI JAMOAVIY HUJUM TEXNIKASIGA O‘RGATISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH
Usanova Durdona Xusan qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
ushbu maqolada yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda innovatsion pedagogik va texnologik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Zamonaviy raqamli vositalar, interaktiv mashg‘ulotlar, videotalqinlar va modulli o‘quv metodlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari innovatsion metodlar yosh sportchilarning taktik fikrlashi, o‘yin tezligi va jamoaviy hamkorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishMaqola
BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI QO‘L MEHNATI ASOSIDA IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMI
Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining ta‘lim jarayonidagi o‘rni, innovatsion yondashuvlar asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari hamda pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari tahlil qilindi. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini tizimli va innovatsion asosda tashkil etish bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faolligi, mustaqil fikrlashi va kasbiy tayyorgarligini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta‘lim muassasalarida amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishMaqola
11-12 YOSHLI FUTBOLCHILARNI TAYYORGARLIK DARAJASINI O‘RGANISH VA O‘QUV MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Niyozmatov Elbek Rustamaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
11-12 yoshli futbolchilarni tayyorgarlik sport turi bilan shug‘ullanishda, barcha jismoniy sifatlarni rivojlanishi kuzatiladi. Organizmni turli organ va tizimlari faoliyati futbol sport turi bilan shug‘ullanishda yaxshilanadi va rivojlanadi. Shuning uchunyurtimiz aholisini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, futbol sport turi hozirgi kunda asosiy omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdagi asosiy hisoblanadi.
- Ochiq kirishMaqola
MUSOBAQA FAOLIYATIDA GANDBOLCHILARNING TEZKOR QARSHI HUJUMLARINI NAZARIY TAHLILI
G‘ofurov Mirzohid Gulomjonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Malakali gandbolchilarda tezkor qarshi hujum tayyorgarligiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqash uchun anketa so‘rovlarini o‘tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblandi.
- Ochiq kirishMaqola
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA INGILIZ TILINI O‘RGATISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI.
Eraliyeva Zamira Rasuljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning samarali usullari yoritib berilgan. Maqolaning kirish qismida yurtimizda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan e‘tibor hamda Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarda chet tillarini o‘rgatishga doir prezident qarorlari va maktabgacha ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi kabi qarorlar bilan asoslar keltirib o‘tilgan. Adabiyotlar tahlilida chet el olimlarining olib borgan ishlaridan faktlar, o‘zbek adiblarimizning fikrlari va shu bilan birgalikda turli jurnallarda chop etilgan maqola va tezislardan ma‘lumot keltirilgan. Metodologiya qismida maktabgacha yoshdagi bolalarga interaktiv texnologiyalar orqali o‘zaro ta‘sir qilish, o‘zgalar bilan muloqot qilish, barcha ishtirokchilarni qamrab oladigan kognitiv va kommunikativ faoliyatni tashkil etish shakli zamonaviy ta‘lim makonida ta‘lim va tarbiyaning asosiy maqsadi har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan va shu bilan birga turli xil metodlardan namunalar keltirib o‘tilgan. Xulosa va takliflar qismida tatqiqotlar o‘tkazish jarayonida kelingan xulosalar keltirib o‘tildi.
- Ochiq kirishMaqola
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING KREATIV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Eraliyeva Zamira Rasuljonovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari direktorlarining kreativ malakalarini shakllantirish texnologiyasi, mazmuni, qanday foydalanish lozimligi haqida bilib olishimiz mumkin. Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. MTT rahbar xodimlarining soha rivojidagi o‘rni, kelajak avlodni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim tashkilotida rahbar tomonidan yaratilgan ijtimoiy muhitning ahamiyati haqida muallifning shaxsiy mulohazalari keltirilgan. Adabiyotlar tahlilida buyuk alomalarimizning fikrlari, hozirgi kundagi tadqiqotchilarimizning so‘zlari va jahon adabiyoti namayondalarining fikrlari keltirib o‘tilgan. Metodologiya qismida yangicha yondashilgan metodlar yoritilgan. Natija qismida olib borilgan tadqiqotlarning natijalari yoritilgan. Yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta‘sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KREATIV PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI
Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kreativ pedagogik tafakkurning mazmuni va tuzilishi, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar hamda pedagogik modelning asosiy komponentlari yoritilgan. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan pedagogik model bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ fikrlashi, pedagogik tashabbuskorligi va kasbiy kompetensiyasini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishMaqola
TALABALAR ISHTIROKIDA FITNESS VA AEROBIKA VOSITALARI ORQALI SOG‘LOMLASHTIRISH METODOLOGIYASI
B.T.Xaydarov · Research Focus International Scientific Journal · 2026
ushbu tadqiqotda talabalar ishtirokida fitness va aerobika vositalari yordamida sog‘lomlashtirish metodologiyasi tahlil qilinadi. Ishning maqsadi jismoniy faollik va sport mashqlari orqali talabalar sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularni sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirishdir. Tadqiqotda turli yoshdagi talabalar bilan ishlashda fitness va aerobika mashqlarining samaradorligi ko‘rsatildi.
- Ochiq kirishMaqola
РУССКИЙ ЯЗЫК КАК ФЕНОМЕН МНОГОЯЗЫЧИЯ УЗБЕКИСТАНА В ИСТОРИЧЕСКОМ И СОЦИОЛИНГВИСТИЧЕСКОМ АСПЕКТАХ
Турдимамадов Ортикмирзо Шермамад угли · Research Focus International Scientific Journal · 2026
maqolada O‘zbekistonda rus tilining tarqalishi va faoliyatining sovet davridagi tarixi ko‘rib chiqiladi, mustaqillikdan keyin uning maqomi va rolidagi o‘zgarishlar tahsil qilinadi, shuningdek, zamonaviy O‘zbekistonda rus tilidan foydalanishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari va normativ-huquqiy aktlar o‘rganiladi. Alohida e‘tibor rus tilining ko‘p tilli jamiyat sharoitida millatlararo muloqot vositasi sifatidagi roliga qaratilgan.
- Ochiq kirishMaqola
СЛОВО КАК ХРОНИКА ДУХА: ФИЛОСОФИЯ И КУЛЬТУРА ЯЗЫКА В НАСЛЕДИИ М.А. ШОЛОХОВА КАК ОТРАЖЕНИЕ РУССКОЙ ЦИВИЛИЗАЦИИ
Джуманазарова Зилола Обиджоновна · Research Focus International Scientific Journal · 2026
maqola M.A. Sholoxov adabiy merosida sivilizasion kod tashuvchisi sifatida tilning falsafiy-madaniy tahliliga bag‘ishlangan. Til rus sivilizatsiyasining tarixiy xotirasi, mentalligi va ma‘naviy qadriyatlarini ifodalashning asosiy shakli sifatida qaraladi. Sholoxov nasridagi nutqiy tuzilmalar, leksika, stilistik xususiyatlar va intonatsiyani tahlil qilish asosida, til jamoviy identikni shakllantirish va saqlashning asosiy vositasi sifatida faoliyat ko‘rsatadi, degan xulosa chiqarilgan. Sholoxov so‘zi orqali xalq ovozi ifodalanishi, til esa XX asrning tarixiy transformatsiyalari ko‘zgusiga aylanishi ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishMaqola
СВОЕОБРАЗИЕ ПЕРЕВОДА ФРАЗЕОЛОГИЧЕСКИХ ЕДИНИЦ С РУССКОГО НА УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК (НА МАТЕРИАЛЕ ДРАМЫ А. Н. ОСТРОВСКОГО «ГРОЗА»)
Ахмаджанова Исмигул Дилмурад кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada A. N. Ostrovskiyning «Momaqaldiroq» dramasi materiali asosida frazeologik birliklarni rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Rus frazeologizmlarining milliy-madaniy o‘ziga xosligini o‘zbek tilida yetkazishda qo‘llaniladigan asosiy tarjima usullari tahlil qilinadi. Semantik, obrazli va pragmatik noekvivalentlik bilan bog‘liq odatiy tarjima qiyinchiliklari aniqlanadi. Badiiy matnni tarjima qilishda funksional-ma‘noviy yondashuv zarurligi haqida xulosa qilinadi.
- Ochiq kirishMaqola
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA HAYVON NOMLARI ORQALI IFODALANGAN PAREMIOLOGIK MA‘NOLAR
Bo‘riyev Dilmurod Arzimurod o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026
ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida hayvon nomlari orqali ifodalangan paremiologik ma‘nolar filologik, lingvomadaniy va qiyosiy yondashuv asosida tadqiq etiladi. Tadqiqot davomida hayvon nomlarining semantik, ikonik va metaforik xususiyatlari, ularning milliy mentalitet va madaniyat bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek paremiologiyasida hayvon nomlari orqali shakllangan ijobiy va salbiy baholash tizimlari o‘rganiladi, shuningdek, universal va madaniy-spetsifik ramzlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari paremiologiya, lingvomadaniyatshunoslik va qiyosiy tilshunoslik sohalarida nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishMaqola
TIBBIY MATNLAR KORPUSIDA SINONIMIYA VA VARIATIVLIKNING QIYOSIY KO‘RINISHLARI (INGLIZ–O‘ZBEK MISOLIDA)
Suleymanova Nargiza Mardonovna, Asatullayev Rustamjon Baxtiyorovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va leksik variativlik hodisalari qiyosiy va tizimli ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tibbiy terminlar va terminologik bo‘lmagan birliklar doirasida sinonimik qatorlarning shakllanishi, ularning kontekstual qo‘llanish xususiyatlari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik va pragmatik farqlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot korpus lingvistikasi, qiyosiy-tavsifiy, kontekstual va funksional tahlil metodlariga asoslanadi. Olingan natijalar ingliz tilida tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashganini, o‘zbek tilida esa izohli va tavsifiy birliklar hisobiga leksik variativlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tibbiy tarjima, terminologik me‘yorlash va maxsus lug‘atlar tuzishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishMaqola
XODIMLAR O‘RTASIDAGI KELISHMOVCHILIKLARNI HAL ETISHDA LIDERLIK YONDASHUV
Suvonova Yulduz Suyunovna · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Maqolada tashkilotlarda xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni samarali hal etishda liderlik yondashuvlarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Kelishmovchiliklar mehnat jamoalarida tabiiy holat sifatida qaralib, ularni to‘g‘ri boshqarish orqali jamoadagi o‘zaro ishonch, hamkorlik va mehnat unumdorligini oshirish mumkinligi ta‘kidlangan. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, transformatsion va xizmatga yo‘naltirilgan liderlik yondashuvlari jamoada ijobiy psixologik muhitni shakllantirish hamda kelishmovchiliklarni konstruktiv tarzda hal etishga ko‘proq hissa qo‘shadi.
- Ochiq kirishMaqola
SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BO‘Z TUPROQLARINING SHO‘RLANGANLIK HOLATI
Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, Umirova Umida Kushak Qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Xovos tumani sug‘oriladigan maydonlarida tarqalgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning sho‘rlanish holati, sho‘rlanish turlari va darajalari kimyoviy tahlillar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida tuproq eritmasidagi asosiy kationlar (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) va anionlar (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻) miqdori aniqlanib, ularning nisbatiga ko‘ra sho‘rlanish tipi va darajasi baholandi
- Ochiq kirishMaqola
ЎЗБЕКИСТОН ИҚЛИМИ ШАРОИТИДА БИНО ВА ИНШООТЛАРНИ ИССИТИШДА ҚУЁШИЙ НУРЛИ-ПАНЕЛЛИ ТИЗИМЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АФЗАЛЛИКЛАРИ
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада Ўзбекистон иқлими шароитида бино ва иншоатларни иситишда қуёший нурли-панелли тизимлардан самарали фойдаланиш имкониятлари таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар анъанавий энергия манбаларини тежаш, энергия самарадорлигини ошириш ва экологик тоза энергиядан фойдаланишда муҳим аҳамият касб этади. Мақолада қуёш панеллари тизимларининг асосий конструкцияси, ишлаш принциплари ва иқтисодий самарадорлиги кўриб чиқилган. Шунингдек, турли бинолар учун қуёш энергиясини интеграциялашнинг афзалликлари ва қўлланиш имкониятлари таҳлил қилинган
- Ochiq kirishMaqola
МАВСУМИЙ ИССИҚЛИК АККУМУЛЯТОРЛАРИ АСОСИДА ҚУРИЛГАН УЙҒУНЛАШГАН ҚУЁШ ИСИТИШ ТИЗИМЛАРИНИНГ САМАРАДОРЛИГИ
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Мақолада мавсумий иссиқлик аккумуляторлари асосида ишлаб чиқилган уйғунлашган қуёш иситиш тизимларининг самарадорлиги таҳлил қилинган. Ушбу тизимлар иссиқликни сақлаш ва энергияни тежашда самарали бўлиб, анъанавий энергия манбаларидан фойдаланишни камайтириш имконини беради. Шунингдек, мақолада қуёш энергиясидан максимал фойдаланиш ва иссиқлик ҳажмини оптимал тарзда тақсимлаш йўналишлари ҳам кўриб чиқилган.
- Ochiq kirishMaqola
ТОШКЕНТ ИҚЛИМИДА ПАСТ ҲАРОРАТЛИ ФАОЛ ВА ПАССИВ ҚУЁШ ИСИШ ТИЗИМЛАРИДАН САМАРАЛИ ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСТУНЛИКЛАРИ
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.
- Ochiq kirishMaqola
ИССИҚЛИК АККУМУЛЯТОРИГА ЭГА БЎЛГАН ФАОЛ ҚУЁШ ИСИТИШ ТИЗИМИНИНГ ДИНАМИК МОДЕЛИ
Abduhamidov Diydorbek Ulug‘bekovich, Yusupov Dilshodbek Turdaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2026
Ушбу ишда иссиқликни қабул қилувчи панеллар (қуёш коллекторлари)нинг конструкторлик хусусиятлари ва иссиқлик аккумуляторига эга фаол қуёш иситиш тизимининг динамик модели илмий-энергетик самарадорлик нуқтаи назаридан таҳлил қилинди. Мақсад — биноларнинг динамик иссиқлик хоссаларини тегишли математик модель воситасида аниқлаш, энергия тежаш имкониятларини, шу билан бирга экологик ва иқтисодий фойдаларини кўрсатиш.