MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA INGILIZ TILINI O‘RGATISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI.
Eraliyeva Zamira RasuljonovnaQo‘qon universiteti o‘qituvchisi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 105–112
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning samarali usullari yoritib berilgan. Maqolaning kirish qismida yurtimizda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan e‘tibor hamda Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarda chet tillarini o‘rgatishga doir prezident qarorlari va maktabgacha ta‘lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi kabi qarorlar bilan asoslar keltirib o‘tilgan. Adabiyotlar tahlilida chet el olimlarining olib borgan ishlaridan faktlar, o‘zbek adiblarimizning fikrlari va shu bilan birgalikda turli jurnallarda chop etilgan maqola va tezislardan ma‘lumot keltirilgan. Metodologiya qismida maktabgacha yoshdagi bolalarga interaktiv texnologiyalar orqali o‘zaro ta‘sir qilish, o‘zgalar bilan muloqot qilish, barcha ishtirokchilarni qamrab oladigan kognitiv va kommunikativ faoliyatni tashkil etish shakli zamonaviy ta‘lim makonida ta‘lim va tarbiyaning asosiy maqsadi har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan va shu bilan birga turli xil metodlardan namunalar keltirib o‘tilgan. Xulosa va takliflar qismida tatqiqotlar o‘tkazish jarayonida kelingan xulosalar keltirib o‘tildi.
Boshqa tillarda
ruschaЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ ДЕТЕЙ СТАРШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА.
В статье освещаются эффективные способы обучения английскому языку детей в дошкольных образовательных организациях. Во вводной части статьи приводятся обоснования, связанные с повышенным вниманием в нашей стране к изучению иностранных языков, а также с президентскими решениями, касающимися обучения иностранным языкам в дошкольных образовательных организациях, и Концепцией развития системы дошкольного образования до 2030 года. В разделе анализа литературы представлены факты из исследований зарубежных учёных, мнения отечественных писателей, а также сведения из статей и тезисов, опубликованных в различных журналах. В методологической части рассматривается организация интерактивных технологий для детей дошкольного возраста как форма взаимодействия, общения с окружающими и организации когнитивной и коммуникативной деятельности, охватывающей всех участников; подчёркивается, что в современном образовательном пространстве основная цель обучения и воспитания направлена на формирование всесторонне развитой личности, при этом приводятся примеры различных методов. В разделе «Выводы и предложения» представлены результаты и выводы, полученные в ходе проведения исследования. /
inglizchaEFFECTIVE WAYS OF USING INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH TO SENIOR PRESCHOOL CHILDREN.
The article describes effective methods of teaching English to children in preschool education organizations. In the introductory part of the article, the attention devoted in our country to the learning of foreign languages is set out, together with the grounds provided by presidential decrees concerning the teaching of foreign languages in preschool education organizations and by such decisions as the Concept for the Development of the Preschool Education System until 2030. The review of the literature presents facts from the works carried out by foreign scholars, the views of our Uzbek writers and also information from articles and theses published in various journals. The methodology section considers interaction with preschool-age children through interactive technologies, communication with others and the form of organizing cognitive and communicative activity that covers all participants; it is noted that in the modern educational space the main goal of education and upbringing is directed at forming a comprehensively developed, harmonious personality, and examples of various methods are given. In the conclusions and recommendations section, the conclusions reached in the course of conducting the research are presented.
Kalit so‘zlar
- Platalar
- interfaol
- tamoyil
- interaktiv
- tadqiqot
- motivatsiya
- kognitiv
- texnologiya
- komunikatsiya
- konsepsiya
- algoritm
- optimal
- aqliy faoliyat
- o‘yin metodikasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARGA INGILIZ TILINI O‘RGATISHDA INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI. Eraliyeva Zamira Rasuljonovna Qo‘qon universiteti o‘qituvchisi E-mail: zamirahoneraliyeva22@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18198647 Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga ingliz tilini o‘rgatishning samarali usullari yoritib berilgan. Maqolaning kirish qismida yurtimizda chet tilini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor hamda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarda chet tillarini o‘rgatishga doir prezident qarorlari va maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi kabi qarorlar bilan asoslar keltirib o‘tilgan. Adabiyotlar tahlilida chet el olimlarining olib borgan ishlaridan faktlar, o‘zbek adiblarimizning fikrlari va shu bilan birgalikda turli jurnallarda chop etilgan maqola va tezislardan ma’lumot keltirilgan. Metodologiya qismida maktabgacha yoshdagi bolalarga interaktiv texnologiyalar orqali o‘zaro ta’sir qilish, o‘zgalar bilan muloqot qilish, barcha ishtirokchilarni qamrab oladigan kognitiv va kommunikativ faoliyatni tashkil etish shakli zamonaviy ta’lim makonida ta’lim va tarbiyaning asosiy maqsadi har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan va shu bilan birga turli xil metodlardan namunalar keltirib o‘tilgan. Xulosa va takliflar qismida tatqiqotlar o‘tkazish jarayonida kelingan xulosalar keltirib o‘tildi. Kalit so‘zlar: Platalar, interfaol, tamoyil, interaktiv, tadqiqot, motivatsiya, kognitiv, texnologiya, komunikatsiya, konsepsiya, algoritm, optimal, aqliy faoliyat, o‘yin metodikasi, interfaol doska.
ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ ДЕТЕЙ СТАРШЕГО ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Эралиева Замира Расулжоновна преподаватель Кокандского университета E-mail: zamirahoneraliyeva22@gmail.com Аннотация: В статье освещаются эффективные способы обучения английскому языку детей в дошкольных образовательных организациях. Во вводной части статьи приводятся обоснования, связанные с повышенным вниманием в нашей стране к изучению иностранных языков, а также с президентскими решениями, касающимися обучения иностранным языкам в дошкольных образовательных организациях, и Концепцией развития системы дошкольного образования до 2030 года. В разделе анализа литературы представлены факты из исследований зарубежных учёных, мнения отечественных писателей, а также сведения из статей и тезисов, опубликованных в различных журналах. В методологической части рассматривается организация интерактивных технологий для детей дошкольного возраста как форма взаимодействия, общения с окружающими и организации когнитивной и коммуникативной деятельности, охватывающей всех участников; подчёркивается, что в современном образовательном пространстве основная цель обучения и воспитания направлена на формирование всесторонне развитой личности, при этом приводятся примеры различных методов. В разделе «Выводы и предложения» представлены результаты и выводы, полученные в ходе проведения исследования.
Ключевые слова: платформы, интерактив, принцип, интерактивный, исследование, мотивация, когнитивный, технология, коммуникация, концепция, алгоритм, оптимальный, умственная деятельность, игровая методика, интерактивная доска.
EFFECTIVE WAYS TO USE INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH TO OLDER PRESCHOOL CHILDREN. Zamira Rasuljonovna Eraliyeva Lecturer, Kokand University E-mail: zamirahoneraliyeva22@gmail.com Abstract: The article describes effective methods of teaching English to children in preschool educational institutions. The introduction provides a rationale based on the growing attention in our country to foreign language learning, as well as presidential resolutions related to teaching foreign languages in preschool institutions and the Concept for the Development of the Preschool Education System until 2030. The literature review presents facts from studies conducted by foreign scholars, opinions of Uzbek writers, and information from articles and theses published in various journals. The methodology section considers the use of interactive technologies with preschool children as a form of interaction, communication with others, and the organization of cognitive and communicative activities that engage all participants; it emphasizes that in the modern educational environment the main goal of teaching and upbringing is to form a comprehensively developed individual, and examples of various methods are provided. The conclusion and recommendations section summarizes the findings obtained during the research process. Keywords: platforms, interactive, principle, interactivity, research, motivation, cognitive, technology, communication, concept, algorithm, optimal, mental activity, game-based methodology, interactive whiteboard.
KIRISH Maktabgacha ta’lim bolalarni kashf qilish davri hisoblanadi. Bu davrda bolalarni faol, ijodkor hamda ma’naviy yetuk inson qilib yetishtirishning ilk devonchasi desak adashmagan bo‘lamiz. Shu sababdan ingiliz tilni o‘rgatish ayni shu davrdan boshlanishi maqsadga muvofiq deb topilgan. Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, barcha sa’y-harakatlar ta’lim sifati hamda ingiliz tilini yangi multimedia texnologiyalari orqali o‘rgatishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim tizimining ilk poydevori qo‘yiladigan maktabgacha ta’lim sohasini yangi pog‘onaga olib chiqish, bolalarning iqtidori hamda salohiyatini ilk yoshlardanoq to‘g‘ri yo‘naltirish borasida juda ko‘p tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqda va bu sa’y-harakatlar bolalar ta’lim-tarbiyasida o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. So‘nggi bir necha yil ichida chet tilini o‘rganish o‘z-o‘zini rivojlantirishning bir usuli emas, balki zarurat bo‘lib qoldi. Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda chet tillarini o‘rganishga katta e’tibor berib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2017-yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni Respublikamizda maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qaratilgan katta e’tiborlardan biri bo‘ldi. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda “Maktabgacha taʼlim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari toʼg‘risida”gi, 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
qarorlar hamda ushbu songa tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ma’lum darajada xizmat qiladi. Qisqa vaqt ichida respublikamizdagi bog‘chalar soni 3 barbarga oshib, bog‘cha yoshidagi bolalarni qamrab olish darajasi 28 foizdan 54 foizga yetgani ana shu amaliy harakatlarning natijasidir. Bolalalarni bugungi zamon ruhiga mos qilib tarbiyalashda xorij tajribasining o‘rni katta hisoblanadi. Bugungi kunda chet tiliga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Buning boshlang‘ich ko‘rinishi maktabgacha ta’lim tizimida namoyon bo‘lmoqda. Chet tilini o‘rganishda interaktiv metodlardan va innovatsion texnologiyalardan yetarlicha foydalanilmasligi hozirda dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI Davr taraqqiyoti, globallashuv jarayoni yoshlardan bir necha xorijiy tillarni bilishlarini talab etmoqda. Mashhur nemis psixologi O. Kronning fikriga ko‘ra, bolalar uch yoshidan boshlab ularga berilayotgan bilimni o‘zlashtira olishga, ya’ni bilim olishga qodir hisoblanadi. Mana shu dastlabki uch yil davomida bola uning ota-onasi yoki tarbiyachisining tuzgan rejalari va dasturi bo‘yicha emas, balki o‘zining dasturi bo‘yicha bilim oladi. Keyinchalik esa bola tarbiyachilari tomonidan tuzilgan rejalarga moslasha boshlaydi va shu dastur bo‘yicha bilim oladi. Shunday ekan, bolani o‘qishga qiziqtirish, ya’ni xorijiy tillarni bolalarga oson va tushunarli, shu bilan bir qatorda qiziq qilib o‘rgatishda biz bir qator zamonaviy metodlardan foydalanishimiz mumkin. Garvard universiteti professori M. Rivers fikricha, savodli bo‘lish, o‘qish va yozuvni bilish, degan ma’noni anglatadi. Til o‘rganish ham yosh davrlariga bog‘liqdir. Olimlar va psixologlarning fikricha, bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o‘zlashtiradilar. Hatto K. D. Ushinskiy ham shunday deb yozgan edi: “Bola biz bir necha yil ichida o‘rgana olmaydigan darajada chet tilini bir necha oyda o‘rganadi”. N.Tаrаsyukning fikrichа, “Tildа mulоqоt qilish vа nutqiy fаоliyat оrqаli bоlа rivоjlаnаdi, tаrbiyalаnаdi, оlаmni vа oʻzini tаniydi, хususаn, хоrijiy tаʼlim jаrаyoni bоlаgа bеrishi mumkin boʻlgаn oʻshа bаrchа mаʼnаviy bоylikni egаllаydi”. Chеt tillаrni oʻrgаnishning eng mаqbul vа оsоn oʻzlаshtirish dаvri mаktаbgаchа boʻlgаn dаvr boʻlib, bоlаlаrdа til egаllаshning oʻzigа хоsligini tugʻmа qоbiliyat dеyish mumkin. Marasulova Dono Nigmatullayevaning Integrativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bolalarga ingiliz tilini o‘rgatishda multimedia texnologiyalaridan foydalanish mavzusidagi falsafa doktori (PhD ) dissertatsiyasida integativ yondashuv asosida 5-6 yoshli bollalarga ingiliz tilini multimedialardan foydalanib o‘rgatish samaradorligini takomillashtirish haqida ma’lumot beradi. Bundan koʻrinib turibdiki 5-6 yoshli bоlаlаrgа ingliz tilini intеgrаtiv yondаshuv аsоsidа oʻrgаtishdа multimеdiа tехnоlоgiyalаridаn fоydаlаnish jаrаyonidа chеt tildа bеrilаyotgаn mаtеriаllаrning аstа-sеkin murаkkаblаshib bоrishi bоlаlаrning intеllеktuаl vа shахsiy sаlоhiyatini оchib bеrib, chеt tildаgi nutqni muvаffаqiyatli oʻzlаshtirish qоbiliyatlаrini rivоjlаntirishdа yordаm bеrаdi vа kеyingi oʻquv bоsqichlаridа ingliz tilini oʻzlаshtirishni yanаdа sаmаrаlirоq qilаdi. METODOLOGIYA Interfaol o‘yinlar orqali ingliz tilini o‘rganuvchi bolalar o‘zlarini ancha erkin tutadilar, xatto uyatchan bolalarni ham ushbu o‘yinlarda qatnashishga undaydi. Interfaol o‘yinlarni, ayniqsa, grammatika va so‘z boyligini orttirish jarayonida qo‘llash samarali natija beradi. Ammo bu o‘yinlarni qo‘llashdan oldin pedagog bolalarga o‘yindan ko‘zlangan maqsadni, o‘yin qoidalarini aniq tushuntirishi va o‘tilayotgan mavzu bilan chambarchas bog‘lashi kerak. Interfaol o‘yinlar bolalarning tasavvuri, zehni, xotirasi va narsa buyumlarga bo‘lgan e’tiborini oshiradi. Bolalarga til o‘rgatishda turli o‘yin turlaridan foydalanish ijobiy samara beradi. Masalan, yakka, juftli,
guruhli, ommaviy o‘yinlar yoki rolli, tashkiliy kommunikativ, ijodkorlikka yo‘naltiruvchi, intellektual musobaqaga asoslangan, didaktik, yoki kompyuterli o‘yinlar shular jumlasiga kiradi. Ta’limning zamonaviy texnalogiyalarida bir nechta interfaol metodlar bo‘lib, ular ingliz tili mashg‘ulotlarining samarali darajada o‘tilishini ta’minlaydi. Didaktik o‘yinlar ingliz tili mashg‘ulotining samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bular, “O‘zim tekshiraman”, “Tez javob”, “Rasmlar”, “Pantomima”, “Harflarni top” o‘yini, “Sirli so‘z”, “Zanjir”, “O‘yin topishmoq” va boshqalar. Chet tili ta’limi, birinchi navbatda, chet tilidagi kundalik uchraydigan, real bilim va ko‘nikmalarni o‘rganishga chorlashi kerak, lekin aniq bilimlarni ham rivojlanishiga beparvo qaramaslik kerak. Agar biz chet tili ta’limida qo‘llaniladigan metodik-didaktik qarashlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, quyidagilarni ta’kidlab o‘tishimiz talab etiladi: Dars jarayoni bu nafaqat kommunikativ, balki kelajakda o‘rgangan bilimlarni qo‘llay olish imkoniyatini beradigan kompetensiyalarni qamrab olishi zarur. “Tasavvurni rivojlantirish”. Ushbu metodda bolalarga biror holatning aksi tushirilgan rasm yoki kartochka beriladi, bola esa ushbu rasmga muvofiq o‘z dunyoqarashidan kelib chiqib kichik hikoyacha yaratadi. Tarbiyachi bilan birgalikda ushbu kichik hikoyachani chet tiliga tarjima qilishadi va yangi so‘zlarni o‘rganishadi. Bu usul orqali bolalar o‘z tasavvurlarini boyitishlari va jarayon davomida yangi so‘zlarni o‘zlashtirishlari mumkin bo‘ladi. “Xatoni top” o‘yini. Ushbu o‘yinda o‘qituvchi tomonidan mavzuga aloqador noto‘g‘ri ma’lumot aytiladi, bolalar esa chaqqonlik bilan bu xatoni topishlari kerak bo‘ladi. Misol uchun darsda sabzavotlarning nomlari o‘rganilayotgan bo‘lsa, o‘qituvchi tomonidan “carrot-qovoq” tarzida ma’lumot beriladi. Bolalar zudlik bilan carrot qovoq emas, balki sabzi ekanligini aytishlari kerak bo‘ladi. Bu o‘yin nafaqat bolalarda e’tiborli bo‘lishlikni kuchaytiradi, balki ularning chaqqon bo‘lishlariga ham undaydi. “Qadam-ba qadam” o‘yini. Bu o‘yin juda ham qiziqarli bo‘libgina qolmay bolalar uchun juda foydalidir. Ushbu o‘yinda uch yoki to‘rtta bola qatnashishi mumkin bo‘ladi. Har bir bola alohida bo‘lib guruhlarga bo‘linib turib olishadi va marra belgilanadi. Tarbiyachi turli xil so‘zlar aytadi va kim birinchi bo‘lib ushbu so‘zni chet tilida nomlanishini topsa bir qadam oldinga yuradi. Marraga birinchi bo‘lib yetib kelgan bola o‘yinning g‘olibiga aylanadi. “Video va audio materiallardan foydalanish”. Bolalarning darsga bo‘lgan qizishini orttirish maqsadida ularga qiziqarli va tushunarli bo‘lgan videolar namoyish qilish ham darsning samaradorligini oshiradi. Audioda aytib o‘tilgan predmetlarni (hayvonlar, mevalar, o‘quv qurollari va hakazolar) topish va o‘qituvchiga ko‘rsatish nafaqat bolani yangi so‘zlarni tez yodlashga, balki ularning talaffuzini ham yodda saqlashga yordam beradi. “Bu kim?” (Who is she/he?) “U nima?” (What is that?) o‘yini. Bu o‘yinda bolalar faoliyat xonasi bo‘ylab harakatlanib, xonada mavjud narsalar yuzasidan bir-birlariga savollar berishadi. Ushbu o‘yin interaktiv o‘yin bo‘lib, bolalarning o‘zaro muloqoti asosiga quriladi. Bolalar savollarga narsalarni ushlab ko‘rib yoki rasmdagi tasvirlardan foydalangan holda javob beradilar. Bu esa bolalarning tasavvurlarining yanada kengayishiga olib keladi. Yuqorida keltirib o‘tilgan metodlar yordamida darsni bolalarni o‘ziga jalb qila oladigan, ular uchun foydali, samarali, hamda qiziqarli tarzda tashkil qilish mumkin. Ushbu metodlar bolaga darsni uzoq vaqt xotirasida saqlab qolishga katta yordam beradi. NATIJALAR “Inglizcha qo‘shiqlar tinglash, hamda raqsga tushish”. “Xatoni top”. “Qadam-ba qadam”. “Bu kim?” (Who is she/he?) “U nima?” (What is that? metodlarini 3 oy jarayonida guruh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida haftada ikki marta qo‘llanib kelindi. Bu metodlar kunning birichi
yarimida, turli mashg‘ulot faoliyatlarida almashinib qo‘llanildi. Bu jarayonda bolalar juda ham faol qatnashib kelishdi. Birinchi oy yakunida 01 guruhi ko‘rsatgichi 15 % ko‘rsatdi. 02 guruh esa 30 % natija ko‘rsatdi. Ikkinchi oy yakunida bu ko‘rsatgichlar 01 guruhuda 25 % 02 guruhda 50%. Uchinchi oy yakunida 01 guruhi 40 % va 02 guruhi 70 % natijani ko‘rsatdi.
1-rasm. Metodlarni amalyotda qo‘llash 01-guruh
Bu o‘tkazilgan metodlardan foydalanish jarayonidan shunday hulosaga keldimki, biz barcha faoliyatlarimizda yangi-yangi mavzuga mos keladigan, takrorlanmas metodlardan unumli foydalanib borsak samarali maqsadga erishgan bo‘lamiz. MUHOKAMA Bolalar ingliz tilini o‘rganish jarayonida o‘zlaridagi yutuqlarni his etishlari uchun har bir o‘quv mashg‘ulotiga mukammal yondashish kerak. Ana shundagina bolalarda o‘rganishga motivatsiya uyg‘onadi. Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalar yangi bilimni qabul qilish imkoniyatlari juda ilgarilab ketganligi sababli MTT lardagi o‘qitish dasturlari shunga mos ravishda intensivlashtirilgan. Bolalar o‘rtasida musobaqalar judayam muhim, sababi bolalarda yoshligidan raqobat tuyg‘usini shakllantirib borish kerak bo‘ladi. Ana shundagina har bir bolada motivatsiya tilga bo‘lgan qiziqish uyg‘onadi. Insoning barcha qiziqishlari raqobat orqali keladi. Buni bolalar timsolida ham ko‘rishimiz mumkin, ularda bu yo‘l orqali jamlikni, raqobat orqali raqibini bilishni atrofni o‘rganishni o‘rgatadi. Ingliz tilidagi dars “shu yerda va aynan hozir” ma’nosida o‘tkazilishi kerak. Bolalar chet tilini hikoyalarni tushunish yoki o‘yinlarda g‘alaba qozonish orqali osonroq o‘rganadilar1. Hozirgi
file:///C:/Users/User.AD.009/Downloads/maktabgacha-talimda-bolalar-uchun-chet-tillarini-oqitish-metodlarihamda-ulardan-foydalanish-usullari.pdf
bosqichda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish uchun yangi yechimlarni talab qiladi. Bolalarning ta’lim va bilim sifatlarini oshirish uchun interfaol dasturlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish zarurati tug‘iladi.
2-rasm. Metodlarni amalyotda qo‘llash 02-guruh
Maktabgacha yoshdagi bolalarda motivatsiyani shakllantirish va oshirish kognitiv jarayonlarni jadal shakllantirish, tez yodlash kabi maktabgacha yoshdagi bolalar tilida, to‘siqlarining yo‘qligi, taqlid qilishning ma’lum qobiliyati borligidir. Ingliz tili darsida interfaol doskadan foydalanish ikkinchisini tashkil qilish imkonini beradi. An’anaviy darsga qaraganda yorqinroq, shakli va mazmuni interaktiv usuldan foydalanish platalar audio va video vositalar bilan birgalikda aniqlik va izchillik tamoyillarini amalga oshirishga imkon beradi. Interfaol doskaning afzalligi bu birlashtirish qobiliyatidir. Davlat Ta’lim Standartiga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar uchun allaqachon interaktiv o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqilgan. Interfaol trening axborotni taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi, materialning mavjudligi va tizimli taqdimoti bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘qitishga yordam beradi. O‘yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Masalan turli didaktik o‘yinlar, so‘zlar bilan ishlash maktabgacha yoshdagi bolalarga nutq tilini o‘rgatadigan asosiy birlikdir. U bolaning ixtiyoriy e’tiborini rivojlantirishga imkon beradi, bolani o‘quv jarayoniga jalb qiladi, shu bilan chet tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini amalga oshiradi va iboralar va jumlalarni o‘rganishga yordam beradi. Dunyo olimlarini takidlashicha chet tilini o‘rganish o‘n ikki yoshgacha bo‘lgan bollarda oson kechishi haqida yakdil fikirga kelishgan. Bu davrda bola tilni tushnib emas balki mexanik
tarzda o‘rganadi, shuning uchun xorijiy tilni qo‘llash va talafuz qilish oson kechadi. Bundan tashqari bog‘cha yoshidagi uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda miyaning qabul qilish hajmi katalarga nisbatan ikki baravar tezroq amalga oshirilishi isbotlangan. Bazi bir olimlar yana shuni ham maslaxat qilishadiki bolaga tug‘ilganidanoq ikkinchi tilni o‘rgatish lozim. Shunda bola qo‘shimcha tilni qiyinchliklarsiz tez va oson o‘rganadi. Hozirda ko‘plab maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarimiz asosiy o‘quv darsliklarni chet el o‘quv qo‘llanmalaridan foyadalanilgan holda o‘tishadi. XULOSA Xulosa qilib shuni aytishimiz lozimki maktabgacha yoshdagi bolalarga chet tilini o‘qitishda asosan o‘yin, rasmlar, qo‘shiq va she’rlardan, multfilmlardan foydalanish samarali hisoblanadi. Farzandlarimiz yetuk kadr bolib yetishlarida avvalo, maktabgacha ta’limning o‘rni ahamiyatlidir. Biz ularni zamonaviy texnalogiyalar va zamonaviy ta’lim tizimi bilan taminlashimiz talab etiladi. Maktabgacha talim jamiyatdagi har bir inson ildizlarining rivojlanishi, ularning kelajakda ona yurtiga munosib farzand, kuchli shaxs bo‘lib voyaga yetishlarida ham katta ahamiyatga ega. Biz farzandlarimiz ta’limiga ko‘proq etibor berishimiz, zamonaviy shartsharoitlar yaratishimiz, yangi-yangi usullar orqali chet tillarini mukammal o‘rganishlariga ko‘maklashishimiz zarur. Shuning uchun ham bolalarimizga yoshligidan ta’lim berib borishimiz, o‘qishga qiziqtirishimiz, jamiyatimizdagi har bir bolani nazardan chetda qoldirmasligimiz, o‘rganishga qiynalgan bolalar bilan ham alohida shug‘ullanishimiz, turli xil qiziqarli o‘yinlar bilan e’tiborlarini tortishimiz, chet tillarini o‘rgatish davomida muntazam rag‘batlantirib borishimiz ularni kelgusidagi ta’limlari uchun dastlabki qadam bo‘ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni takomillashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ 312-sonli qarori.
- O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizim va tarbiya to‘g‘risida” gi O‘RQ595-sonli qarori
- Ergasheva G Jabborova D Ergasheva X Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingiliz tilini o‘rgatish. O‘quv qo‘llanma. Namangan. 2021.
- Azimova M. U. ФОРМИРОВАНИЕМАТЕМАТИЧЕСКИХ ПОНЯТИЙ У ДЕТЕЙ 6-7 ЛЕТ ПОСРЕДСТВОМ ДИДАКТИЧЕСКИХ ИГР. - Colloquium journal, 2021.
- Nishonova Z. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. Toshkent-2006: 40-bet.
- Rasuljonovna, E. Z. . (2023). Bоlаlаr Kitоbхоnligi Vа Mеdiуа Muhitidа Bоlаlik Kоnsеptining Ifоdаlаnishi. Miasto Przyszłości, 40, 329–334. Retrieved from https://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/1820
- Eraliyeva, Z. (2023). MTT NING MAKTABGA TAYYORLOV GURUHLARIDA BOLALARNI MANTIQIY FIKRLASH VA BAHS MUNOZARALI VAZIYATLARDA YECHIM TOPISHGA VA BADIIY NUTQQA O‘RGATISH. Talqin Va Tadqiqotlar, 1(18). извлечено от http://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/19
- Yuldasheva Dilafruz, Jabborova Marifatxon, Eraliyeva Zamira Rasuljonovna, Maziyayeva Muqaddasxon (2022). MAKTABGACHA TA’LIMGA YANGICHA YONDASHUV. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (Special Issue 3), 121-125.
- Normatova Solihabonu Nodirjon qizi. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARGA XORIJIY TILLARNI O'QITISH METODIKASI VA AHAMIYATI. https://doi.org/10.5281/zenodo.811221610.5281/zenodo.8112216
- Mohina Farhod qizi, A. (2022). MAKTABGACHA TA’LIMDA INGLIZ TILI O‘QITISH METODIKASI. Educational Research in Universal Sciences, 1(6), 31–34. Retrieved from http://erus.uz/index.php/er/article/view/424
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013222
- Nashr sanasi
- 2026-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i12.1911
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 105–112
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11