Asosiy mazmunga o‘tish

Nashrlar

Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.

4 311 natija

Barchasi

4 311 natija

Tartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish

  • Ochiq kirishMaqola

    QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARINING CHIQISHLARINI PARALLEL ULASH

    Yusupov D.T. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Maqolada qayta tiklanuvchi energiya manbalarining chiqishlarini parallel ulash usulidan foydalanilgan. Ushbu usul yordamida ikki yoki undan ortiq energiya manbalarini kombinatsiyalash orqali qurilmaning energiya samaradorligini oshirishga erishilgan. Energiya ta‘minoti uzluksizligi ta‘minlangan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ISSIQLIK ELEKTOR STANSIYASI TURBINALARI KONDENSATOR QURILMALARIDAGI VAKUUMNING YOMONLASHISHI VA UNI BARTARAF ETISH CHORALARI

    Yunusov B.X., Mamadiyev B.R. · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Mazkur maqolada bug‘ turbinasi kondensatorlarida vakuum chuqurligini pasaytiruvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Tadqiqotda havo so‘rilishining issiqlik almashinuvi koeffitsiyentiga va kondensatning o‘ta sovishiga ta‘siri Dalton qonuni asosida o‘rganilgan. K-300- 240 turbinasi misolida vakuum yomonlashishi natijasida yuzaga keladigan yoqilg‘i isrofi hisoblab chiqilgan va uni bartaraf etishning texnik yechimlari taklif etilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    TAROID O‘ZAKLI CHIZIQLI HARAKAT IJRO ELEMENTLARINI MODELLASHTIRISH UCHUN SIM KESIMI, TOK ZICHLIGI VA TOK KO‘TARISH QOBILIYATI ANIQLASH

    Yigitaliyev Jaloliddin Adxamjon o‘g‘li, Abdullayev Mahmudjon Muxamedovich, Abdiyev Rasul Ernazar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2026

    Ushbu maqolada taroid o‘zakli yuritmani chiziqli dvigatel o‘ramlari tuzilmasi modellashtiriladi, o‘ram simining optimal elektrik parametrlari hisoblab chiqiladi va dvigatel konstruktsiyasining amaliy ishlash xususiyatlariga ta‘siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning alohida qismi sifatida sim diametri 2 mm bo‘lgan o‘tkazgichning kesim maydoni, tok zichligi diapazonlari va ruxsat etilgan tok qiymatlari aniqlanadi hamda standart jadvallar bilan taqqoslanadi. Natijalar dvigatelning barqaror ishlashi, issiqlik boshqaruvi va maksimal elektromagnit kuchni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan optimal parametrlarni tanlash imkonini beradi. Mazkur ish taroid o‘zakli yuritmani loyihalash va ularning elektromagnit modellarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy–amaliy asos yaratadi, shuningdek, yuqori aniqlikdagi mexatronik tizimlarda ularni qo‘llash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ЎЗБЕКИСТОНДА ВЕТЕРИНАРИЯ ПАРАЗИТОЛОГИЯСИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ТАРИХИ (адабиёт маълумотлари

    T.N.Achilov, Sh.M.Aminjonov ,A.X.Xushnazarov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ушбу мақолада Ўзбекистон ветеринариясининг ривожланишида ҳисса қўшган олимлар ва уларнинг илмий тадқиқот ишланмалари ҳақида маълумотлар келтирилган бўлиб, ушбу маълумотлар ВИТИнинг ҳамда СамҚХИнинг илмий кутубхонасидаги рисолаларидан олинди ҳамда таржима қилиниб илмий тусга киргизилди

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SAMARQAND VILOYATIDA BALIQLAR LIGULYOZINING TARQALISHI VA ZARARLANGAN BALIQLAR GO‘SHTINI VETERINARIYA-SANITARIYA JIHATIDAN BAHOLASH

    Xamrayev Asqar Xasanovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada Samarqand viloyatining suv havzalarida baliqlar liguliyozining epizootologik holati o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida zararlangan baliqlarning tana uzunligi, massasi, Ligula intestinalis parazitining tana uzunligi, shuningdek, invaziya intensivligi (II) ko‘rsatkichlari aniqlangan. Bundan tashqari, maqolada baliq go‘shtining asosiy organoleptik (tashqi ko‘rinish, hid, konsistensiya) va biokimyoviy (pH, oqsil, yog‘, glikogen miqdori) ko‘rsatkichlarining invaziya intensivligiga qarab o‘zgarish dinamikasi tahlil qilingan. Olingan natijalar baliqlarning fiziologik holati, mahsulot sifati va ularning veterinariya-sanitariya bahosiga ta‘sir etuvchi omillarni aniqlashga imkon bergan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    NAVOIY VILOYATIDA QO‘YLAR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TARQALISHI

    Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat Abdumajidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Navoiy viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SAMARQAND VILOYATIDA QO‘YLAR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TARQALISHI

    Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat Abdumajidovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    ushbu maqolada joriy yilda Respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Samarqand viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SIGIRLARDA HOMILA YO‘LDOSHNING USHLANIB QOLISHINI OLDINI OLISHDA GONADIN VA FERTADIN PREPARATLARINING SAMARASI

    Ochilov Jamshid Nasirdinovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu ilmiy maqolada sigirlarda homila yo‘ldoshini ushlanib qolishi kasalliklarini davolash va oldini olish, sigirlarning urug‘lantirilgandan so‘ng otalanish darajasi o‘rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan chorvachilik fermer xo‘jliklarida o‘rganilgan, bunda sigirlar tug‘ganidan keying akusher-ginekologik kasalliklarning oldi olingan hamda servis davrini 60-70 kundan oshmasligini ta‘minlash zarurligigi ko‘zda tutilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SIGIRLARDA GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLAShDA REGOSTENOL PREPARATINI SAMARASI

    O.U.Kuldoshev, J.N.Ochilov, B.B.Tursinaliyev, S.A.Suvanov, N.S.Salohiddinova · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada sigirlar tuqqandan keyingi ginekologik kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar, kechishi va klinik belgilari, tashhisi, davolash va oldini olishda Regestenol preparatini qo‘llash usul va vositalar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINING PASTERELLYOZ, KOLIBAKTERIOZ VA SALMONELLYOZ KASALLIKLARIGA QARSHI POLIVALENT GOA FORMOL VAKSINANING BUZOQLAR ORGANIZMIGA TA‘SIRI HAMDA KASALLIKLARGA QARSHI KURASH CHORALARI

    Navruzov N.I. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada “Qishloq xo‘jalik hayvonlarining pasterellyoz, kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklariga qarshi polivalent GOA formol vaksina” bilan buzoqlarni emlash natijasida 9-12 oylik immunitet davomiyligi tajribalarda kuzatilgan. Buzoqlarning pasterellyoz, kolibakterioz va salmonellyoz kasalliklarini davolashda giperimmun qon zardobi tarkibidagi gamma-globulinlar hisobidan immun tizimni barqarorlashi evaziga samaradorlik 92 foizdan yuqori natijaga erishilgani aniqlangan. Shuningdek mazkur kasalliklar aralash shaklda kechgan buzoqlar organizmida qonning gemotologik va biokimyoviy o‘zgarishlari hamda E.coli, Pasteurella va Salmonellalarning antibiotiklarga sezgirligi MIC diapazoni bo‘yicha samaradorligi aniqlangani haqida ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    VETERINARIYA AMALIYOTIDA QORAMOLLAR TEYLERIOZINI ANIQLASHDA GEMATOLOGIK TAHLILNING O‘RNI

    N.U.Karimova,Q.X.G‘oyibnazarov,A.G.Gafurov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Kasallik namunalarining klinik tahlili asosida qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) va gemoglobin (HGB) sonining kamayishi qayd etildi. Oq qon tanachalari (leykotsitlar) soni, trombotsitlar soni (PLT) va eritrotsitlar morfologik parametrlarining (MCV, MCh, MChC) kamayishi mikrotsitik va gipoxromik anemiya rivojlanishiga olib keladi. Salom, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, teylerioz qoramollarning qon aylanish va limfa tizimlarida chuqur patologik o‘zgarishlarga olib keladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    SINBOVIL PASHSHALARGA QARSHI BIOINSEKTITSID PREPARATINING SAMARASI

    Ismoilov Adxam Shuxratovich · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik hayvonlarining ekto va endoparazitlariga qarshi loyiha doirasida ishlab chiqarilgan “Bioinsektitsid” preparatining sinbovil pashshalariga qarshi ta‘sir samarasi laboratoriya sharoitida o‘rganilganligi bayon qilingan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    RESPUBLIKAMIZ YAYLOVLARIDA TARQALGAN ZAHARLI O‘SIMLIKLARNI O‘RGANISH

    H.R.Zarifov,M.A.Aslonova,, A.A.Xoliqov, A.A.Azamatov · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Yaylovlarimizda tarqalgan zaharli o‘simliklarning geografik tarqalishi va botanik xususiyatlari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    FARMAKOPEYADAGI EFIR MOYLI O‘SIMLIKLAR, ULARNING KIMYOVIY TARKIBI VA FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI

    Botirova Marguba Sadullayevna, Farmanov Nizom · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Mazkur maqolada farmakopeyaga kiritilgan efir moyli o‘simliklarning kimyoviy tarkibi, biologik faol komponentlari va ularning farmakologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Efir moylarining o‘simliklardagi biosintezi, ularni ajratib olish usullari, shuningdek, dorivor xomashyolardan farmatsevtik preparatlar tayyorlashdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda o‘simliklarning ekologik omillarga bog‘liq holda efir moy miqdori va sifat tarkibining o‘zgarishi ham o‘rganilgan.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    МЕТАБОЛИЧЕСКИЙ СИНДРОМ КАК СИСТЕМНЫЙ ФАКТОР ТЯЖЁЛОГО ТЕЧЕНИЯ ЭКЗЕМЫ

    Эшонкулов Содик Холикович, Толибов Мансур Махмудович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqotda metabolik sindrom komponentlarining surunkali ekzema kechishi og‘irligiga ta‘siri baholanib, metabolik buzilishlar, mikrotsirkulyator o‘zgarishlar va kasallikning klinik ko‘rinishlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash ko‘zda tutilgan. Tahlil ekzema bilan og‘rigan, metabolik sindromi bor va yo‘q bemorlarni taqqoslash yo‘li bilan o‘tkazildi. Klinik indekslar, biokimyoviy ko‘rsatkichlar va lazerli doppler floumetriyasi ma‘lumotlari asosida insulinorezistentlik, dislipidemiya va semizlikning kasallik faolligiga ta‘sir darajasi aniqlandi. Asosiy metabolik markerlar darajalari, teri mikrotsirkulyatsiyasi parametrlari va simptomlarning ifodalanganligi korrelyatsion va regression tahlil yordamida o‘rganildi. Bundan tashqari, ekzemaning og‘ir kechishining mustaqil prediktorlari aniqlandi, bu esa kompleks terapevtik va profilaktik strategiyalarni ishlab chiqish uchun muhim ko‘rsatkichdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    РАННЯЯ МЕДИЦИНСКАЯ РЕАБИЛИТАЦИЯ ПОСЛЕ НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ЗЛОКАЧЕСТВЕННЫХ ОПУХОЛЕЙ ГОЛОВНОГО МОЗГА В УЗБЕКИСТАНЕ

    Равшанов Даврон Мавлонович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Bosh miyaning xavfli o‘smalari zamonaviy neyroxirurgiya va onkologiyaning eng murakkab muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Muvaffaqiyatli jarrohlik davolashda ham bemorlarning katta qismida hayot sifatini pasaytiruvchi nevrologik va kognitiv buzilishlar saqlanib qoladi. Tadqiqot maqsadi — bosh miya xavfli o‘smalarini neyrojarrohlik yo‘li bilan davolagandan keyin bemorlarda funksiyalarni tiklash va asoratlarning oldini olishda erta tibbiy reabilitatsiyaning ahamiyatini baholash. Maqolada neyrofizioterapiya, ergoterapiya, logopedik va kognitiv korreksiyani, shuningdek oila a‘zolarining parvarishda ishtirokini o‘z ichiga olgan erta multidisiplinar reabilitatsiyani tashkil etishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Erta mobilizatsiya, gipodinamiya profilaktikasi, affektiv buzilishlarni korreksiya qilish va ijtimoiy-maishiy moslashuv tamoyillari keltirilgan. Reabilitatsiyani gospitalizatsiyaning erta muddatlarida boshlash va uni ixtisoslashtirilgan markazlarda davom ettirish funksional natijalarni yaxshilashga hamda bemorlar hayot sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etiladi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    РОЛЬ ОКСИДАТИВНОГО СТРЕССА И МИТОХОНДРИАЛЬНОЙ ДИСФУНКЦИИ В ПРОГРЕССИРОВАНИИ АЛОПЕЦИИ

    Исаев Джасурбек Музаффарович, Орипов Рустам Анварович · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqotda oksidativ stress va mitoxondrial disfunksiyaning androgenetik va o‘choqli alopetsiya progressirlashidagi roli kompleks baholanib, ularning kasallikning klinik parametrlari bilan bog‘liqligini aniqlash ko‘zda tutilgan. Tahlil alopetsiyaning turli shakllari bilan og‘rigan bemorlarni nazorat guruhi bilan taqqoslash yo‘li bilan o‘tkazildi. Klinik, biokimyoviy va morfologik ma‘lumotlar asosida oksidlanish shikastlanishi darajasi, mitoxondrial buzilishlarning ifodalanganligi va ularning kasallik og‘irligi bilan korrelyatsiyasi aniqlandi. Lipidlarning perekis oksidlanishi darajasi, antioksidant tizim faolligi va mitoxondriya funksiyasi ko‘rsatkichlari statistik usullar yordamida tahlil qilindi. Bundan tashqari, alopetsiya shakllari o‘rtasidagi o‘ziga xos farqlar aniqlandi, bu esa muhim patogenetik va prognostik ko‘rsatkichdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ВЛИЯНИЕ ОКСИДАТИВНОГО СТРЕССА И МИТОХОНДРИАЛЬНОЙ ДИСФУНКЦИИ НА РАЗВИТИЕ ВОСПАЛИТЕЛЬНЫХ ФОРМ АКНЕ

    Баротова Мавжуда Раимовна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqotda oksidativ stress va mitoxondrial disfunksiyaning aknening yallig‘lanishli shakllari patogenezidagi roli kompleks baholanib, ularning kasallikning klinik og‘irligi bilan bog‘liqligini aniqlash ko‘zda tutilgan. Tahlil bemorlar ko‘rsatkichlarini sog‘lom ko‘ngillilardan iborat nazorat guruhi bilan taqqoslash yo‘li bilan o‘tkazildi. Klinik va laboratoriya ma‘lumotlari asosida oksidativ stressning ifodalanish darajasi, mitoxondrial disfunksiyaning xarakteri va proyallig‘lanish sitokinlari profili aniqlandi. Lipoperoksidatsiya jadalligi, antioksidant tizim faolligi va mitoxondriya funksiyasi parametrlari korrelyatsion tahlil yordamida o‘rganildi. Bundan tashqari, aknening klinik ko‘rinishlari uchun laboratoriya markerlari bilan korrelyatsiyalar hisoblab chiqildi, bu esa muhim prognostik va patogenetik ko‘rsatkichdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    РОЛЬ КОЖНОГО МИКРОБИОМА В ПАТОГЕНЕЗЕ СТАФИЛОКОККОВЫХ И СТРЕПТОКОККОВЫХ ПИОДЕРМИЙ

    Баротова Мавжуда Раимовна · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Ushbu tadqiqotda stafilokokk va streptokokk piodermiyalari bilan og‘rigan bemorlarda teri mikrobiomining kompleks tahlili o‘tkazilib, uning disbiotik o‘zgarishlari va kasallikning klinik kechishidagi roli baholandi. Tahlil sog‘lom ko‘ngillilardan iborat nazorat guruhi bilan taqqoslash asosida o‘tkazildi. Mikrobiologik va molekulyar-genetik tadqiqot ma‘lumotlari asosida disbioz darajasi, patogenlar bilan kolonizatsiya darajalari va virulentlik genlarining mavjudligi aniqlandi. Yallig‘lanishning ifodalanganligi, retsidivlar chastotasi va zararlanishlarning tarqalganligi korrelyatsion tahlil yordamida o‘rganildi. Bundan tashqari, klinik izolyatlar uchun antibiotikorezistentlik profili aniqlandi, bu esa muhim prognostik va terapevtik ko‘rsatkichdir.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya

  • Ochiq kirishMaqola

    ПРИМЕНЕНИЕ ТОТАЛЬНОЙ ЛАМИНЭКТОМИИ И ВНУТРЕННЕЙ ФИКСАЦИИ ТРАНСПЕДИКУЛЯРНЫМИ ВИНТАМИ С МИКРОСКОПИЧЕСКОЙ ПОДДЕРЖКОЙ ПРИ ОПУХОЛЯХ ПОЯСНИЧНОГО ОТДЕЛА ПОЗВОНОЧНИКА.

    Алиев М.А., Раджабов Х.Х., Нурматов М. А., Холмуродова Х.Х., Холмуродов О.Х. · Research Focus International Scientific Journal · 2025

    Maqolada bel umurtqa pog‘onasi o‘smalarida total laminektomiya va transpedikulyar vintlar yordamida ichki fiksatsiya hamda mikroskopik qo‘llab-quvvatlash asosida bajarilgan jarrohlik aralashuvining klinik va funksional natijalari bitta klinik kuzatuv misolida tahlil qilinadi. 51 yoshli bemorda L3 umurtqa tanasi darajasida joylashgan, ot dumchasi va nerv ildizlarini siquvchi o‘smaga oid klinik belgilar (oyoqdagi og‘riq va uvishish, tos a‘zolari funksiyasining buzilishi) hamda VAS – 6 ball, ODI – 64% kabi og‘ir funksional cheklanish qayd etilgan. MCKT, MRT va traktografiya yordamida o‘smaga tashxis qo‘yilib, bel umurtqa pog‘onasi segmentining lokal, ammo sezilarli darajada beqarorlik xavfi bilan kechuvchi shikastlanishi aniqlangan. Total laminektomiya, L2–L4 darajasida transpedikulyar fiksatsiya va L3 tanasini sementlash fonida mikroneyroxirurgik o‘smatomiya o‘tkazilgan. Operatsiyadan keyin likvor oqishi va yiringli asoratlar kuzatilmagan, 1 oyda VAS 3 ball, ODI 27% gacha pasaygan, 12 oyda esa VAS 0 ball, ODI 5% bo‘lgan. Takroriy KT/MRT tekshiruvlari umurtqa orqa kolonkasining barqarorligi, ligamentlar regeneratsiyasi va restenozi yo‘qligini ko‘rsatgan. Mualliflar total laminektomiya bilan birga transpedikulyar fiksatsiya umurtqa pog‘onasi beqarorligi va kifozini kamaytirib, bemorlarning uzoq muddatli funksional natijalarini yaxshilashga xizmat qilishini ta‘kidlashadi.

    Iqtiboslar

    • ReLibrary0
    • OpenAlex0
    • Crossref0

    Tekshirilgan Metodologiya