Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

VETERINARIYA AMALIYOTIDA QORAMOLLAR TEYLERIOZINI ANIQLASHDA GEMATOLOGIK TAHLILNING O‘RNI

N.U.Karimova,Q.X.G‘oyibnazarov,A.G.GafurovVeterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 372–376

Annotatsiya

Kasallik namunalarining klinik tahlili asosida qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) va gemoglobin (HGB) sonining kamayishi qayd etildi. Oq qon tanachalari (leykotsitlar) soni, trombotsitlar soni (PLT) va eritrotsitlar morfologik parametrlarining (MCV, MCh, MChC) kamayishi mikrotsitik va gipoxromik anemiya rivojlanishiga olib keladi. Salom, tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, teylerioz qoramollarning qon aylanish va limfa tizimlarida chuqur patologik o‘zgarishlarga olib keladi.

Boshqa tillarda

ruschaРОЛЬ ГЕМАТОЛОГИЧЕСКОГО АНАЛИЗА В ДИАГНОСТИКЕ ТЕЙЛЕРИОЗА КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА В ВЕТЕРИНАРНОЙ ПРАКТИКЕ

По результатам анализа образцов клинических признаков заболевания отмечено снижение количества эритроцитов (RBC) и гемоглобина (HGB). Снижение числа лейкоцитов (WBC), тромбоцитов (PLT), морфологических показателей эритроцитов (MCV, MCh, MChC) приводит к формированию микроцитарной и гипохромной анемии. Здравствуйте, результаты исследования показали, что заболевание тейлериозом вызывает глубокие патологические изменения в кровеносной и лимфатической системе крупного рогатого скота.

inglizchaTHE ROLE OF HEMATOLOGICAL ANALYSIS IN THE DIAGNOSIS OF CATTLE THEILERIOSIS IN VETERINARY PRACTICE

On the basis of the clinical analysis of disease samples, a decrease in the number of red blood cells (erythrocytes) and in haemoglobin (HGB) was recorded. A decrease in the number of white blood cells (leukocytes), in the platelet count (PLT) and in the morphological parameters of the erythrocytes (MCV, MCh, MChC) leads to the development of microcytic and hypochromic anaemia. The results of the study showed that theileriosis causes deep pathological changes in the circulatory and lymphatic systems of cattle.

Kalit so‘zlar

  • teylerioz
  • qoramol
  • gemotologik ko‘rsatkichlar
  • eritrotsit
  • leykotsit
  • gemoglobin
  • anemiya
  • gemopoez
  • diagnostika

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK:619.616.993.192.615.084. VETERINARIYA AMALIYOTIDA QORAMOLLAR TEYLERIOZINI ANIQLASHDA GEMATOLOGIK TAHLILNING O‘RNI N.U.Karimova katta ilmiy xodim v.f.f.d., Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Q.X.G‘oyibnazarov kichik ilmiy xodim v.f.f.d., Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti A.G.Gafurov v.f.d. professor, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17853975 Annotatsiya: Kasallik namunalarining klinik tahlili asosida qizil qon tanachalari (eritrotsitlar) va gemoglobin (HGB) sonining kamayishi qayd etildi. Oq qon tanachalari (leykotsitlar) soni, trombotsitlar soni (PLT) va eritrotsitlar morfologik parametrlarining (MCV, MCh, MChC) kamayishi mikrotsitik va gipoxromik anemiya rivojlanishiga olib keladi. Salom, tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, teylerioz qoramollarning qon aylanish va limfa tizimlarida chuqur patologik o'zgarishlarga olib keladi. Kalit so‘zlar: teylerioz, qoramol, gemotologik ko‘rsatkichlar, eritrotsit, leykotsit, gemoglobin, anemiya, gemopoez, diagnostika.

РОЛЬ ГЕМАТОЛОГИЧЕСКОГО АНАЛИЗА В ДИАГНОСТИКЕ ТЕЙЛЕРИОЗА КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА В ВЕТЕРИНАРНОЙ ПРАКТИКЕ Аннотация: По результатам анализа образцов клинических признаков заболевания отмечено снижение количества эритроцитов (RBC) и гемоглобина (HGB). Снижение числа лейкоцитов (WBC), тромбоцитов (PLT), морфологических показателей эритроцитов (MCV, MCh, MChC) приводит к формированию микроцитарной и гипохромной анемии. Здравствуйте, результаты исследования показали, что заболевание тейлериозом вызывает глубокие патологические изменения в кровеносной и лимфатической системе крупного рогатого скота. Ключевые слова: тейлериоз, крупный рогатый скот, гематологические показатели, эритроциты, лейкоциты, гемоглобин, анемия, кроветворение, диагностика.

THE ROLE OF HEMATOLOGICAL ANALYSIS IN THE DIAGNOSIS OF BOVINE THEILERIOSIS IN VETERINARY PRACTICE Abstract: Analysis of clinical disease samples revealed decreased red blood cell (RBC) and hemoglobin (HGB) counts. Decreases in white blood cell (WBC) count, platelet count (PLT), and erythrocyte morphological parameters (MCV, MCh, MChC) lead to the development of microcytic and hypochromic anemia. Hello, the study results showed that theileriosis causes profound pathological changes in the circulatory and lymphatic systems of cattle. Keywords: theileriosis, cattle, hematological parameters, erythrocyte, leukocyte, hemoglobin, anemia, hemopoiesis, diagnostics.

KIRISH Respublikamizning barcha hududlarida qoramollarning qon-parazitar kasalliklari, jumladan, teylerioz keng tarqalgan bo‘lib, ushbu kasalliklardan kelib chiqadigan iqtisodiy zarar kasallangan qoramollarning o‘limi, majburiy so‘yilgan hayvonlarning go‘shti iste’molga yaroqsiz

holga kelishi, sigir sutining iste’molga tavsiya etilmasligi hamda veterinariya-sanitariya tadbirlariga ketgan xarajatlardan iborat bo‘ladi. Shu bois, qoramollarda teylerioz kasalligini diognostikasida gematologik tekshiruvlar o‘tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa kasallikga tashxis qo‘yish va vaqtida davolab chiqishga olib keladi. Maqsad: Qoramollar teylerioz uni diognostika zamonaviy gemoanalizator asosida gematologik tahlil usullarining ahamiyatini baholash, kasallikning gemotologik ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarga ta’sirini aniqlash va kasallikdan davolashda ushbu tahlil natijalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat. Vazifalar: 1. Teylerioz kasalligining etiologiyasi, epizootologiyasi va patogenezini o‘rganish; 2. Qoramollarda teylerioz kasalligi kechishini klinik belgilari asosida baholash; 3. Teylerioz bilan kasallangan qoramollarda qonning gematologik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlarni aniqlash;. TADQIQOTLAR NATIJASI Teylerioz bilan kasallangan qoramollarning tana harorati 41-42℃ gacha ko‘tarilishi, limfatik tugunlarining 3-4 barobargacha kattalashib ketishi, ishtahasining buzilishi, ovqatdan qolishi, kavshamay qo‘yish, oriqlab ketishi va shilliq pardalari anemiya, infiltratsiyaga uchrashi bilan bir vaqtda ularda qon quyulishlari yuz berishi bilan tavsiflandi. Bunday xolatda organizmda modda almashinuvi hamda gemopoezning buzilishi natijasida intoksikatsiya xolatlari kuzatiladi. (Protozoologiya laboratoryasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida kelib chiqan). Yuqoridagi klinik ko‘rinishlarga gemotologik ko‘rsatgichlarni ahamyatiga molikliga aniqlik kiritish uchun kasallik qo‘zg‘atuvchi- Theileria annulata ning gemopoezga ta’sirini o‘rganish muhim ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etiladi. Har xil geografik iqlim sharoitidan ajratilgan shtammlarning gemopoezga ta’sir qilish xususiyatini o‘rganish bo‘yicha tajribalar ikki guruh qoramollarda o‘rganildi. Tajribadagi qoramollar dastlabki ko‘rikdan o‘tkazilgandan keyin, bo‘yin oblastining terisi ostiga 20 ml dan teylerioz bilan spontan kasallangan qoramoldan olingan qon bilan yuqtirildi. Yuqtirilgan qoramollarda har kuni umumiy axvoli ko‘rikdan o‘tqazib turildi, shu bilan bir vaqtda klinik va parazitologik tekshiruvlar olib borildi va tajribadagi qoramollardan har 3-4 kunda qon olinib, gematologik tekshirishlar o‘tkazildi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasi 1 va 2-jadvallarga keltirilgan bo‘lib undan ma’lum bo‘lishicha,1-guruh Karmana tumanidan ajratilgan shtamm bilan yuqtirilgan qoramollarda eritrotsit, leykotsit va gemoglobinni miqdori 2- guruh Navbahor tumanidan ajratilgan shtamm bilan yuqtirilgan qoramollardagiga nisbatan kam o‘zgarishi namoyon bo‘ldi. Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida teyleriozning patogenezida intoksikatsiya, gemopoezni buzilishlari, qon aylanishi va lifatik tizimlar faoliyatining buzilishlari yuz berishi va uning natijasida qoramol nobud bo‘lishi kuzatildi. Aynan gemopoezning buzilishi natijasida organizmda eritrotsit, leykotsit va gemoglobin miqdorlarining 2-3 barobar kamayib ketishi, shilliq pardalarda animiya, sariqlik va infiltiratsiya xolatlari yuz berdi. 1-jadval. Teyleriozning kechishida qoramollarda qon ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘tkazilgan gematologik tekshiruvlar natijalari

Natija Me’yor O‘lchov birligi Kasallikni bo‘yicha Ko‘rsatkichlar Yuqtirishd 17- kilinik belgilari ko‘rsatkich an oldin kun va parazitar lar

reaksiyasi namoyon bulgan 21-kun WBC Leykotsitlar 16 12 10 4,50-12,50 109/l Lymph 0,450- Limfotsitlar 0,450 0,380 0,300 109/l % 0,750 O‘rtacha Gran% o‘lchamli 4,9 4,0 3,87 4,9-6,8 109/l xujayralar soni Mid% Granulotsitlar 0,90 0,80 0,75 0,84-2,0 109/l Lymph Limfotsitlar 0,450- 0,450 0,485 0,752 % # foizi 0,750 O‘rtacha 0,050- Gran# o‘lchamli 0,055 0,045 0,042 % 0,065 xujayralar foizi Granulotsitlar 0,500- Mid# 0,425 0,375 0,318 % foizi 0,800 HGB Gemoglobin 120 98 75 128-147 g/l RBC Eritrotsitlar 5,50 4,55 3,78 5.50-7.50 10¹²/l 0,300- HCT Gematokrit 0,356 0,260 0,230 % 0,400 O‘rtacha MCV korpuskulyar 54,0 50,0 48,5 54,0 f/l hajm Eritrotsit tarkibidagi MCh 18,5 15,0 10,0 17,8-32,8 p/g gemoglobin miqdori gemoglobinnin MSNS g xujayra 369 340 308 363-393 g/l konsentratsiyasi Eritrotsitlarning RDW- 0,110- taqsimlanish 0,112 0,98 0,080 % CV 0,150 koeffitsienti Eritrotsitlar taqsimlanishini RDWng standart 35,4 29,5 23,6 35,0-36,0 f/l SD me’yordan og‘ishi 260,0- PLT Trombotsitlar 300,6 250,5 240,4 109/l 700,0 Trombotsitlarni MPV ng o‘rtacha 6,5 5,2 3,7 6,5-12,0 f/l hajmi

Trombotsitlarni PDW ng tarqalish 6,4 4,9 3,0 6,1-7,6 % kengligi PCT Trombokrit 0,12 0,08 0,05 0,12-0,36 %

Olib borilgan tadqiqotlar davomida teylerioz bilan kasallangan qoramollarda qonning gematologik ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Qoramollarda kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘lishi bosqichida (17 va 21-kunlarda) qon namunalar olinib, tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra: Eritrotsitlar (RBC) va gemoglobin (HGB) miqdori kasallikning rivojlanishi davomida izchil kamayishi kuzatildi. Bu holat gemopoez jarayonining izdan chiqishi va gemolitik anemiyaning rivojlanayotganini ko‘rsatadi. RBC: 5,5 → 4,6 → 3,8 (×10¹²/l) HGB: 120 → 100 → 82 (g/l) Leykotsitlar (WBC) miqdorining kamayishi, ayniqsa 21-kunda 10 ×10⁹/l gacha tushishi, organizmda immunitetning zaiflashganini bildirdi. Bu esa parazitning limfa va qon tizimiga ta’siri kuchli ekanini ko‘rsatadi. Trombotsitlar (PLT) miqdori 14 va 21-kunlarda kamayib, 240,7 ×10⁹/l gacha tushdi. Bu esa qon ivish tizimi buzilishi va gemorragik sindrom rivojlanish xavfi borligini anglatadi. MCV, MCh, MChC kabi eritrotsitlarning morfologik ko‘rsatkichlarining kamayishi natijasida gipokrom va mikrotsitar anemiya shakllanganligi ma’lum bo‘ldi. Limfotsitlar va granulositlar miqdoridagi o‘zgarishlar immun javobning pasayishini, limfa tugunlarining shishishi esa parazitar reaktivlikning yuqoriligini ko‘rsatdi. Shuningdek, eritrotsitlar taqsimoti (RDW-SD, RDW-CV) ko‘rsatkichlari normadan past bo‘lib, bu qon hujayralarining bir xil bo‘lmagan hajmda ishlab chiqarilayotganidan darak beradi. Umuman olganda, zamonaviy gemotologik analizator usuknasida olib borilgan gematologik tahlil natijalari teylerioz bilan kasallangan qoramollarda intoksikatsiya, gemopoez buzilishi, qon va limfa tizimi faoliyatining izdan chiqishi singari holatlar kuzatilishini ilmiy asosda tasdiqladi. Bu esa kasallikni erta tashxislashda va kechishini baholashda gematologik tekshiruvlarning muhim diagnostik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. XULOSA Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, teylerioz kasalligining kechishida qoramollarda qonning asosiy gematologik ko‘rsatkichlarida sezilarli darajada patologik o‘zgarishlar yuzaga keladi. Xususan, eritrotsit, gemoglobin, leykotsit va trombotsitlar miqdorining izchil kamayishi, eritrotsit morfologik ko‘rsatkichlarining pasayishi va limfotsit-granulositlar muvozanatining buzilishi kasallikning og‘ir klinik shakl bilan kechayotganidan dalolat beradi. Ushbu o‘zgarishlar gemopoez, qon aylanishi va immun tizimining izdan chiqishiga olib keladi. Shunday qilib, gematologik tekshiruvlar teyleriozni erta aniqlash, o‘tish darajasini baholash va davolash samaradorligini nazorat qilishda muhim diagnostik vosita sifatida xizmat qiladi. Bu esa teyleriozni kechishida kasallikni o‘tish davrida ertadiagnoz qo‘yish va shu bilan bir vaqtda o‘z vaqtida kechiktirmasdan davolash usullarini qo‘llashdan olingan samaradorlikni oshirishga da’vat etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Ғафуров А.Ғ., Расулов Ў.И., Дўсқулов В.М., Қучқорова С.Қ. Қорамолларни қон- паразитар касалликлардан асраш ҳозирги куннинг долзарб муаммоси // Зооветеринария. -Тошкент. 2015 .- № 3.- Б. 14-1
  2. Гафуров А.Ғ., Қўчқарова С.Қ., Расулов Ў.И. Th.annulata нинг морфологик, биологик, патогеник хусусиятларини ўрганиш ва вакцина ишлаб чиқариш учун яроқли штаммини яратиш.//Зооветеринария.-Тошкент, 2016.- № 4.-15-17 б.
  3. Гоибназаров К.Х. Криоконсервация возбудителя тейлериоза крупного рогатого скота Узбекистане //Современные достижения в решении Актуальных проблем Агропромышленного комплекса / Материалы международной научно-практической конференции, посвящённой 100-летию Института экспериментальной ветеринарии им С.Н.Вышелесского Минск,15-16 сентября 2022 г.-С.309-311.
  4. G‘oyibnazarov Q.X., Karimova N.U., Gafurov A.G. Qoramollarni teyleriozdan asraylik. Veterinariya meditsinasi, 2023 y., № 8- 23-24 b.
  5. Mahmoud Rushdi Abd Ellah. “Correlation between Platelets and Red Blood Cells Parameters in Cattle Theileriosis”. Journal of Hematology Research.
  6. A.A.T. Al-Hosary, A. Nordengrahn, M. Merza. “New Approach to Use Blood Smears for Diagnosis of Bovine Theileriosis”. Indian Journal of Animal Research 54(11):1438-1440, 2018.
  7. P.K. Ram, S.K. Singh, Mukesh Srivastava va boshqalar. “Bovine Tropical Theileriosis: A Comprehensive Review of Epidemiology, Immunopathogenesis and Integrated Management Strategies”. Archives of Current Research International, 2025.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013196
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v4i11.1882
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
372–376
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06