Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

SIGIRLARDA GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLAShDA REGOSTENOL PREPARATINI SAMARASI

O.U.Kuldoshev, J.N.Ochilov, B.B.Tursinaliyev, S.A.Suvanov, N.S.SalohiddinovaVeterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 389–392

Annotatsiya

Maqolada sigirlar tuqqandan keyingi ginekologik kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar, kechishi va klinik belgilari, tashhisi, davolash va oldini olishda Regestenol preparatini qo‘llash usul va vositalar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРЕПАРАТА РЕГОСТЕНОЛ ПРИ ЛЕЧЕНИИ ГИНЕКОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У КОРОВ

В статье приведены причины, вызывающие послеродовые гинекологические заболевания у коров, их течение и клинические признаки, диагностика, а также методы и средства применения препарата Регестенол при лечении и профилактике.

inglizchaTHE EFFECTIVENESS OF THE REGOSTENOL PREPARATION IN THE TREATMENT OF GYNECOLOGICAL DISEASES IN COWS

The article presents the causes, course and clinical signs of postpartum gynaecological disease in cows, its diagnosis, and the methods and means of applying the Regestenol preparation in treatment and prevention.

Kalit so‘zlar

  • Ginekologiya
  • bepushtlik
  • gipovitaminoz
  • jinsiy bezlar
  • degeneratsiya
  • bachadon atoniyasi
  • tuxumdonlar kistasi va gipofunksiyasi
  • persistent sariq tana
  • anafrodiziya
  • matsion
  • antitela
  • protoplazma

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: 619:636.2:618 SIGIRLARDA GINEKOLOGIK KASALLIKLARNI DAVOLAShDA REGOSTENOL PREPARATINI SAMARASI O.U.Kuldoshev, J.N.Ochilov, B.B.Tursinaliyev, S.A.Suvanov, N.S.Salohiddinova Vetirinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17801482 Annatatsiya: Maqolada sigirlar tuqqandan keyingi ginekologik kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar, kechishi va klinik belgilari, tashhisi, davolash va oldini olishda Regestenol preparatini qo‘llash usul va vositalar keltirilgan. Kalit so‘zlar: Ginekologiya, bepushtlik, gipovitaminoz, jinsiy bezlar, degeneratsiya, bachadon atoniyasi, tuxumdonlar kistasi va gipofunksiyasi, persistent sariq tana, anafrodiziya, matsion, antitela, protoplazma.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРЕПАРАТА РЕГОСТЕНОЛ ПРИ ЛЕЧЕНИИ ГИНЕКОЛОГИЧЕСКИХ ЗАБОЛЕВАНИЙ У КОРОВ Аннатация: В статье представлены причины, течение и клинические симптомы послеродовых гинекологических заболеваний коров, методы и способы использования препарата Регестенол в диагностике, лечении и профилактике. Ключевые слова: Гинекология, бесплодие, гиповитаминоз, половые железы, дистрофия, атония матки, киста и гипофункция яичников, персистирующее желтое тело, анафродизия, образование, антитело, протоплазма.

THE EFFECTIVENESS OF THE DRUG REGOSTENOL IN THE TREATMENT OF GYNECOLOGICAL DISEASES IN COWS Abstract: The article presents the causes, course and clinical symptoms of postpartum gynecological diseases in cows, methods and ways of using the drug Regestenol in diagnosis, treatment and prevention. Keywords: Gynecology, infertility, hypovitaminosis, gonads, degeneration, uterine atony, ovarian cyst and hypofunction, persistent corpus luteum, anaphrodisia, mation, antibody, protoplasm.

KIRISH Mavzuning dolzarbligi: Oxirgi yillarda Respublikamizda qoramolchilikni fan yutuqlari, ilg‘or tajribalar asosida rivojlantirish, oziqa bazasini mustahkamlash va mahsulot ishlab chiqarish hamda uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish, qoramollar zotini yaxshilash va genofondini boyitishga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda chorvachilikni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolardan biriqishloq xo‘jalik hayvonlarida uchraydigan tuqqandan keyingi homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi oqibatida sigirlarda qisirliklar va ginekologik kasalliklarning kelib chiqishi hamda buning oqibatida chorvachilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazilmoqda. “Respublikamiz chorvachilik fermer xo‘jaliklarida har yili 20-30% sigirlar qisir bo‘lib qolishining asosiy sabablardan biri bu – homila yo‘ldosh ushlanib qolishidir”. Shunga asoslangan holda, qoramolchilik sohasida qisirlikni va tuqqandan keyingi ginekologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi yo‘ldosh ushlanib qolishi sababini o‘rganish, oldini olish, yuqori samara beruvchi

davolash va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Dunyoning ko‘pchilik davlatlarida turli stress omillar va antisanitariya sharoitlari, oziqa ratsion tarkibining to‘laqonli emasligi, yayratish maydonchalarini yo‘qligi natijasida mahsuldor sigirlar orasida yo‘ldosh ushlanib qolishi oqibatida tuqqandan keyingi ginekologik kasalliklarning ko‘p uchrashi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishlari, shuning oqibatida tabiiy rezistentlik pasayishi kuzatilmoqda. Shu sababli qoramollarda sut va go‘sht mahsuldorligining kamayishi, sifatining pasayishi, ko‘payish xususiyatlarining yomonlashuvi, fiziologik jihatdan rivojlanmagan buzoq tug‘ilishi, o‘sish – rivojlanishdan orqada qolishi va kelgusida podani to‘ldirish uchun yaroqsiz bo‘lishi, xo‘jalikda yuqori mahsuldor sigirlardan foydalanish muddatlarining kamayishi, mahsulot yetishtirish uchun oziqa sarfining ortishi kabi muammolar mavjud [1; 280 b., 3; 12 b., 4; 125-128 b., 5; 120-123 b.]. Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Kitob tumanidagi “Gulgunpusht chorvasi” Pasdarg‘om tumani “Mirvali, Abror, Begali” chorvachilik fermer xo‘jaliklarida sigir va tanalarni rektal va UTT jixozi yordamida qisir-bo‘g‘ozlikka tekshirib, qisir hayvonlar alohida ajratilib, qisirlik sabablari akusher-ginekologik tekshirilib aniqlangandan so‘ng davolash ishlari olib borildi. TADQIQOT OB’EKTI VA USULLARI Ilmiy-amaliy tadqiqotlar Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Gulgunpusht chorvasi” Samarqand viloyati Pasdarg‘om tumani “Mirvali, Abror, Begali” sut yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan chorvachilik fermer xo‘jaliklarida olib borildi. Sigirlarni qisirlik (alimentar, simtomatik, eksplutatsion) sabablari va patogenezi o‘rganilib davolash va oldini olish choratadbirlari olib borildi. Tekshiruvlarni o‘tkazish va uning natijalari. Ginekologik kasalliklardan 60-80 foizni jinsiy a’zolarning har xil yallig‘lanishlariga to‘g‘ri keladi, bu yallig‘lanishlar ko‘pincha sigirlarning tuqqandan keying homila yo‘ldoshining ushlanib qolishidan paydo bo‘ladi. Sigirlarda homila yo‘ldosh ushlanib qolishi ko‘proq bachadon atoniyasi va gipotaniyasi hamda ularni retraksion (qisqarish) faoliyatining buzilishi, susayishida yoki xorion va bachadon korinkulalarining jipistlashidan paydo bo‘ladi. Tadqiqotlarda ikkita chorvachilik fermer xo‘jaliklarda aniqlangan 34 bosh bepusht sigirlarda olib borildi. Har bir xo‘jalikdagi bepusht sigirlar 2 ta guruh nazorat va tajriba guruhlariga ajratilib tajribada bo‘lgan bepusht sigirlar Regestenol (D-kloprostenol) preparati yordamida davolash ishlari olib borildi. OLINGAN NATIJALAR VA USULLARNING TAHLILI Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida aniqlangan bepusht (qisir) sigirlar alohida guruhlarga ajratilib saqlash va oziqlantirish sharoiti to‘yimli oziqalar bilan boyitilgan oziqalar bilan davolash davomida ta’minlanib borildi. Bepusht sigirlarni davolashda Rossiyada ishlab chiqilgan Regestenol (D-kloprostenol) preparati samaradorligini o‘rganish bo‘yicha eksperimental tajribalar har guruhda 10 boshdan 2 guruh va nazoratda bo‘lgan xar guruhda 7 boshdan sigirlarda tajribalar olib borildi. Regestenol (D-kloprostenol) preparatini bepusht (qisir) sigirlarni davolovchi samarasi 2 guruh 20 bosh sigirlarda umumiy davolash usuliga qo‘shimcha Regestenol preparati sigirlar muskul orasiga 2-3 ml qo‘llab tajribalar olib borildi. 14 bosh nazoratda bo‘lgan sigirlarga 2 marta har davolash kuni boshlanganda va davolashni 7-kunida muskul orasiga sinestrolning 2 foizli yog‘dagi eritmasi 5 ml dan va mikroorganizmlarga qarshi bachadon ichiga yodapen preparati qo‘llanildi. Bundan tashqari davolanishni 2 va 5-kunlari teri ostiga 40 TB oksitotsin va penstrep antibiotigidan 20 kg/tv 1 ml miqdorda muskul orasiga yuborildi.

Tajriba guruhida bo‘lgan sigirlarga ham xuddi shunday davolash ishlari olib borildi, faqatgina sinestrol preparati o‘rniga jinsiy organlarni faolyatini faollashtiruvchi vosita sifatida Regestenol preparati davolashni boshlangan va 11-kunlari 3 sm3 dan 2 marta muskul orasiga yuborib davolandi. 1-jadval. Sigirlar tuqqandan keyingi endometritni davolashda regestenol preparatining samarasi Davolashda Kasal Preparat 2 oydan keyin Davolash qo‘llanil- Sigir- yuborish Kuyga rektal samara- № gan lar miqdori sm3 2 kelgan tekshirish dorligi preparatlar bosh marta xar 7-10 vaqti natijasi. % nomi soni kunda 17 bosh bo‘g‘oz 1 Regestenol 20 3sm3 dan m/o 25 85,0 3 bosh bepusht Nazorat 9 bosh bo‘g‘oz 2 14 5 ml dan m/o 35 64,3 Sinestrol 5 bosh bepusht

Tadqiqotlar jarayonida tajriba guruxidagi sigirlarga Regesteno preparati davolashni 1 va 11-kunlari 3 sm3 miqdorda yuborilib davolandi. Regestenol preparati qo‘llanilgan guruxdagi 20 bosh sigirdan 17 boshi 85,0 %, davolanib kuyga kelib otalangan bo‘lsa, 2-nazorat guruxdagi sinestrol preparati 1 va 5-kunlari qo‘llanilgan sigirlarda samaradorlik 70,0 foizni tashkil etganligi aniqlandi. Regestenol preparati sigirlarda tuqqandan keyingi endometritlarni davolashda 1 va 11- kunlari yuborilib davolash samaradorligi 90,0 foizni va sinestrol preparatini 1 va 7-kunlari qo‘llash bilan davolash samaradorligi 64,3 foizni tashkil etdi. Jinsiy organlari zararlangan sigirlarga Regestenol preparatini qo‘llash natijasida, ularning kuyga kelishi tezlashishi bilan birga servis davri o‘rtacha 15-20 kunga qisqarganini kuzatilkdi. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida, sigirlardagi tuqqandan keyingi servis davri uzoq bo‘lgan va qisir sigirlarni davolashda umumiy davolash usuliga qo‘shimcha Regestenol preparatini 3 sm3 dan muskul orasiga yuborish yuqori samara berishi tajribalarda kuzatildi. Bundan tashqari, Regestenol preparat qo‘llanilganda davolash vaqti 12 kunni tashkil etib, davolangandan so‘ng sigirlar 40-45 kun davomida urug‘lantirildi va otalanganligi aniqlandi. XULOSALAR 1-tajriba guruhida bo‘lgan sigirlarga jinsiy a’zolarni faolyatini faollashtiruvchi vosita sifatida Regestenol preparati davolashni boshlangan va 11-kunlari 3 sm3 dan 2 marta muskul orasiga yuborib davolanganda 20 bosh sigirlarda 17 boshi (85,0%) kuyga kelib otalanganligi kuzatildi. 2-nazorat guruxdagi sinestrol preparati 1 va 5-kunlari qo‘llanilgan sigirlarda samaradorlik 70,0 foizni tashkil etganligi aniqlangan. Regestenol preparati sigirlarda tuqqandan keyingi endometritlarni davolashda 1 va 11-kunlari yuborilib davolash samaradorligi 90,0 foizni va sinestrol preparatini 1 va 7-kunlari qo‘llash bilan davolash samaradorligi 64,3 foizni tashkil etishi aniqlangan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Муртазин Б. Бактериальные аспекты акушерско- гинекологической. Патологии коров // Ди��с. на соискание ученой степени доктора ветеринарных наук. Самарканд, 2009. – 280 с.
  2. Студенцов А.Л и др Акушерство, гинекология и биотехника размножения животных. М.: Колос. 2005.
  3. O.U.Kuldashev, Sh.K.Baliev, J.N.Ochilov Sigirlar tuqqandan keyingi ginekologik kasalliklarni davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyanoma.// O‘zbekiston Respublikasi Davlat Veterinariya bosh boshqarmasi.05.05.Samarqand, 2017. - 12 b.
  4. Кулдашев О.У. Симтоматического бесплодия крупного рогатого скота в Узбекистане. //«Наука ХХI века- взгляд в будущее» Сборник статей III международная научно- практическая конференция «ЛОГОС» г.Ставрополь, 2018. –С. 125-128
  5. Кулдашев О.У., Болиев Ш.К. Стимулирование воспроизводительной функции у коров. //«Наука ХХI века- взгляд в будущее» Сборник статей III международная научно- практическая конференция «ЛОГОС» г.Ставрополь, 2018. - С. 120-123.
  6. O.U.Kuldashev, M.T.Isayev Sigirlarning endometrit kasalligini davolashda samarali usul va vositalarni yaratish.// Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. Buxoro, 2019. - B. 267-269.
  7. O.U.Kuldashev, M.T.Isayev, N.Sh.Xamraqulov, N.S.Saloxiddinova Chorvachilik fermer xo‘jaliklarida sigirlarda akusher-ginekologik kasalliklarni fasillar bo‘yicha tarqalishi.// Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to‘plami. Buxoro,2019. - B. 270-273.
  8. O.U.Kuldashev, M.T.Isayev, N.Sh.Xamraqulov, N.S.Saloxiddinova Sigirlar mahsuldorligiga va reproduktiv fa’oliyatiga mikroiqlimning ta’siri. // Cho‘l yaylov chorvachiligini rivojlantirish va cho‘llanishning oldini olishning ilmiy-amaliy asoslari mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Samarqand, 2019. - B. 401-403.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013198
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v4i11.1884
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
389–392
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06