Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

NAVOIY VILOYATIDA QO‘YLAR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TARQALISHI

Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat Abdumajidovichv.f.d., professor, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 402–406

Annotatsiya

ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Navoiy viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРАСПРОСТРАНЕНИЕ ЖЕЛУДОЧНО-КИШЕЧНЫХ СТРОНГИЛЯТОЗОВ ОВЕЦ В НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ

в статье приведены данные об уровне зараженности овец гельминтозами и распространении основных гельминтозов в различных районах центрального региона нашей республики – Навоийской области – в текущем году.

inglizchaTHE SPREAD OF GASTROINTESTINAL STRONGYLATOSES OF SHEEP IN NAVOI REGION

This article presents data on the level of infection of sheep with helminthiases and on the distribution of the main helminthiases in the various districts of the Navoi region, which is considered the central region of our republic, in the current year.

Kalit so‘zlar

  • qo‘ylar
  • gelmint
  • gelmintoz
  • strangilyatoz
  • marshallagioz
  • umumiy zararlanish
  • ekstenszararlanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: 619:616.636.095 NAVOIY VILOYATIDA QO‘YLАR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TАRQАLISHI Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li tayanch doktorant, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Jabborov Shuxrat Abdumajidovich v.f.d., professor Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17914725 Аnnotatsiya: ushbu maqolada joriy yilda respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Navoiy viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha maʼlumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: qo‘ylar, gelmint, gelmintoz, strangilyatoz, marshallagioz, umumiy zararlanish, ekstenszararlanish.

РАСПРОСТРАНЕНИЕ ЖЕЛУДОЧНО-КИШЕЧНЫХ СТРОНГИЛЯТОЗОВ ОВЕЦ В НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ Улуков Бехзод Карамат угли базовый докторант, Научно-исследовательский институт ветеринарии Жабборов Шухрат Абдумажидович д.в.н., профессор, Научно-исследовательский институт ветеринарии Аннотация: в статье приведены данные об уровне зараженности овец гельминтозами и распространении основных гельминтозов в различных районах центрального региона нашей республики – Навоийской области – в текущем году. Ключевые слова: овцы, гельминт, гельминтоз, странгуляция, маршаллиоз, общая инфекция, обширная инфекция.

DISTRIBUTION OF GASTROINTESTINAL STRONGYLATOSES IN SHEEP IN NAVOI REGION Uluqov Behzod Karamat ugli PhD student, Veterinary Research Institute Jabborov Shukhrat Abdumajidovich, Doctor of Veterinary Sciences, Professor Veterinary Scientific Research Institute Abstract: this article presents data on the level of helminth infection in sheep and the prevalence of the main helminthic diseases in various districts of the central region of our republic – Navoi Oblast – this year. Key words: sheep, helminth, helminthiasis, strangulation, marshallosis, general infection, extensive infection.

KIRISH Navoiy viloyati Respublikaning oʻrta qismida joylashgan boʻlib, viloyat sharq tomondan Jizzax, janubi-sharq tomondan Samarqand, janub tomondan Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hamda gʻarb tomonda Qoraqalpogʻiston, shimol tomondan Qozogʻiston Respublikalari bilan chegaradosh. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq va quruq, uzoq davom etadi (iyulda +27,2 +29,6°C), qishi sovuq (yanvarda – 1,9° - 0,6°C) choʻl hududlarida bundan yuqori. MATERIAL VA METODLAR

Tadqiqotlar joriy yilda Respublikamizning markaziy-g‘arbiy iqlim-mintaqasi hududi Navoiy viloyatining Konimex, Karmana tumanlari hududidagi shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar (aholi xonadonlarida saqlanayotgan qo‘ylar) va “Uchtepa chorva Gold” MChJ ga qarashli xo‘jaliklaridagi Qorako‘l va mamlakatimizga olib kelib iqlimlashtirilayotgan Bayad zotli qoʻylardan olingan 451 ta tezak namunalar tekshirildi. Olingan natijalar tahlil qilindi. Tadqiqotlar davomida olingan namunalar gelmintoovoskopiyaning Fyulleborn va ketmaket yuvish usullari, Berman-Orlovning VITIda takomillashtirilgan usulidan foydalanib tekshirildi. NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI Respublikamizdagi eng yirik qoʻychilik sohasi rivojlangan Navoiy viloyatida qo‘ylarning oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan zararlanish darajasini aniqlash va ularga qarshi kurash borasida tadqiqot ishlari olib borildi. Navoiy viloyati O‘zbekistonning markaziy-g‘arbiy qismida, Zarafshon daryosining o‘rta oqimi bo‘yida joylashgan bo‘lib, shimolda Qizilqum cho‘li bilan, janubiy va sharqiy qismlarida esa Nurota, Qoratog‘, Qarnob va Zarafshon tog‘tizmalari joylashgan. Navoiy viloyati iqlimi keskin kontinental, quruq va cho‘l iqlimi tipiga mansub. Navoiy viloyatida yoz oylarida havo harorati o‘rtacha +28…+300 C bo‘lib, eng yuqori harorat +450 C gacha еtadi, qishi nisbatan sovuq bo‘lib, yanvarda o‘rtacha harorati -2…-40 C, eng past harorat -250 C gacha pasayadi. Viloyat hududida kam yog‘in yog‘ishi, yеrlarda sho‘rlanish darajasining yuqoriligi va dehqonchilikning suv tejovchi texnologiyalarga tayanilganligi, qishloq xo‘jaligida asosan chorvachilik ya’ni qo‘ychilikni tarmog‘ini rivojlanishini belgilab bergan omil sifati ham qarash mumkin. Ma’lumki Respublikamizga Mo‘g‘uliston davlatidan 100 ming bosh Bayad zotli qo‘ylar olib kelinishi yo‘lga qo‘yildi va ushbu qo‘ylarni mamalakatimizga iqlimlashtirish asosan Navoiy viloyatidan boshlanishi belgilanib dastlabki partiya qo‘ylar olib kelindi. Bundan tashqari, viloyat hududida Qorako‘l zotli qo‘ylar boqiladigan xo‘jaliklar mavjud bo‘lib ushbu qo‘ylar orasida oshqozon-ichak strongilyatozlarini tarqalishini aniqlash hamda chetdan olib kelinayotgan qo‘ylarda profilaktik tadbirlarni olib borish uchun qo‘ylar to‘g‘ri ichagidan tezak namunalari olinib koprologik usullar bilan tekshirildi. Navoiy viloyatida Konimex, Karmana tumanlarida turli zotli tekshirilgan jami 451 bosh qoʻylarning umumiy oshqozon ichak strongilyatozlari bilan zararlanganligi 287 bosh yoki IE=63,64 % ni tashkil qilishi aniqlandi, ulardan 111 bosh (IE=24,6%) qoʻy marshallagioz, 147 bosh (IE=32,6%) nematodiroz va 177 bosh qoʻy yoki IE=39,2% boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi aniqlandi (1-jadval).

1-jadval: Navoiy viloyatida qo‘ylarning oshqozon ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi, (n=451)

ichak strongilyatozlari strongilyatozlari bilan

Boshqa tur oshqozon umumiy zararlanish Oshqozon ichak

n= % n= % n= % n= % 1 Konimex tumani 353 242 68,56 96 27,2 124 35,1 148 41,9 2 Karmana tumani 98 45 45,92 15 18,8 23 28,8 29 36,3 JAMI 451 287 63,64 111 24,6 147 32,6 177 39,2 Navoiy viloyatning Konimex tumani hududida shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar (aholi xonadonlari) va “Uchtepa chorva Gold” MChJ ga qarashli xo‘jaliklarda tekshirilgan 353 bosh turli zotli qoʻylardan tezak namunalari olinib koprologik tekshirilganda ularning jami 242 bosh (IE=68,56%) qoʻylar umumiy oshqozon ichak strongilyatozlar bilan aralash tarzda zararlanganligi aniqlandi, shu jumladan 96 boshi (IE=27,20%) marshallagiyalar bilan, 124 boshi (IE=35,10%) nematodiroz bilan va 148 boshi (IE=41,90%) boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatlar bilan ekstenszararlanganligi qayd etildi (1-rasm).

Umumiy tekshirilgan hayvonlar bosh soni Marshallagioz, boshda Nematodiroz, boshda Boshqa tur o/i strangilyatozlar, boshda Umumiy zararlanish, boshda

Aholi xonadonlari “Uchtepa chorva Gold” MChJ

1-rasm. Konimex tumanida qo‘ylarning oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi, (n=353)

Karmana tumanida shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar ya’ni aholi xonadonlarida saqlanayotgan turli yoshli tekshirilgan jami 98 bosh Qorako‘l zotli qoʻylarning 15 boshida (IE=18,8%) marshallagiya, 23 boshida (IE=28,8%) nematodirus va 29 boshida (IE=36,3%) boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatlar tuxumlari topildi. Tekshirilgan qo‘ylarning ushbu gelmintozlar bilan umumiy aralash tarzda ekstenszararlanishi IE=45,92 foizni tashkil etishi yoki 45 bosh qoʻyda aniqlandi. Navoiy viloyatidagi tadqiqotlarimiz natijalarining tahliliga koʻra oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan qo‘ylar zararlanishning eng yuqori ko‘rsatkichi (tekshirilgan 183 bosh

qo‘yning 123 boshida (IE=67,21%)) Konimex tumanida aholi xonadonlarida saqlanadigan qo‘ylarda qayd etildi.

28.8% Boshqa tur oshqozonichak strongilyatozlari

2-rasm. Karmana tumanida qo‘ylarning oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi, (n=98, IE=45,92%)

Viloyat hududida marshallagioz, nematodiroz va boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlar bilan zararlanish bir muncha yuqori bo‘lganligidan hamda bugungi kunda viloyat hududi va qo‘ychilik xo‘jaliklaridagi qo‘ylarning turli kasalliklar shuningdek gelmintozlar bilan qay darajada zararlanganligi, ularga qarshi kurash tadbirlari samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasidagi strategik ahamiyat kasb etayotganligini ham hisobga olib, bizlar tomonimizdan qo‘ylarning oshqozon-ichak strongilyatozlariga qarshi kurash tadbirlarining dala va xo‘jalik tajribalari asosan Navoiy viloyatidagi qo‘ylar orasida olib borildi. Tadqiqotlar natijalari asosida esa samarali bo‘lgan qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqildi hamda yangi preparatlardan samarali foydalanish konsepsiyasi taklif etildi. Bundan tashqari amaliyotda keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan preparatga nisbatan rezistentlik mavjudligi borasida ham qiyosiy tadqiqot ishlari olib borildi, ushbu tadqiqot natijalari yuzasidan qarshi kurash uchun samarali bo‘lgan takliflar ishlab chiqildi. XULOSA Tadqiqotlar yuzasidan tahlil qilinganda, tekshirilgan qo‘ylarning (n=451 bosh) 63,64 foizi umuman oshqozon-ichak strongilyatozlari (marshallagioz, nematodiroz, boshqa tur oshqozonichak strongilyatozlar ya’ni ostertagioz, trixonstongilyatoz – ushbu gelmintozlar qo‘zg‘atuvchilarining tuxumlari bir muncha kichik va bir biriga morfologik o‘xshashligi sababli umumiy qilib boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlar deb nomlashni lozim topdik) bilan aralash zararlanganligini, izohlaydigan bo‘lsak, aynan bir bosh qo‘yda yuqorida keltirilgan barcha gelmintoz qo‘zg‘atuvchilarining tuxumlari topilganligi va yoki topilmaganligi yoki ayrimlarining mavjudligi, qolganlarining esa uchramaganligiga qarab zararlanish qayd etilgan.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Азимов Д.А. Гельминты и гельминтозы овец юга Узбекистана. Автореф. канд. дисс., М., 1963.
  2. Азимов Ш.А. Фасциолёзы и аноплоцефилятозы овец и крупного рогатого скота в Узбекистане. Изд-во ФАН, 1974.
  3. Джаббаров Ш.А. Гельминтозларга қарши кураш чора-тадбирларининг самарадорлиги ва уни ошириш йўллари. Докт. дисс. автореферати. Самарқанд, 2017. 52 б.
  4. Иргашев И.Х. Гельминтозы мегкого рогатого скота в условиях Узбекистана (опыт эпизоотологической характеристики с последиюшей разработкой мер борьбы в зональноы разрезе). Автореф. докт. дисс., М., ВИГИС, 1963.
  5. Орипов А.О. Трихостронгилидоза овец в Узбекистане и меры борьбы с ними. Автореф. докт. дисс., М., 1983.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013201
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v4i11.1887
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
402–406
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
52026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06