SAMARQAND VILOYATIDA QO‘YLAR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TARQALISHI
Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li, Jabborov Shuxrat AbdumajidovichVeterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2025
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 397–401
Annotatsiya
ushbu maqolada joriy yilda Respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Samarqand viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРАСПРОСТРАНЕНИЕ ЖЕЛУДОЧНО-КИШЕЧНЫХ СТРОНГИЛЯТОЗОВ ОВЕЦ В САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ
в статье приведены данные об уровне зараженности овец гельминтозами и распространении основных гельминтозов в различных районах Самаркандской области, считающейся центральным регионом нашей Республики, в текущем году.
inglizchaTHE SPREAD OF GASTROINTESTINAL STRONGYLATOSES OF SHEEP IN SAMARKAND REGION
This article presents data on the level of infection of sheep with helminthiases and on the distribution of the main helminthiases in the various districts of the Samarkand region, which is considered the central region of our Republic, in the current year.
Kalit so‘zlar
- qo‘ylar
- gelmint
- gelmintoz
- strangilyatoz
- marshallagioz
- umumiy zararlanish
- ekstenszararlanish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
UDK: 619:616.636.095 SAMARQAND VILOYATIDA QO‘YLАR OSHQOZON-ICHAK STRANGILYATOZLARINING TАRQАLISHI Uluqov Behzod Karamat o‘g‘li tayanch doktorant, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti Jabborov Shuxrat Abdumajidovich v.f.d., professor, Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17913807 Аnnotatsiya: ushbu maqolada joriy yilda Respublikamizning markaziy hududi hisoblangan – Samarqand viloyatining turli tumanlari bo‘yicha qo‘ylarning gelmintozlar bilan zararlanish darajasi, asosiy gelmintozlarning tarqalish bo‘yicha maʼlumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: qo‘ylar, gelmint, gelmintoz, strangilyatoz, marshallagioz, umumiy zararlanish, ekstenszararlanish.
РАСПРОСТРАНЕНИЕ ЖЕЛУДОЧНО-КИШЕЧНЫХ СТРОНГИЛЯТОЗОВ ОВЕЦ В САМАРКАНДСКОЙ ОБЛАСТИ Улуков Бехзод Карамат угли базовый докторант, Научно-исследовательский институт ветеринарии Жабборов Шухрат Абдумажидович д.в.н., профессор, Научно-исследовательский институт ветеринарии Аннотация: в статье приведены данные об уровне зараженности овец гельминтозами и распространении основных гельминтозов в различных районах Самаркандской области, считающейся центральным регионом нашей Республики, в текущем году. Ключевые слова: oвцы, гельминт, гельминтоз, странгуляция, маршаллиоз, общая инфекция, обширная инфекция.
DISTRIBUTION OF GASTROINTESTINAL STRONGYLATOSES IN SHEEP IN SAMARKAND REGION Uluqov Behzod Karamat ugli PhD student, Veterinary Scientific Research Institute Jabborov Shukhrat Abdumajidovich Doctor of Veterinary Sciences, Professor, Veterinary Scientific Research Institute Abstract: this article presents data on the level of helminthic infestation in sheep and the prevalence of the main helminthic diseases in various districts of the Samarkand region, considered the central region of our Republic, this year. Key words: sheep, helminth, helminthiasis, strangulation, marshallosis, general infection, extensive infection.
KIRISH Qoʻylar orasida gelmintozlar keng tarqalgan boʻlib, qoʻychilik sohasiga sezilarli darajada iqtisodiy zarar keltiradigan turlarini mamlakatimiz iqlim mintaqalari boʻyicha tarqalishini aniqlash ham dolzarb boʻlib, oʻz echimini kutayotgan muammolardan biridir. Samarqand viloyati Respublikamizning mazkaziy mintaqasida joylashgan. Gʻarb va shimoli-gʻarb tarafdan Navoiy viloyati bilan, shimol va shimoli-sharq tomondan Jizzax va janub
tomondan Qashqadaryo viloyatlari bilan, janubi-sharq tomondan Tojikiston Respublikasi bilan tutashgan. Iqlimi keskin kontinental. Yozi issiq (iyulda + 26° +28°C), qishda esa sovuqroq (yanvarda -2°-5°C). MATERIAL VA METODLAR Tadqiqotlar joriy yilda Respublikamizning markaziy geografik iqlim-mintaqasi hududi Samarqand viloyatida olib borilgan tadqiqotlarda viloyatning Nurobod, Payariq tumanlaridagi “Nurobot tiklanish” fermer xo‘jaligi, “Nurli yo‘l” fermer xo‘jaligi, “Shodlik Fayz” fermer xo‘jaligi, “Nurmatov Eshpolat” fermer xoʻjaliklaridagi, Veterinariya ilmiy tadqiqot instituti tajriba maydonidagi hamda aholi qaramogʻidagi qoʻylarning 321 boshidan tekshirish uchun namunalar olindi va olingan natijalar tahlil qilindi. Tadqiqotlar davomida olingan namunalar gelmintoovoskopiyaning Fyulleborn va ketmaket yuvish usullari, Berman-Orlovning VITIda takomillashtirilgan usulidan foydalanib tekshirildi. NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI Samarqand viloyatida olib borilgan tadqiqotlarimizda asosan Nurobod, Payariq tumanlarida joylashgan qo‘ychilik xoʻjaliklari va aholi xonadonlaridan hamda Veterinariya ilmiytadqiqot instituti laboratoriyalarining tajriba maydonchalarida saqlanadigan jami 321 bosh turli zotdagi (qorako‘l, mahalliy zotli) qo‘ylar to‘g‘ri ichagidan tezak namulari olindi va gelmintokoprologik (Fyulleborn, ketma-ket yuvish, Berman-Orlov) usullarida tekshirildi. Olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasiga ko‘ra tekshirilgan qo‘ylarning 249 tasi (IE=77,57%) umuman aralash tarzda oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi aniqlandi.
Umumiy Marshallagioz Nematodiroz Boshqa tur o/i Shartli sog'lom zararlanish strangilyatozlar
1-rasm. Samarqand viloyatida qoʻylarning gelmintozlar bilan ekstenszararlanganligi, % (n=321) Samarqand viloyatining tadqiqotlar olib borilgan hududlarida qoʻylarning 145 boshi (IE=45,17%) marshallagioz, 128 boshi (IE=39,88%) nematodiroz, 220 bosh turli zotli qoʻylar (IE=68,54%) boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi aniqlandi. Tekshirilgan mahalliy zotli qo‘ylarning 229 boshi umumiy, aralash tarzda oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ya’ni IE=71,34 % ekstenszararlanganligi aniqlandi. Nurobod tumani viloyatning adir-kontinental (sovuq va yarim quruq qishli hamda yozi uzoq issiq va quruq yozli) iqlim xususiyatli hududlaridan biri boʻlib, ushbu tumandagi ayrim
qo‘ychilik xoʻjaliklari va aholi xonadonlaridan jami hisobda 147 bosh asosan mahalliy zotli qoʻydan tezak namunalari olinib koprologik usullar bilan tekshirildi. 1-jadval: Nurobod tumanida qo‘ylarning oshqozon ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi, gelmintokoprologik tekshirishlar asosida n=147
Boshqa tur oshqozon umumiy zararlanish Umumiy bosh soni
n= % n= % n= % n= % Nurobod tumani 1 Aholi xonadonlari 47 35 74,47 24 51,1 19 40,4 34 72,3 2 “Nurobod 50 37 74,0 21 42,0 20 40,0 37 74,0 tiklanish” f/x 3 “Nurli yo‘l” f/x 50 36 72,0 17 34,0 16 32,0 35 70,0 Jami: 147 108 73,47 62 42,18 55 37,41 106 72,11
1-jadvaldan ko‘rinadiki, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra tekshirilgan qoʻylarning 108 boshi (IE=73,47%) umumiy oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi aniqlandi. Tekshirilgan qoʻylarning har bir gelmintoz bo‘yicha zararlanishini alohida tahlil qilganimizda ularning 62 boshida (IE=42,18%) marshallagioz, 55 boshida (IE=37,41%) nematodiroz va 106 boshida (IE=72,11%) boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlari qo‘zg‘atuvchilarining invazion tuxumlari topildi. Keyingi tadqiqotlarimiz Payariq tumanida olib borildi. Payariq tumani iqlimi tipikkontinental (yozda issiq va quruq, qishda sovuq va yomg‘irli) hisoblanadi, ushbu tumandagi ayrim qo‘ychilik xoʻjaliklari va aholi xonadonlaridan jami hisobda 120 bosh mahalliy zotli qoʻydan tezak namunalari ananaviy uslublardan foydalanib to‘g‘ri ichakdan olinib koprologik usullar bilan tekshirildi. Tezak namunalarini maxsus qog‘oz paketlarda institutning Gelmintologiya laboratoriyasi “Motic 1” lyuminassens (yorug‘lik mikroskopi) yordamida 1x10; 1x40 o‘lchamli obyektivlar yordamida ko‘rildi (2-jadval). 2-jadval: Payariq tumanida qo‘ylarning oshqozon ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi n=120 strongilyatozlari bilan
1 Aholi xonadonlari 30 21 70,0 19 63,3 17 56,7 21 70,0 2 “Shodlik Fayz” 42 30 71,43 23 54,8 18 42,8 30 71,4 f/x 3 “Nurmatov 48 31 64,58 21 43,7 19 39,6 29 60,4 Eshpo‘lat” f/x Jami: 120 82 68,33 63 52,5 54 45,0 80 66,67
2-jadval ma’lumotlarini tahlil qilganimizda, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra tekshirilgan qoʻylarning 82 boshi (IE=68,33%) umumiy oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi aniqlandi. Tadqiqotlarimiz natijasida tekshirilgan qoʻylarning har bir gelmintoz bo‘yicha zararlanishini tahlil qilganimizda ularning 63 boshida (IE=52,5%) marshallagioz, 54 boshida (IE=45,0%) nematodiroz hamda 80 boshida (IE=66,67%) boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlari qo‘zg‘atuvchilarining invazion tuxumlari aniqlandi. Tadqiqotlarimiz davomida muntazm ravishda VITI laboratoriyalarida mavjud va tajriba hayvonlari sifatida saqlanadigan qoʻylarda tekshirishlar olib borildi. Bunda asosan 3 ta laboratoriya tajriba maydonchasida mavjud bo‘lgan 54 bosh qo‘ylar gelmintokoprologik tekshirilganda ularning 39 boshi (IE=72,22%) aralash tarzda oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi aniqlandi. Shundan har bir gelmintoz bo‘yicha aniqlaganimizda, tekshirilgan qoʻylarning 20 boshida (IE=37,04%) marshallagioz, 19 boshida (IE=35,19%) nematodiroz va 34 boshida (IE=62,96%) boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi qayd etildi (3-jadval).
3-jadval: VITI laboratoriyalaridagi saqlanayotgan qo‘ylarning oshqozon ichak strongilyatozlari bilan ekstenszararlanganligi n=54 strongilyatozlari bilan
Boshqa tur oshqozon umumiy zararlanish Umumiy bosh soni
n= % n= % n= % n= % VITI laboratoriyalaridagi qo‘ylar 1 Virusologiya 28 17 60,71 6 21,4 9 32,1 13 46,4 2 Mikrobiologiya 16 12 75,0 7 43,7 3 18,7 11 68,7 3 Gelmintologiya 10 10 100,0 7 70,0 7 70,0 10 100,0 Jami: 54 39 72,22 20 37,04 19 35,19 34 62,96
Bundan tashqari tadqiqotlarimiz davomida qo‘ylarning 24,07% fassiolyoz bilan, 7,4% moniyezioz bilan ham zararlanganligi aniqlandi, tadqiqotlarimizda asosiy maqsad oshqozon-ichak strongilyatozlariga qarshi kurash bo‘lganligi sababli, jadvallar va rasmlarda boshqa tur va oilaga mansub gelmintozlarni keltirib o‘tmagan bo‘lsakda davolash va profilaktika tadbirlarida ushbu gelmintozlarga ham qarshi preparatlar samara berganligini kuzatdik.
Xulosa qilib aytganda tekshirilgan qo‘ylarning (n=321 bosh) 71,34 foizi umuman oshqozon-ichak strongilyatozlari (marshallagioz, nematodiroz, boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlar ya’ni ostertagioz, trixonstongilyatoz – ushbu gelmintozlar qo‘zg‘atuvchilarining tuxumlari bir muncha kichik va bir biriga morfologik o‘xshashligi sababli umumiy qilib boshqa tur oshqozon-ichak strongilyatozlar deb nomlashni lozim topdik) bilan aralash zararlanganligini, izohlaydigan bo‘lsak, aynan bir bosh qo‘yda yuqorida keltirilgan barcha gelmintoz qo‘zg‘atuvchilarining tuxumlari topilganligi va yoki topilmaganligi yoki ayrimlarining mavjudligi, qolganlarining esa uchramaganligiga qarab zararlanish qayd etilgan.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Азимов Д.А. Гельминты и гельминтозы овец юга Узбекистана. Автореф. канд. дисс., М., 1963.
- Азимов Ш.А. Фасциолёзы и аноплоцефилятозы овец и крупного рогатого скота в Узбекистане. Изд-во ФАН, 1974.
- Джаббаров Ш.А. Гельминтозларга қарши кураш чора-тадбирларининг самарадорлиги ва уни ошириш йўллари. Докт. дисс. автореферати. Самарқанд, 2017. 52 б.
- Иргашев И.Х. Гельминтозы мегкого рогатого скота в условиях Узбекистана (опыт эпизоотологической характеристики с последиюшей разработкой мер борьбы в зональноы разрезе). Автореф. докт. дисс., М., ВИГИС, 1963.
- Орипов А.О. Трихостронгилидоза овец в Узбекистане и меры борьбы с ними. Автореф. докт. дисс., М., 1983.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013200
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 11
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i11.1886
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 397–401
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-06