Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola16.00.00Ochiq kirish

SIGIRLARDA HOMILA YO‘LDOSHNING USHLANIB QOLISHINI OLDINI OLISHDA GONADIN VA FERTADIN PREPARATLARINING SAMARASI

Ochilov Jamshid NasirdinovichKatta ilmiy xodim, v.f.f.d., Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti2025

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 11Sahifa 393–396

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada sigirlarda homila yo‘ldoshini ushlanib qolishi kasalliklarini davolash va oldini olish, sigirlarning urug‘lantirilgandan so‘ng otalanish darajasi o‘rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan chorvachilik fermer xo‘jliklarida o‘rganilgan, bunda sigirlar tug‘ganidan keying akusher-ginekologik kasalliklarning oldi olingan hamda servis davrini 60-70 kundan oshmasligini ta‘minlash zarurligigi ko‘zda tutilgan.

Boshqa tillarda

ruschaЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРЕПАРАТОВ ГОНАДИНА И ФЕРТАДИНА В ПРЕДОТВРАЩЕНИИ ОТСЛОЙКИ ПЛАЦЕНТЫ У КОРОВ

В данной научной статье рассматриваются вопросы лечения и профилактики отслойки плаценты у коров, плодовитость коров после осеменения, необходимость профилактики акушерско-гинекологических заболеваний после родов на фермах крупного рогатого скота, а также обеспечение того, чтобы сервис-период не превышал 60-70 дней.

inglizchaTHE EFFECTIVENESS OF GONADIN AND FERTADIN PREPARATIONS IN PREVENTING RETAINED PLACENTA IN COWS

This scientific article studies the treatment and prevention of retained placenta in cows and the conception rate of cows after insemination; the research work was carried out on livestock farms, where obstetric and gynaecological diseases in cows after calving were prevented and the need to ensure that the service period does not exceed 60-70 days was taken into account.

Kalit so‘zlar

  • Sigir
  • homila yo‘ldoshi
  • qisirlik
  • akusher-ginekologik kasalliklar
  • preparat
  • gonadin
  • fertadin
  • servis davri
  • urug‘lantirish
  • otalanish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK: 619:618.17-002:636.22/28 SIGIRLARDA HOMILA YO‘LDOSHNING USHLANIB QOLISHINI OLDINI OLISHDA GONADIN VA FERTADIN PREPARATLARINING SAMARASI Ochilov Jamshid Nasirdinovich katta ilmiy xodim v.f.f.d., Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17893536 Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada sigirlarda homila yo‘ldoshini ushlanib qolishi kasalliklarini davolash va oldini olish, sigirlarning urug‘lantirilgandan so‘ng otalanish darajasi o‘rganilib, ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan chorvachilik fermer xo‘jliklarida o‘rganilgan, bunda sigirlar tug‘ganidan keying akusher-ginekologik kasalliklarning oldi olingan hamda servis davrini 60-70 kundan oshmasligini ta’minlash zarurligigi ko‘zda tutilgan. Kalit so‘zlar: Sigir, homila yo‘ldoshi, qisirlik, akusher-ginekologik kasalliklar, preparat, gonadin, fertadin, servis davri, urug‘lantirish, otalanish.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ПРЕПАРАТОВ ГОНАДИНА И ФЕРТАДИНА В ПРЕДОТВРАЩЕНИИ ОТСЛОЙКИ ПЛАЦЕНТЫ У КОРОВ. Аннотация: В данной научной статье рассматриваются вопросы лечения и профилактики отслойки плаценты у коров, плодовитость коров после осеменения, необходимость профилактики акушерско-гинекологических заболеваний после родов на фермах крупного рогатого скота, а также обеспечение того, чтобы сервис-период не превышал 60-70 дней. Ключевые слова: корова, плацента, бесплодие, акушерско-гинекологические заболевания, лекарственный препарат, гонада, фертадин, срок службы, оплодотворение, отцовство.

THE EFFECTIVENESS OF GONADINE AND FERTADINE PREPARATIONS IN PREVENTING PLACENTAL ABRUPTION IN COWS Abstract: This scientific article examines the treatment and prevention of placental abruption in cows, the fertility of cows after insemination, the need to prevent obstetric and gynecological diseases after birth on cattle farms, and ensuring that the service period does not exceed 60-70 days. Keywords: Cow, placenta, infertility, obstetric and gynecological diseases, drug, gonad, fertadine, service period, fertilization, fatherhood.

KIRISH Oxirgi yillarda respublikamizda qoramolchilikni fan yutuqlari, ilg‘or tajribalar asosida rivojlantirish, oziqa bazasini mustahkamlash va mahsulot ishlab chiqarish hamda uni qayta ishlash texnologiyasini takomillashtirish, qoramollar zotini yaxshilash va genofondini boyitishga katta e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda chorvachilikni rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolardan biriqishloq xo‘jalik hayvonlarida uchraydigan tuqqandan keyingi homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi oqibatida sigirlarda qisirliklar va ginekologik kasalliklarning kelib chiqishi hamda buning oqibatida chorvachilik xo‘jaliklariga katta iqtisodiy zarar yetkazilmoqda. “Respublikamiz chorvachilik fermer xo‘jaliklarida har yili 20-30% sigirlar qisir bo‘lib qolishining asosiy sabablardan biri bu – homila yo‘ldosh ushlanib qolishidir”. Shunga asoslangan holda,

qoramolchilik sohasida qisirlikni va tuqqandan keyingi ginekologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi yo‘ldosh ushlanib qolishi sababini o‘rganish, oldini olish, yuqori samara beruvchi davolash va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi [1., 2.]. Dunyoning ko‘pchilik davlatlarida turli stress omillar va antisanitariya sharoitlari, oziqa ratsion tarkibining to‘laqonli emasligi, yayratish maydonchalarini yo‘qligi natijasida mahsuldor sigirlar orasida yo‘ldosh ushlanib qolishi oqibatida tuqqandan keyingi ginekologik kasalliklarning ko‘p uchrashi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishlari, shuning oqibatida tabiiy rezistentlik pasayishi kuzatilmoqda. Shu sababli qoramollarda sut va go‘sht mahsuldorligining kamayishi, sifatining pasayishi, ko‘payish xususiyatlarining yomonlashuvi, fiziologik jihatdan rivojlanmagan buzoq tug‘ilishi, o‘sish – rivojlanishdan orqada qolishi va kelgusida podani to‘ldirish uchun yaroqsiz bo‘lishi, xo‘jalikda yuqori mahsuldor sigirlardan foydalanish muddatlarining kamayishi, mahsulot yetishtirish uchun oziqa sarfining ortishi kabi muammolar mavjud [3., 4., 5., 6.]. Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishining oldini olish bo‘yicha adabiyot ma’lumotlarida umumiy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish sigirlar tug‘ishidan oldin va tug‘gandan kiyin olib borilishi tug‘ish jarayonining yengil kechishi va reproduktiv faoliyatini oshirgan. Homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi va tug‘gandan kiyingi kasalliklar oldini olishning asosiy tadbirlari sigir va tanalarning bug‘ozlik davridan boshlab olib borilishi kerak. Bunda oziqa ratsionini yaxshilash hamda yetishmaydigan moddalarni qo‘shib berish, to‘g‘ri parvarish qilish va saqlash sharoitini yaxshilash hamda faol yayratishni tashkil etish zarur. Shu bilan birga, bug‘oz hayvonlarni tug‘ishga to‘g‘ri tayyorlash va tug‘ruq vaqtida veterinariya yordamini o‘z vaqtida bajarish sigirlarda homila yo‘ldosh ushlanib qolishi va tug‘gandan kiyingi kasalliklarni oldini olishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda veterinariya meditsinasida asosiy e’tibor kasallangan hayvonlarni alohida davolashga emas, umumiy podadagi sigirlarni sog‘lom saqlashga qaratilgan. Bunda homila yo‘ldoshning ushlanib qolishini davolashdan ko‘ra, oldini olish iqtisodiy tomondan ham foydali hamda tejamkor hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi kasalliklarini davolash va oldini olish samaradorligi sigirlarning otalanish darajasi bilan bog‘liq. Bunda sigirlarning “Servis davrini” ya’ni tug‘ganidan so‘ng otalanishigacha o‘tadigan davrni qisqartirish, ya’ni uni 60-70 kundan oshmasligini ta’minlash zarur. Urg‘ochi hayvonlarning qisir bo‘lib yurishiga va bosh sonining ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri jinsiy a’zolardagi tug‘gandan kiyingi patologik jarayon oldini olish. MATERIALLAR VA USULLAR Sigirlarda tug‘gandan kiyingi homila yo‘ldosh ushlanib qolishining oldini olishda gonadin va fertadin preparatlarining samarasini o‘rganishlar 2 ta tajriba hamda 2 ta nazorat guruhlarida 10 boshdan 4 guruh sigirlarda olib borildi. Nazoratda bo‘lgan sigirlarga preparat qo‘llanilmadi. Birinchi tajriba guruhidagi bo‘lgan 10 bosh sigirlarga tug‘ganidan 1 soat o‘tganidan so‘ng Gonadin preparati 2,0 ml dan muskul orasiga yuborildi, ikkinchi tajriba guruhidagi 10 bosh sigirlarga tug‘gan sigirga tug‘ganidan 2 soat o‘tganidan so‘ng fertadin preparati 2,0 ml dan muskul orasiga yuborildi. NATIJALAR VA MUNOZARA

Birinchi tajriba va nazorat guruhida tajribadagi sigirlarga gonadin preparati yuborilgandan so‘ng 9 bosh sigirning homila yo‘ldoshi 16 soat ichida to‘liq tushgan bo‘lsa, 1 bosh sigirning homila yo‘ldoshi tug‘gandan so‘ng 24 soatdan kiyin operativ (qo‘l bilan) olindi va kerakli davolash ishlari olib borildi, nazoratda bo‘lgan 10 bosh sigirlarga preparat qo‘llanilmaganligi natijasida 5 bosh sigirning homila yo‘ldoshi tug‘gandan kiyin 24 soatdan so‘ng operativ (qo‘l bilan) olinib, kerakli davolash ishlari olib borildi. Ikkinchi tajriba va nazorat guruhi, tajribadagi sigirlarning 8 bosh sigirning yo‘ldoshi 15 soat ichida to‘liq tushdi va 2 bosh sigirning yo‘ldoshi tug‘ganidan 24 soatdan kiyin operativ (qo‘l bilan) ajratib olindi hamda kerakli davolash ishlari olib barildi. Nazoratda bo‘lgan 10 bosh sigirlarga preparat qo‘llanilmaganligi sababli, 6 bosh sigirning yo‘ldoshi tug‘gandan kiyin 24 soat o‘tgach operativ (qo‘l bilan) ajratib olinib, kerakli davolash ishlari olib borildi (1-jadval).

1-jadval. Gonadin va fertadin preparatlarining sigirlarni homila yo‘ldoshini ushlanib qolishini oldini olishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari yo‘ldoshi ushlanib qolgan Preparatni qo‘llash Sigirlar sigirlar Guruhlar sxemasi soni soni Gonadin preparati 2 ml dan 1-tajriba 10 1 10,0 muskul orasiga yuborildi 1-nazorat Preparati qo‘llanilmadi 10 5 50,0 Fertadin preparati 2 ml dan 2-tajriba 10 2 20,0 muskul orasiga qo‘llanildi 2-nazorat Preparatlar qo‘llanilmadi 10 6 60,0

Gonadin preparati sigirlar tug‘gandan kiyin 2,0 ml yuborib qo‘llanilishi sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishini oldini olishda nazoratda bo‘lgan sigirlarga qaraganda yuqori samara berishi, Fertadin preparatining tug‘gandan kiyingi yo‘ldosh ushlanib qolishini oldini olishdagi samarasini o‘rganishda ma’lum bo‘ldiki, sigirlarga tug‘gandan 2 soat o‘tganidan so‘ng 2,0 ml miqdorda yuborilganda homila yo‘ldoshi tushishini tezlashtirishi va yo‘ldosh ushlanib qolishining oldini olishda yuqori samara berishi aniqlandi. XULOSALAR Birinchi tajriba guruhiga gonadin preparati sigirlar tug‘ganidan 1 soat o‘tgandan so‘ng 2 ml miqdorida muskul orasiga qo‘llanilganda 10 bosh sigirdan 1 boshida homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi kuzatildi ya’ni 90 % samara berdi. Ikkinchi tajriba guruhiga fertadin preparati sigirlar tug‘ganidan 2 soat o‘tgandan so‘ng 2 ml miqdorida muskul orasiga qo‘llanilganda 10 bosh sigirdan 2 boshida homila yo‘ldoshining ushlanib qolishi kuzatildi ya’ni 80 % samara berdi. Birinchi va ikkinchi tajriba guruhlarida qo‘llanilgan preparatlar nafaqat homila yo‘ldoshining ushlanib qolishini oldini olishi, servis davrining qisqa hamda urug‘lantirilganda otalanish samarasining ham yuqoriligi tajribalarda aniqlandi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. J.N.Ochilov, Sigirlarda yo‘ldosh ushlanib qolishi etiologiyasi, patogenizi, davolash va oldini olish. Dissertatsiya avtoreferati 2024 yil B. 50.
  2. J.N.Ochilov, O.U.Kuldashev, va bosh. Sigirlarda yo‘ldosh ushlanib qolishi davolash va oldini olish bo‘yicha tavsiyanoma 2024 yil B. 20.
  3. O.U.Kuldoshev, M.T.Isayev, va bosh. Sigirlar endometrit kasalligini oldini olish va davolash bo‘yicha tavsiyalar. Samarqand 2020 yil B. 12.
  4. J.N.Ochilov, O.U.Kuldashev. Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishini oldini olishda Fertadin preparatining samarasi. Veterinariya meditsinasi jurnali 2023. Maxsus № 7-son.
  5. J.N.Ochilov, O.U.Kuldashev. Sigirlarda homila yo‘ldoshining ushlanib qolishini oldini olishda Gonadin preparatining samarasi. Veterinariya meditsinasi jurnali 2023. Maxsus № 7-son.
  6. O.U.Kuldashev, Sh.K.Baliyev, J.N.Ochilov. Sigirlar tuqqandan keying ginekologik kasalliklarini davolash va oldini olish bo‘yicha Tavsiyanoma. 2017 yil.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013199
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
11
DOI
10.66073/researchfocus.v4i11.1885
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
393–396
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-06