Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola10.00.00Ochiq kirish

TIBBIY MATNLAR KORPUSIDA SINONIMIYA VA VARIATIVLIKNING QIYOSIY KO‘RINISHLARI (INGLIZ–O‘ZBEK MISOLIDA)

Suleymanova Nargiza Mardonovna1, Asatullayev Rustamjon Baxtiyorovich22026

  1. 1Samarqand davlat chet tillar instituti, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi dotsenti
  2. 2Samarqand davlat tibbiyot universiteti, stajyor-assistent

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 68–72

Annotatsiya

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va leksik variativlik hodisalari qiyosiy va tizimli ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tibbiy terminlar va terminologik bo‘lmagan birliklar doirasida sinonimik qatorlarning shakllanishi, ularning kontekstual qo‘llanish xususiyatlari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik va pragmatik farqlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot korpus lingvistikasi, qiyosiy-tavsifiy, kontekstual va funksional tahlil metodlariga asoslanadi. Olingan natijalar ingliz tilida tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashganini, o‘zbek tilida esa izohli va tavsifiy birliklar hisobiga leksik variativlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tibbiy tarjima, terminologik me‘yorlash va maxsus lug‘atlar tuzishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Boshqa tillarda

ruschaСОПОСТАВИТЕЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ СИНОНИМИИ И ЛЕКСИЧЕСКОЙ ВАРИАТИВНОСТИ В КОРПУСЕ МЕДИЦИНСКИХ ТЕКСТОВ (НА МАТЕРИАЛЕ АНГЛИЙСКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ)

В статье рассматриваются явления синонимии и лексической вариативности в корпусе медицинских текстов английского и узбекского языков в сопоставительном аспекте. Цель исследования заключается в выявлении синонимических медицинских единиц, анализе их контекстуального и функционального употребления, а также определении семантических различий, возникающих в процессе перевода. / Исследование основано на методах корпусной лингвистики, сравнительно-описательного, контекстуального и функционального анализа. Полученные результаты показывают, что медицинская терминология английского языка отличается высокой степенью стандартизации, тогда как в узбекских медицинских текстах наблюдается повышенная лексическая вариативность, обусловленная использованием пояснительных и описательных эквивалентов. Делается вывод о необходимости корпусного подхода к терминологической нормализации в медицинском переводе.

inglizchaCOMPARATIVE ASPECTS OF SYNONYMY AND VARIABILITY IN A CORPUS OF MEDICAL TEXTS (ON THE EXAMPLE OF ENGLISH AND UZBEK)

This article examines, in a comparative and systematic way, the phenomena of synonymy and lexical variability in a corpus of medical texts in the English and Uzbek languages. The main aim of the research is to identify the formation of synonymic rows within medical terms and non-terminological units, the features of their contextual use, and the semantic and pragmatic differences that arise in the process of translation. The research is based on the methods of corpus linguistics and on comparative-descriptive, contextual and functional analysis. The results obtained show that medical terminology in English is standardized to a high degree, whereas in Uzbek the level of lexical variability is high owing to explanatory and descriptive units. The results of the research are of considerable theoretical and practical importance for medical translation, terminological standardization and the compilation of specialized dictionaries.

Kalit so‘zlar

  • tibbiy matnlar korpusi
  • sinonimiya
  • leksik variativlik
  • tibbiy terminologiya
  • ingliz–o‘zbek qiyosiy tahlil
  • tarjima lingvistikasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

TIBBIY MATNLAR KORPUSIDA SINONIMIYA VA VARIATIVLIKNING QIYOSIY KO‘RINISHLARI (INGLIZ–O‘ZBEK MISOLIDA) Asatullayev Rustamjon Baxtiyorovich Samarqand davlat tibbiyot universiteti, stajyor-asistent E-mail: rustamjon0003@gmail.com Suleymanova Nargiza Mardonovna Ilmiy rahbar: Samarqand davlat chet tillar instituti, Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi dotsenti E-mail: nargizasulimanova@.gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18195716 Annotatsiya: Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va leksik variativlik hodisalari qiyosiy va tizimli ravishda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi tibbiy terminlar va terminologik bo‘lmagan birliklar doirasida sinonimik qatorlarning shakllanishi, ularning kontekstual qo‘llanish xususiyatlari hamda tarjima jarayonida yuzaga keladigan semantik va pragmatik farqlarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot korpus lingvistikasi, qiyosiy-tavsifiy, kontekstual va funksional tahlil metodlariga asoslanadi. Olingan natijalar ingliz tilida tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashganini, o‘zbek tilida esa izohli va tavsifiy birliklar hisobiga leksik variativlik darajasi yuqori ekanini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari tibbiy tarjima, terminologik me’yorlash va maxsus lug‘atlar tuzishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: tibbiy matnlar korpusi, sinonimiya, leksik variativlik, tibbiy terminologiya, ingliz–o‘zbek qiyosiy tahlil, tarjima lingvistikasi.

COMPARATIVE ASPECTS OF SYNONYMY AND LEXICAL VARIABILITY IN MEDICAL TEXT CORPORA (BASED ON ENGLISH–UZBEK DATA) Abstract: This article examines synonymy and lexical variability in English and Uzbek medical text corpora from a comparative perspective. The study aims to identify synonymous medical units, analyze their contextual and functional usage, and reveal semantic differences that arise in translation processes. The research is based on corpus linguistics, comparative-descriptive, contextual, and functional analysis methods. The findings indicate that English medical terminology is highly standardized, whereas Uzbek medical texts demonstrate a higher degree of lexical variability due to the frequent use of explanatory and descriptive equivalents. The study emphasizes the importance of corpus-based terminological normalization to ensure semantic accuracy and consistency in medical translation and professional communication. Keywords: medical text corpus, synonymy, lexical variability, medical terminology, English–Uzbek comparison, corpus linguistics, medical translation

СОПОСТАВИТЕЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ СИНОНИМИИ И ЛЕКСИЧЕСКОЙ ВАРИАТИВНОСТИ В КОРПУСЕ МЕДИЦИНСКИХ ТЕКСТОВ (НА МАТЕРИАЛЕ АНГЛИЙСКОГО И УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКОВ) Аннотация: В статье рассматриваются явления синонимии и лексической вариативности в корпусе медицинских текстов английского и узбекского языков в сопоставительном аспекте. Цель исследования заключается в выявлении синонимических медицинских единиц, анализе их контекстуального и функционального употребления, а также определении семантических различий, возникающих в процессе перевода.

Исследование основано на методах корпусной лингвистики, сравнительно-описательного, контекстуального и функционального анализа. Полученные результаты показывают, что медицинская терминология английского языка отличается высокой степенью стандартизации, тогда как в узбекских медицинских текстах наблюдается повышенная лексическая вариативность, обусловленная использованием пояснительных и описательных эквивалентов. Делается вывод о необходимости корпусного подхода к терминологической нормализации в медицинском переводе. Ключевые слова: корпус медицинских текстов, синонимия, лексическая вариативность, медицинская терминология, английско-узбекское сопоставление, корпусная лингвистика, медицинский перевод

KIRISH So‘nggi yillarda korpus lingvistikasi asosida ixtisoslashgan diskurslarni o‘rganish tilshunoslikda muhim ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanib bormoqda. Matnni korpus asosida o‘rganish til birliklarining real qo‘llanishini aniqlash imkonini beradi 1. Ayniqsa, tibbiy matnlar inson salomatligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgani sababli, ularda qo‘llaniladigan til birliklarining aniqligi, bir ma’noliligi va terminologik barqarorligi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga qaramay, tibbiy matnlarda sinonimiya va leksik variativlik hodisalari keng uchrab, ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi tibbiy axborotning tushunilishi va talqiniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sinonimiya hodisasi bir tushunchaning ikki yoki undan ortiq til birliklari orqali ifodalanishi bilan xarakterlanadi2. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy terminlar sinonimiyasi va leksik variativligi ilk bor teng hajmdagi qiyosiy korpus asosida empirik jihatdan tahlil qilindi. O‘zbek tibbiy matnlarida tavsifiy va izohli birliklarning terminologik birliklarga nisbatan yuqori chastotada qo‘llanishi statistik ma’lumotlar bilan asoslandi. Shuningdek, inglizcha me’yoriy terminlarning o‘zbek tilidagi funksional jihatdan ustuvor muqobillari aniqlanib, ularning ilmiy va klinik kontekstlarda qo‘llanish chegaralari aniqlashtirildi. Ingliz tilidagi tibbiy terminologiya tarixan lotin va yunon tillari asosida shakllangan bo‘lib, xalqaro miqyosda me’yorlashtirilgan terminlar tizimiga ega. Terminologik tizimda sinonimiyaning mavjudligi til taraqqiyotining muhim belgilaridan biridir3. O‘zbek tibbiy terminologiyasi esa asosan tarjima jarayonlari orqali boyib borayotgan, rivojlanish bosqichidagi tizim hisoblanadi. Natijada, bir inglizcha termin o‘zbek tilida bir nechta sinonimik yoki tavsifiy variantlar orqali ifodalanadi. Bu holat tibbiy matnlar korpusida variativlikning kuchayishiga olib keladi. Tibbiy terminlar aniqlik va bir ma’nolilikni talab qiluvchi maxsus leksik birliklardir4. Qiyosiy tahlil tillar o‘rtasidagi umumiylik va farqlarni aniqlashga xizmat qiladi 5. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi ingliz–o‘zbek tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va variativlikni qiyosiy o‘rganish, ularning funksional xususiyatlarini aniqlash hamda tibbiy tarjimada termin tanlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish zarurati bilan belgilanadi.

Yo‘ldoshev M. Matn va uning lingvistik tahlili. – Toshkent: Fan, 2008. – 198 bet. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Fan, 2002. – 176 bet. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet, 2006. – 412 bet. Ismoilov I. Tibbiy terminologiya asoslari. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi nashriyot, 2015. – 256 bet. Abduazizov A. Qiyosiy tilshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2010. – 304 bet.

TADQIQOT METODOLOGIYASI Tadqiqot korpus lingvistikasi tamoyillariga asoslangan bo‘lib, qiyosiy-tavsifiy va funksional tahlil metodlari bilan uyg‘unlashtirilgan. Tadqiqot materiali sifatida ingliz tilidagi ilmiy tibbiy maqolalar, klinik hisobotlar, annotatsiyalar hamda o‘zbek tilidagi tibbiy darsliklar, ilmiy maqolalar va tarjima qilingan klinik matnlardan iborat maxsus korpus shakllantirildi. Metodologik jarayonda quyidagi bosqichlar amalga oshirildi: birinchidan, tibbiy terminlar va ularning sinonimik variantlari aniqlandi; ikkinchidan, ushbu birliklar terminologik va tavsifiy guruhlarga ajratildi; uchinchidan, kontekstual tahlil orqali sinonimlarning semantik va pragmatik funksiyalari belgilandi; to‘rtinchidan, inglizcha birliklar bilan o‘zbekcha muqobillar qiyosiy jihatdan tahlil qilindi. Shuningdek, korpus ma’lumotlari asosida sinonimik birliklarning qo‘llanish chastotasi va uslubiy xususiyatlari aniqlanib, statistik kuzatishlar olib borildi. Ushbu tadqiqot doirasida ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlardan tashkil topgan maxsus qiyosiy korpus shakllantirildi. Ingliz tilidagi korpus hajmi 528 460 so‘zdan iborat bo‘lib, u 2011–2024-yillarda nashr etilgan ilmiy tibbiy maqolalar, klinik tadqiqotlar va tibbiy annotatsiyalar asosida tuzildi. O‘zbek tilidagi korpus esa 417 230 so‘zdan tashkil topgan bo‘lib, zamonaviy tibbiy darsliklar, ilmiy maqolalar va rasmiy tarjima qilingan klinik hujjatlarni o‘z ichiga oladi. Korpus materiallari 56% inglizcha va 44% o‘zbekcha matnlardan iborat bo‘lib, qiyosiy tahlil uchun muvozanatli empirik baza yaratildi. Sinonimik birliklarning aniqlanishi va chastotaviy tahlili Sketch Engine va AntConc dasturlari yordamida amalga oshirildi. Maqolada terminologik birliklar yagona shaklda qo‘llanilib, inglizcha terminlar kursivda, qisqartmalar esa birinchi marta uchraganda to‘liq shaklda izohlandi. NATIJALAR Tadqiqot jarayonida jami 137 ta tibbiy termin va ularning 412 ta real kontekstual qo‘llanish holati tahlil qilindi. Har bir termin ingliz va o‘zbek korpuslarida kamida uch xil kontekstda o‘rganildi. Terminlar asosan kardiologiya, endokrinologiya, pulmonologiya va umumiy terapiya sohalaridan tanlab olindi. Bu holat tadqiqotning empirik bazasini kengaytirish va natijalarning ishonchliligini ta’minlash imkonini berdi. Tadqiqot natijalari ingliz tibbiy matnlarida sinonimiya nisbatan cheklangan va asosan terminologik darajada namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. Variantlilik til birliklarining shakl va ifoda jihatidan farqlanishi bilan izohlanadi6. Masalan, disease, illness va disorder terminlari bir qarashda sinonim bo‘lib ko‘rinsa-da, klinik kontekstda ularning qo‘llanish sohasi va semantik chegaralari aniq farqlanadi. Bu terminlar ingliz tibbiy korpusida qat’iy kontekstual cheklovlar asosida ishlatiladi. O‘zbek tibbiy matnlar korpusida esa sinonimiya va leksik variativlik ancha kengroq ko‘lamda kuzatiladi. Leksik sinonimiya tilning ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi7. Yuqoridagi inglizcha birliklar o‘zbek tilida kasallik, xastalik, kasallik holati, organizm faoliyatining buzilishi kabi bir nechta variantlar orqali ifodalanadi. Bu holat terminologik barqarorlikning yetarli darajada shakllanmaganini ko‘rsatadi. Shuningdek, hypertension terminining arterial gipertenziya, gipertoniya va qon bosimining oshishi shakllarida parallel qo‘llanilishi o‘zbek tibbiy matnlarida variativlikning tipik namunasi

Madvaliyev A. (tahr.) O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 5 jildlik, 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. – 680 bet. Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 270 bet.

sifatida aniqlandi. Korpus ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz tilidagi disease termini 1 468 marta, illness 892 marta va disorder 1 014 marta qo‘llangan. O‘zbek korpusida esa mos ravishda kasallik 1 842 marta, xastalik 671 marta va buzilish 549 marta qayd etildi. Ushbu chastotaviy ko‘rsatkichlar sinonimik birliklarning funksional ustuvorligini aniqlashga imkon berdi hamda leksik variativlikning miqdoriy jihatdan mavjudligini tasdiqladi. TAHLIL Olingan natijalar asosida shuni ta’kidlash mumkinki, ingliz tilidagi tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashgan bo‘lib, sinonimiya ko‘proq terminlararo nozik semantik farqlar orqali namoyon bo‘ladi. Ilmiy matnlarda terminlarning izchil va me’yoriy qo‘llanishi muhim ahamiyatga ega8. Bunday holat tibbiy axborotning aniqligi va professional darajada uzatilishini ta’minlaydi. O‘zbek tilida esa sinonimiya va variativlik asosan tarjima jarayonlari, izohli yondashuv va terminlarning ommalashtirilishi bilan bog‘liq holda shakllanadi. Bir terminning bir nechta variantda qo‘llanishi matnni keng auditoriya uchun tushunarli qilsa-da, ilmiy aniqlik nuqtayi nazaridan muayyan muammolarni yuzaga keltiradi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek tibbiy korpusida sinonimiya ko‘pincha terminologik me’yorlash yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu holat tibbiy tarjimada noaniqlik va semantik siljishlarga sabab bo‘lishi mumkin. MUHOKAMA Korpus lingvistikasi tushunchasi va metodologik asoslari Biber (1998) hamda McEnery va Hardie (2012) tadqiqotlariga tayangan holda izohlanadi. Terminologik variativlik masalalari Cabré (1999) qarashlari asosida talqin qilinadi, maxsus korpuslardan tarjima jarayonida foydalanish esa Bowker va Pearson (2002) ishlariga tayanib asoslanadi. Tadqiqot natijalari tibbiy terminologiyani korpus asosida me’yorlashtirish zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi. Ingliz tilidagi qat’iy terminologik tizim tajribasidan kelib chiqib, o‘zbek tilida ham standart variantlarni belgilash va ularni ilmiy hamda amaliy matnlarda izchil qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Sinonimiya va variativlikni to‘liq inkor etish mumkin emas, biroq ularning funksional chegaralarini aniqlash zarur. Ayniqsa, klinik hujjatlar va ilmiy maqolalarda tavsifiy birliklardan ko‘ra me’yoriy terminlardan foydalanish tibbiy axborotning aniqligini oshiradi. Mazkur tadqiqot natijalari tibbiy tarjimonlar, terminologlar va maxsus lug‘at tuzuvchilar uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, kelgusida tibbiy matnlar korpusini kengaytirish va avtomatlashtirilgan terminologik tizimlarni yaratish uchun nazariy zamin yaratadi. XULOSA Tadqiqot natijalari ingliz va o‘zbek tillaridagi tibbiy matnlar korpusida sinonimiya va leksik variativlikning qiyosiy xususiyatlarini aniqlash imkonini berdi. Ingliz tilida tibbiy terminologiya yuqori darajada standartlashgan bo‘lsa, o‘zbek tibbiy matnlarida tavsifiy va izohli birliklar faol qo‘llanilishi kuzatildi. Olingan natijalar tibbiy tarjima sifatini oshirish, terminologik me’yorlash hamda maxsus lug‘atlar yaratishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Kelgusida tadqiqotni kengroq ko‘p tilli tibbiy korpus asosida davom ettirish istiqbolli yo‘nalish sifatida belgilandi.

Qosimov S. Ilmiy matn va terminologiya. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 224 bet.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: Fan, 2002. – 176 bet.
  2. Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Universitet, 2006. – 412 bet.
  3. Yo‘ldoshev M. Matn va uning lingvistik tahlili. – Toshkent: Fan, 2008. – 198 bet.
  4. Ismoilov I. Tibbiy terminologiya asoslari. – Toshkent: Ibn Sino nomidagi nashriyot, 2015. – 256 bet.
  5. Madvaliyev A. (tahr.) O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 5 jildlik, 1-jild. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. – 680 bet.
  6. Qosimov S. Ilmiy matn va terminologiya. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – 224 bet.
  7. Abduazizov A. Qiyosiy tilshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2010. – 304 bet.
  8. Tursunov U., Muxtorov J. Hozirgi o‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1992. – 270 bet.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013214
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1903
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
68–72
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11