Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KREATIV PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI

Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qiziQo‘qon universiteti, Ta‘lim kafedrasi o‘qituvchisi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 93–96

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kreativ pedagogik tafakkurning mazmuni va tuzilishi, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar hamda pedagogik modelning asosiy komponentlari yoritilgan. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan pedagogik model bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ fikrlashi, pedagogik tashabbuskorligi va kasbiy kompetensiyasini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari maktabgacha ta‘lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyatga ega.

Boshqa tillarda

ruschaПЕДАГОГИЧЕСКАЯ МОДЕЛЬ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ

В данной статье представлена педагогическая модель развития творческого педагогического мышления у будущих педагогов, основанная на научных, теоретических и практических принципах. Исследование охватывает содержание и структуру творческого педагогического мышления, инновационные подходы к его развитию, а также основные компоненты педагогической модели. В эмпирическом исследовании использовались методы анкетирования, наблюдения и педагогического эксперимента-тестирования. Результаты исследования показали, что разработанная педагогическая модель эффективно развивает творческое мышление, педагогическую инициативу и профессиональную компетентность будущих педагогов. Результаты исследования имеют практическое значение в процессе подготовки специалистов в области дошкольного образования.

inglizchaA PEDAGOGICAL MODEL OF DEVELOPING CREATIVE PEDAGOGICAL THINKING IN FUTURE EDUCATORS

This article provides a scientific-theoretical and practical substantiation of a pedagogical model for developing creative pedagogical thinking in future preschool teachers. The study describes the content and structure of creative pedagogical thinking, the innovative approaches that serve its development and the main components of the pedagogical model. In the empirical research, questionnaire, observation and pedagogical experiment-testing methods were used. The results of the research showed that the pedagogical model developed effectively develops the creative thinking, the pedagogical initiative and the professional competence of future preschool teachers. The results of this research are of practical importance in the process of training specialists in the field of preschool education.

Kalit so‘zlar

  • bo‘lajak tarbiyachi
  • kreativ pedagogik tafakkur
  • pedagogik model
  • innovatsion yondashuv
  • kreativ kompetensiya
  • pedagogik faoliyat
  • maktabgacha ta‘lim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KREATIV PEDAGOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MODELI Boymirzayeva Shahnoza Olimjon qizi Qo‘qon universiteti, Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Orcid: https://orcid.org/0009-00017868-7602 E-mail: boymirzayevashahnoza98@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18198341 Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning pedagogik modeli ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslangan. Tadqiqotda kreativ pedagogik tafakkurning mazmuni va tuzilishi, uni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlar hamda pedagogik modelning asosiy komponentlari yoritilgan. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan pedagogik model bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ fikrlashi, pedagogik tashabbuskorligi va kasbiy kompetensiyasini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Mazkur tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash jarayonida amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: bo‘lajak tarbiyachi, kreativ pedagogik tafakkur, pedagogik model, innovatsion yondashuv, kreativ kompetensiya, pedagogik faoliyat, maktabgacha ta’lim

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ МОДЕЛЬ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОГО ПЕДАГОГИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ У БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ. Аннотация: В данной статье представлена педагогическая модель развития творческого педагогического мышления у будущих педагогов, основанная на научных, теоретических и практических принципах. Исследование охватывает содержание и структуру творческого педагогического мышления, инновационные подходы к его развитию, а также основные компоненты педагогической модели. В эмпирическом исследовании использовались методы анкетирования, наблюдения и педагогического эксперимента-тестирования. Результаты исследования показали, что разработанная педагогическая модель эффективно развивает творческое мышление, педагогическую инициативу и профессиональную компетентность будущих педагогов. Результаты исследования имеют практическое значение в процессе подготовки специалистов в области дошкольного образования. Ключевые слова: будущий педагог, творческое педагогическое мышление, педагогическая модель, инновационный подход, творческая компетентность, педагогическая деятельность, дошкольное образование

PEDAGOGICAL MODEL FOR DEVELOPING CREATIVE PEDAGOGICAL THINKING IN FUTURE EDUCATORS Abstract: This article presents a pedagogical model for developing creative pedagogical thinking in future educators based on scientific, theoretical and practical grounds. The study covers the content and structure of creative pedagogical thinking, innovative approaches to its development, and the main components of the pedagogical model. In the empirical research process, questionnaire, observation, and pedagogical experimental-testing methods were used. The results of the study showed that the developed pedagogical model effectively develops creative

thinking, pedagogical initiative, and professional competence of future educators. The results of this study are of practical importance in the process of training specialists in preschool education. Keywords: future educator, creative pedagogical thinking, pedagogical model, innovative approach, creative competence, pedagogical activity, preschool education

KIRISH Zamonaviy maktabgacha ta’lim tizimi ta’lim-tarbiya jarayonini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishni, tarbiyachilardan esa yuqori darajadagi kasbiy kompetensiya va kreativ pedagogik tafakkurni talab etmoqda. Bugungi globallashuv va ta’lim sohasidagi islohotlar sharoitida maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadigan tarbiyachilarning innovatsion fikrlashi, muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashuvi hamda bolalarning individual rivojlanish ehtiyojlarini inobatga olgan holda pedagogik faoliyatni tashkil eta olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kreativ pedagogik tafakkur tarbiyachining kasbiy faoliyatida yangi g‘oyalar ishlab chiqish, pedagogik vaziyatlarni samarali hal etish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish qobiliyatlarini namoyon etadi. Shu bois bo‘lajak tarbiyachilarni tayyorlash jarayonida ularning kreativ pedagogik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish pedagogik ta’limning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirish ko‘pincha alohida mashg‘ulotlar yoki epizodik faoliyat doirasida amalga oshirilmoqda. Bu esa mazkur jarayonning tizimli va izchil rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Shu sababli bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan yaxlit pedagogik modelni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish dolzarb ilmiy-pedagogik muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning pedagogik modelini ishlab chiqish va uning samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqot doirasida kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlanib, ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yo‘llari belgilab beriladi. ASOSIY QISIM Kreativ pedagogik tafakkur – tarbiyachining pedagogik vaziyatlarni yangi, samarali va noodatiy yondashuvlar orqali hal qilish qobiliyati, shuningdek, ta’lim jarayonini innovatsion asosda tashkil etishdir. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ tafakkur rivojlangan bo‘lsa, ular bolalar bilan ishlashda ijodiy usullarni qo‘llash, innovatsion loyihalarni yaratish va pedagogik qarorlarni mustaqil qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydi. Kreativ tafakkurning rivojlanishi nafaqat tarbiyachining shaxsiy rivojlanishi, balki ta’lim sifatining oshishiga ham xizmat qiladi. Shu sababli bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurini shakllantirish – pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan mutaxassislarni tayyorlashning ustuvor vazifasi hisoblanadi. Pedagogik adabiyotlarda kreativ tafakkurni rivojlantirishda quyidagi yondashuvlar muhim ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan: Innovatsion yondashuvlar – yangi pedagogik texnologiyalar, loyiha asosida o‘qitish, muammoli vaziyatlardan foydalanish; Kompetensiyaviy yondashuv – kreativlikni kasbiy kompetensiyalar bilan uyg‘unlashtirish; Refleksiv yondashuv – o‘z faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish orqali kreativ tafakkurini rivojlantirish.

Nazariy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yuqoridagi yondashuvlarni uyg‘unlashtirish bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni tizimli rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot doirasida bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirish uchun quyidagi pedagogik model ishlab chiqildi: Maqsadli komponent – tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish; Mazmuniy komponent – innovatsion o‘quv materiallari, loyiha va dizayn topshiriqlari, muammoli vaziyatlar; Faoliyatli komponent – loyiha asosida o‘qitish, interaktiv mashg‘ulotlar, guruhli va individual ijodiy faoliyat; Baholash-refleksiv komponent – kreativ tafakkur darajasini aniqlash, o‘z-o‘zini baholash va tahlil qilish. Mazkur model bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarning ijodiy faolligi va pedagogik tashabbuskorligini sezilarli darajada oshirdi. Bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirish jarayonida quyidagi innovatsion metodlardan foydalanildi: Loyiha asosida o‘qitish – talabalarga mustaqil ijodiy mahsulot yaratish imkonini beradi; Muammoli vaziyatlar – noodatiy yechimlar topish va pedagogik qarorlarni mustaqil qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi; Interaktiv metodlar – “dizayn fikrlash”, “aqliy hujum” va guruhli mashg‘ulotlar talabalarning kreativ faolligini rag‘batlantiradi; Refleksiv mashg‘ulotlar – o‘z ish faoliyatini tahlil qilish va takomillashtirish orqali tafakkur rivojlanadi. Tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, mazkur innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ tafakkurini sezilarli darajada oshirdi. Pedagogik tajriba davomida bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ pedagogik tafakkurini rivojlantirishning samaradorligi aniqlanib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari taqqoslandi. Kuzatuv va so‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatdiki, tajriba guruhidagi talabalarda kreativ tafakkur, pedagogik tashabbuskorlik va ijodiy faoliyat ko‘rsatkichlari nazorat guruhiga nisbatan yuqori bo‘ldi. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bo‘lajak tarbiyachilarda kreativ pedagogik tafakkurni rivojlantirishning ishlab chiqilgan pedagogik modeli pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida samarali qo‘llanishi mumkin. Tadqiqot davomida modelning maqsadli, mazmuniy, faoliyatli va baholash-refleksiv komponentlari o‘zaro uzviy bog‘liq holda talabalarning kreativ fikrlash, pedagogik tashabbuskorlik va ijodiy faollik darajasini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilgani aniqlandi. Pedagogik tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, loyiha asosida o‘qitish, muammoli vaziyatlar va interaktiv metodlarni qo‘llash bo‘lajak tarbiyachilarning kreativ pedagogik tafakkurini shakllantirishda an’anaviy yondashuvlarga nisbatan yuqori samaradorlikka ega. Bu esa pedagogik modelning nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatini tasdiqlaydi. Shuningdek, ishlab chiqilgan pedagogik model bo‘lajak tarbiyachilarni ta’lim jarayonida tizimli va izchil rivojlantirishga, innovatsion va kreativ fikrlovchi mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari maktabgacha ta’lim yo‘nalishida pedagogik faoliyat sifatini

oshirish, talabalarning kreativ va innovatsion salohiyatini rivojlantirishga ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Axmedova D.S. Pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar. – Toshkent: “O‘zbekiston”, 2021.
  2. Nosirova Z.Z., Qodirova M.K. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.
  3. Raxmonqulova G. Pedagogik innovatsiyalar asoslari. – Toshkent: “Ilm Ziyo”, 2019.
  4. qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. GOLDEN BRAIN, 2(7), 48-52.
  5. Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION YONDASHUVNING USLUBIY ASOSLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Наука и инновация, 1(6), 128-129.
  6. qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BO ‘LAJAK TARBIYACHINING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH. GOLDEN BRAIN, 2(7), 41-47.
  7. Orinova, F., & Turdaliyeva, N. (2025). DEVELOPING CREATIVE THINKING THROUGH HANDICRAFT FOR PRESCHOOL CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1610-1616.
  8. Turdaliyeva, N., & Mamadjonova, D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA IJODIY O’YINLARDAN FOYDALANISH. Nordic_Press, 5(0005)
  9. Nurjahon, T. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QOL MEHNATINI RIVOJLANTIRISH. University Research Base, 456-460.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013220
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1909
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
93–96
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11