YOSH GANDOLCHILARNI JAMOAVIY HUJUM TEXNIKASIGA O‘RGATISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH
Usanova Durdona Xusan qiziSamarqand pedagogika instituti magistri2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 127–131
Annotatsiya
ushbu maqolada yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda innovatsion pedagogik va texnologik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Zamonaviy raqamli vositalar, interaktiv mashg‘ulotlar, videotalqinlar va modulli o‘quv metodlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari innovatsion metodlar yosh sportchilarning taktik fikrlashi, o‘yin tezligi va jamoaviy hamkorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ ЮНЫХ ГАНДБОЛИСТОВ ТЕХНИКЕ КОМАНДНОЙ АТАКИ
в данной статье рассматривается использование инновационных педагогических и технологических методов в обучении юных гандболистов командной технике нападения. Анализируется эффективность цифровых средств, интерактивных тренировок, видеоанализа и модульного обучения. Результаты исследования показывают, что инновационные методы существенно улучшают тактическое мышление, скорость игры и командное взаимодействие молодых спортсменов.
inglizchaTHE USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING YOUNG HANDBALL PLAYERS THE TECHNIQUE OF TEAM ATTACK
This article describes the use of innovative pedagogical and technological approaches in teaching young handball players the technique of team attack. The effectiveness of modern digital tools, interactive training sessions, video analyses and modular teaching methods is analysed. The results of the research show that innovative methods significantly increase the tactical thinking, the speed of play and the team cooperation indicators of young athletes.
Kalit so‘zlar
- yosh gandbolchilar
- jamoaviy hujum
- innovatsion usullar
- raqamli texnologiyalar
- taktik tayyorgarlik
- interaktiv mashg‘ulotlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
YOSH GANDOLCHILARNI JAMOAVIY HUJUM TEXNIKASIGA O‘RGATISHDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH Usanova Durdona Xusan qizi Samarqand pedagogika instituti magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.18054086 Annotatsiya: ushbu maqolada yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda innovatsion pedagogik va texnologik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Zamonaviy raqamli vositalar, interaktiv mashg‘ulotlar, videotalqinlar va modulli o‘quv metodlarining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari innovatsion metodlar yosh sportchilarning taktik fikrlashi, o‘yin tezligi va jamoaviy hamkorlik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: yosh gandbolchilar, jamoaviy hujum, innovatsion usullar, raqamli texnologiyalar, taktik tayyorgarlik, interaktiv mashg‘ulotlar.
ПРИМЕНЕНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ МОЛОДЫХ ГАНДБОЛИСТОВ ТЕХНИКЕ КОМАНДНОЙ АТАКИ Дурдона Хусановна Усанова Магистр Самаркандского педагогического института Аннотация: в данной статье рассматривается использование инновационных педагогических и технологических методов в обучении юных гандболистов командной технике нападения. Анализируется эффективность цифровых средств, интерактивных тренировок, видеoанализа и модульного обучения. Результаты исследования показывают, что инновационные методы существенно улучшают тактическое мышление, скорость игры и командное взаимодействие молодых спортсменов. Ключевые слова: юные гандболисты, командное нападение, инновационные методы, цифровые технологии, тактическая подготовка, интерактивные тренировки.
THE USE OF INNOVATIVE METHODS IN TEACHING TEAM ATTACK TECHNIQUE TO YOUNG HANDBALL PLAYERS Durdona Khusanovna Usanova Master of Samarkand Pedagogical Institute Annotation: this article explores the application of innovative pedagogical and technological methods in teaching young handball players the techniques of team offense. The effectiveness of digital tools, interactive training sessions, video analysis, and modular teaching methods is examined. Research findings indicate that innovative approaches significantly enhance young athletes’ tactical thinking, game speed, and team cooperation. Key words: young handball players, team attack, innovative methods, digital technologies, tactical training, interactive training sessions.
KIRISH Bugungi kunda sport ta’limi va murabbiylik jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yosh sportchilarni tizimli va samarali tayyorlashda muhim omilga aylanmoqda. Ayniqsa, gandbolda jamoaviy hujum texnikasini egallash o‘yin natijasini belgilovchi asosiy tarkibiy qism hisoblanadi. An’anaviy mashg‘ulot metodlari ko‘p hollarda yosh o‘yinchilarning taktik fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish va jamoada o‘zaro harakat qilish ko‘nikmalarini to‘liq
shakllantira olmaydi. Shu bois raqamli texnologiyalar, interaktiv mashg‘ulotlar, videoanaliz, simulyatsiya va modulli o‘qitish kabi innovatsion yondashuvlar ta’lim jarayonida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur mavzuning dolzarbligi shundaki, innovatsion metodlardan foydalanish yosh gandbolchilarning jamoaviy hujumdagi harakatlarini takomillashtirish, o‘yin samaradorligini oshirish va zamonaviy sport talablariga mos raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash imkonini beradi. Gandbol sport turi jamoaviy o‘yinlar orasida o‘zining dinamikligi, yuqori tezlikda qaror qabul qilish talabi va texnik-taktik murakkabligi bilan ajralib turadi. Yosh gandbolchilarni tayyorlash jarayonida hujum taktikasini o‘rgatish murabbiylardan didaktik yondashuvning yangilangan shakllarini qo‘llashni talab qiladi. Bugungi kunda dunyo sport maktablari va akademiyalarida innovatsion trening texnologiyalaridan foydalanish keng ommalashib bormoqda. Xususan, interaktiv mashqlar, raqamli o‘quv platformalari, dronlar va videoanaliz vositalari, virtual simulyatorlar hamda o‘yin modellari yosh sportchilarning o‘yin jarayonini chuqurroq tushunishiga yordam bermoqda. ASOSIY QISM Jamoaviy hujum texnikasi gandbolda o‘yin samaradorligining markaziy ko‘rsatkichi bo‘lib, unda tezkor uzatmalar, bo‘sh zonalarni topish, kombinatsiyalarni bajarish va jamoadoshlar bilan moslashuvchan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Ushbu jarayonni samarali tashkil etish uchun zamonaviy innovatsion metodlardan foydalanish nafaqat o‘quv mashg‘ulotlarining sifatini oshiradi, balki yosh sportchilarning taktik tafakkurini kengaytiradi hamda ular o‘yin vaziyatiga mos ravishda tez va to‘g‘ri qaror qabul qilishni o‘rganadilar. Shu nuqtayi nazardan, mazkur tadqiqot yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda innovatsion usullardan foydalanishning pedagogik asoslarini o‘rganish, ularning samaradorligini tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga qaratilgan. Ushbu tadqiqot davomida yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda innovatsion usullarning samaradorligini aniqlash maqsadida bir qator ilmiy-metodik yondashuvlardan foydalanildi. Avvalo, mavzu bo‘yicha mavjud ilmiy manbalar, xorijiy tajribalar va sport pedagogikasiga oid nazariy qarashlar chuqur o‘rganilib, nazariy tahlil amalga oshirildi. Tadqiqot jarayonida mashg‘ulotlar davomida pedagogik kuzatuv metodi qo‘llanib, gandbolchilarning jamoaviy hujumdagi texnik va taktik harakatlari, innovatsion vositalarning o‘quv jarayoniga ta’siri muntazam qayd etib borildi. Eksperimental metod asosida ishtirokchilar tajriba va nazorat guruhlariga bo‘lindi: tajriba guruhida videoanaliz, interaktiv mashqlar, raqamli texnologiyalar hamda modulli o‘qitish kabi innovatsion usullar joriy etildi, nazorat guruhida esa an’anaviy mashg‘ulot usullari davom ettirildi. Olingan natijalarni baholash uchun maxsus testlar, diagnostik topshiriqlar va videoanalizlardan foydalanilib, o‘yin jarayonidagi tezkor qaror qabul qilish, kombinatsiyalarni bajarish aniqligi va jamoaviy harakatlarning uyg‘unligi o‘lchandi. Shuningdek, murabbiylar va sportchilar bilan suhbatlar hamda anketalardan foydalanilib, innovatsion usullarning qulayligi va samaradorligi borasidagi subyektiv fikrlar yig‘ildi. Yakuniy bosqichda eksperimental natijalar matematik-statistik tahlil usullari yordamida qayta ishlanib, innovatsion texnologiyalarning ta’sir darajasi aniqlandi. 1-jadval. Yosh gandbolchilar uchun 1 yillik mashqlar dasturi jadvali Oy Bosqich Maqsad Mashqlar majmuasi Tayyorlov Jismoniy - To‘psiz koordinatsion mashqlar (zig-zag, agility 1–2 bosqichi tayyorgarlik, ladder)
koordinatsiya, - To‘pni boshqarish mashqlari (yerga urib boshlang‘ich boshqarish, dribling) to‘p bilan - Kuch va chidamlilik mashqlari (jump-squat, ishlash plank) - Reaksiya mashqlari (signal bo‘yicha harakat) - Uzatma mashqlari (juftlikda, uchburchak Hujum kombinatsiyasi) texnikasini Texnik - Chalg‘ituvchi harakatlar (fintlar, yo‘nalish 3–5 o‘rgatish: tayyorgarlik almashtirish) uzatma, qabul, - Harakatda to‘p bilan yurish tashlash - Tashlash mashqlari (o‘rinda va harakatda) Jamoa - 2x2 hujum mashqlari Jamoaviy uyg‘unligi, - 3x3 kombinatsiyalari (“devorcha”, “kesib o‘tish”) 6–9 hujum bo‘sh zonalarni - 4x4 jamoaviy hujum mashqlari mashqlari topish, - Bo‘sh zonani topish mashqlari kombinatsiyalar Innovatsion - Videoanaliz mashqlari texnologiya Samaradorlik va - Virtual simulyator mashqlari 1–12 ga taktika rivoji - Sensorli belgilar mashqlari asoslangan - Dron/ustki kamera bilan tahlil mashqlar - 5x5 va 6x6 o‘yin mashqlari O‘yin - Bosim ostida qaror qabul qilish mashqlari Yakuniy holatlariga mos 10–12 - Tez hujum (kontraataqa) bosqich hujum, taktika - Murakkab kombinatsiyalar (fint + bo‘sh zona + va strategiya uzatma + tashlash)
Ushbu 1 yillik mashqlar dasturi yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda tizimli va bosqichma-bosqich yondashuvni ta’minlaydi. Dastur oyma-oy reja asosida tuzilgan bo‘lib, har bir bosqichning maqsadi va mashqlari aniq belgilangan. Tayyorlov bosqichi (1–2 oy) jismoniy tayyorgarlik, koordinatsiya va boshlang‘ich to‘p bilan ishlashga qaratilgan. Ushbu bosqichda o‘yinchilarga to‘psiz koordinatsion mashqlar, dribling va to‘pni boshqarish, kuch va chidamlilik mashqlari, shuningdek, reaksiyani rivojlantiruvchi mashqlar bajariladi. Texnik tayyorgarlik bosqichi (3–5 oy) asosiy hujum texnikasini shakllantirishga mo‘ljallangan. Bu bosqichda uzatma va qabul mashqlari, chalg‘ituvchi harakatlar, harakatda to‘p bilan yurish va tashlash mashqlari bajariladi. Mashqlar kombinatsiyasi o‘yin jarayonida aniqlik va tezlikni rivojlantirishga yordam beradi. Jamoaviy hujum mashqlari (6–9 oy) jamoaviy uyg‘unlik, bo‘sh zonalarni topish va kombinatsiyalarni bajarishga qaratilgan. Bu bosqichda 2x2, 3x3 va 4x4 kombinatsiyali mashqlar, bo‘sh zonani topish mashqlari o‘tkaziladi. Mashqlar o‘yinchilarning hamkorlik va taktik tafakkurini rivojlantiradi. Innovatsion texnologiyaga asoslangan mashqlar (yil davomida) videoanaliz, virtual simulyatorlar, sensorli belgilash va dron kuzatuvi orqali mashg‘ulot samaradorligini oshirishga
xizmat qiladi. Ushbu mashqlar yil davomida barcha bosqichlarga integratsiyalashgan holda qo‘llaniladi va o‘yinchilarning taktika va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Yakuniy bosqich (10–12 oy) o‘yin holatlariga mos jamoaviy hujumni takomillashtirish, murakkab kombinatsiyalarni bajarish va tez hujum texnikasini rivojlantirishga qaratilgan. Bu bosqichda 5x5 va 6x6 o‘yin mashqlari, bosim ostida qaror qabul qilish, tez hujum va murakkab kombinatsiyalar mashqlari bajariladi. Umuman olganda, dastur oyma-oy tuzilishi bilan o‘quv-mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish, mashg‘ulotlarni tizimli bajarish va natijalarni monitoring qilish imkonini beradi. Har bir bosqich maqsadga muvofiq mashqlar majmuasini o‘z ichiga oladi va jamoaviy hujum texnikasini rivojlantirish, taktika, tezlik va koordinatsiyani oshirishga xizmat qiladi.
2-jadval. Yosh gandbolchilar uchun baholash mezoni va me’yorlari Baholash mezoni Me’yor / Ko‘rsatkichlar - Tezlik: 20 m yugurish vaqti ≤ 4,5 s - Chidamlilik: 6 daqiqalik yugurishda ≥ 1,2 km Jismoniy tayyorgarlik - Kuch: plank pozitsiyasida ≥ 60 s - Koordinatsiya: konuslar orasida to‘p bilan yugurishda xatolar ≤ 2 - Dribling aniqligi: xatolar ≤ 3/10 - Uzatma aniqligi: muvaffaqiyat ≥ 80% To‘p bilan ishlash (dribling, - Qabul aniqligi: muvaffaqiyat ≥ 85% uzatma, qabul, tashlash) - Tashlash aniqligi va kuchi: darvozaga tegish ehtimoli ≥ 75% - Hujum kombinatsiyasini bajarish aniqligi ≥ 80% Jamoaviy uyg‘unlik va - Bo‘sh zonani topish muvaffaqiyati ≥ 70% kombinatsiya - Jamoa uyg‘unligi bahosi (murabbiy 1–5 ball) ≥ 4 - Qaror qabul qilish tezligi: 2–3 s ichida - To‘g‘ri qaror qabul qilish ehtimoli ≥ 75% Taktik qaror qabul qilish - Innovatsion mashqlarda qaror qabul qilish aniqligi ≥ 80% - Jamoaviy hujum samaradorligi ≥ 70% O‘yin samaradorligi - Tez hujum muvaffaqiyati ≥ 65% - Murakkab kombinatsiya bajarish aniqligi ≥ 75%
Ushbu baholash tizimi yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda mashg‘ulot samaradorligini aniqlash va o‘yinchilarning malakasini tizimli ravishda baholashga xizmat qiladi. Baholash mezonlari o‘yinchilarning qaysi jihatini aniqlash uchun ishlatilishini belgilaydi, me’yorlar esa har bir mezon bo‘yicha minimal yoki optimal natijalarni ko‘rsatadi. Jismoniy tayyorgarlik mezoni o‘yinchilarning tezlik, chidamlilik, kuch va koordinatsiya kabi ko‘nikmalarini baholashga xizmat qiladi. Masalan, 20 metr yugurish vaqti, plank pozitsiyasida turish davomiyligi va konuslar orasida to‘p bilan yurishdagi xatolar soni me’yor sifatida olinadi. To‘p bilan ishlash mezoni dribling, uzatma, qabul va tashlash aniqligini o‘lchashga imkon beradi. Har bir ko‘rsatkichning minimal yoki optimal darajasi belgilangan, masalan, uzatma aniqligi ≥ 80% yoki tashlash ehtimoli ≥ 75%.
Jamoaviy uyg‘unlik va kombinatsiya mezoni o‘yinchilarning jamoa bilan uyg‘un ishlashini, bo‘sh zonalarni aniqlash va kombinatsiyalarni bajarish qobiliyatini baholaydi. Ushbu mezon murabbiy tomonidan ballar berish yoki muvaffaqiyat foizlari orqali ifodalanadi. XULOSA Ushbu tadqiqot yosh gandbolchilarni jamoaviy hujum texnikasiga o‘rgatishda innovatsion usullardan foydalanishning samaradorligini o‘rganishga qaratildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulotlarni bosqichma-bosqich, tizimli reja asosida olib borish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash (videoanaliz, dron kuzatuvi, virtual simulyatorlar, sensorli belgilar) o‘yinchilarning texnik va taktika ko‘nikmalarini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqot davomida ishlab chiqilgan boyitilgan mashqlar dasturi quyidagi afzalliklarni berdi: Jismoniy tayyorgarlik va koordinatsiyani mustahkamlash; To‘p bilan ishlash – uzatma, qabul, tashlash va dribling aniqligini oshirish; Jamoaviy uyg‘unlik va bo‘sh zonalarni topish qobiliyatini rivojlantirish; Taktik fikrlash va tez qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash; O‘yin samaradorligini oshirish va murakkab kombinatsiyalarni bajarish qobiliyatini shakllantirish. Shuningdek, har bir mashg‘ulot bosqichi uchun alohida baholash mezonlari va me’yorlarini ishlab chiqish, murabbiylarga o‘yinchilarning rivojlanishini tizimli kuzatish va samaradorlikni aniqlash imkonini berdi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Аkrаmov J.А, Gаndbol: JTI uсhun dаrslik, T. 2 2. Ignаtеvа V.YА. Gаndbol: Uсhеbnik dlyа IFK, M.- FiS, 1982. – 380s.
- Pаvlov SH.K, Аbdurахmаnov F.А, Rахmаnovа M.M. ―Gаndbol‖- o‗quv qo‗llаnmа, 2010y, 32-45b.
- Pаvlov SH.K, Аzizovа R.I, Gаndbol – BO‘SMlаr uсhun dаstur. 2009 y 5. Pаvlov SH.K, Аbdurахmаnov F.А, Podgotovkа gаndbolistov – UzGIFK T.: 2006y, 299s.
- Pаvlov SH.K, Аbdurахmаnov F.А, Аkrаmov J.А, Gаndbol: JTI uсhun dаrslik, 2005 y, 80- 91b.Беляев А. В. Исследoвание тpениpoвoчных и сopевнoвательных нагpyзoк в вoлейбoле: Автopеф. дис. ...канд.пед.наyк. -М., 1974. -28 с.
- Аbdurахmаnov F.А, Lеmеshkov V.А, Livitskiy А.N, Pаvlov SH.K, YАrotskiy YА.I - Podgotovkа gаndbolistov‖ Toshkеnt – 1992. iz. Otd. UzGIFK.
- Ignаtеvа V.YА., Pеtrасhеvа I.V. Mnogolеtnyаyа podgotovkа gаndbolistov v DYUSSH. M: Sovеtskiy sport 2023.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013226
- Nashr sanasi
- 2026-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i12.1915
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 127–131
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11