Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola13.00.00Ochiq kirish

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI QO‘L MEHNATI ASOSIDA IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMI

Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qiziQo‘qon universiteti, Ta‘lim kafedrasi o‘qituvchisi2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 123–126

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining ta‘lim jarayonidagi o‘rni, innovatsion yondashuvlar asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari hamda pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari tahlil qilindi. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini tizimli va innovatsion asosda tashkil etish bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faolligi, mustaqil fikrlashi va kasbiy tayyorgarligini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta‘lim muassasalarida amaliy ahamiyatga ega.

Boshqa tillarda

ruschaПЕДАГОГИЧЕСКА Я СИСТЕМА ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ К ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, ОСНОВАННОЙ НА РУЧНОМ ТРУДЕ

В данной статье рассматривается педагогическая система подготовки будущих учителей к творческой деятельности, основанной на ручном труде, с научной, теоретической и практической точек зрения. В исследовании проанализирована роль занятий по ручному труду в образовательном процессе, механизмы формирования творческих компетенций на основе инновационных подходов, а также структурные компоненты педагогической системы. В эмпирическом исследовании использовались методы анкетирования, наблюдения и педагогического эксперимента-тестирования. Полученные результаты показали, что организация занятий по ручному труду на систематической и инновационной основе эффективно развивает творческую активность, самостоятельное мышление и профессиональную подготовку будущих учителей. Результаты исследования имеют практическое значение для высших учебных заведений, специализирующихся в области педагогики.

inglizchaTHE PEDAGOGICAL SYSTEM OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR CREATIVE ACTIVITY ON THE BASIS OF MANUAL LABOR

This article sets out, from a scientific-theoretical and practical point of view, the pedagogical system for preparing future teachers for creative activity on the basis of manual labour. The study analysed the place of manual-labour classes in the educational process, the mechanisms of forming creative competencies on the basis of innovative approaches and the structural components of the pedagogical system. In the empirical research, questionnaire, observation and pedagogical experiment-testing methods were used. The results obtained showed that organizing manual-labour classes on a systematic and innovative basis effectively develops the creative activity, the independent thinking and the professional preparedness of future teachers. The results of the research are of practical importance for higher education institutions in the field of pedagogy.

Kalit so‘zlar

  • bo‘lajak pedagog
  • qo‘l mehnati
  • ijodiy faoliyat
  • pedagogik tizim
  • innovatsion yondashuv
  • kreativ kompetensiya
  • amaliy mashg‘ulotlar
  • kasbiy tayyorgarlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI QO‘L MEHNATI ASOSIDA IJODIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK TIZIMI Turdaliyeva Nurjahon Abdunosir qizi Qo‘qon universiteti, Ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: nurjahonturdaliyeva3@gmail.com Orcid: https://orcid.org/0009-0001-4509-7550 https://doi.org/10.5281/zenodo.18198384 Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining ta’lim jarayonidagi o‘rni, innovatsion yondashuvlar asosida ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish mexanizmlari hamda pedagogik tizimning tarkibiy komponentlari tahlil qilindi. Empirik tadqiqot jarayonida so‘rovnoma, kuzatuv va pedagogik tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini tizimli va innovatsion asosda tashkil etish bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faolligi, mustaqil fikrlashi va kasbiy tayyorgarligini samarali rivojlantirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida amaliy ahamiyatga ega. Kalit so‘zlar: bo‘lajak pedagog, qo‘l mehnati, ijodiy faoliyat, pedagogik tizim, innovatsion yondashuv, kreativ kompetensiya, amaliy mashg‘ulotlar, kasbiy tayyorgarlik

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СИСТЕМА ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ К ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, ОСНОВАННОЙ НА РУЧНОМ ТРУДЕ Аннотация: В данной статье рассматривается педагогическая система подготовки будущих учителей к творческой деятельности, основанной на ручном труде, с научной, теоретической и практической точек зрения. В исследовании проанализирована роль занятий по ручному труду в образовательном процессе, механизмы формирования творческих компетенций на основе инновационных подходов, а также структурные компоненты педагогической системы. В эмпирическом исследовании использовались методы анкетирования, наблюдения и педагогического эксперимента-тестирования. Полученные результаты показали, что организация занятий по ручному труду на систематической и инновационной основе эффективно развивает творческую активность, самостоятельное мышление и профессиональную подготовку будущих учителей. Результаты исследования имеют практическое значение для высших учебных заведений, специализирующихся в области педагогики. Ключевые слова: будущий учитель, ручной труд, творческая деятельность, педагогическая система, инновационный подход, творческая компетенция, практическая подготовка, профессиональная подготовка

PEDAGOGICAL SYSTEM FOR PREPARING FUTURE TEACHERS FOR CREATIVE ACTIVITIES BASED ON MANUAL LABOR Abstract: This article discusses the pedagogical system of preparing future teachers for creative activities based on manual labor from a scientific, theoretical and practical perspective. The study analyzed the role of manual labor classes in the educational process, the mechanisms for forming creative competencies based on innovative approaches, and the structural components of the pedagogical system. In the empirical research process, questionnaire, observation, and pedagogical experimental-testing methods were used. The results obtained showed that organizing

manual labor classes on a systematic and innovative basis effectively develops the creative activity, independent thinking, and professional training of future teachers. The results of the study are of practical importance in higher educational institutions specializing in pedagogy. Keywords: future teacher, manual labor, creative activities, pedagogical system, innovative approach, creative competence, practical training, professional training

KIRISH Zamonaviy ta’lim tizimida bo‘lajak pedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ularning ijodiy salohiyati va innovatsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish muhim ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya sharoitida pedagog nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quv jarayonini ijodiy tashkil eta oladigan, yangicha yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etuvchi yetakchi shaxs sifatida namoyon bo‘lishi lozim. Shu jihatdan bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faoliyatga tayyorgarligi ularning kasbiy kompetensiyasini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Pedagogik ta’lim jarayonida qo‘l mehnati mashg‘ulotlari talabalarda amaliy ko‘nikmalar bilan bir qatorda ijodiy tafakkur, estetik did, konstruktiv fikrlash hamda mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradi. Qo‘l mehnati faoliyati orqali bo‘lajak pedagoglar material bilan ishlash, dizayn elementlarini qo‘llash, muammoli vaziyatlarga ijodiy yechim topish ko‘nikmalarini egallaydi. Biroq amaliy tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, qo‘l mehnati mashg‘ulotlari ko‘pincha an’anaviy usullar asosida olib borilib, talabalarning ijodiy faolligini to‘liq rivojlantirishga yetarli darajada xizmat qilmayapti. Mavjud ilmiy tadqiqotlar qo‘l mehnatining pedagogik va tarbiyaviy ahamiyatini tasdiqlagan bo‘lsa-da, bo‘lajak pedagoglarni aynan ijodiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan yaxlit pedagogik tizimni ishlab chiqish masalasi yetarlicha yoritilmagan. Shu sababli qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini innovatsion yondashuvlar asosida qayta tashkil etish, ularning mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish dolzarb ilmiy-pedagogik muammo sifatida qaralmoqda. Mazkur tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning samarali pedagogik tizimini ishlab chiqish va uning amaliy samaradorligini asoslashdan iborat. Tadqiqotda bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faoliyatga tayyorgarligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlanib, ularni ta’lim jarayoniga joriy etish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. ASOSIY QISIM Pedagogik adabiyotlarda ijodiy faoliyat shaxsning yangi g‘oyalar yaratish, muammolarga noodatiy yechim topish va faoliyatni mustaqil tashkil etish qobiliyati sifatida talqin etiladi. Bo‘lajak pedagoglarda ushbu sifatlarni shakllantirish kasbiy tayyorgarlikning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Qo‘l mehnati mashg‘ulotlari esa ijodiy faoliyatni rivojlantirish uchun qulay pedagogik muhit yaratadi, chunki bu jarayonda talaba o‘z fikrini amaliy faoliyat orqali namoyon etish imkoniga ega bo‘ladi. Qo‘l mehnati asosida ta’lim berish jarayonida bo‘lajak pedagoglar materiallar bilan ishlash, texnologik ketma-ketlikni rejalashtirish, estetik talablarga rioya qilish hamda tayyor mahsulotni baholash kabi amaliy va intellektual faoliyat turlarini bajaradilar. Mazkur jarayon talabalarda ijodiy tafakkur, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalari va refleksiv fikrlashni rivojlantiradi. Shuningdek, qo‘l mehnati mashg‘ulotlari pedagogik texnologiyalar, dizayn tafakkuri va konstruktiv yondashuvlarni integratsiyalash imkonini beradi.

Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, qo‘l mehnati faoliyati innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashgan taqdirda uning samaradorligi sezilarli darajada ortadi. Loyiha asosida o‘qitish, muammoli ta’lim, interaktiv metodlar va refleksiv yondashuv qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining ijodiy salohiyatini to‘liq namoyon etishga xizmat qiladi. Tadqiqot doirasida bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning yaxlit pedagogik tizimi ishlab chiqildi. Mazkur tizim o‘zaro uzviy bog‘langan quyidagi komponentlardan iborat: Maqsadli komponent bo‘lajak pedagoglarda ijodiy faoliyatga tayyorgarlikni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Ushbu komponent talabalarning ijodiy tafakkuri, mustaqil faoliyat yuritish qobiliyati va kasbiy motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Mazmuniy komponent qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining mazmunini innovatsion asosda boyitishni nazarda tutadi. Unda dizayn elementlari, loyiha va konstruktorlik topshiriqlari, muammoli vaziyatlar va ijodiy ishlanmalar asosiy o‘rin egallaydi. Faoliyatli komponent qo‘l mehnati jarayonida interaktiv metodlar, loyiha asosida o‘qitish, guruhli va individual ijodiy faoliyatni tashkil etishga yo‘naltirilgan. Ushbu komponent talabalarning faol ishtirokini, tashabbuskorligini va ijodiy faolligini ta’minlaydi. Baholash-refleksiv komponent bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi. Bunda refleksiya, o‘z-o‘zini baholash va ijodiy mahsulotlarni tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘l mehnati mashg‘ulotlarida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faolligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Jumladan, loyiha asosida o‘qitish orqali talabalar muayyan mavzu yoki muammo doirasida mustaqil ijodiy mahsulot yaratadilar. Bu jarayon ularning tahliliy va konstruktiv fikrlashini rivojlantiradi. Shuningdek, muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalarda noodatiy yechimlar topish, tajriba o‘tkazish va ijodiy yondashuvni shakllantiradi. Interaktiv metodlar — “aqliy hujum”, “klaster”, “dizayn fikrlash” kabi usullar qo‘l mehnati faoliyatini yanada samarali va qiziqarli qiladi. Tajriba-sinov jarayonida qo‘l mehnati mashg‘ulotlari mazkur innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilganda, talabalarning ijodiy faolligi va kasbiy qiziqishi sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlari davomida bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faoliyatga tayyorgarlik darajasi aniqlanib, tajriba va nazorat guruhlari natijalari solishtirildi. Kuzatuv va so‘rovnoma natijalari tajriba guruhidagi talabalarda ijodiy faollik, mustaqil ishlash va tashabbuskorlik ko‘rsatkichlari yuqori ekanini ko‘rsatdi. Natijalar shuni tasdiqladiki, qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini tizimli va innovatsion asosda tashkil etish bo‘lajak pedagoglarning ijodiy faoliyatga tayyorgarligini samarali rivojlantiradi hamda ularning kasbiy kompetensiyasini oshiradi. XULOSA O‘tkazilgan tadqiqot natijalari bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Tadqiqot davomida qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining bo‘lajak pedagoglar kasbiy tayyorgarligini, ijodiy tafakkurini va mustaqil faoliyat yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslandi. Tadqiqot asosida ishlab chiqilgan pedagogik tizimning maqsadli, mazmuniy, faoliyatli hamda baholash-refleksiv komponentlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligi bo‘lajak pedagoglarda

ijodiy faoliyatga tayyorgarlikni bosqichma-bosqich va samarali shakllantirishga xizmat qildi. Qo‘l mehnati mashg‘ulotlarini innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish talabalarning ijodiy faolligi, tashabbuskorligi va kasbiy qiziqishini sezilarli darajada oshirdi. Pedagogik tajriba-sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, loyiha asosida o‘qitish, muammoli vaziyatlar va interaktiv metodlardan foydalanilgan mashg‘ulotlar bo‘lajak pedagoglarning ijodiy kompetensiyalarini rivojlantirishda an’anaviy yondashuvlarga nisbatan yuqori samaradorlikka ega. Bu esa qo‘l mehnati mashg‘ulotlarining nafaqat amaliy, balki ijodiy va tarbiyaviy ahamiyatini ham tasdiqlaydi. Xulosa qilib aytganda, bo‘lajak pedagoglarni qo‘l mehnati asosida ijodiy faoliyatga tayyorlashning ishlab chiqilgan pedagogik tizimi pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish, kreativ va innovatsion fikrlovchi pedagog kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari mazkur yo‘nalishda olib boriladigan ilmiy izlanishlar uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Nosirova Z., To‘xtaeva G. Axborot texnologiyalari va ta’limda innovatsiyalar. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2022.
  2. Axmedova D.S. Pedagogik texnologiyalar va interaktiv metodlar. – Toshkent: O‘zbekiston, 2021.
  3. Raxmonqulova G. Elektron ta’lim asoslari. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020.
  4. qizi Turdaliyeva, N. A. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR IJODIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. GOLDEN BRAIN, 2(7), 48-52.
  5. 5.Soliyev, I., & Boymirzayeva, S. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION YONDASHUVNING USLUBIY ASOSLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI. Наука и инновация, 1(6), 128-129.
  6. qizi Boymirzayeva, S. O. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA BO ‘LAJAK TARBIYACHINING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH. GOLDEN BRAIN, 2(7), 41-47.
  7. Orinova, F., & Turdaliyeva, N. (2025). DEVELOPING CREATIVE THINKING THROUGH HANDICRAFT FOR PRESCHOOL CHILDREN. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1610-1616.
  8. Turdaliyeva, N., & Mamadjonova, D. (2024). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA TA’LIM-TARBIYA BERISHDA IJODIY O’YINLARDAN FOYDALANISH. Nordic_Press, 5(0005)
  9. Nurjahon, T. (2024). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QOL MEHNATINI RIVOJLANTIRISH. University Research Base, 456-460.

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013225
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1914
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
123–126
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11