MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING KREATIV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI
Eraliyeva Zamira RasuljonovnaQo‘qon universiteti o‘qituvchisi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 97–104
Annotatsiya
Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlari direktorlarining kreativ malakalarini shakllantirish texnologiyasi, mazmuni, qanday foydalanish lozimligi haqida bilib olishimiz mumkin. Maqolada maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. MTT rahbar xodimlarining soha rivojidagi o‘rni, kelajak avlodni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta‘lim tashkilotida rahbar tomonidan yaratilgan ijtimoiy muhitning ahamiyati haqida muallifning shaxsiy mulohazalari keltirilgan. Adabiyotlar tahlilida buyuk alomalarimizning fikrlari, hozirgi kundagi tadqiqotchilarimizning so‘zlari va jahon adabiyoti namayondalarining fikrlari keltirib o‘tilgan. Metodologiya qismida yangicha yondashilgan metodlar yoritilgan. Natija qismida olib borilgan tadqiqotlarning natijalari yoritilgan. Yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta‘sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish keltirilgan.
Boshqa tillarda
ruschaТЕХНОЛОГИИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ НАВЫКОВ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗ АЦИЙ
В статье рассматриваются технология формирования креативных компетенций директоров дошкольных образовательных организаций, её содержание и особенности практического применения. Представлены мнения о новых инновационных подходах к руководству и управлению в дошкольных образовательных организациях. Приводятся личные рассуждения автора о роли руководящих кадров ДОО в развитии отрасли, а также о значении социально-психологической среды, создаваемой руководителем в дошкольной организации, в воспитании подрастающего поколения в духе любви к Родине и преданности Отечеству. В анализе литературы приведены взгляды великих мыслителей, высказывания современных исследователей и мнения представителей мировой литературы. В методологической части раскрываются методы, основанные на новых подходах. В разделе результатов представлены итоги проведённых исследований. Отражено изучение различных потребностей и факторов, влияющих на формирование у молодёжи управленческих и лидерских качеств.
inglizchaTECHNOLOGY OF FORMING THE CREATIVE SKILLS OF DIRECTORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS
From this article we can learn about the technology of forming the creative competencies of directors of preschool education organizations, its content and how it should be used. The article expresses views on new innovative methods of leadership and management in preschool education organizations. It presents the author‘s personal reflections on the role of the managerial staff of preschool education organizations in the development of the field and on the importance of the social environment created by the head of a preschool education organization in bringing up the future generation in the spirit of love for the Motherland and devotion to the homeland. The review of the literature cites the ideas of our great thinkers, the words of present-day researchers and the opinions of representatives of world literature. The methodology section describes methods based on new approaches. The results section sets out the results of the research carried out. The study of the various needs and factors that influence the formation of managerial and leadership qualities in young people is presented.
Kalit so‘zlar
- menejment
- kreativlik
- texnologiya
- qobilyat
- ishonch
- rahbarlik cho‘qqisi
- modernizatsiya
- aqliy faollik
- axloqiy
- estetik
- intellectual
- evristik
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORLARINING KREATIV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Eraliyeva Zamira Rasuljonovna Qo‘qon universiteti o‘qituvchisi E-mail: zamirahoneraliyeva22@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18198432 Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining kreativ malakalarini shakllantirish texnologiyasi, mazmuni, qanday foydalanish lozimligi haqida bilib olishimiz mumkin. Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarlik va boshqarishning yangi innovatsion usullari to‘g‘risida fikrlar bildirilgan. MTT rahbar xodimlarining soha rivojidagi oʻrni, kelajak avlodni vatanga muhabbat, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim tashkilotida rahbar tomonidan yaratilgan ijtimoiy muhitning ahamiyati haqida muallifning shaxsiy mulohazalari keltirilgan. Adabiyotlar tahlilida buyuk alomalarimizning fikrlari, hozirgi kundagi tadqiqotchilarimizning soʻzlari va jahon adabiyoti namayondalarining fikrlari keltirib oʻtilgan. Metodologiya qismida yangicha yondashilgan metodlar yoritilgan. Natija qismida olib borilgan tadqiqotlarning natijalari yoritilgan. Yoshlarda boshqaruvchilik va yetakchilik xususiyatlarini shakllantirishga ta’sir etuvchi turli ehtiyoj va omillarni o‘rganish keltirilgan. Kalit so‘zlar: menejment, kreativlik, texnologiya, qobilyat, ishonch, rahbarlik cho‘qqisi, modernizatsiya, aqliy faollik, axloqiy, estetik, intellectual, evristik.
ТЕХНОЛОГИИ ДЛЯ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИХ НАВЫКОВ РУКОВОДИТЕЛЕЙ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ. Аннотация: В статье рассматриваются технология формирования креативных компетенций директоров дошкольных образовательных организаций, её содержание и особенности практического применения. Представлены мнения о новых инновационных подходах к руководству и управлению в дошкольных образовательных организациях. Приводятся личные рассуждения автора о роли руководящих кадров ДОО в развитии отрасли, а также о значении социально-психологической среды, создаваемой руководителем в дошкольной организации, в воспитании подрастающего поколения в духе любви к Родине и преданности Отечеству. В анализе литературы приведены взгляды великих мыслителей, высказывания современных исследователей и мнения представителей мировой литературы. В методологической части раскрываются методы, основанные на новых подходах. В разделе результатов представлены итоги проведённых исследований. Отражено изучение различных потребностей и факторов, влияющих на формирование у молодёжи управленческих и лидерских качеств. Ключевые слова: менеджмент, креативность, технология, способность, доверие, вершина лидерства, модернизация, умственная активность, нравственный, эстетический, интеллектуальный, эвристический.
TECHNOLOGY FOR DEVELOPING CREATIVE SKILLS OF DIRECTORS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS Abstract: The article examines the technology for developing the creative competencies of directors of preschool educational organizations, its content, and guidelines for effective implementation. It presents perspectives on new innovative approaches to leadership and management in preschool institutions. The author’s reflections highlight the role of managerial
staff in the development of the sector and emphasize the importance of the social environment created by the director in fostering the younger generation in the spirit of patriotism, love for the Motherland, and devotion to the country. The literature review includes ideas of great scholars, statements by contemporary researchers, and opinions of representatives of world literature. The methodology section describes methods based on innovative approaches. The results section summarizes the outcomes of the conducted research. The study also explores various needs and factors that influence the development of managerial and leadership qualities among young people. Keywords: management, creativity, technology, ability, trust, leadership peak, modernization, mental activity, moral, aesthetic, intellectual, heuristic.
KIRISH O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida demokratik va huquqiy jamiyatni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan ijtimoiy harakat mustaqil fikrlash layoqatiga ega, aqliy, ma’naviy – axloqiy va jismoniy jihatdan yetuk barkamol avlodni tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib chiqdi. Zero, sog‘lom avlod va uning ijtimoiy faolligi milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi ta’minlangan huquqiy jamiyatni barpo etish imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 - yil 29 - dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham aynan maktabgacha ta’lim tizimi sohasiga oid muhim vazifalar belgilandi. “Biz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Ibn Sinolar, Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak1”- deya ta’kidladilar, davlatimiz rahbari. Bola dunyoga kelgandan boshlab, unda aynan maktabgacha bo‘lgan yoshda aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi. Shu bois ham kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz-bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” 2019-yil 16-dekabrdagi o‘rq-595-son qonuni) 30-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Maktabgacha ta’lim muassasasi”, “Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri” va “Mudira” so‘zlari “Maktabgacha ta’lim tashkiloti”, “Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” va “Direktor” so‘zlari bilan almashtirilgan.2 Direktorlarning kreativ malakalarini oshirish muhim o‘rin egallaydi. Ma’lumki, ta’lim - bu muayyan ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotlarni yosh avlodga yetkazish jarayoni hisoblanadi. Inson faoliyatining eng qadimiy turlaridan biri bolalar tarbiyasi o‘zining ko‘p asrlik rivojlanish tarixi davomida sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, kundalik jarayondan ijodiy, faoliyat natijalariga ilmiy asoslangan tizimli, o‘zaro ta’sir majmuasiga aylandi. Jarayonda pedagogik texnologiyalarni joriy etish sharoitida maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik jarayonni boshqarishni o‘rganish lozim. Mavzu doirasida qator ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilganligiga qaramasdan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbar xodimlarini tayyorlash, ularning malakalarini oshirish yuzasidan sohada qator dolzarb masalalar mavjudligi, ularni hal qilish yuzasidan sohada
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 30.09.2018 yildagi PQ-3955-son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 20.05.2021 yildagi 320-son
amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining malakasini oshirish yuzasidan qator tavsiyalar berib o‘tilgan. ADABIYOTLAR TAHLILI Ta’lim boshqaruvi sohasidagi olim R. Stogdill muallifligidagi “Boshqaruv qo‘llanmasi” da ta’kidlanishicha, muvaffaqiyatli boshqaruv va shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqeyi o‘rtasidagi bog‘liqlik 94% ga teng hamda ma’lumoti o‘rtasidagi bog‘liqlik esa 88% ga tengdir 3. Yaponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma’lumotiga ko‘ra, oddiy yapon menejeri, albatta, pedogogika sohasi bo‘yicha universitet diplomiga ega bo‘lishi shart4. Ta’lim tashkilotini boshqarishda malaka alohida ahamiyatga ega. Chunonchi, olim F. Fidler ta’rifi bo‘yicha “ta’limning munosib boshqaruvchisi bo‘lishning eng ishonchli omili, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan xabardorlik va malaka oshirishdir”5. Ko‘pgina pedagog-tarbiyachilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat pedagogtarbiyachilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar6. Lekin O‘. Tolipov va M. Usmonboyevalarning “Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir” degan ta‘rifi ham maqsadga muvofiq keladi7. Botirova Zuxraxon Abdurahimovna Farg‘ona davlat universiteti Maktabgacha ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi Do‘stmatova Dilrabo Farg‘ona davlat universiteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi magistrant o‘zlarining tadqiqotlarida shunday fikr bildirishgan: Maktabgacha ta’lim tashkilotining muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bolalar va ularning ota-onalarining ehtiyojlarini qondirish uchun maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish tamoyillari, vositalari, shakllari va usullari to‘plamini o‘z ichiga olgan boshqaruvni boshqarish (pedagogik, kadrlar, moliyaviy va boshqalar) g‘oyalarini amalga oshirishga bog‘liq8 Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.
Stogdill R.Gas piston mini cogeneration plants-a cheap and alternative way to generate electricity //Интернаука. – 2020. – №. 44-3. – С. 16-18. Kono T«Influence of the ultrasonic irradiation on characteristic of the structures metal-glasssemiconductor». ICECAE 2018 IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 614 (2020) 012027 Conference Series: Fidler F.«Influence of the ultrasonic irradiation on characteristic of the structures metal-glasssemiconductor». ICECAE 2020 IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 614 (2020) 012027 Conference Series: Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagoglarning kreativligini rivojlantirishning ahamiyati. Academic Research in Educational Sciences 1127 b Maktabgacha ta’lim tashkilotining bo’lajak pedagogpsixologlarida kreativlikni shakllantirish texnologiyasi http://www.newjournal.org/ Volume–14_Issue-4_October_2022, 19 b Botirova, Z., & Do‘stmatova, D. (2023). MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTORINING TASHKILIY FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH. Центральноазиатский журнал образования и инноваций, 2(4 Part 2), 109-114.
METODOLOGIYA Maktabgacha talim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti o‘quv va metodik ishlar bo‘yicha prorektori, pedagogika fanlari doktori, dotsent N. Abdullayeva “Maktabgacha ta’limda rahbarning boshqaruv qobiliyati va uni o‘ziga xos tomonlari” maqolasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarishda integral metodni taklif qiladi. Uning fikricha, maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari oldida ikkita boshqaruv vazifasi bor. Bular: Jamoani boshqarish; Tarbiyalanuvchilarni boshqarish. U taklif qilayotgan metodda rahbar quyidagi sifatlarni shakllantira olgan bo‘lishi lozim. Jamoa boshqaruvi Tarbiyalanuvchilar boshqaruvi 1 Kadrlarni tanlay olish Nazorat qilish 2 Rejalashtirish Kirishimlilik 3 Tashkil qilish Ergashtirish 4 Nazoratni ajratish Xushmuomalalik 5 Motivatsiya berish Motivatsiya berish Biz rahbarlarning hujjatari bilan tanishib ularni ishlash texnikalari bilan suhbat olib bordik. Rahbarning o‘z hujjatlari bilan ishlashlari va ularni qanday yuritib borishlari haqida bilib oldik. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari asosan amaliy jarayonlar bilan ishlaganligi bois ularda yangi bilim bilan uzluksiz tanishib borish, mutolaa masalasi muommo hisoblanadi. Shuning uchun, rahbarlarga kreativ malakasini oshirish bo‘yicha ularga faqatgina nazariy bilimlar emas, balki mutolaaga ham e’tibor qaratishlari zarurligini aytib o‘tdik. Chunki, badiiy adabiyotning kommunikativ vazifasi ularga axborot bersa, ekspressiv funksiyasi ularning tuyg‘ulariga ta’sir qiladi. Bu esa rahbarda yangi g‘oyalar bilan ishlashga imkon yaratishi haqida rahbarlar bilan birgalikda suhbat qildik. Tadqiqotimizda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini yangi pedagogik texnologiya asosida qayta tayyorlashda quyidagilarni asosiy vazifa sifatida oldimizga maqsad qilib qo‘ydik: -yangilangan milliy pedagogik tizimda, xususan maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini yangi pedagogik texnologiya asosida qayta tayyorlashning nazariy asoslarini ishlab chiqish; -o‘qituvchilarni yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha bilishi zarur bo‘lgan bilimlar mazmuni va uni tanlash tamoyillarini ko‘rsatib berish, malaka oshirish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini yangi pedagogik texnologiya asosida qayta tayyorlash prinsiplarini ko‘rsatib berish; -maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini malaka oshirishdan keyingi davrida yangi pedagogik texnologiya asosida tayyorlashning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rnini ko‘rsatib berish. Malaka oshirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish tinglovchilarda o‘z kasbiga qiziqishini kuchaytiradi. Ushbu yo‘nalishdagi o‘quv jarayonini loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish lozim: -tinglovchi faolligini oshirish; -hamkorlikka chiqarish; -yaratilgan dastur, -qo‘llanma, ma’ruza matnlarini chuqur pedagogik tahlil qilish, mustaqil mutoala qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
-o‘z fikrini bildira olish, himoya qila olish va isbotlay olishga o‘rgatish. Pedagogik texnologiyaning afzalligi ta’lim jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari hamda tinglovchi va o‘qituvchilarni bir majmuaga keltirib hamda ta’lim bosqichlarini loyihalab, uni nazorat qilish natijalarini baholash kabi qisimlarni o‘zaro uzviy bog‘lab uning loyhasini tuzishdadir. Ammo eng avvalo boshqaruv san‘ati aniqroq aytganda ijoddir. Rahbarlikka ham san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Natijada to‘plangan bilimlari tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sifatida shakllantirib o‘zining rahbarlik usulini yaratadi. U o‘zining boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shaxsdir ammo uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsining tafakkuri, aql idroki ham bevosita bog‘liq9. Bu hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar rahbarda mazkur xislatlar shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini mukammal egallab oldi, u o‘z jamoasi o‘rtasida obro‘va ishonch qozonadi. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik mehribonlik hamda ma’suliyat jamoa a’zolarida javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Malakali rahbar kadrlar tizimini shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim. Ana shunday rahbar jamiyat vatan oldidagi ma’suliyatini burchini teran his qiladi, ijtimoiy hayotda inson manfaatlarining ustivorligini hayotiy ehtiyoj sifatida qabul qiladi. NATIJALAR Rahbarning boshqaruv san’ati sirlarini bilishi xodimlarni tanlashdan tortib ular bilan bog‘liq ziddiyatli vaziyatlarda oqilona yechim topa olishi, o‘zi ma’sul jabhada yuksak mehnat samaradorligiga erishish uchun jamoaning bunyodkorlik kuchlarini safarbar eta olish qobiliyatidir. Biz rahbarlarning idrok va tafakkurlarini uzviy bogʻliqligini kuzatish olib bordik. Bu metodimizda rahbarlarning tafakkurlari, kreativ malakalari yuqori saviyaga kelishiga ko‘mak berdi. Kreativ malaka oshirish jarayonida “Tajriba muassasalari” ni tashkil etish jarayonlari haqida rahbarlar bilan so’z yuritdik. Yangi sharoit va yangi jamoa rahbarning ishni tashkil etish va qay yo‘sinda yondashishini kuzatish imkonini berishi haqida suhbatlshdik. Kreativ malaka oshirish kurslarida bilimlarning shu kabi amaliyotda qo‘llanishi kamchiliklarni bartaraf etishda yaxshi samara beradi haqida aytib o‘tdik. Samimiyat, adolat, muomala, ishbilarmonlik asosiy muammo bilan ikkinchi darajali vazifalarni o‘z vaqtida bilish, tashabbuskorlik optimizim rahbar madaniyatini tashkil etuvchi omillar hisoblanadi. Rahbarning uzoqni ko‘ra bilishi hayot va ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan murakkab vaziyatlarda o‘zini yo‘qotmasdan noan’anaviy kutilmagan yechimlar o‘ylab topishi, jamoadagi har bir xodim, ishchi ko‘ngliga yo‘l topa olishi rahbar mahoratining namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bugungi kunning rahbarlari ta’lim jarayonida bo‘layotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishlari uchun ularning malakasini oshirib, qayta tayyorlab turish lozim hisoblanadi. Ya’ni jamoada haqiqiy rahbar ruhiy ko‘tarinki kayfiyat bilan ish olib bormog‘i va yashamog‘i lozim. Shu tarzda rahbarlikning eng yaxshi tashkilotchilik, tadbirkorlik fazilatlari shakllanib mukammallashtirib boradi. Boshqarish, eng avvalo, kishilar bilan ishlashdir. Rahbar notiqlik
https://www.graygroupintl.com/blog/early-childhood-organizations
mahoratiga ega bo‘lishi, tushunarli, ifodali va ta’sirchan ishonarli hamdaa da’vatkor ruhda gapirishga o‘rganish kerak. Rahbarning tinglash mahorati bugungi kunda dolzarb vazifaga aylangan. Chunki tinglash qobiliyati gapruvchini ilhomlantiradi, ruhlantiradi. Shu tariqa yangi fikrlar g‘oyalarning shakllantirishiga imkon tug‘iladi. Rahbar qalbi toza, shijoatli ishbilarmon rahbarlik faoliyatida salbiy yoki ijobiy hatti-harakatlar o‘zida shakllangan solahiyat kuchi bilan javob bera olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. Demak, zamonaviy boshqaruvning mahorati jamoaning maqsadga intilishini ta’minlashdir. Ushbu fikrni pedagogik psixologiyadagi holat bilan qiyoslasak, quyidagi misol o‘rinli bo‘lardi. Bola o‘z rivojlanishida hamma me’yorlar bo‘yicha ulg‘ayib borayotgan bo‘lsa, ota-ona uning o‘sishiga deyarli aralashmaydi va lekin ulg‘ayishida biron muammo yuzaga kelsa, darhol kerakli choralar ko‘riladi. Jamoani boshqarishda ham rahbar, birinchi navbatda, maqsadga erishish sharoitini yaratishi va xodimlar harakatiga kam aralashuvi yuksak boshqaruv belgisidir. Kreativ malaka oshirish tizimida “Pedagogika masalalari” kursi o‘quv fanini yangi pedagogik texnologiya asosida olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shuni e’tirof etish kerakki, hali Respublikamizda kreativ malaka oshirish tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan faoliyatimiz uchun eng samaradorlarini tajriba sinovlaridan o‘tkazish va o‘quv jarayoniga joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim shakllantirilgani yo‘q. Bu jarayon tinglovchilarni o‘quv faoliyatini amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Tinglovchi va o‘qituvchini doimiy izlanishga, uzluksiz o‘z ustida ishlashga undaydi. Bu o‘z navbatida, ta’limda samaradorlikni ta’minlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar xabardor bo‘lishlari zarur. Bu faoliyatni amalga oshirish, uni tashkil qilish, olib boorish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadbiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat va baholash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. O‘quv faoliyati ma’ruzalarni munozara asosida o‘tkazish, amaliy o‘yinlar, davra suhbatlari, pedagogik vaziyatlardan chiqish usullariga bag‘ishlangan munozara, tajriba almashish, interfaol mashg‘ulotlar asosida olib borish maqsadga muvofiq. Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta’lim jarayonini rejalashtirib, tashxis qilish, natijalash, tuzatish va o‘zgarishlar kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta’limda kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, tinglovchilar faoliyati yanada yuqori darajaga ko‘tariladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samarasi demakdir. Pedagogik texnologiyaning afzalligi ta’lim jarayonini bir butunlikda ko‘rib, ta’lim maqsadi, uning mazmuni, bilim berish usullari va vositalari hamda tinglovchi va o‘qituvchilarni bir majmuaga keltirib hamda ta’lim bosqichlarini loyihalab, uni nazorat qilish natijalarini baholash kabi qisimlarni o‘zaro uzviy bog‘lab uning loyhasini tuzishdadir. Ammo eng avvalo boshqaruv san’ati aniqroq aytganda ijoddir. Rahbarlikka ham san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Natijada to‘plangan bilimlari tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sifatida shakllantirib o‘zining rahbarlik usulini yaratadi. MUHOKAMA Rahbariyat guruhlashgan idoraning tashkiliy tuzilishi bilan birga maqsadga ko‘ra tarmoqlanish xususiyatlari, ishlash jarayoni, prinsiplar va qonuniyatlar sohalari bo‘yicha aloqadorligi, muvofiqligi, shart-sharoitlari hamda shu kabi boshqa masalalarni qamrab oladi. Rahbariyat masalalarini tadqiq etish bugungi kunda asosan davlat boshqaruvi, personal boshqaruvi, davlat xizmati va uning tarmog‘i bo‘lgan xizmat huquqi fanlari doirasida amalga oshiriladi. Lekin rahbariyat qanday va qancha tarmoqqa bo‘linmasin yagona tizim bo‘lganligi
tufayli uning ma’lum qonuniyatlar metodlar hamda prinsplarga asoslangan maqsad va vazifalari mavjud. Ularni o‘rganish, tahlil etish, baholash, tadqiq etishning o‘zi yaxlit yo‘nalishdir. Shularga ko‘ra, rahbariyatning mohiyatini har tomonlama o‘rganish rahbarshunoslik doirasida amalga oshiriladigan ish hisoblanadi. Rahbarsunoslik rahbariyat, rahbarlik bilan bog‘liq xususiyatlarni tadqiq etuvchi fanning o‘ziga xos yo‘nalishidir. Uning diqqat markazida: bevosita yoki bilvosita rahbarshunoslikka doir tarixiy zamonaviy yozma manbalar ularning ijodkorlari rahbarshunoslik bilan bog‘liq tarixiy va zamonaviy voqea-hodisalar, amaliy jarayonalar, rahbarshunoslik obyektlarining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish, fan va amaliy jarayondagi masalalarni bir butunlikda olib ularning rivojlanish shart-sharoitlari, asoslari yo‘nalishlari tatbiq etish obyektiv vazifalari va boshqalarni ilmiy tekshirish muvofiqlashtirish va qiyosiy tahlil qilish, sohaga oid qonuniyatlarni kashf qilish va taraqqiy ettirish shu maqsadda muayyan davr hamda kelajak uchun muhum xulosalar taqdim etishni tizimlashtirish kabi masalalar turadi. Haqiqatdan ham ayolning u yoki bu sohada boshqaruv lavozimini egallashi, ko‘p jihatdan, bu soha ayollarga mosmi yoki erkaklargami degan savolga duch kelamiz. Bir qator tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, erkak va ayol aralash ishlaydigan guruhda ko‘pincha erkaklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olar emish. Tadqiqotchi Y. Xollander tajribasiga ko‘ra, guruh doirasida hal etiladigan vazifani yechishda erkaklar ko‘proq, maqbul yo‘l topa olishadi va aralash guruhda esa ustunlikka intilishadi. Olimning tushuntirishicha, erkaklarga xos bunday xatti- harakat, ko‘p jihatdan, jamiyatda o‘rnatilgan normalar va erkaklar xulqiga oid ustanovka, ya’ni tartiblardan kelib chiqadi. Bunday ustanovkalar asosidagi standartlar atrofdagilarning bo‘layotgan voqeahodisalarni idrok etishiga ham katta ta’sir etadi. XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, MTTga ma’muriy rahbarlik qilish va ularni boshqarishda samaradorlikka erishish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan har bir tashkilotda boshqarish muammosi bor. Bu muammolarni hal etish uchun zamonaviy yetakchi kadrlarga bo‘lgan talablar ham bugungi kunda yo‘q emas. Yosh yetakchi rahbarlarni izlab topish va ularni rag‘batlantirib borish bugungi kun talabi hisoblanadi. Mamlakatning umumiy taraqqiyoti individual komillikning yig‘indisi, ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Xalqimiz mentalitetiga xos bo‘lgan ana shu o‘ziga xoslik, ya’ni jamoaga qarab fikrlash, qaror qilishdan iborat mazkur tamoyildan kelib chiqib, yoshlarda boshqaruvchilik qobiliyatini shakllantirish va boshqaruv mahoratini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. MTT sohasini yoki boshqa tashkilotning rahbari har qanday yoshda ham kuchli, yengilmas va irodali shaxs bo‘lishi kerak. Biroq, yosh yetakchilar o‘zlariga yuklangan barcha mas’uliyatni tushunmaydilar. Ma’lumki, yosh yetakchilar o‘zlariga juda ham ishongan bo‘ladilar. Biroq, ularda tajriba yetarli bo‘lmaydi. Katta yoshdagi yetakchi yetarlicha tajribaga ega bo‘lgani bois o‘zi va jamoani boshqarishni, qayerda va qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Ammo yosh yetakchi boshqalardan o‘rganadi, o‘z maqsadiga qanday erishishni tasavvur eta oladi. Maktabgacha sohasini rivojlantirishda ijtimoiy boshqaruv mexanizmalarini tahlil etishdan maqsad talabalarda boshqarish muammolariga qiziqish uyg‘otish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tug‘dirishdir. Chunki hozir boshqarish asoslarini va bozor ko‘nikmalarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli sohalarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiquvchilar bo‘lib yetishadilar. Shu boisdan boshqaruv san’atini o‘rganishni keng yo‘lga qo‘yish davr talabi hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘ishlangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar, №11
- Qayumova N.M. “Maktabgacha pedagogika” TDPU nashriyoti -T.: 2017 y.
- Афанасьева, О. В. Творчество: свобода и необходимость / О. В. Афанасьев. – Москва: Просвещение, 1995. – 275 с
- Rasuljonovna, E. Z. (2025). BOLALARDA BADIIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOFIZIOLOGIK ASOSI. Journal of universal science research, 3(6), 49-57.
- Эралиева, З. Р. (2025). ЗНАЧЕНИЕ И ПРИМЕНЕНИЕ 3D И ВИРТУАЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ВООБРАЖЕНИЯ, ВНИМАНИЯ, ПАМЯТИ, МЫШЛЕНИЯ И ТВОРЧЕСТВА ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНИКА. BILGI ÇEŞMESI, 1(7), 16-
- Eraliyeva Zamira. (2023). BОLАLАR KITОBХОNLIGI VА MЕDIУА MUHITIDА BОLАLIK KОNSЕPTINING IFОDАLАNISHI. Innovations in Technology and Science Education, 2(15), 287–295. Retrieved from https://humoscience.com/index.php/itse/article/view/1967
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013221
- Nashr sanasi
- 2026-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i12.1910
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 97–104
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11