Asosiy mazmunga o‘tish
Maqola06.00.00Ochiq kirish

SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BO‘Z TUPROQLARINING SHO‘RLANGANLIK HOLATI

Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, Umirova Umida Kushak QiziTDAU2026

JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 56–61

Annotatsiya

Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Xovos tumani sug‘oriladigan maydonlarida tarqalgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning sho‘rlanish holati, sho‘rlanish turlari va darajalari kimyoviy tahlillar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida tuproq eritmasidagi asosiy kationlar (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) va anionlar (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻) miqdori aniqlanib, ularning nisbatiga ko‘ra sho‘rlanish tipi va darajasi baholandi

Boshqa tillarda

ruschaСОСТОЯНИЕ ЗАСОЛЕНИЯ ОРОШАЕМЫХ ЛУГОВО-СЕРОЗЁМНЫХ ПОЧВ СЫРДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ

В данной статье на основе химических анализов изучено состояние засоления, типы и степени засоленности лугово-серозёмных почв, распространённых на орошаемых землях Хавасского района Сырдарьинской области. В ходе исследований определено содержание основных катионов почвенного раствора (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) и анионов (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻), на основании соотношения которых проведена оценка типа и степени засоления почв.

inglizchaTHE SALINITY STATE OF THE IRRIGATED MEADOW-GREY SOILS OF SIRDARYA REGION

This article studies, on the basis of chemical analyses, the salinity state, the types and the degrees of salinity of the meadow-grey soils distributed over the irrigated areas of Khovos district of Sirdaryo region. In the course of the research, the amounts of the main cations (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) and anions (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻) in the soil solution were determined, and the type and degree of salinity were assessed according to their ratio.

Kalit so‘zlar

  • Sho‘rlanish
  • sug‘oriladigan tuproqlar
  • o‘tloqi-bo‘z tuproqlar
  • quruq qoldiq
  • sulfatli sho‘rlanish
  • xlor–sulfatli sho‘rlanish
  • natriy ionlari
  • tuproq eritmasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

UDK.631.4 SIRDARYO VILOYATI SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BO‘Z TUPROQLARINING SHO‘RLANGANLIK HOLATI Qodirova Dilrabo Abdukarimovna TDAU, O‘simliklar himoyasi, agrokimyo va tuproqshunoslik fakulteti, Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori E-mail: d.qodirova@inbox.ru Umirova Umida Kushak Qizi TDAU, Agrokimyo va tuproqshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti E-mail: umirova.u20@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.18060613 Annotatsiya: Mazkur maqolada Sirdaryo viloyati Xovos tumani sug‘oriladigan maydonlarida tarqalgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlarning sho‘rlanish holati, sho‘rlanish turlari va darajalari kimyoviy tahlillar asosida o‘rganilgan. Tadqiqotlar davomida tuproq eritmasidagi asosiy kationlar (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) va anionlar (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻) miqdori aniqlanib, ularning nisbatiga ko‘ra sho‘rlanish tipi va darajasi baholandi. Kalit so‘zlari: Sho‘rlanish, sug‘oriladigan tuproqlar, o‘tloqi-bo‘z tuproqlar,quruq qoldiq, sulfatli sho‘rlanish, xlor–sulfatli sho‘rlanish, natriy ionlari, tuproq eritmasi.

ЗАСОЛЕННОСТЬ ОРОШАЕМЫХ ЛУГОВЫХ СЕРЫХ ПОЧВ СЫРДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация: В данной статье на основе химических анализов изучено состояние засоления, типы и степени засоленности лугово-серозёмных почв, распространённых на орошаемых землях Хавасского района Сырдарьинской области. В ходе исследований определено содержание основных катионов почвенного раствора (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) и анионов (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻), на основании соотношения которых проведена оценка типа и степени засоления почв. Ключевые слова: Засоление, орошаемые почвы, лугово-серозёмные почвы, сухой остаток, сульфатное засоление, хлоридно-сульфатное засоление, ионы натрия, почвенный раствор.

SALINITY STATUS OF IRRIGATED MEADOW-GRAY SOILS IN THE SYRDARYA REGION Abstract: This article examines the salinity status, types, and degrees of salinization of meadow-gray soils distributed in the irrigated areas of Khovos District, Syrdarya Region, based on chemical analyses. During the study, the concentrations of the main cations in the soil solution (Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺) and anions (Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻, CO₃²⁻) were determined, and the type and degree of soil salinization were assessed based on their ratios. Keywords: Salinization, irrigated soils, meadow-gray soils, dry residue, sulfate salinity, chloride–sulfate salinity, sodium ions, soil solution.

KIRISH Hozirgi davrda global ekologik muammolar tobora keskinlashib borar ekan, tuproqni degradatsiya jarayonlaridan asrash masalasi butun jahon miqyosida eng muhim va dolzarb vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Sho‘rlanish – sug‘oriladigan hududlar tuproqlari

unumdorligini cheklovchi eng muhim degradatsion jarayonlardan biri bo‘lib, ayniqsa Sirdaryo viloyati sharoitida bu holat tabiiy-iqlimiy omillar, yer osti suvlari sathi va minerallashuvi, sug‘orish rejimining buzilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tuproq sho‘rlanishining kelib chiqishi tabiiy va antropogen omillar bilan bog‘liq. Tabiiy sho‘rlanish asosan grunt suvlarining yuqori darajada joylashuvi, bug‘lanish jarayonining ustunligi va sho‘r jinslarning mavjudligi bilan belgilanadi. Antropogen sho‘rlanish esa noto‘g‘ri sug‘orish rejimi, drenaj tizimlarining yetarli darajada ishlamasligi, ortiqcha sug‘orish natijasida grunt suvlarining ko‘tarilishi va mineral o‘g‘itlarning me’yoridan ortiq qo‘llanilishi oqibatida yuzaga keladi. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, xususan O‘zbekistonda tuproqning sho‘rlanishi, turlari, kelib chiqish sabablari hamda oqibatlar bir necha olimlar tomonidan o‘rganilib kelinmoqda. Umuman olganda sho‘rlangan tuproqlar, ularning tarqalishi haqidagi dastlabki ilmiy ma’lumotlar A.M.Midendorf, G.R.Romanovskiy; sho‘rlangan tuproqlarning geografik tarqalishi, sho‘rlanish sabablari, ularning xususiyatlarini o‘rganishda S.Zaxarov, S.S.Neustruyev, N.A.Dimo, tuzlar geokimyosini o‘rganishda V.A.Kovda, V.V.Yegorov va boshqa olimlar katta hissa qo‘shgan [116; 8-b.]. TADQIQOT MATERIALLARI VA USLUBLARI Tadqiqot obyekti sifatida Sirdaryo viloyatining sug‘oriladigan maydonlarida joylashgan o‘tloqi-bo‘z tuproqlar olingan bo‘lib, tadqiqod “Markaziy Osiyo tuproqlari va o'simliklar qoplamini agrokimyoviy tahlil qilish uslublari” [2], “Tuproqlarni kimyoviy tahlil qilish bo'yicha qo'llanma” [3], “Tuproq kimyosidan amaliy mashg‘ulotlar” [4] qo‘llanmalaridan foydalanildi hamda tadqiqot vaqtida genetik-geografik, solishtirma–kimyoviy analitik hamda profil usullaridan foydalanildi. NATIJALAR VA MUNOZARA Sho‘rlangan tuproqlarda eritma tarkibidagi asosiy ionlar — Na⁺, Ca²⁺, Mg²⁺ kationlari hamda Cl⁻, SO₄²⁻, HCO₃⁻ va CO₃⁻anionlaridir. Ushbu ionlarning miqdoriy va sifat jihatdan o‘zaro nisbatiga qarab sho‘rlanish turi (xloridli, sulfatli, xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli) va sho‘rlanish darajasi aniqlanadi. Natriy kationining ustunligi tuproq singdirish kompleksining dispersiyalanishiga olib kelib, agregatlarning yemirilishi, suv o‘tkazuvchanlikning pasayishi va qattiq zichlashish kabi salbiy jarayonlarni yuzaga chiqaradi. Sug‘oriladigan hududlarda tuproq sho‘rlanishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy ekologik-meliorativ muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa Mirzacho‘l mintaqasiga kiruvchi Sirdaryo viloyatida tabiiy-geografik sharoitlar, kuchli bug‘lanish, sizot suvlarining nisbatan yuza joylashuvi hamda uzoq yillar davomida olib borilgan sug‘orish ishlari natijasida sho‘rlanish jarayonlari keng tarqalgan. Ma’lumki, Sirdaryo viloyatida jami 266,7 ming gektar sug‘oriladigan yer maydonlaridan 211,4 ming gektar (79,3%) turli darajada sho‘rlangan, shundan 39,8% kuchsiz, 30,4% o‘rta, 6,4% kuchli va 2,7% juda kuchli darajada sho‘rlanganligini aniqlangan [116; 312-b.]. Tahlil natijalari asosida tuproqdagi quruq qoldiq miqdori bo‘yicha o‘rganilayotgan tuproqlarning sho‘rlanish darajalari va xlor hamda sulfat ionlari miqdorining nisbati asosida sho‘rlanish turi aniqlandi. Tadqiqot natijalari Xovos tumani tuproqlarida sho‘rlanish darajasi kesmalar va qatlamlar bo‘yicha keskin farqlanishini ko‘rsatdi. Quruq qoldiq miqdori kesmalar qatlamlarida 0,80–5,7 % gacha yetib, kuchsiz sho‘rlanishdan juda kuchli sho‘rlanishgacha bo‘lgan holatni ifodaladi. Ayniqsa, 1-kesmada 0–120 sm chuqurlik oralig‘ida sho‘rlanish darajasi deyarli barcha qatlamlarda

juda kuchli bo‘lib, bu hududda tuzlarning vertikal bo‘yicha faol migratsiyasi va to‘planishini ko‘rsatadi. Aksincha, ayrim kesmalarda (30, 50, 60-kesmalar) chuqurlashgan sari sho‘rlanish darajasining pasayishi kuzatildi. Bu holat sho‘rlangan qatlamlarning asosan tuproq profilining yuqori qismida to‘planganini va ayrim joylarda yuvilish jarayonlari nisbatan faol kechayotganini bildiradi. Sho‘rlangan tuproqlar tarkibidagi xlor va sulfat ionlari miqdori bo‘yicha asosiy yetakchi anion sifatida SO₄²⁻ (sulfat) ionlari ustunligi aniqlandi. Sulfat ionlarining miqdori qatlamlarda 14,50–36,83 mg·ekv gacha yetib, umumiy anion tarkibida yetakchi o‘rinni egallaydi. Bu holat Xovos tumani tuproqlarida sho‘rlanishning asosan sulfatli xarakterga ega ekanligini tasdiqlaydi. Cl⁻ (xlor) (0,2-17,57) ionlari ayrim qatlamlarda, xususan juda kuchli sho‘rlangan qatlamlarda sezilarli miqdorda uchrab, sho‘rlanish tipining xlor–sulfatli (X–S) ga o‘tishiga sabab bo‘lgan (1-kesma). Ushbu qatlamlarda quruq qoldiqning profil bo‘ylab 3,035-5,73% ga oshib borishini kuzatishimiz mumkin. Shunga muvofiq ravishda ionlarning umumiy ulushi, ya’ni komponentlar yig‘indisi ham qatlamlar bo‘yicha o‘zgarib boradi. HCO₃⁻ ionlarining barcha qatlamlarda past miqdorda bo‘lishi sodali sho‘rlanish jarayonlari ushbu hudud uchun xos emasligini ko‘rsatadi. 1-jadval. Xovos tumani “E.Qahhorov” massivi tuproqlarining sho‘rlanganlik holati

Quru anion Na⁺ Sho‘rlanish Qatlam Komp. Kesm q SO⁻⁻ - chuqurl HCO₃ Cl⁻ Ca⁺⁺ Mg⁺⁺ mg.e yig‘in., a№ qoldi ₄ katio % tipi darajasi ik, sm kv % q, % n 0,19 1,65 Juda 0-26 3,035 0,037 0,23 0,060 40,59 24,17 0,556 2,735 S 3 9 kuchli 34,5 11,4 0,6 5,43 4,94 16,42 6 8 0,47 2,45 Juda 26-47 4,795 0,031 0,25 0,114 64,96 43,10 0,991 4,314 X-S 3 5 kuchli 13,3 51,1 12,4 0,5 9,38 21,86 2 4 8 0,45 2,06 0,22 Juda 47-84 4,165 0,027 0,090 56,29 37,66 0,866 3,728 S 5 5 5 kuchli 12,8 43,0 11,2 0,45 7,41 18,63 3 1 3 0,62 2,82 Juda 84-120 5,730 0,027 0,53 0,003 76,82 50,13 1,153 5,159 X-S 3 3 kuchli 17,5 58,8 26,4 0,45 0,25 26,69 7 0 5 0,06 0,77 0-26 1,345 0,024 0,24 0,054 18,44 2,02 0,046 1,207 S O‘rtacha 7 6 16,1 11,9 20 0,40 1,88 4,44 16,42 6 8 0,04 0,28 26-46 2,580 0,021 1,56 0,060 34,23 15,07 0,347 2,322 S Kuchli 9 5

32,4 14,2 0,35 1,38 4,94 19,16 9 2 0,05 0,95 0,16 46-85 1,620 0,021 0,063 21,84 8,42 0,194 1,455 S O‘rtacha 6 6 5 19,9 0,35 1,58 8,23 5,18 13,42 85-115 1,330 0,027 0,02 0,78 0,16 0,042 17,67 6,23 0,143 1,189 S O‘rtacha 8 9 16,4 0,45 0,79 7,98 3,46 11,44 0,01 0,58 0-26 0,995 0,034 0,17 0,018 13,31 3,35 0,077 0,906 S Kuchsiz 8 9 12,2 0,55 0,49 8,48 1,48 9,96 0,01 0,95 26-44 1,560 0,021 0,3 0,042 20,64 2,21 0,051 1,383 S O‘rtacha 4 5 19,8 14,9 0,35 0,39 3,46 18,43 9 7 0,02 0,90 44-80 1,520 0,031 0,32 0,009 20,01 3,30 0,076 1,365 S O‘rtacha 1 8 18,9 15,9 0,50 0,59 0,74 16,71 1 7 0,01 0,61 0,14 80-115 1,030 0,031 0,033 13,64 3,69 0,085 0,920 S O‘rtacha 4 2 5 12,7 0,50 0,39 7,24 2,72 9,95 0,01 0,82 0-26 1,350 0,037 0,28 0,036 18,20 1,27 0,029 1,222 S O‘rtacha 4 6 17,2 13,9 0,60 0,39 2,96 16,93 1 7 0,01 0,64 0,19 26-46 1,040 0,027 0,051 14,14 0,21 0,005 0,932 S O‘rtacha 1 3 5 13,3 0,45 0,30 9,73 4,20 13,93 0,00 0,65 46-85 1,060 0,034 0,17 0,042 14,35 2,41 0,055 0,961 S O‘rtacha 7 3 13,6 0,55 0,20 8,48 3,46 11,94 0,01 0,49 85-115 0,840 0,027 0,13 0,009 11,12 3,89 0,090 0,765 S Kuchsiz 1 8 10,3 0,45 0,30 6,49 0,74 7,23 0,01 0,85 0,22 0-27 1,435 0,034 0,015 18,87 6,41 0,147 1,295 S O‘rtacha 8 6 5 17,8 11,2 0,55 0,49 1,23 12,46 3 3 0,01 0,96 60 27-48 1,640 0,092 0,29 0,015 21,83 6,13 0,141 1,511 S O‘rtacha 1 2 20,0 14,4 1,50 0,30 1,23 15,71 4 7 0,030 0,01 0,49 0,09 48-82 0,805 0,063 11,13 1,20 0,028 0,723 S Kuchsiz 5 1 6 5

10,3 0,50 0,30 4,74 5,18 9,93 0,01 0,63 82-110 1,060 0,037 0,2 0,015 14,06 2,85 0,065 0,96 S O‘rtacha 1 2 13,1 0,60 0,30 9,98 1,23 11,21

2-jadval. Xovos tumani “E.Qahhorov” massivi tuproqlarining sho‘rlanganlik holati

Qatla Na⁺ Kom Sho‘rlanish Quru m p. Kesm q anionchuqu HCO₃ Cl⁻ SO⁻⁻₄ Ca⁺⁺ Mg⁺⁺ mg.e yig‘i a№ qoldi kation % tipi darajasi rlik, kv n., q, % sm % 0-25 1,610 0,024 0,032 0,987 0,285 0,069 21,85 1,95 0,045 1,442 S O‘rtacha 0,40 0,89 20,56 14,22 5,68 19,90 25-49 1,600 0,031 0,032 0,977 0,28 0,060 21,74 2,83 0,065 1,445 S O‘rtacha 0,50 0,89 20,35 13,97 4,94 18,91 49-67 1,560 0,018 0,025 0,966 0,29 0,063 21,11 1,46 0,034 1,396 S O‘rtacha 0,30 0,69 20,12 14,47 5,18 19,66 67-89 1,605 0,024 0,028 0,990 0,3 0,069 21,81 1,16 0,027 1,438 S O‘rtacha 0,40 0,79 20,62 14,97 5,68 20,65 89-150 1,570 0,018 0,011 0,986 0,28 0,057 21,13 2,47 0,057 1,409 S O‘rtacha 0,30 0,30 20,54 13,97 4,69 18,66 0-28 1,465 0,015 0,011 0,912 0,275 0,045 19,54 2,12 0,049 1,307 S O‘rtacha 0,25 0,30 19,00 13,72 3,70 17,43 Juda 28-46 3,020 0,031 0,123 1,768 0,3 0,111 40,78 16,68 0,384 2,717 S kuchli 0,50 3,45 36,83 14,97 9,14 24,11 Juda 46-82 3,010 0,027 0,112 1,759 0,29 0,096 40,25 17,88 0,411 2,695 S kuchli 0,45 3,16 36,64 14,47 7,90 22,37 82-125 2,960 0,034 0,112 1,745 0,265 0,114 40,06 17,45 0,401 2,671 S Kuchli 0,55 3,16 36,35 13,22 9,38 22,61 0-25 1,520 0,027 0,007 0,935 0,305 0,021 20,12 3,18 0,073 1,368 S O‘rtacha 0,45 0,20 19,48 15,22 1,73 16,95 25-44 1,545 0,024 0,011 0,956 0,315 0,033 20,61 2,18 0,050 1,389 S O‘rtacha 0,40 0,30 19,91 15,72 2,72 18,43 44-76 1,465 0,021 0,014 0,916 0,285 0,054 19,83 1,16 0,027 1,317 S O‘rtacha 0,35 0,39 19,08 14,22 4,44 18,67 76-110 1,510 0,034 0,014 0,936 0,3 0,054 20,44 1,03 0,024 1,362 S O‘rtacha 0,55 0,39 19,50 14,97 4,44 19,41 0-22 1,480 0,031 0,007 0,918 0,255 0,042 19,82 3,64 0,084 1,337 S O‘rtacha 0,50 0,20 19,12 12,72 3,46 16,18 22-45 1,550 0,031 0,039 0,926 0,305 0,042 20,87 2,20 0,051 1,394 S O‘rtacha 110 0,50 1,09 19,29 15,22 3,46 18,68 45-85 1,140 0,031 0,011 0,696 0,27 0,021 15,29 0,09 0,002 1,031 S O‘rtacha 0,50 0,30 14,50 13,47 1,73 15,20 85-130 1,420 0,024 0,018 0,868 0,3 0,042 18,97 0,55 0,013 1,265 S O‘rtacha

0,40 0,49 18,08 14,97 3,46 18,43 0-18 2,655 0,027 0,060 1,606 0,3 0,078 35,58 14,19 0,326 2,397 S Kuchli 0,45 1,68 33,45 14,97 6,42 21,39 18-39 2,240 0,031 0,053 1,356 0,3 0,069 30,23 9,58 0,220 2,029 S Kuchli 0,50 1,48 28,25 14,97 5,68 20,65 39-85 1,575 0,024 0,039 0,965 0,29 0,069 21,59 1,44 0,033 1,42 S O‘rtacha 0,40 1,09 20,10 14,47 5,68 20,15

Kationlar tarkibida Na⁺ ionlarining yuqori ulushi ayrim kesmalarda yaqqol namoyon bo‘ldi. Natriy ionlarining ko‘pligi tuproq strukturasining yemirilishiga, suv-fizik xossalarining yomonlashuviga hamda tuproqning agroekologik holatini pasayishiga olib keladi. Ca²⁺ va Mg²⁺ ionlarining mavjudligi, ayniqsa o‘rtacha sho‘rlangan qatlamlarda, tuproqning muayyan darajada barqaror holatini ta’minlaydi. Bu holat tuproqlarning to‘liq sho‘rtoblashmaganini va meliorativ tadbirlar yordamida ularning holatini yaxshilash imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. XULOSA Sirdaryo viloyati Xovos tumani sho‘rlangan tuproqlarining kimyoviy tahlili shuni ko‘rsatdiki, hudud tuproqlari asosan sulfatli va xlor–sulfatli sho‘rlanish tipiga mansub bo‘lib, sho‘rlanish darajasi qatlamlar va kesmalar bo‘yicha keskin farqlanadi. Yuqori va o‘rta qatlamlarda tuzlarning to‘planishi kuchli bug‘lanish va sizot suvlarining ta’siri bilan bog‘liq. Natriy ionlarining ustunligi tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, meliorativ choralarni ilmiy asosda amalga oshirish zarurligini taqozo etadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Jabborov O.A. Sug'oriladigan tuproqlar unumdorligi dinamikasi va uni oshirish yo'llari. Avtoreferat. 2021. -41 b
  2. Dimo N.A. – “Очерк природных условий и почв Голодной степи.” Toshkent: O‘rta Osiyo davlat nashriyoti, 1933.
  3. Kovda V.A. – “Происхождение и режим засоленных почв”. Том I Москва. Издательство Академии наук СССР 1946
  4. «Markaziy Osiyo tuproqlari va o'simliklar qoplamini agrokimyoviy tahlil qilish uslublari» Toshkent, 1977
  5. Yе.Arinushkina «Tuproqlarni kimyoviy tahlil qilish bo'yicha qo'llanma» Moskva, 1970

Metama’lumot

Identifikator
REL-A-013212
Nashr sanasi
2026-01-05
Til
o‘zbek
Jurnal
Research Focus International Scientific Journal
Jild
4
Son
12
DOI
10.66073/researchfocus.v4i12.1901
ISSN
2181-3833 · 2181-3833
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
56–61
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Research Focus International Scientific Journal
Oxirgi yangilanish
2026-09-11