11-12 YOSHLI FUTBOLCHILARNI TAYYORGARLIK DARAJASINI O‘RGANISH VA O‘QUV MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI
Niyozmatov Elbek RustamaliyevichNamangan davlat texnika universiteti Jismoniy madaniyat va sport katta o‘qituvchisi2026
JurnalResearch Focus International Scientific JournalJild 4Son 12Sahifa 117–122
Annotatsiya
11-12 yoshli futbolchilarni tayyorgarlik sport turi bilan shug‘ullanishda, barcha jismoniy sifatlarni rivojlanishi kuzatiladi. Organizmni turli organ va tizimlari faoliyati futbol sport turi bilan shug‘ullanishda yaxshilanadi va rivojlanadi. Shuning uchunyurtimiz aholisini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, futbol sport turi hozirgi kunda asosiy omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdagi asosiy hisoblanadi.
Boshqa tillarda
ruschaИЗУЧЕНИЕ УРОВНЯ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ ФУТБОЛИСТОВ 11-12 ЛЕТ И ПУТИ ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕБНО-ТРЕНИРОВОЧНЫХ ЗАНЯТИЙ
При занятиях футболистами 11–12 лет подготовительными видами спорта наблюдается развитие всех физических качеств. В процессе занятий футболом совершенствуется и развивается деятельность различных органов и систем организма. Поэтому в настоящее время футбол является одним из основных факторов формирования здорового образа жизни населения нашей страны. Кроме того, он является основным в подготовке высококвалифицированных специалистов по футболу, обеспечивая практические и теоретические знания, умения и навыки.
inglizchaSTUDYING THE PREPAREDNESS LEVEL OF 11-12 YEAR OLD FOOTBALL PLAYERS AND WAYS OF ORGANIZING TRAINING SESSIONS
When 11-12 year old football players engage in this sport as part of their preparation, the development of all physical qualities is observed. The activity of the various organs and systems of the organism improves and develops through engagement in football. For this reason, football is today one of the main factors in forming a healthy lifestyle among the population of our country. In addition, it is fundamental in training highly qualified specialists in football and in imparting practical and theoretical knowledge, skills and abilities.
Kalit so‘zlar
- 11-12 yoshli futbolchilarni hujumchi
- to‘p uzatuvchi
- libero
- tana uzunligi
- tana og‘irligi
- oldinga egilish
- o‘ng oyoqkuchi
- chap oyoq kuchi
- yuqoriga sakrash
- uzunlikka sakrash
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
11-12 YOSHLI FUTBOLCHILARNI TAYYORGARLIK DARAJASINI O‘RGANISH VA O‘QUV MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH YO‘LLARI Niyozmatov Elbek Rustamaliyevich Namangan davlat Texnika unverseteti Jismoniy madaniyat va sport katta o‘qituvchi E-mail: niyozmatovelbek7744@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.17938207 Annotatsiya: 11-12 yoshli futbolchilarni tayyorgarlik sport turi bilan shug‘ullanishda, barcha jismoniy sifatlarni rivojlanishi kuzatiladi. Organizmni turli organ va tizimlari faoliyati futbol sport turi bilan shug‘ullanishda yaxshilanadi va rivojlanadi. Shuning uchunyurtimiz aholisini sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda, futbol sport turi hozirgi kunda asosiy omillardan hisoblanadi. Bundan tashqari, futbol bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, amaliy va nazariy bilim, ko‘nikma va malakalarni berishdagi asosiy hisoblanadi. Kalit sо‘zlar: 11-12 yoshli futbolchilarni hujumchi, to‘p uzatuvchi, libero, tana uzunligi, tana og‘irligi, oldinga egilish, o’ng oyoqkuchi, chap oyoq kuchi, yuqoriga sakrash, uzunlikka sakrash.
ПУТИ ИЗУЧЕНИЯ УРОВНЯ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ 11–12 ЛЕТ И ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕБНО-ТРЕНИРОВОЧНЫХ ЗАНЯТИЙ» Ниёзматов Эльбек Рустамалиевич Наманганский государственный технический университет, старший преподаватель кафедры физической культуры и спорта E-mail: niyozmatovelbek7744@gmail.com Аннотация: При занятиях футболистами 11–12 лет подготовительными видами спорта наблюдается развитие всех физических качеств. В процессе занятий футболом совершенствуется и развивается деятельность различных органов и систем организма. Поэтому в настоящее время футбол является одним из основных факторов формирования здорового образа жизни населения нашей страны. Кроме того, он является основным в подготовке высококвалифицированных специалистов по футболу, обеспечивая практические и теоретические знания, умения и навыки. Ключевые слова: Игроки 11–12 лет проходят тестирование на атаку, пасующего, либеро, длину тела, массу тела, наклон вперед, силу правой ноги, силу левой ноги, прыжки в высоту и длину.
WAYS TO STUDY THE LEVEL OF PREPARATION OF 11-12 YEAR-OLD FOOTBALL PLAYERS AND ORGANIZE TRAINING TRAININGS Niyozmatov Elbek Rustamalievich Namangan State Technical University, Senior Lecturer in Physical Culture and Sports e-mail: niyozmatovelbek7744@gmail.com Abstract. When 11-12-year-old football players are involved in preparatory sports, the development of all physical qualities is observed. The activity of various organs and systems of the body improves and develops when playing football. Therefore, football is currently one of the main factors in forming a healthy lifestyle for the population of our country. In addition, it is the main one in training highly qualified specialists in football, providing practical and theoretical knowledge, skills and qualifications.
Keywords: 11-12 year old players are tested on attacker, passer, libero, body length, body weight, forward lean, right leg strength, left leg strength, high jump, long jump.
KIRISH Yurtimzda jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilayotganligi ma’naviy yetuk barkamol avlodni komol topishiga zamin yaratmoqda. Ayniqsa, ommaviy sport turlarini rivojlantirish asosida ular ichidan iqtidorli istiqbolli futbolchilarni izlab topish va milliy terma jamoalar safini to‘ldirish masalalariga keng e’tibor qaratilmoqda. Bu esa jamoalarda iqtidorli yosh futbolchilarni izlab topish va ularni ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlariga maqsadli yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. “Mamlakatimizda yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yosh futbolchilarni tanlash, saralab olish (seleksiya) tizimi va futbol infratuzilmasini yanada rivojlantirish, futbol bo‘yicha sport maktablari faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish” kabi vazifalari belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda yosh futbolchilarni texnik-taktik va jismoniy tomondan rivojlantirish uchun tizimli ishlarni olib borish va ularning hujum harakatlarini bajarishdagi texnik elementlarini yoshga nisbatan tez o‘zlashrishlarida yuzaga keladigan muammolarga ilmiy asoslangan yechim topish dolzabligicha qolmoqda. Shu sababli hozirgi vaqtda boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi futbolchilar bilan ishlaydigan mutaxassislar oldida, o‘yinda g‘alaba qozonish uchun hujum uyushtirish harakatlarini maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari shaklida qo‘llashga intilish kuzatilayotgan bo‘lsa, boshqa tomondan bu vaziyat yillik mashg‘ulot soatlaridagi taqsimotni buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Bu esa yosh futbolchilarning hujumdagi texnik-taktik tayyorgarligini oshirish uslubiyatini ishlab chiqish dissertatsiya ishimizning dolzarbligini belgilab beradi. O‘zbekiston Respubliasi Prezidentiining 2019-yil 4-dekabrdagi PF-5887-son “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil 16-martdagi PQ-3610-son “Futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi PQ-414- sonli, 2023-yil 7-apreldagi PQ-115-son “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Ishning maqsadi yosh futbolchilarni o‘yin jarayonida hujumdagi texnik-taktik tayyorgarligini rivojlantirish uslubiyatini ishlab chiqish orqali tayyorgarligini oshirishdan iborat. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Futbolchilarni tayyorlash, turli yoshdagi futbolchilar tayyorgarligini o‘ziga xos xususiyatlari, texnik-taktik tayyorgarligini oshirish masalalari bo‘yicha mahalliy olimlardan Sh.U.Abidov, Z.R.Nurimov A.A.Artikov, M.R.Yo‘ldashov, O.Y.Bekturovlar kabi olimlar o‘z tadqiqotlarida yosh futbolchilarning texnik taktik tayyorgarligi, jumladan, jamoaviy texnik-taktik harakatlarni amalga oshirishga oid ma’lumotlarni yoritishgan, biroq 11-12 yoshdagi futbolchilarning hujumda amalga oshiriladigan texnik-taktik harakatlarini rivojlantirish masalasi to‘liq yoritilmagan. Bu esa, 11-12 yoshli futbolchilarning hujumda amalga oshiriladigan texniktaktik harakatlar samaradorligini oshirish muammosining dolzarbligini belgilab beradi. Namangan viloyati futbolida yetakchi va malakali mutaxassislardan 66 nafari tanlab olindi. So‘rovnomada, yosh futbolchilarning hujum uyushtirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi texnik-taktik harakatlarini takomillashtirish bo‘yicha fikrlar o‘rganish asosiy maqsadimiz bo‘lib
hisoblandi. So‘rovnomada o‘quv-mashg‘ulot samarasini oshirishga oid 6 ta muhim bo‘lgan savollar tanlab olindi. NATIJALARI VA MUXOKAMASI Biz tomonimizdan o‘tkazilgan murabbiy va mutaxassislar o‘rtasida so‘rovnomada yosh futbolchilarning o‘quv-mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantirish imkonini berdi. Birinchi akademiya, sport maktablarda taktik tayyorgarlik jarayoniga berilayotgan e’tiborni a’lo darajada baholaysiz degan savolga mutaxassislarni fikrlar turlicha ekanligi aniqlandi. Futbol bo‘yicha mutaxassislar 78% Akademiya, sport maktablarda taktik tayyorgarlik jarayoniga berilayotgan e’tiborni a’lo darajada deb baholangan bo‘lsa, 22% yetarli darajada emasligini e’tirof etishgan O‘tkazilgan anketa so‘rovnoma natijalari bo‘yicha quyidagilarni aniqlash imkonini bergan: 1. So‘rovnomada o‘z fikrlari bilan qatnashgan mutaxassislarning qo‘yilgan savollar bo‘yicha ma’lumotlar bir xil bo‘lganligiga qaramasdan, ularning aksariyati (82,5%) hujum harakatlarini samarali tashkil etishda yosh futbolchilarning texnik tayyorgarlikka e’tibor qaratish kerakligini bildiradi. Bu esa, yosh futbolchilarning texnik usullar takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish zarurligini bildiradi. 2. Tezkor hujumlarni tashkil etishda to‘pni uzatishlar, raqibni aldab o‘tish, to‘pni olib yurish va darvozaga zarba berishlar texnik usullarni takomillashtirish muammosi quyidagi vazifalarni hal qilishni talab qiladi: - o‘yinlarda yosh futbolchilar tomonidan hujum harakatlarini amalga oshirish jarayonidagi texnik usullarni bajarish holatlarini o‘rganib chiqish; -futbol mashg‘ulotlarida hujum taktik harakatlarini o‘rgatish jarayoni yosh futbolchilarning texnik usullarni takomillashtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan vositalarni o‘rganish va joriy etish; -o‘quv-mashg‘ulotlari va musobaqa o‘yinlarida hujum taktik harakatlarini bajarish shartsharoitlarini (texnik usullarni bajarish mashqning shiddati, futbolchilar organizmining holati) o‘rganish; -yosh futbolchilarda hujum harakatlarini amalga oshirishda texnik harakatlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar asosida texnik usullarning takomillashtirish metodikasini ishlab chiqish va asoslashdan iborat (1-jadvalga qarang).
1-jadval. Yosh futbolchilarning murabbiylari bilan olib borilgan anketa-so‘rovnoma natijalari № Hа Y Respondentlardan olingan javoblar %xisobida o‘q 1. Akademiya, sport maktablarda taktikaga tayyorgarlik 3 7 1 2 jarayoniga berilayotgan e’tiborni a’lo darajada baholaysiz? 9 8% 1 2% 2. 11-12 yoshda hujum taktik harakatlariga urg‘u berish kerak 1 3 3 6 deb bilasizmi? 7 4% 3 6% 3. Tezkor hujum harakatlarini pozitsion hujum harakatlariga 3 7 1 2 nisbatan ko‘proq o‘quv-mashg‘ulot jarayonida e’tibor qaratish 6 2% 4 8% kerakmi?
4. Pozitson hujum harakatlarini tezkor hujum harakatlariga 2 4 2 5 nisbatan ko‘proq o‘quv-mashg‘ulot jarayonida e’tibor qaratish 2 4% 8 6% kerakmi? 5. Hujum harakatlarni samarali tashkil etishda texnik 4 9 1 tayyorgarlik darajasi yuqori bo‘lishi kerak deb bilasizmi? 5 0% 0% 6. Texnik tayyorgarlik darajasini oshirish uchun o‘yin 3 7 1 3 vaziyatidan kelib chiqqan holda tanlangan vositalarni samarali deb 5 0% 5 0% bilasizmi? Izoh: So‘rovnomda 66 nafar respondent ishtirok etgan. Pedagogik tadqiqot boshida nazorat va tajriba guruhida 11-12 yoshli futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini harakterlaydigan testlar bo‘yicha nazorat (NG, n=15) va tajriba (TG, n=15) guruhlari 11-12 yoshli futbolchilari tomonidan o‘rganilgan har bir test bo‘yicha pedagogik tajriba boshida qayd etilgan natijalari hamda ularning asosiy statistik harakteristikalari, shuningdek guruhlar sinaluvchilari natijalari o‘rtacha arifmetik qiymatlarining absolyut va (nazorat guruhidagi mos ko‘rsatkichga nisbatan) nisbiy farqlari hamda ushbu absolyut farqlarni Styudent taqsimoti kritik qiymatalarini hisoblash asosida amalga oshirilgan statistik ishonchlilik baholari ma’lumotlari (2-jadvalda keltirilgan). 2-jadval. Pedagogik tadqiqot boshida nazorat va tajriba guruhi 11-12 yoshli futbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik natijalari tahlili harakterlaydigan testlar bo‘yicha pedagogik tajriba boshida qayd etilgan natijalari, (n=30) Nazorat guruhi Tajriba guruhi (15) Farq № Testlar (15) t P X Σ V,% X Σ V,% AF NF Umumiy tayyorgarlik 6 117 15,5 1149 183,7 15,9 26,0 0,4 >0, 1 183 2,21 daqiqalik 5,3 9 ,3 4 9 3 5 6 ugurish (m) 30 m to‘p b n 14,5 14,9 0,1 >0, 2 6,69 0,97 6,75 1,01 0,06 0,90 yugurish (m) 6 6 9 8 To‘pni o‘ng oyoq bilan 29,0 13,5 13,9 0,7 >0, 3 3,94 28 4,19 0,97 3,34 uzoqlikka 3 7 7 5 4 tepish (m) To‘pni chap oyoq bilan 26,6 12,6 24,4 12,9 0,8 >0, 4 2,99 3,18 0,81 3,42 uzoqlikka 8 3 9 8 3 4 tepish (m) To‘pni 2 qo‘lda bosh ustidan 10,0 14,5 10,3 14,9 0,6 >0, 5 1,46 1,546 0,31 3,10 uzoqlikka otish 1 9 2 8 5 5 (m) 1 daqiqа 35,2 13,5 34,5 13,9 0,5 >0, 6 4,79 4,83 0,76 2,15 Oyoqda to‘p 9 7 3 9 0 6
oynatish (janglor) Izoh: to‘pni yon chiziqdan tashlash testi o‘yin vaziyatidagi ko‘rinishda tashkil etilgan. Mazkur jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish pedagogik tajribaga jalb etilgan nazorat va tajriba guruhlari yosh futbolchilari tomonidan o‘rganilgan oltita maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini xarakterlaydigan testlar bo‘yicha tajriba boshida qayd etilgan natijalari o‘zaro bir-birlariga yaqin ekanligini ko‘rsatib turibdi. Jumladan, o‘rganilgan 1-test, ya’ni 6 daqiqalik yugurish masofasi natijalari bo‘yicha pedagogik tajriba boshida nazorat guruhi 11-12 yoshli futbolchilari natijalarining o‘rtacha arifmetik va standart og‘ish qiymatlari o‘rtacha=1175,3±183,0 m. ga (ushbu guruhdagi mazkur test natijalari uchun hisoblangan variatsiya koeffitsiyent V=15,59 %) teng bo‘lgan bo‘lsa, tajriba guruhida mazkur ko‘rsatkichlar o‘rtacha=1149,3±183,74 m. ga (variatsiya koeffitsiyent V = 15,99 %) teng ekanligi aniqlandi. Shuning bilan birga, ushbu test ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat va tajriba guruhlari natijalari o‘rtacha arifmetik qiymatlarining absolyut farqi 26,03 m. ni va ularning (nazorat guruhi mos ko‘rsatkichiga nisbatan) nisbiy farqi 2,21 % ni tashkil etganligi aniqlandi. 11-12 yoshli nazorat (NG, n=15) va tajriba (TG, n=15) guruhlariga mansub bo‘lgan futbolchilar tomonidan jamoaviy texnik-taktik harakatlari samaradorligi ko‘rsatkichlarini harakterlaydigan o‘rganilgan testlarning har biri bo‘yicha pedagogik tajriba boshida qayd etilgan natijalari hamda ularning asosiy statistik harakteristikalari, shuningdek guruhlar sinaluvchilari natijalari o‘rtacha arifmetik qiymatlarining absolyut va (nazorat guruhidagi mos ko‘rsatkichga nisbatan foizlarda ifodalangan) nisbiy farqlari hamda tajriba boshida kuzatilgan ushbu absolyut farqlarni Styudent taqsimoti kritik qiymatalarini hisoblash asosida amalga oshirilgan statistik ishonchlilik baholari ma’lumotlari. XULOSALAR Sport zahiralarini tayyorlash nazariyasi va amaliyotini har tomonilama tahlil qilish asosida, o‘yin orqali o‘rgatish uslubiyati jahonda futbolining rivojlantirish yo‘nalishlariga mosligi aniqlandi. Futbolchilarning keskin o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlarida ularni tez va to‘g‘ri baholay olish, optimal qarorlar qabul qilish, ularni kelgusi rivojini oldindan ko‘ra olish qobiliyatlari muhim ahamiyatga ega, bu esa sportchilarda o‘yin (taktik) tafakkur rivojlanib borayotganligini ko‘rsatadi. Biroq mashg‘ulot jarayonini futbolchilarning musobaqa faoliyatini modellashtiruvchi o‘yin mashqlarini tanlash, tuzish va ketma-ketligi aniqlash bilan bog‘liq, tashkiliy-uslubiy ta’minoti yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi yosh futbolchilarda taktik tayyorgarlik jarayoni samaradorligini oshirish uchun pedagogik amaliyotga ularni tadbiq etish muammolarini ahamiyatli darajada murakkablashtirmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 - yil 16-martdagi “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3610-son / WWW. Lех.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 3 iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3031-son, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi / WWW. Lех.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-dekabr, futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida PF-5368-sonli farmonini / WWW. Lех.uz.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2023 yildagi PQ-115-son qarori ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning va aholining barcha qatlamlarida ommalashtirish hamda yoshlarni sog‘ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish qarоri / WWW. Lех.uz
- Artikov A.A. Alimjanov S.I. Shukurova Sh.T. Futbolchilarning mashg‘ulot jarayonida pedagogik nazorat. Uslubiy qo'llanma Toshkent. 2014 y. 62 b.
- Bekturov O.Yo. Yosh futbolchilarning nazariy bilimlarni oshirish. Uslubiy qo'llanma. Toshkent. 2013y. 35 bet.
- Davletmuradov S.R. Futboichilarni tayyorlashda pedagogoik nazorat. Uslubiy qo'llanma Toshkent 2014 y.26 bet
- Talipdjanov A.I. Yuqori malakali futbolchilar tayyorlashning zamonaviy tizimi. O'quv qo'llanma. Т., O'zDJTI. 2012 у. 164 b
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-A-013224
- Nashr sanasi
- 2026-01-05
- Til
- o‘zbek
- Jurnal
- Research Focus International Scientific Journal
- Jild
- 4
- Son
- 12
- DOI
- 10.66073/researchfocus.v4i12.1913
- ISSN
- 2181-3833 · 2181-3833
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 117–122
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 42026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Research Focus International Scientific Journal
- Oxirgi yangilanish
- 2026-09-11