Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TIZIM TAHLILI VA MATEMATIK MODELLASHTIRISH: ILMIY ASOSLAR VA AMALIY AHAMIYAT
Baxtiyorjonova Madina Ma‘mirjon qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada O‘zbekiston ta‘lim tizimi tizimli grafik usul yordamida tahlil qilinadi. Asosiy e‘tibor umumiy, boshlang‘ich va oliy ta‘lim ko‘rsatkichlarining dinamikasiga, infratuzilma muammolariga, malakali kadrlar yetishmasligiga va tizimli muammolarni hal qilish choralariga qaratilgan. Tahlil vaziyatning haqiqiy manzarasini taqdim etish uchun milliy statistika, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va so‘nggi o‘zgarishlarga asoslangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR VA ULARNI BARTARAF QILIShDA KREDIT SIYoSATINING AHAMIYaTI
Dusanov Daniyor Urazbaevich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Tezisda tijorat banklarida muammoli kreditlar va ularni bartaraf etishda kreditsiyosatining o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan. tezisda kredit siyosatini bank resurslarini samaralijoylashtirish, risklarni baholash va muammoli kreditlar yuzaga kelishining oldini olishda hal qiluvchi omilsifatida ta‘kidlangan. AQSh, Yevropa, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Singapur tajribalari asosidakredit siyosatining pul-kredit siyosati bilan uyg‘unlashuvi inflyatsiya darajasi, iqtisodiy barqarorlik vamilliy valyuta qadriga ta‘siri asoslab berilgan. Shuningdek, depozit siyosati bilan kredit siyosati o‘rtasidagiuzviy bog‘liqlik ko‘rsatilib, bank likvidligini ta‘minlash va muammoli kreditlarni kamaytirishdagiahamiyati ochib berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
XADICHA KO‘LI SUVNING SHO‘RLANISHI DARAJASIGA KO‘RA EKOLOGIK GURUXLARI
Qabulova Barno Bahriddin kizi, Tashpulatov Yigitali Shavkatullayevich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada Buxoro viloyatidagi Xadicha ko‘li algoflorasining ekologik xususiyatlari,suvning sho‘rlanish darajasi bo‘yicha ekologik guruhlarga ajratilishi tahlil qilindi. Tadqiqot 2019-2022yillar ma‘lumotlariga asoslanib olib borilib, ko‘lda jami 216 tur algal flora aniqlangan. Suvning kuchlisho‘rlanishi ta‘sirida indifferens (60,6%) turlar ustunligi va sho‘rlikka mos galofil (halofil) turlar yuqoriulushga ega bo‘lgani qayd etildi[1][2]
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ABDULLA QAHHORNING “O‘G‘RI” HIKOYASINING HOZIRGI DAVR BILAN MOSLASHISHI
Norboboyev Diyorbek Baymat oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada Abdulla Qahhor serqirra ijodkor, taniqli davlat arbobi va ko‘plabhikoyalar mualifi hisoblanadi. Uning asar va hikoyalarida xalq hayotini, odamlarning orzuintilishlarini,ijtimoiy muammolarini teran yoritib bergan yozuvchidir. Abdulla Qahhor hikoyalaridaxalqning o‘ziga xos hayot tarzi,odatlarini, inson fazilatlarini hamda illatlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgikunda ham amaldorlar oddiy xalqni azoblashini, nohaqliklar qilishini ko‘rishimiz mumkin. Hikoyada bizgahammaga birdek momila va tarbiya jihatlarni o‘rgatib boradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SUN‘IY INTELLEKT ASOSIDA NAQSH GENERATSIYASI VA UNING VIRTUAL KOSTYUM DIZAYNIDAGI QO‘LLANILISHI
Khomidov Voxidjon Obidovich, Rakhmonova Sarvinozkhon Abrorjon qizi, Ne‘matjonova Shohista Olimjon kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Tezisda sun‘iy intellekt asosida naqsh generatsiyasi va uning virtual kostyumdizaynida qo‘llanilish imkoniyatlari yoritiladi. Generativ neyron tarmoqlar (GAN) yordamida naqshlarniavtomatik hosil qilish yondashuvi qisqacha tavsiflanadi. Natijalar sun‘iy intellekt texnologiyalariningvirtual dizaynda ijodiy va texnik imkoniyatlarni birlashtiruvchi samarali vosita ekanini ko‘rsatadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ESP KONTEKSTIDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA SIMULYATSIYA METODINING O‘RNI
Shokirov Bakhodir Ismailovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Zamonaviy til ta‘limida nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalar o‘rtasidagi tafovutasosiy muammo hisoblanadi. Ushbu tadqiqot ESP kontekstida simulyatsiya metodining samaradorliginio‘rganishga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MINTAQANI BARQAROR RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION EKOTIZIMLARNI SHAKLLANTIRISHNI TARTIBGA SOLISH TIZIMI
Ramazanov Suhrob Sherzod oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada mintaqani barqaror rivojlantirishda innovatsion ekotizimlarnishakllantirish zaruriyati, o‘ziga xos xususiyatlari va ularni tartibga solish tizimi yoritib berilgan.Shuningdek, innovatsion ekotizimlarni shakllantirishni tartibga solish tizimini tadqiq qilish yuzasidanxulosa va takliflar bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
HUSHBO‘Y VA ZIRAVORLARNING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI
Abdurakhimova Muhabbatkhan Alijonovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada hushbo‘y va ziravor o‘simliklarning dorivorlik xususiyatlari,ularning tarkibidagi biofaol moddalar hamda xalq tabobatida qo‘llanishi yoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
AUDIOVIZUAL AUTENTIK MATERIALLAR VOSITASIDA TALABALARNING NUTQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Azimova Guljamol Begimqul qizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu tezisda audiovizual autentik materiallar vositasida talabalarning nutqiyko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish masalalariyoritilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPENENTLIGINI RIVOJLANTIRISH
Ibrogimova Mahira Shukhratovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdaintegrativ yondashuvning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda integratsiya jarayonining ta‘limtizimidagi o‘rni, uning pedagogik jarayonda samarali qo‘llanilishining afzalliklari hamda tarbiyachilarningkasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, integrativ yondashuvasosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning mazmuni, tarkibiy qismlari va metodik jihatlari ochibberilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
GRAFIK ORGANAYZERLAR YORDAMIDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Nabijanov Yusufjon Inomiddin oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada “Baliq skeleti” grafik organayzerining o‘quv jarayonida, xususan ona tilifanining 10-sinf darsliklarida o‘zlashma so‘zlar mavzusini o‘rganishda qo‘llanish imkoniyatlari tahlilqilinadi. Grafik organayzerlardan foydalanish o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini rivojlantirish,nazariy bilimlarni vizual tarzda yodda saqlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada“MindOnMap”, “Wondershare EdrawMind” va “EdrawMax” kabi dasturiy ta‘minotlar yordamida grafikorganayzerlarni yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Shuningdek, o‘quvchilarda raqamliko‘nikmalarni shakllantirish va interaktiv muhit yaratishning ahamiyati yoritiladi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ONA TILI TA‘LIMIDA FANLARARO INTEGRATSIYA ORQALI O‘QUVCHILARNI DIZAYN FIKRLASHGA O‘RGATISH
Valiyeva Nargiza Athamboyevna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqola ona tili ta‘limida fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarni dizaynfikrlashga o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlarini ko‘rib chiqadi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilargaturli fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushunishga yordam berib, ularning til o‘rganish jarayonini yanadaqiziqarli va samarali qiladi. Maqolada interaktiv loyihalar, multimedia vositalari, boshqa fanlar bilanhamkorlik, muammoli vazifalar va tijorat va ijtimoiy loyihalar kabi zamonaviy yondashuvlar muhokamaqilinadi. Ushbu yondashuvlar orqali o‘quvchilar kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va haqiqiyhayotiy muammolarni hal qilishda amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
RASMIIY NUTQNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI (NEMIS TILI MISOLIDA)
Kaharova Mavluda Mukaramovna · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
maqolada nemis tilidagi rasmiy nutqning (Amtssprache) leksik-semantikxususiyatlari tahlil qilinadi. Rasmiy uslubning ijtimoiy-lingvistik vazifasi aniqlik, neytrallik vame‘yoriylikni ta‘minlashdan iborat. Tadqiqotda Fachwörter (sohaviy terminlar), Nominalstil (otli ifodalar)va Funktionsverbengefüge (funksional fe‘l birikmalari) rasmiy nutqning asosiy tarkibiy qismlari sifatidako‘rib chiqiladi. Shuningdek, matnlarda passiv tuzilmalar, predloglar (gemäß, hinsichtlich, betreffend) vasinonimik cheklovlarning roli tahlil etiladi. Rasmiy nutqning lingvistik o‘rganilishi tarjima, til siyosati vanemis tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyat kasb etadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTIDA STEAM TEXNOLOGIYASI ASOSIDA DIZAYN VA KREATIV IJODKORLIKNI SHAKILLANTIRISH
Sorabekova E‘zoza Brave Girl · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqolada STEAM texnologiyasining ta‘lim jarayonidagi o‘rni, amalyotdatadbiq etishdagi jarayonlar, STEAM ning amalyot bilan bog‘liqligi, tajriba otkazish xonalarining tashkiletilishi va ko‘zlangan maqsad, texnologiyaning bola hayotidagi ahamiyati va uning xususiyatlari haqidaumumiy ma‘lumot berilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
IQTIDORLI BOLALARNI O‘QITISHDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH IMKONIYATLARI
Khushvaqtov Akmaljon Kalandarovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining(AKT) iqtidorli bolalar bilan ishlash jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamlitexnologiyalarning ta‘lim tizimiga chuqur kirib borishi natijasida iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash,rivojlantirish hamda ularning individual ta‘lim trayektoriyasini shakllantirish imkoniyatlari kengayganiyoritiladi. Shuningdek, AKT vositalarining o‘quvchilarda mustaqil o‘rganish, mas‘uliyatlilik vakommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTIDAGI NIZOLARNING XUSUSIYATLARI
Rahmonova Dilnoza Rakhmatkhan kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
mazkur tezisda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida yuzaga keladigan nizolar, ularningkelib chiqish sabablari, shakllanish omillari hamda hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta‘limtizimida pedagoglar, tarbiyachilar, bolalar va ota-onalar o‘rtasida vujudga keladigan nizolar ko‘pinchakommunikativ, psixologik yoki tashkiliy sabablarga borib taqaladi. Tadqiqotda nizolarni boshqarishningsamarali mexanizmlari, ularni konstruktiv yo‘l bilan hal etish metodlari hamda rahbarlarning konfliktologikkompetensiyasini rivojlantirish zarurati yoritilgan. Shuningdek, nizolarni ijobiy natijaga yo‘naltirish,jamoada sog‘lom psixologik muhitni ta‘minlash orqali ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llariko‘rsatib o‘tilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QISHLOQ XO‘JALIGIDA GENETIKA VA BIOTEXNOLOGIYANING AHAMIYATI
Rakhimov Madaminjon Alijonovich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Maqolada genetika va biotexnologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, uningrivojlanishida boshqa fanlarning roli, qishloq xo‘jaligdagi ahamiyati yoritilgan
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ALISHER NAVOIY ASARLARINING EKOLOGIK TARBIYA VA EKOLOGIK ONGNI SHAKLLANTIRISHDAGI MA‘NAVIY-PEDAGOGIK AHAMIYATI
Rahimberdieva Khurshida Alakhan kizi · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Mazkur tezisda Alisher Navoiy asarlari misolida adabiy matnlar orqali boshlang‘ichsinf o‘quvchilarida ekologik ongni shakllantirish imkoniyatlari yoritiladi. Klassik adabiyotning tarbiyaviysalohiyatidan foydalanish o‘quvchilarda tabiatga nisbatan estetik va axloqiy munosabatni shakllantirishgayordam beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KOREYADAGI O‘ZBEKISTONLIK MEHNAT MIGRANTLARINING IJTIMOIY HOLATI VA MADANIY IDENTIFIKATSIYA JARAYONLARI
Rahimberdiev Sardorbek Bekmurod oglu · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Ushbu maqola Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan o‘zbek mehnatmuhojirlarining ijtimoiy mavqei, madaniy o‘ziga xosligi va diaspora tarmoqlarining shakllanishini o‘rganadi. Koreyadagi o‘zbeklar misolida mehnat migratsiyasining yangi davridagi ijtimoiy moslashuv,madaniy o‘zgarishlar va milliy o‘ziga xoslik jarayonlari ko‘rib chiqiladi
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TRITIKALENI O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISH MUDDATI VA MA‘DANLI O‘G‘ITLAR ME‘YORLARINING TA‘SIRI
Dzho‘raev Mukimjon Yakubjonovich, Kushmatov Bakhtiyor Sadullaevich · “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi · 2025
Andijon viloyatining och tusli bo‘z tuproqlari sharoitida tritikalenitritikaleni ma‘danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish unib chiqish davriga umuman ta‘sirikuzatilmadi ammo, unib chiqish-tuplash, unib chiqish-naychalash, unib chiqish- boshoqlash va unibchiqish-to‘liq pishish davrlarida ekish me‘yorlari va ma‘danli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish o‘zta‘sirini ko‘rsatdi. Tritikaleni kuzgi ekish muddatida ekish me‘yorlarini gektariga 2,5 mln.donadan 3,0 mln. donaga oshirilishi o‘suv davrini 2-3 kunga, 3,5 mln. donaga oshirilishi esa 3-4 kunga qisqartiradi. Shuningdek, P30K30 fonida azotli o‘g‘itlar me‘yorini gektariga 30 kgdan 40,50 kg.ga oshirib borilishi o‘suv davrini 1-2 kunga uzaytiradi.