GRAFIK ORGANAYZERLAR YORDAMIDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Nabijanov Yusufjon Inomiddin ogluUniversity of Business and Science oliy ta‘lim muassasasi Til va adabiyot ta‘limi kafedrasi v. b. dotsenti, p.f.f.d. (PhD)2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 130–134
Annotatsiya
Maqolada “Baliq skeleti” grafik organayzerining o‘quv jarayonida, xususan ona tilifanining 10-sinf darsliklarida o‘zlashma so‘zlar mavzusini o‘rganishda qo‘llanish imkoniyatlari tahlilqilinadi. Grafik organayzerlardan foydalanish o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini rivojlantirish,nazariy bilimlarni vizual tarzda yodda saqlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada“MindOnMap”, “Wondershare EdrawMind” va “EdrawMax” kabi dasturiy ta‘minotlar yordamida grafikorganayzerlarni yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Shuningdek, o‘quvchilarda raqamliko‘nikmalarni shakllantirish va interaktiv muhit yaratishning ahamiyati yoritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaИспользование цифровых технологий для повышения эффективности обучения с помощью графических органайзеров.
В статье анализируются возможности использования графического органайзера «Рыбий скелет» в образовательном процессе, в частности, при изучении лексики в учебниках по родному языку для 10-го класса. Использование графических органайзеров способствует развитию критического и системного мышления учащихся, а также повышает эффективность визуального запоминания теоретических знаний. В статье приводятся практические рекомендации по созданию графических органайзеров с использованием таких программ, как «MindOnMap», «Wondershare EdrawMind» и «EdrawMax». Также подчеркивается важность развития цифровых навыков у учащихся и создания интерактивной среды.
inglizchaUSING DIGITAL TECHNOLOGIES TO INCREASE LEARNING EFFICIENCY WITH THE HELP OF GRAPHIC ORGANIZERS
The article analyzes the possibilities of using the “Fish Skeleton” graphic organizer in the educational process, in particular, in studying the topic of vocabulary in 10th grade textbooks on the subject of native language. The use of graphic organizers serves to develop students‘ critical and systematic thinking, and increase the effectiveness of visually memorizing theoretical knowledge. The article provides practical recommendations on creating graphic organizers using software such as “MindOnMap”, “Wondershare EdrawMind” and “EdrawMax”. It also highlights the importance of developing digital skills in students and creating an interactive environment.
Kalit so‘zlar
- baliq skeleti
- grafik organayzer
- lug‘at boyligi
- ona tili
- vizual ta‘lim
- tanqidiy fikrlash
- EdrawMind
- MindOnMap
- raqamli ta‘lim
- interaktiv metodlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
GRAFIK ORGANAYZERLAR YORDAMIDA DARS SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Nabijanov Yusufjon Inomiddin o‘g‘li University of Business and Science oliy ta’lim muassasasi Til va adabiyot ta’limi kafedrasi v. b. dotsenti, p.f.f.d. (PhD)
Annotatsiya: Maqolada “Baliq skeleti” grafik organayzerining o‘quv jarayonida, xususan ona tili fanining 10-sinf darsliklarida o‘zlashma so‘zlar mavzusini o‘rganishda qo‘llanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Grafik organayzerlardan foydalanish o‘quvchilarning tanqidiy va tizimli fikrlashini rivojlantirish, nazariy bilimlarni vizual tarzda yodda saqlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada “MindOnMap”, “Wondershare EdrawMind” va “EdrawMax” kabi dasturiy ta’minotlar yordamida grafik organayzerlarni yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Shuningdek, o‘quvchilarda raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish va interaktiv muhit yaratishning ahamiyati yoritiladi. Kalit so‘zlar: Baliq skeleti, grafik organayzer, o‘zlashma so‘zlar, ona tili, vizual ta’lim, tanqidiy fikrlash, EdrawMind, MindOnMap, raqamli ta’lim, interaktiv metodlar.
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ УРОКОВ С ПОМОЩЬЮ ГРАФИЧЕСКИХ ОРГАНАЙЗЕРОВ
Набижанов Юсуфджон Иномиддин угли Университет бизнеса и науки Кафедра преподавания языка и литературы, исполняющий обязанности доцента, кандидат педагогических наук (PhD)
Аннотация: В статье анализируются возможности применения графического органайзера «Рыбья кость» в учебном процессе, в частности при изучении темы заимствованных слов в учебниках по родному языку для 10 класса. Использование графических органайзеров способствует развитию критического и системного мышления учащихся, повышает эффективность запоминания теоретического материала в визуальной форме. В статье представлены практические рекомендации по созданию графических органайзеров с помощью программного обеспечения «MindOnMap»,
«Wondershare EdrawMind» и «EdrawMax». Также освещается значение формирования цифровых навыков у учащихся и создания интерактивной образовательной среды. Ключевые слова: Рыбья кость, графический органайзер, заимствованные слова, родной язык, визуальное обучение, критическое мышление, EdrawMind, MindOnMap, цифровое обучение, интерактивные методы.
USING DIGITAL TECHNOLOGIES TO ENHANCE LESSON EFFECTIVENESS THROUGH GRAPHIC ORGANIZERS
Nabijanov Yusufjon Inomidin ogli University of Business and Science Department of Language and Literature Education, Acting Associate Professor, PhD
Abstract: This article analyzes the possibilities of applying the “Fishbone” graphic organizer in the educational process, particularly in studying the topic of loanwords in 10th-grade native language textbooks. The use of graphic organizers promotes the development of students’ critical and systematic thinking and increases the efficiency of memorizing theoretical knowledge in a visual format. The article provides practical recommendations for creating graphic organizers using software such as MindOnMap, Wondershare EdrawMind, and EdrawMax. It also highlights the importance of developing digital skills among students and creating an interactive learning environment. Keywords: Fishbone, graphic organizer, loanwords, native language, visual learning, critical thinking, EdrawMind, MindOnMap, digital education, interactive methods.
Bugungi kunda ta’lim jarayonlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mavzuni chuqur va mustahkam o‘zlashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, dars jarayonlarida grafik organayzerlar – vizual sxemalar, xaritalar, diagrammalar yordamida o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga, mustaqil fikr bildirish va muammoga yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Baliq skeleti” grafik organayzerini fanga Kaoru Ishikava tomonidan olib kirilgan [5]. Ushbu grafik organayzer ham toifalash tarmog‘iga kiruvchi grafik organayzerlardan biri sanaladi. U ingliz tilida “fishbone diagram” deya nomlangan [Ishikawa, Kaoru; 1990, 448] bo‘lib, o‘zbek tiliga tarjima qilsak, “Baliq suyagi diagrammasi” deb yuritishimiz mumkin. Ammo biz uni “Baliq skeleti” nomi bilan yaxshi taniymiz. “Bali skeleti” grafik organayzeri “Aqliy hujum” metodining bir turi ekanligini, ushbu sxema dastlab “fishbone” texnologiyasi deya nomlanganini, amalda Yaponiya sanoatida bo‘lgan jarayonlarni tahlil qilish hamda sifatini yaxshilash maqsadida qo‘llangani haqida ma’lumotlarga ega bo‘lganmiz [Aвлаев О.У., Жўраева С.Н., Мирзаева С.Р.; 2017, 183]. Ushbu grafik organayzerda asosiy muammo markazga, ya’ni baliqning bosh qismiga yoziladi, uning chekka qismlariga esa ana shu muammodan chiqish usullari yoritiladi. Biz “MindOnMap” dasturiy ta’minotida ushbu “Baliq skeleti” grafik organayzerining modelini havola qildik (1-rasmga qaralsin).
1-rasm. “MindOnMap” dasturiy ta’minotida hosil qilib olingan “Baliq skeleti” grafik organayzeri Bu esa o‘quvchilarning atroflicha o‘ylashlariga, muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlashga hamda masalaga yechim topish asnosida tanqidiy xulosa qilishlariga yordam beradi. 10-sinf “ona tili” darsligidagi 15-mavzu o‘zlashma so‘zlar uslubiyatiga ajratilgan bo‘lib, darslikning 77-sahifasida o‘zlashma so‘zlar haqida nazariy qoida “nazariy matn” qismida quyidagicha berilgan: “Boshqa tillardan kirib kelgan so‘zlar tilga butunlay singib ketishi ham (kitob, fe’l, manti, stol, shkaf), ba’zilari singishmay turishi ham mumkin (restavratsiya, anonim, suflor). Shunga ko‘ra, to‘la o‘zlashgan (kitob, daftar, stansiya), nisbatan o‘zlashgan (vokzal, aeroport) va o‘zlashayotgan (skaner, skotch), o‘zlashmagan so‘zlar (ministr, oblast, rayon) farqlanadi. Ularning barchasini shartli ravishda o‘zlashma so‘zlar deymiz” [Mengliyev B. va b.; 2020,77]. Ushbu nazariy qoidaning berilishi mavzuni tushunib olishda yaxshi samara beradi, ammo qoidani o‘ziga xos grafik tasvirda – grafik organayzerlar orqali bersak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki ushbu holatda tasvirlashda tushunchalar, misollarning o‘ziga xos iyerarxik joylashuvini tasvirlashimiz natijasida o‘quvchining yodida yaxshiroq, samaraliroq qolish imkoniyatini yaratgan bo‘lamiz. Quyidagi grafik organayzerni e’tiboringizga havola qildik (2-rasmga qaralsin).
2-rasm. “WondershareEdrawMind” dasturiy ta’minotida hosil qilib olingan grafik roganayzer Ushbu grafik organayzer Wondershare EdrawMind dasturida hosil qilib olingan bo‘lib, nafaqat 10- sinf “ona tili” darsligida, balki boshqa sinflar uchun mo‘ljallangan ona tili darsliklarida ham biror bir
dasturiy ta’minotlar bilan ishlash uchun qandaydir bir metodik tavsiya yoki yo‘nalish berilmagan. Biz hozirgi yosh kelajak avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashimiz uchun, albatta, hozirgi zamon talabi bo‘lgan kompyuter va u bilan bog‘liq dasturiy ta’minotlar bilan ishlash ko‘nikmasini paydo qilishimiz, rivojlantirishimiz kerak. Nafaqat “ona tili”, balki informatikadan tashqari boshqa dasrliklarga ham mashg‘ulotlarni olib borish jarayonida, sinf ishlarini, amaliy mashg‘ulotlarni, uy vazifalarini tayyorlash jarayonida grafik organayzerlarni hosil qiluvchi dasturiy ta’minotlar bilan ishlashni rag‘batlantiradigan muhit kiritilishi lozim deb o‘ylayman. Darslikning aynan 77-sahifasida 15.5-mashq berilgan. Mashqda o‘zlashma so‘zlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yozilganini topishimiz kerak. Buni “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan foydalangan holda ham bajarsak bo‘ladi, ammo biz buni aynan grafik oganayzerlar bilan ishlovchi dasturiy ta’minot bilan hosil qilib olish uslubini qo‘llaymiz. Noto‘g‘ri yozilgan ketchup, kokos, kokteyl so‘zlariga ham internetdan foydalangan holda o‘zlariga mos tasvirlarini, hatto ularning url manzillarini ham joylab qo‘yishimiz mumkin. Bundan tashqari biz har bir so‘zga, uning leksik ma’nosi bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarga yana ham jiddiyroq yondashishimiz mumkin. Har bitta so‘zning o‘ziga kerakli bo‘lgan “konsepsiya xaritalari”ni yaratib olsak ham, maqsadga muvofiq ish bo‘ladi. Masalan, ketchup so‘ziga mos grafik organayzerni yaratib olamiz (3-rasmga qaralsin).
3-rasm. Wondershare EdrawMax dasturiy ta’minotida hosil qilib olingan grafik organayzer Yuqoridagi grafik organayzer Wondershare EdrawMax dastruri yordamida hosil qilib olingan. Ushbu dasturiy ta’minotlardan foydalanishdagi yana bir qulaylik biz ularni osongina qog‘ozga chop eta olamiz, o‘zimizga kerakli formatda: xoh pdf, xoh rasm ko‘rinishidagi jpg yoki png formatda yoki shunga o‘xshash ko‘plab formatlarda saqlashimiz, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatishimiz, shu orqali bir-birimiz bilan fikr almashishimiz, muhokama qilishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga yaxshilash, ular o‘rtasida do‘stona bir muhitni yaratib olishimiz mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari hozirgi kun talablaridan kelib chiqib olib borilayotgan masofaviy ta’lim jarayonlarida ham foydalansak bo‘ladi. Kundalik.com platformasi orqali o‘quvchilar o‘zlarining tayyorlab olgan grafik organayzerlarini o‘zlariga qulay bo‘lgan formatlarda saqlagan holda ustozlariga tekshirtirish uchun jo‘natishadi va baholanishadi. Agar ushbu dasturiy ta’minotlar yaratilmaganida edi, bunday imkoniyatdan o‘quvchilar bebahra qolishlari mumkin edi. Xulosa qilib aytganda, “Baliq skeleti” grafik organayzeri nafaqat muammoni tahlil qilish, balki o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, sabablarni aniqlab, asosli xulosa chiqarishga o‘rgatadigan samarali
vositadir. Bu organayzerdan foydalanish orqali ona tili fanidagi nazariy bilimlarni vizual ko‘rinishda ifodalash, ayniqsa o‘zlashma so‘zlar kabi murakkab mavzularni tushuntirishda yanada samaraliroq natijalarga erishish mumkin. Zamonaviy dasturiy vositalar – MindOnMap, Wondershare EdrawMind, EdrawMax kabi platformalarning joriy etilishi darslarni interaktiv, ko‘rgazmali va ijodiy jarayonga aylantiradi. Kelajak avlodni raqamli texnologiyalar bilan uyg‘un holda tarbiyalash, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirish – zamonaviy ta’limning muhim vazifasidir. Shunday ekan, grafik organayzerlardan keng foydalanish o‘quvchilar bilimini mustahkamlash, o‘z fikrini aniq va asosli bayon etish qobiliyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Aвлаев О.У., Жўраева С.Н., Мирзаева С.Р. Таълим методлари: ўқув-услубий қўлланма. – Тошкент: Наврўз, 2017. – 208 б. –Б. 183.
- Inomiddin o‘g‘li, Nabijanov Yusufjon. "“KONSEPSIYA XARITALARI” BO ‘YICHA OLIB BORILGAN TADQIQOTLAR TAHLILI." 796.
- Ishikawa, Kaoru (1990); (Translator: J. H. Loftus); Introduction to Quality Control; 448 p; ISBN 4- 906224-61-X OCLC 61341428
- Mengliyev B. va b. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik (2-qism). – Toshkent: O‘qituvchi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020. – 96 b. –B. 77. Internet resursi:
- https://en.wikipedia.org/wiki/Ishikawa_diagram
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011286
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/286
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 130–134
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25