QISHLOQ XO‘JALIGIDA GENETIKA VA BIOTEXNOLOGIYANING AHAMIYATI
Rakhimov Madaminjon Alijonovichdotsent, q.x.f.d., Farg‘ona davlat universiteti2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 114–116
Annotatsiya
Maqolada genetika va biotexnologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, uningrivojlanishida boshqa fanlarning roli, qishloq xo‘jaligdagi ahamiyati yoritilgan
Boshqa tillarda
ruschaЗНАЧЕНИЕ ГЕНЕТИКИ И БИОТЕХНОЛОГИЙ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ
В статье рассматривается взаимосвязь генетики и биотехнологии с другими науками, роль других наук в ее развитии, а также ее значение в сельском хозяйстве.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF GENETICS AND BIOTECHNOLOGY IN AGRICULTURE
The article discusses the relationship of genetics and biotechnology with other sciences, the role of other sciences in its development, and its importance in agriculture.
Kalit so‘zlar
- genetika
- biotexnologiya
- fan
- aloqa
- rivojlanish
- qishloq xo‘jaligi
- ahamiyat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Аmаliy tаjribа shuni kо‘rsаtаdiki, “Mening ekоlоgik she’rim” lоyihаsi о‘quvchilаrning tаfаkkuri vа ijоdini rivоjlаntirishdа nihоyаtdа sаmаrаlidir. Tаlаbаlаr Nаvоiygа yаqin uslubdа tаbiаtni mаdh etuvchi kichik she’rlаr yоzаdilаr: “Men dаrаxtmаn, men оsmоn nаfаsimаn, Men suvmаn, men insоn hаyоtimаn”. Bu jаrаyоn о‘quvchilаrning аtrоf-muhit muаmmоlаrigа hissiy munоsаbаtini kuchаytirаdi vа ulаrni аmаliy hаrаkаtlаrgа undаydi [10]. Аlisher Nаvоiy аsаrlаridаgi “Hаr bir tirik mаvjudоt аzizdir” degаn g‘оyа zаmоnаviy ekоlоgik оdоb-аxlоq qоidаlаrigа tо‘lа mоs kelаdi. Nаvоiy fаlsаfаsi BMTning Bаrqаrоr rivоjlаnish mаqsаdlаridа (SDG 13, SDG 15) ifоdаlаngаn “ekоtizimlаrni muhоfаzа qilish” tаmоyillаrigа mоs kelаdi [1]. О‘zbekistоn Respublikаsidа аmаlgа оshirilаyоtgаn “Yаshil mаkоn” lоyihаsi hаm milliy аdаbiyоtimizdаgi ekоlоgik g‘оyаlаr bilаn g‘оyаviy jihаtdаn hаmоhаngdir [2]. Bugungi kundа ekоlоgik tа'limni sаmаrаli tаshkil etishdа yаngi pedаgоgik texnоlоgiyаlаr qо'llаnilаdi: – “Ekоlоgik kundаlik” – tаlаbа hаr hаftа tаbiаtdаgi о‘zgаrishlаrni qаyd etаdi; - «Ekо-mаktub» - bоlа dаrаxtgа, hаyvоngа yоki suvgа murоjааt shаklidа inshо yоzаdi; – “Virtuаl bоg‘” – Pаint yоki Cаnvа’dа “Nаvоiy bоg‘i” lоyihаsini yаrаtаdi; – “Ekоteаtr” – Nаvоiy аsаrlаri аsоsidа ekоlоgik mаzmundаgi sаhnа аsаrlаri tаyyоrlаnmоqdа. Ushbu yоndаshuvlаr nаfаqаt nаzаriy, bаlki hissiy vа ijоdiy fаоliyаt оrqаli hаm ekоlоgik оngni rivоjlаntirаdi [7]. Xulоsа qilib аytgаndа, Аlisher Nаvоiy ijоdi mаktаblаrdа ekоlоgik tа’lim, ekоlоgik mаdаniyаtni yuksаltirishdа uslubiy vа mа’nаviy mаnbа sifаtidа аhаmiyаtlidir. Uning аsаrlаridа mujаssаm etgаn tаbiаt оbrаzlаri о‘quvchilаrdа estetik idrоk, gо‘zаllikni аnglаsh, ungа nisbаtаn mаs’uliyаt hissini tаrbiyаlаydi. Shu bilаn birgа, Nаvоiy аsаrlаrining bаdiiy-estetik tа’siri о‘quvchilаr tаfаkkuridа tаbiаtgа оngli munоsаbаtni, ekоlоgik qаdriyаtlаr tizimini tаrbiyаlаydi. Shu bоis “Nаvоiy vа tаbiаt” mаvzusidа mаxsus dаrslаr tаshkil etish, inshоlаr yоzish, tаnlоvlаr о‘tkаzish, teаtrlаshtirilgаn tоmоshаlаrdаn fоydаlаnish о‘quvchilаrning ekоlоgik оngini tаrbiyаlаsh, tаbiаtgа nisbаtаn mа’nаviy mаs’uliyаtini kuchаytirishdа sаmаrаli pedаgоgik vоsitа sifаtidа e’tirоf etilgаn. Fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо’yxаti: 1. United Nаtiоns. (2015). Trаnsfоrming оur wоrld: the 2030 Аgendа fоr Sustаinаble Develоpment. United Nаtiоns Generаl Аssembly. 2. О‘zbekistоn Respublikаsi Ekоlоgiyа, аtrоf-muhitni muhоfаzа qilish vа iqlim о‘zgаrishi vаzirligi. (2024). “Yаshil mаkоn” umummilliy lоyihаsi dоirаsidа аmаlgа оshirilgаn ishlаr yаkuni bо‘yichа аxbоrоt. 3. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidenti. (2025). Buyuk shоir vа mutаfаkkir Mir Аlisher Nаvоiy ijоdiy merоsini yurtimiz vа jаhоn miqyоsidа keng tаrg‘ib qilish hаmdа “Аlisher Nаvоiy yili”ni о‘tkаzish tо‘g‘risidа PQ-43-sоn qаrоri. 4. Nаvоiy, А. (1983). Lаyli vа Mаjnun. Tоshkent: G‘аfur G‘ulоm nоmidаgi аdаbiyоt vа sаn’аt nаshriyоti. 5. Nаvоiy, А. (1991). Mаhbub ul-qulub. Tоshkent: Fаn nаshriyоti. 6. Shаripоv, А. (2021). Ekоlоgik tаrbiyа аsоslаri. Sаmаrqаnd: Registоn nаshriyоti. 7. UNESCО. (2017). Educаtiоn fоr Sustаinаble Develоpment Gоаls. Pаris: UNESCО Publishing. 8. Rаsulоv, А. (2019). Bоshlаng‘ich tа’limdа bаdiiy аsаr tаhlili. Tоshkent: О‘qituvchi. 9. Mаmаrаsulоv, H. (2020). О‘zbek аdаbiyоtidа ekоlоgik mоtivlаr. Tоshkent: Fаn. 10. Zоkirоv, M. (2022). Ekоshe’r – аdаbiy ijоd vа ekоlоgik tаrbiyа uyg‘unligi. “О‘zbekistоn аdаbiyоti” jurnаli, №4. 11. Sultоnоvа, G. (2018). Аdаbiyоt vа ekоlоgiyа: Yоndаshuvlаr. Аndijоn: Ilm ziyо 12. Ramziddin Tursunov. (2025). ijtimoiy ong va ma’naviyat tushunchasi hamda uning mazmun-mohiyati. kelajak o’qituvchisi - kelajak bunyodkori, 1(2), 36-40. GENETIKA VA BIOTEXNOLOGIYA FANINING QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI
Raximov Madaminjon Alijonovich dotsent, q.x.f.d., Farg‘ona davlat universiteti Email: madaminjon0310@gmail.com
Annotatsiya. Maqolada genetika va biotexnologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, uning rivojlanishida boshqa fanlarning roli, qishloq xo‘jaligdagi ahamiyati yoritilgan.
Kalit so‘zlar: genetika, biotexnologiya, fan, aloqa, rivojlanish, qishloq xo‘jaligi, ahamiyat.
ЗНАЧЕНИЕ ГЕНЕТИКИ И БИОТЕХНОЛОГИЙ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ
Рахимов Мадаминжон Алижонович доцент, д.с.х.н., Ферганский государственный университет Email: madaminjon0310@gmail.com
Аннотация. В статье рассматривается связь генетики и биотехнологии с другими науками, роль других наук в ее развитии, а также ее значение в сельском хозяйстве. Ключевые слова: генетика, биотехнология, наука, коммуникация, развитие, сельское хозяйство.
THE IMPORTANCE OF GENETICS AND BIOTECHNOLOGY IN AGRICULTURE
Rakhimov Madaminjon Alizhonovich Associate Professor, Doctor of Agricultural Sciences, Fergana State University Email: madaminjon0310@gmail.com
Annotation. The article examines the relationship between genetics and biotechnology and other sciences, the role of other sciences in its development, and its importance in agriculture. Key words: genetics, biotechnology, science, communication, development, agriculture.
Kirish. Irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda genetika fani boshqa ko‘pgina biologik fanlar bilan hamkorlik qiladi. Bunday fanlar jumlasiga sitologiya, bioximiya, biofizika, mikrobiologiya, embriologiya, fiziologiya, meditsina, matematika, kibernetika, zoologiya, paleontologiya, fenologiya va boshqa fanlar kiradi. Sitologiya fani yutuqlaridan foydalanib hujayra va undagi komponentlarning irsiyatni o‘tkazishdagi roli aniqlandi. Ko‘pgina bioximik tekshirishlar natijasida genning kimyoviy tuzilishi va uning xususiyati o‘rganilmoqda. Biofizika fani issiqlik energiyasi va har xil nurlarning irsiyatga bo‘lgan ta’sirini o‘rganishga yordam bermoqda. Keyingi vaqtlarda har xil mikroblar genetik tekshirishlar uchun ilmiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Mikroblardan foydalanish genetik tekshirishlarni arzonlashtirish, soddalashtirish va millionlab, milliardlab organizmlarni qisqa muddat ichida kuzatish imkoniyatini yaratdi. Embriologiya fani yordamida embrional taraqqiyotda organizmning va uning ayrim organlarining shakllanishi, ya’ni embrional taraqqiyotining genetik asoslari o‘rganilmoqda. Fiziologik tekshirishlar hujayra va organlarda ro‘y berayotgan muhim modda almashishi jarayonini o‘rganishga, qon xususiyatlarini o‘rganish natijasida immunogenetika ya’ni qon genetikasining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Tadqiqot natijalari. Genetika fani irsiyat va o‘zgaruvchanlikni o‘rganishda quyidagi tekshirish usullaridan foydalanadi.1.Gibridologik yoki duragaylash usuli. Bu usul yordamida genetik qonuniyatlarini o‘rganish uchun bir-biridan har xil belgilari bilan farq qiluvchi hayvonlar yoki o‘simliklar chatishtirilib, ulardan olingan duragaylardagi belgilarning o‘zgarish turiga ko‘ra irsiyat qonuniyatlari aniqlanadi. Bu usul eng asosiy usul bo‘lib hisoblanadi. 2.Matematik yoki statistik usul. Bu usul ehtimollar nazariyasiga asoslangan bo‘lib tajribalarda olingan ma’lumotlarni ishlash yordamida belgilarning o‘zgaruvchanligi va xulosalarning ishonchliligini aniqlashga yordam beradi. 3.Genealogik usul. Bu usul ayrim oilalalar va qarindosh guruh organizmlarining ajdodlar jadvalini nasl-nasabini o‘rganish natijasida ota-onalarning ayrim belgilari bolalarda qanday o‘zgarishini aniqlaydi. Bu usul hayvonlar va inson irsiyatini o‘rganishda ko‘p qo‘llaniladi. 4.Sitologik usul. Bu usul yordamida xromosomalarning tuzilishi va xususiyatlari o‘rganiladi. 5. Bioximik usul. Bu usul yordamida hujayrada ro‘y berayotgan bioximik jarayonlarni chuqur o‘rganish va genetik material ya’ni gen tuzilishi va undagi o‘zgarishlarni o‘iganish amalga oshiriladi. 6. Fenogenetik usul. Bu usul yordamida genlarning va tashqi sharoitning organizmdagi ma’lum belgilarning rivojlanishiga ta’siri o‘rganiladi. 7. Populyatsion tahlil usuli. Bu usul sekin ko‘payuvchi hayvonlarda ota-ona va bolalardagi belgilarni hisobga olish va matematik ishlashda qo‘llaniladi. Meditsina fanidan keng ko‘lamda foydalanish,
inson genetikasining paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu fan odamlarda xromosomalar soni va tuzilishini, har xil “xromosom” kasalliklarini o‘rganadi. Keyingi vaqtlarda genetik tekshirishlarda matematika fanidan keng foydalanilmoqda. Oxirgi vaqtlarda boshqarish tizimi to‘g‘risidagi fan kibernetika fani ham tirik organizmda irsiyatni boshqarish mexanizmini o‘iganish maqsadida genetika bilan hamkorlik qilmoqda. Genetika fani yuqoridagi ko‘pgina biologik fanlar bilan hamkorlik qilishi, ulaming tekshirish usullari va yangiliklaridan foydalanish natijasida hozirgi zamon biologiyasida yetakchi fanlardan biriga aylandi. Irsiyatning asosiy qonuniyatlarini o‘rganish yordamida qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklari seleksiyasi uchun ilmiy asos yaratildi. Bu qonuniyatlardan foydalanish yordamida qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklarning mavjud zotlari va navlarini yanada yaxshilash hamda yangi zotlar va navlarini yaratish mumkin. Xulosa.Qishloq xo‘jalik hayvonlari va o‘simliklarda ko‘pgina foydali xo‘jalik belgilarining nasldan-naslga berilishi xususiyati aniqlandi. Eksperimental poliploidiya yordamida qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘pgina yangi navlari yaratildi. Ularning hujayralarida xromosomalar to‘plamilarining bir necha marta oshishi natijasida o‘simliklarning kuchli rivojlanishi va yuqori hosildor bo‘lishi bilan ajralib turadilar. Ko‘pgina madaniy o‘simliklar, shu jumladan bug‘doy, paxta, kartoshka, mevali daraxtlar, sitrus o‘simliklari tabiiy poliploidlar ekanligi aniqlandi. Triploid qand lavlagi navlarini yaratish tufayli chorva mollari uchun ozuqa bo‘ladigan barg hosili 20-30 % ga, qand miqdori esa 1,5-2,0 % ga ko‘paydi. Keyingi yillarda tetraploid javdar, tetraploid yo‘ng‘ichqa navlari yaratildi va bular ishlab chiqarishga joriy qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1.Alijonovich R. M., Madumarovna N. M. QISHLOQ XO‘JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI //Science and innovation. 2023.Т. 2. №. Special Issue 6. – С. 315-317. 2.Рахимов М. А., Азизов Р. О. Ў. ГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ КРУПНОГО РОГАТОГО CKOTA //Science and innovation. 2023. Т. 2. – №. Special Issue 6. – С. 600-603. 3.Raximov M., Nurmatova M. МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ И БИОХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ КРОВИ БЫЧКОВ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. D8. – С. 12- 16. 4.Рахимов М. РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ ПРИ ВЫРАЩИВАНИИ СКОТА НА МЯСА //Scientific journal of the Fergana State University. – 2023. – №. 1. – С. 158-161. 5.Alijonovich R. M. et al. EFFICIENT BEEF PRODUCTION TECHNOLOGY //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 259-263. 6. Рахимов М., Абдурасулов Х. Интенсивная технология откорма молодняка привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. – 2018. №. 6. – С. 42-42. 7. Alijonovich, Rakhimov Madaminjon, and Javxarov Oybek Zulfikharovich. "Organization of full-value feeding of dairy cows in farm." Gospodarka i Innowacje. 24 (2022): 840-843. 8.Рахимов М. А. Резервы повышения мясной продуктивности бычков крупного рогатого скота при откорме //Агро илм. – С. 66-68.13.Raximov M. мясная продуктивность бычков привозного скота //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. D6. – С. 189-192. 9. Рахимов М. А. Мясная продуктивность и качество мяса бычков черно-пестрой, швицкой пород и помесей черно-пестрой х красной эстон-ской при интенсивной технологии производства говядины//Авто-реф. дисс. на соиск. учен. степ. канд. с.-х. наук.-Новосибирск, 1989.-20 с. – 1989. 10. Raximov, M., Muydinov, X., Abdullayeva, G., & Komiljonov, A. (2021, July). Peculiarities of the influence of climatic conditions on the morphological and biochemical composition of the blood of bulls of transported cattle. In Конференции. 12. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710.
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDAGI NIZOLARNING XUSUSIYATLARI
Rаhmоnоvа Dilnоzа Rаxmаtxon qizi Nаmаngаn dаvlаt universiteti 2-bosqich tаyаnch dоktоrаnti E-mаil:f4f.blаck@gmаil.cоm
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar18 ta adabiyot
- Alijonovich R. M., Madumarovna N. M. QISHLOQ XO‘JALIGI BIOTEXNOLOGIYASI //Science and innovation. 2023.Т. 2. №. Special Issue 6. – С. 315-317.
- 2.Рахимов М. А., Азизов Р. О. Ў. ГЕНЕТИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ КРУПНОГО РОГАТОГО
- CKOTA //Science and innovation. 2023. Т. 2. – №. Special Issue 6. – С. 600-603.
- 3.Raximov M., Nurmatova M. МОРФОЛОГИЧЕСКИЙ И БИОХИМИЧЕСКИЙ СОСТАВ КРОВИ
- БЫЧКОВ КРУПНОГО РОГАТОГО СКОТА //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. D8. – С. 12-
- 4.Рахимов М. РАЦИОНАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ГЕНЕТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ ПРИ
- ВЫРАЩИВАНИИ СКОТА НА МЯСА //Scientific journal of the Fergana State University. – 2023. – №.
- – С. 158-161.
- 5.Alijonovich R. M. et al. EFFICIENT BEEF PRODUCTION TECHNOLOGY //Proceedings of
- International Conference on Educational Discoveries and Humanities. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 259-263.
- Рахимов М., Абдурасулов Х. Интенсивная технология откорма молодняка привозного скота //Scientific journal of the Fergana State University. – 2018. №. 6. – С. 42-42.
- Alijonovich, Rakhimov Madaminjon, and Javxarov Oybek Zulfikharovich. "Organization of full-value feeding of dairy cows in farm." Gospodarka i Innowacje. 24 (2022): 840-843.
- 8.Рахимов М. А. Резервы повышения мясной продуктивности бычков крупного рогатого скота при откорме //Агро илм. – С. 66-68.13.Raximov M. мясная продуктивность бычков привозного скота //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. D6. – С. 189-192.
- Рахимов М. А. Мясная продуктивность и качество мяса бычков черно-пестрой, швицкой пород и помесей черно-пестрой х красной эстон-ской при интенсивной технологии производства говядины//Авто-реф. дисс. на соиск. учен. степ. канд. с.-х. наук.-Новосибирск, 1989.-20 с. – 1989.
- Raximov, M., Muydinov, X., Abdullayeva, G., & Komiljonov, A. (2021, July). Peculiarities of the influence of climatic conditions on the morphological and biochemical composition of the blood of bulls of transported cattle. In Конференции.10.47100/conferences.v1i1.1354
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING
- MOHIYATI, MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi -
- Kelajak Bunyodkori, 1(2), 701-710.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011280
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/280
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 114–116
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25