Asosiy mazmunga o‘tish

MAKTABGACHA TA‘LIM TASHKILOTIDAGI NIZOLARNING XUSUSIYATLARI

Rahmonova Dilnoza Rakhmatkhan kiziNamangan davlat universiteti 2-bosqich tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 116–119

Annotatsiya

mazkur tezisda maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida yuzaga keladigan nizolar, ularningkelib chiqish sabablari, shakllanish omillari hamda hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta‘limtizimida pedagoglar, tarbiyachilar, bolalar va ota-onalar o‘rtasida vujudga keladigan nizolar ko‘pinchakommunikativ, psixologik yoki tashkiliy sabablarga borib taqaladi. Tadqiqotda nizolarni boshqarishningsamarali mexanizmlari, ularni konstruktiv yo‘l bilan hal etish metodlari hamda rahbarlarning konfliktologikkompetensiyasini rivojlantirish zarurati yoritilgan. Shuningdek, nizolarni ijobiy natijaga yo‘naltirish,jamoada sog‘lom psixologik muhitni ta‘minlash orqali ta‘lim jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llariko‘rsatib o‘tilgan.

Boshqa tillarda

ruschaОСОБЕННОСТИ КОНФЛИКТА В ДОШКОЛЬНОЙ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

В диссертации анализируются конфликты в дошкольных образовательных организациях, причины их возникновения, факторы возникновения и пути разрешения. Конфликты, возникающие в системе дошкольного образования между педагогами, воспитателями, детьми и родителями, зачастую имеют коммуникативные, психологические или организационные причины. В исследовании рассматриваются эффективные механизмы управления конфликтами, методы их конструктивного разрешения, а также необходимость развития конфликтологической компетентности руководителей. Показаны пути повышения эффективности образовательного процесса за счёт направления конфликтов в позитивное русло и обеспечения здорового психологического климата в коллективе.

inglizchaFEATURES OF CONFLICT IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATION

This thesis analyzes conflicts in preschool educational organizations, their causes, factors of formation and ways of their resolution. Conflicts that arise in the preschool education system between teachers, educators, children and parents often have communicative, psychological or organizational reasons. The study highlights effective mechanisms for managing conflicts, methods for resolving them constructively, and the need to develop conflict management competence of leaders. It also shows ways to increase the effectiveness of the educational process by directing conflicts to a positive outcome and ensuring a healthy psychological environment in the team.

Kalit so‘zlar

  • maktabgacha ta‘lim
  • konflikt
  • konfliktologiya
  • psixologik muhit
  • kommunikatsiya
  • tarbiyachi
  • rahbar
  • nizoni boshqarish
  • jamoa munosabatlari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDAGI NIZOLARNING XUSUSIYATLARI

Rаhmоnоvа Dilnоzа Rаxmаtxon qizi Nаmаngаn dаvlаt universiteti 2-bosqich tаyаnch dоktоrаnti E-mаil:f4f.blаck@gmаil.cоm

Annotatsiya:mazkur tezisda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yuzaga keladigan nizolar, ularning kelib chiqish sabablari, shakllanish omillari hamda hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Maktabgacha ta’lim tizimida pedagoglar, tarbiyachilar, bolalar va ota-onalar o‘rtasida vujudga keladigan nizolar ko‘pincha kommunikativ, psixologik yoki tashkiliy sabablarga borib taqaladi. Tadqiqotda nizolarni boshqarishning samarali mexanizmlari, ularni konstruktiv yo‘l bilan hal etish metodlari hamda rahbarlarning konfliktologik kompetensiyasini rivojlantirish zarurati yoritilgan. Shuningdek, nizolarni ijobiy natijaga yo‘naltirish, jamoada sog‘lom psixologik muhitni ta’minlash orqali ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Kalit so‘zlar:maktabgacha ta’lim, nizo, konflikt, konfliktologiya, psixologik muhit, kommunikatsiya, tarbiyachi, rahbar, nizoni boshqarish, jamoa munosabatlari.

FEATURES OF CONFLICTS IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Annotation:This thesis analyzes conflicts arising in preschool educational institutions, their causes, formation factors, and ways of resolution. Conflicts among teachers, educators, children, and parents are often related to communicative, psychological, or organizational issues. The study highlights effective mechanisms of conflict management, constructive methods of resolution, and the necessity of developing conflict management competence among leaders Keywords:preschool education, conflict, conflictology, psychological climate, communication, educator, leader, conflict management, interpersonal relations

ОСОБЕННОСТИ КОНФЛИКТОВ В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Аннотация:В данной тезисе рассматриваются конфликты, возникающие в дошкольных образовательных организациях, причины их возникновения, факторы формирования и пути разрешения. Конфликты между педагогами, воспитателями, детьми и родителями часто связаны с коммуникативными, психологическими или организационными причинами. В исследовании освещаются эффективные механизмы управления конфликтами, методы их конструктивного разрешения, а также необходимость развития конфликтологической компетентности руководителей. Ключевые слова:дошкольное образование, конфликт, конфликтология, психологическая среда, коммуникация, воспитатель, руководитель, управление конфликтами, межличностные отношения

Bugungi globallashuv jarayonida jamiyatda insonlar o‘rtasidagi muloqot, hamkorlik va o‘zaro munosabatlar tizimi tobora murakkablashib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim muassasalari, jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamoalarida turli ijtimoiy, psixologik va tashkiliy omillar ta’sirida nizoli vaziyatlarning kelib chiqishi tabiiy holat hisoblanadi. Shu bois, nizolarning mohiyatini, ularning sabab va oqibatlarini, shuningdek, ularni konstruktiv tarzda hal etish yo‘llarini o‘rganish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi jamiyatning eng nozik va mas’uliyatli bo‘g‘ini sifatida bolalarning ilk ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, bu tizimda yuzaga keladigan har qanday nizo nafaqat pedagogik jamoaning ichki muhitiga, balki bolalar tarbiyasi va ota-onalarning ishonchiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni[1] va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” Qonuni [2]da pedagog xodimlarning kasbiy hamda psixologik madaniyatini rivojlantirish, jamoada sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF–60-sonli “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” farmonida ta’lim tizimida inson omilini kuchaytirish, pedagoglarning psixologik barqarorligini mustahkamlash va nizoli holatlarning oldini olishga qaratilgan kompleks choratadbirlarni ishlab chiqish zarurligi ta’kidlangan[3]. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nizolar ko‘pincha pedagoglar o‘rtasida, tarbiyachi va otaonalar, shuningdek, rahbariyat va xodimlar o‘rtasida vujudga keladi. Ushbu nizolarni to‘g‘ri boshqarish, ularni ijobiy natijaga yo‘naltirish va jamoada hamjihatlik muhitini shakllantirish rahbarning konfliktologik

kompetensiyasiga bevosita bog‘liqdir. Shu jihatdan, maktabgacha ta’lim tizimida nizolarning xususiyatlarini ilmiy asosda o‘rganish va ularni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb ilmiyamaliy vazifa sifatida e’tirof etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida nizo — bu jamoa a’zolari o‘rtasida manfaatlar, fikrlar, qadriyatlar yoki xatti-harakatlardagi zidlik natijasida vujudga keladigan ijtimoiy-psixologik holatdir. Har qanday jamoada nizolarning mavjudligi tabiiy jarayon hisoblanadi, ammo ularning oqibatlari qanday boshqarilishiga qarab, jamoaning psixologik iqlimi va ta’lim jarayonining samaradorligi belgilanadi. Pedagogik jamoalarda kuzatiladigan nizolar odatda quyidagi sabablarga ko‘ra kelib chiqadi: kommunikativ sababsizlik – o‘zaro muloqotda tushunmovchilik, noto‘g‘ri axborot almashinuvi; psixologik omillar – shaxsiy xususiyatlar, temperament, hissiy beqarorlik, stress holatlari; tashkiliy sababsizlik – vazifalarning adolatsiz taqsimlanishi, rahbariyatning noto‘g‘ri boshqaruv uslubi; axloqiy va qadriyatlar ziddiyati – kasbiy etika va mehnat intizomiga nisbatan turlicha qarashlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-martdagi PQ–169-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da pedagoglar o‘rtasida sog‘lom muhitni yaratish, nizolarni barvaqt aniqlash va ularni hal etishda psixologik xizmatlar faoliyatini kuchaytirish muhim yo‘nalish sifatida belgilangan[4]. Nizolar o‘z mohiyatiga ko‘ra konstruktiv va destruktiv bo‘lishi mumkin. Konstruktiv nizo jamoada yangi g‘oyalarni yuzaga keltiradi, muammolarga ijodiy yondashuvni rag‘batlantiradi va hamkorlikni mustahkamlaydi. Destruktiv nizo esa aksincha, ishonchsizlik, raqobat, emotsional charchoq va jamoa ruhining pasayishiga sabab bo‘ladi. Shu bois rahbar va pedagog xodimlarning nizolarni tahlil qilish, ularni ijobiy yo‘naltirish va boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurdir. Nizolarni samarali boshqarish uchun quyidagi psixologik-pedagogik mexanizmlar muhim ahamiyatga ega: 1. Empatiya va faol tinglash — qarama-qarshi tomonning his-tuyg‘ularini anglash, unga nisbatan hurmatni saqlash; 2. Konstruktiv muloqot madaniyati — “g‘alaba-g‘alaba” tamoyiliga asoslangan dialog yuritish; 3. Mediatorlik (vositachilik) — nizolarni uchinchi neytral shaxs yordamida hal etish; 4. Psixologik trening va konsultatsiyalar — tarbiyachilar va rahbarlar uchun konfliktologiya bo‘yicha malaka oshirish mashg‘ulotlari; 5. Motivatsion boshqaruv — xodimlarni ijobiy rag‘batlantirish, ishonch va hamkorlik ruhini mustahkamlash. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-sentabrdagi 702-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarish tartibi”da rahbarlarning kommunikativ va konfliktologik malakalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu esa pedagogik jamoalarda nizolarni erta bosqichda aniqlash, ularni konstruktiv tarzda hal etish uchun zarur huquqiy va tashkiliy asosni yaratadi[5]. Amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rahbarning nizolarga nisbatan to‘g‘ri pozitsiyasi, jamoada ochiq muloqot muhiti va adolat tamoyilining ustuvorligi nizolar sonini sezilarli kamaytiradi. Aksincha, rahbarning avtoritar uslubi, xodimlar o‘rtasida tenglikning buzilishi, tanqidni noto‘g‘ri qabul qilish kabi holatlar nizolarni chuqurlashtiradi[6]. Shu bois, maktabgacha ta’lim tizimida konfliktologik madaniyatni shakllantirish — zamonaviy rahbar va tarbiyachilarning eng muhim kasbiy kompetensiyalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi nizolar — bu tabiiy ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, u jamoaning ichki hayoti, boshqaruv uslubi va kommunikativ madaniyati bilan bevosita bog‘liqdir. Nizo har doim salbiy natija bermaydi — agar u to‘g‘ri boshqarilsa, jamoada yangilanish, ijodkorlik va o‘zaro tushunishni kuchaytiruvchi omil sifatida xizmat qilishi mumkin. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha ta’lim tizimida nizolarning asosiy sabablari — muloqot yetishmasligi, psixologik mos kelmaslik, vazifalarning noaniq taqsimlanishi, rahbarning avtoritar yondashuvi va ijtimoiy adolatsizlik hissi bilan bog‘liq. Shu bois har bir rahbar va tarbiyachi o‘z faoliyatida konfliktologik savodxonlikni rivojlantirish, hissiy barqarorlikni saqlash, muloqot madaniyatini takomillashtirishga e’tibor qaratishi zarur[8]. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni, “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” Qonuni hamda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim jarayonida inson omilini kuchaytirish, psixologik sog‘lom muhit yaratish va nizoli vaziyatlarning

oldini olish masalalari muhim yo‘nalish sifatida belgilangan. Bu esa nizolarni boshqarish bo‘yicha maxsus dasturlar, treninglar va psixologik xizmatlarni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom muhitni ta’minlash uchun quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin: 1. Rahbar va pedagoglar uchun konfliktologik treninglar tashkil etish; 2. Har bir tashkilotda psixologik maslahat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish; 3. Jamoaviy qaror qabul qilish, ochiq muloqot va o‘zaro hurmat tamoyillarini mustahkamlash; 4. Nizolarni erta aniqlash va profilaktika qilishga yo‘naltirilgan ichki monitoring tizimini joriy etish; 5. Tarbiyachilarning hissiy intellektini rivojlantirish orqali bolalar bilan muloqotni yanada samarali qilish. Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi nizolarni o‘rganish va ularni boshqarish madaniyatini shakllantirish nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, ishonch va barqaror psixologik muhitni yaratadi. Shu orqali sog‘lom fikrlovchi, ijtimoiy faollikka ega, har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash uchun qulay shart-sharoit vujudga keladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni(2020-yil 23.09.).O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami. № 39. – 23-sentabr. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” Qonuni(2019. 16.12.). O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami.№ 52. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF–60- sonli Farmoni. – 2022-yil 28-yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti (president.uz). 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ–169-son. – 2022-yil 11-mart. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 702-sonli qaror. – 2017-yil 9-sentabr. 6. Karimova, V.M. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018. – 280 b. 7. Qodirova, N. va Yo‘ldosheva, M. Maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv psixologiyasi. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020. – 216 b. 8. Rahimova, M.X. Pedagogik jamoalarda nizolarni boshqarishning psixologik asoslari. “Pedagogika va psixologiya” jurnali. – 2021. – №3. – B. 45–51. 9.R.A.Tursunov. (2025). ijtimoiy ong va ma’naviyat uygʻunligining ijtimoiy muhitga ta’siri. zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari, 1(1), 16-19.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar13 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” Qonuni(2020-yil 23.09.).O‘zbekiston Respublikasi
  2. Qonun hujjatlari to‘plami. № 39. – 23-sentabr.
  3. O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida” Qonuni(2019. 16.12.).
  4. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami.№ 52.
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF–60 sonli Farmoni. – 2022-yil 28-yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
  6. (president.uz).
  7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori. “Maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ–169-son. – 2022-yil 11-mart.
  8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 702-sonli qaror. – 2017-yil 9-sentabr.
  9. Karimova, V.M. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2018. –
  10. Qodirova, N. va Yo‘ldosheva, M. Maktabgacha ta’lim tizimida boshqaruv psixologiyasi. – Toshkent:
  11. Ilm Ziyo, 2020. – 216 b.
  12. Rahimova, M.X. Pedagogik jamoalarda nizolarni boshqarishning psixologik asoslari. “Pedagogika va psixologiya” jurnali. – 2021. – №3. – B. 45–51.
  13. 9.R.A.Tursunov. (2025). ijtimoiy ong va ma’naviyat uygʻunligining ijtimoiy muhitga ta’siri. zamonaviy fan: innovatsion yondashuvlar va yosh tadqiqotchilarning dolzarb izlanishlari, 1(1), 16-19.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011281
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/281
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
116–119
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-11 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25