TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR VA ULARNI BARTARAF QILIShDA KREDIT SIYoSATINING AHAMIYaTI
Dusanov Daniyor UrazbaevichTashkent International University mustaqil izlanuvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 163–168
Annotatsiya
Tezisda tijorat banklarida muammoli kreditlar va ularni bartaraf etishda kreditsiyosatining o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan. tezisda kredit siyosatini bank resurslarini samaralijoylashtirish, risklarni baholash va muammoli kreditlar yuzaga kelishining oldini olishda hal qiluvchi omilsifatida ta‘kidlangan. AQSh, Yevropa, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Singapur tajribalari asosidakredit siyosatining pul-kredit siyosati bilan uyg‘unlashuvi inflyatsiya darajasi, iqtisodiy barqarorlik vamilliy valyuta qadriga ta‘siri asoslab berilgan. Shuningdek, depozit siyosati bilan kredit siyosati o‘rtasidagiuzviy bog‘liqlik ko‘rsatilib, bank likvidligini ta‘minlash va muammoli kreditlarni kamaytirishdagiahamiyati ochib berilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПроблемные кредиты в коммерческих банках и важность кредитной политики в их устранении
В диссертации на научной основе анализируются проблемные кредиты в коммерческих банках и роль кредитной политики в их устранении. В работе подчеркивается роль кредитной политики как решающего фактора эффективного распределения банковских ресурсов, оценки рисков и предотвращения возникновения проблемных кредитов. На основе опыта США, Европы, Японии, Германии, Швейцарии и Сингапура обосновывается влияние сочетания кредитной и денежно-кредитной политики на уровень инфляции, экономическую стабильность и стоимость национальной валюты. Также показана взаимосвязь между депозитной и кредитной политикой и выявлена ее важность в обеспечении ликвидности банков и сокращении проблемных кредитов.
inglizchaPROBLEM LOANS IN COMMERCIAL BANKS AND THE IMPORTANCE OF CREDIT POLICY IN THEIR ELIMINATION
The thesis analyzes the problem loans in commercial banks and the role of credit policy in their elimination on a scientific basis. The thesis emphasizes credit policy as a decisive factor in the effective allocation of bank resources, risk assessment and prevention of the occurrence of problem loans. Based on the experiences of the USA, Europe, Japan, Germany, Switzerland and Singapore, the impact of the combination of credit policy with monetary policy on the inflation rate, economic stability and the value of the national currency is substantiated. The intrinsic relationship between deposit policy and credit policy is also shown, and its importance in ensuring bank liquidity and reducing problem loans is revealed.
Kalit so‘zlar
- tijorat banklari
- muammoli kreditlar
- kredit siyosati
- depozit siyosati
- pul-kredit siyosati
- risk boshqaruvi
- likvidlik
- iqtisodiy barqarorlik
- bank resurslari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
TIJORAT BANKLARIDA MUAMMOLI KREDITLAR VA ULARNI BARTARAF QILIShDA KREDIT SIYoSATINING AHAMIYaTI
Dusanov Doniyor Urazbaevich Tashkent International University mustaqil izlanuvchisi E-mail: d.dusanov87@gmail.com
Annotatsiya: Tezisda tijorat banklarida muammoli kreditlar va ularni bartaraf etishda kredit siyosatining o‘rni ilmiy asosda tahlil qilingan. tezisda kredit siyosatini bank resurslarini samarali joylashtirish, risklarni baholash va muammoli kreditlar yuzaga kelishining oldini olishda hal qiluvchi omil sifatida ta’kidlangan. AQSh, Yevropa, Yaponiya, Germaniya, Shveysariya va Singapur tajribalari asosida kredit siyosatining pul-kredit siyosati bilan uyg‘unlashuvi inflyatsiya darajasi, iqtisodiy barqarorlik va milliy valyuta qadriga ta’siri asoslab berilgan. Shuningdek, depozit siyosati bilan kredit siyosati o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ko‘rsatilib, bank likvidligini ta’minlash va muammoli kreditlarni kamaytirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, muammoli kreditlar, kredit siyosati, depozit siyosati, pul-kredit siyosati, risk boshqaruvi, likvidlik, iqtisodiy barqarorlik, bank resurslari.
THE IMPORTANCE OF CREDIT POLICY IN ADDRESSING NON-PERFORMING LOANS IN COMMERCIAL BANKS
Dusanov Doniyor Urazbaevich Independent Researcher, Tashkent International University E-mail: d.dusanov87@gmail.com
Abstract: The thesis provides a scientific analysis of the role of credit policy in managing and mitigating non-performing loans in commercial banks. It emphasizes that credit policy serves as a decisive factor in the efficient allocation of banking resources, risk assessment, and prevention of non-performing loans. Drawing on the experiences of the United States, Europe, Japan, Germany, Switzerland, and Singapore, the study demonstrates how the alignment of credit policy with monetary policy affects inflation, economic stability, and the value of the national currency. Furthermore, the interrelation between deposit and credit policies is examined, highlighting its importance in ensuring bank liquidity and reducing non-performing loans. Keywords: commercial banks, non-performing loans, credit policy, deposit policy, monetary policy, risk management, liquidity, economic stability, banking resources.
ЗНАЧЕНИЕ КРЕДИТНОЙ ПОЛИТИКИ В УСТРАНЕНИИ ПРОБЛЕМНЫХ КРЕДИТОВ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ
Дусанов Дониёр Уразбаевич Соискатель, Tashkent International University E-mail: d.dusanov87@gmail.com
Аннотация: В тезисе научно проанализирована роль кредитной политики в управлении и устранении проблемных кредитов в коммерческих банках. Подчёркивается, что кредитная политика является решающим фактором эффективного размещения банковских ресурсов, оценки рисков и предотвращения возникновения проблемных кредитов. На основе опыта США, Европы, Японии, Германии, Швейцарии и Сингапура обосновано, что согласование кредитной политики с денежнокредитной политикой влияет на уровень инфляции, экономическую стабильность и стоимость национальной валюты. Кроме того, раскрыта взаимосвязь между депозитной и кредитной политикой, показано её значение в обеспечении ликвидности банков и сокращении проблемных кредитов. Ключевые слова: коммерческие банки, проблемные кредиты, кредитная политика, депозитная политика, денежно-кредитная политика, управление рисками, ликвидность, экономическая стабильность, банковские ресурсы.
Tijorat banklarida kredit siyosatini samarali tashkil etish mamlakat iqtisodiyoti barqarorligi va pul muomalasi muvozanatini saqlashda asosiy omil hisoblanadi. Kredit siyosati, bu bank resurslarini joylashtirish, risklarni baholash va kreditlash shartlarini belgilashni qamrab oladi. Agar ushbu jarayon aniq iqtisodiy me’yorlar va hisob-kitoblarga asoslanmagan holda amalga oshirilsa, bank tizimi orqali iqtisodiyotga ortiqcha pul massasi kirib keladi. Bu esa talab bilan taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikni kuchaytiradi va inflyatsiya bosimini oshiradi.
Muomaladagi pul miqdorining me’yordan ortishi milliy valyuta qadrini pasaytiradi, aholi xarid qobiliyatini zaiflashtiradi va iqtisodiy barqarorlikka tahdid tug‘diradi [1]. Shuning uchun tijorat banklari kredit siyosatini davlatning pul-kredit siyosati bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Markaziy bank belgilaydigan asosiy stavka, majburiy rezerv me’yori va likvidlik normalari banklar tomonidan kredit ekspansiyasini cheklash yoki kengaytirishda asosiy ko‘rsatkichlar sifatida qabul qilinadi [3].
Xalqaro amaliyotda ham bu qonuniyat o‘z tasdig‘ini topgan. Masalan, AQSh Federal rezerv tizimi kredit bozori orqali iqtisodiy faollikni tartibga solishda foiz stavkalarini asosiy vosita sifatida qo‘llaydi. Kreditlar ortishi orqali pul taklifi oshganda, inflyatsiya xavfini kamaytirish uchun Federal rezerv qayta moliyalash stavkasiga korreksiya kiritadi. [2] Yevropa Markaziy banki esa yevroza hududidagi banklarga nisbatan “Targeted Long-Term Refinancing Operations (TLTRO)” dasturini joriy etib, kreditlash hajmini maqsadli ravishda tartibga soladi. Bu orqali banklar faqat real sektorga yo‘naltirilgan, iqtisodiy samara beruvchi loyihalarni kreditlashga rag‘batlantiriladi. [5] Yaponiya Banki misolida esa kredit siyosatining ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi natijasida uzoq yillar inflyatsiya darajasi 2% atrofida ushlab turilgan. Banklar tomonidan talab qilinmagan yoki ta’minlanmagan kreditlar berilishi qattiq cheklangan, natijada iqtisodiyotda ortiqcha pul massasi shakllanmagan. [13] Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, har bir mamlakatda kredit siyosatining samarali amalga oshirilishi inflyatsiyani cheklash, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va milliy valyuta qadrini mustahkamlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega [8]. Shuning uchun O‘zbekistonda ham tijorat banklarining kredit siyosatini markaziy bankning makroiqtisodiy maqsadlari bilan uyg‘un holda yuritish zarur. Bu orqali iqtisodiy o‘sishni barqaror va inflyatsiya xavfidan holi holatda ta’minlash mumkin bo‘ladi.
Barqaror va mukammal shakllangan kredit siyosatining mavjud emasligi bank tizimi faoliyati samaradorligiga, iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish darajasiga hamda moliya bozoridagi barqarorlikka jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar tijorat banklarining kredit siyosati aniq mezonlar, risklarni baholash mexanizmlari va iqtisodiy prognozlarga asoslanmagan holda amalga oshirilsa, natijada kredit resurslari samarasiz taqsimlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, kapitalning yuqori foyda keltiradigan sohalarga yo‘naltirilmasligi, iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi va moliya bozorida disbalansning kuchayishiga olib keladi [10].
Bunday sharoitda kredit ekspansiyasining ortishi, ya’ni banklar tomonidan iqtisodiyotga haddan tashqari ko‘p miqdorda kredit resurslari ajratilishi, milliy iqtisodiyotda risklar darajasini oshiradi [2]. Bunda kreditlar ko‘paytirilishi natijasida aylanmadagi pul massasi ortib, iqtisodiy tizimda talab va taklif muvozanati buziladi. Bu holat inflyatsiya jarayonlarini kuchaytiradi, milliy valyuta qadrini pasaytiradi va Markaziy bankning pul-kredit siyosati orqali inflyatsiyani tartibga solish imkoniyatlarini cheklaydi.
Xalqaro amaliyotda ham bunday holatlar kuzatilgan. Masalan, 2008 yilgi global moliyaviy inqirozgacha bo‘lgan davrda AQSh va Yevropa banklari kredit ekspansiyasini keskin kengaytirgan [4,5,6]. Kreditlar yuqori riskli ipoteka va moliya instrumentlariga yo‘naltirilgani sababli, moliyaviy tizimda likvidlik tanqisligi va aktivlar qiymatining keskin pasayishi yuz berdi. Bu holat kredit siyosatining yetarlicha nazorat qilinmaganligi va risk boshqaruvi mexanizmlarining samarasizligidan dalolat berdi.
Shuningdek, Yaponiya tajribasida 1990-yillar oxirida “aktivlar pufagi” (asset bubble) yorilishi ortidan banklar kredit siyosatidagi nazoratsizlik oqibatida iqtisodiyot uzoq yillar deflyatsiya bosimi ostida qoldi. Yaponiya Banki keyinchalik foiz stavkalarini nol darajasigacha tushirish va “kredit qatag‘on siyosati”ni joriy etish orqali iqtisodiy tiklanishni qo‘llab-quvvatlashga majbur bo‘ldi [13].
Shu bilan birga, Germaniya va Shvesiya kabi mamlakatlarda kredit siyosati an’anaviy tarzda ehtiyotkorlik va makroehtiyot choralariga tayangan holda amalga oshiriladi [14,16]. Bunda kreditlar real sektor faoliyatiga yo‘naltiriladi, moliyaviy instrumentlar orqali haddan tashqari likvidlik yaratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Natijada bu davlatlarda moliyaviy barqarorlik darajasi yuqori bo‘lib qolmoqda.
Shunday qilib, tijorat banklari uchun barqaror va mukammal kredit siyosatini shakllantirish, nafaqat bank tizimi samaradorligini oshirish, balki iqtisodiyotda risklarni kamaytirish, moliya bozoridagi muvozanatni ta’minlash va milliy pul muomalasi barqarorligini saqlashning asosiy sharti hisoblanadi. Bu siyosat milliy makroiqtisodiy maqsadlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda yuritilsa, kredit tizimi iqtisodiy o‘sishning bosh drayveriga aylanadi.
Shu nuqtai nazardan olganda, tijorat banklari tomonidan puxta o‘ylangan, ilmiy asoslangan va izchil amalga oshiriladigan kredit siyosatini ishlab chiqish hamda uning amaliyotga samarali tatbiq etilishi mamlakatning pul-kredit tizimi barqarorligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Bunday siyosat, avvalo, bank tizimidagi kredit resurslarining maqsadli va oqilona taqsimlanishini ta’minlaydi. Kredit siyosati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganda, banklar iqtisodiyotning ustuvor sohalariga, ishlab chiqarish, infratuzilma, kichik biznes va innovatsion loyihalarga mablag‘yo‘naltirish orqali real sektor faolligini rag‘batlantiradi. Bu esa iqtisodiyotda qo‘shilgan qiymatni oshiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi va milliy daromad o‘sishiga xizmat qiladi.
Ikkinchi tomondan, mukammal kredit siyosati ortiqcha kredit ekspansiyasini cheklab, muomaladagi pul massasini optimal darajada ushlab turish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, inflyatsiya darajasining barqarorligini ta’minlab, milliy valyutaning qiymatini saqlab qolishda muhim omil hisoblanadi. Markaziy bank tomonidan belgilangan monetar siyosat parametrlari (asosiy stavka, majburiy zaxira me’yori, qayta moliyalash mexanizmi) bilan uyg‘un holda yuritilgan kredit siyosat iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaydi.
Xalqaro amaliyotda ham bu yo‘nalishdagi samarali modellar mavjud. Masalan, Shveysariya Milliy banki (SNB) va Kanada Banki kredit siyosatini inflyatsiya targetlash rejimi bilan uyg‘unlashtirib, iqtisodiy o‘sish va narxlar barqarorligini bir vaqtning o‘zida ta’minlashga erishgan. Banklar kreditlar bo‘yicha riskni baholashda qo‘llanma standartlar (Basel III) va kapital yetarliligi me’yorlariga qat’iy amal qiladi [7].
Singapur misolida, kredit siyosati davlatning strategik iqtisodiy rejalari bilan bog‘langan bo‘lib, banklar tomonidan beriladigan kreditlar mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, texnologiya sohalarini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan. Bu amaliyot natijasida Singapurning bank tizimi barqarorlik va ishonch jihatidan jahondagi yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda [15].
Shu jihatdan, O‘zbekistonda ham kredit siyosatini milliy iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlariga mos ravishda qayta shakllantirish, risk boshqaruvi tizimini takomillashtirish va banklar faoliyatida strategik rejalashtirish tamoyillarini joriy etish zarur. Bu choralar pul-kredit tizimi barqarorligini mustahkamlaydi, iqtisodiy o‘sishni uzluksiz ta’minlaydi va milliy valyuta barqarorligini kafolatlaydi. Bunda, avvalo, banklar tomonidan amalga oshiriladigan kredit siyosati ikki asosiy yo‘nalishda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, samarali kredit siyosatini amalga oshirish uchun barqaror va maqsadli depozit siyosatini shakllantirish zarur. Chunki har qanday bank faoliyatining asosiy manbai bo‘lgan kredit resurslari aholi va yuridik shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali yaratiladi. Banklar tomonidan depozitlar bazasini kengaytirish, aholining ishonchini oshirish va jamg‘arma madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmasa, kredit faoliyatining uzluksizligi ta’minlanmaydi. Shu boisdan, depozit siyosati kredit siyosatining moliyaviy poydevori sifatida qaraladi. Depozit bazasi barqaror bo‘lsa, bank kredit operatsiyalarini uzoq muddatli va past riskli asosda amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Depozit siyosatining samarali tashkil etilishi bank likvidligini ta’minlaydi, kredit resurslari hajmini oshiradi va bank faoliyatining barqarorligini mustahkamlaydi. Bu jarayonda aholi va biznes sub’ektlariga mos depozit mahsulotlari taklif etish, raqobatbardosh foiz stavkalarini belgilash, shuningdek, elektron jamg‘arish vositalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro amaliyotda bu qonuniyat aniq kuzatiladi. Masalan, Germaniyadagi “Sparkassen” tizimi aholi depozitlariga tayangan holda barqaror kreditlash modelini shakllantirgan. Mazkur banklar mahalliy jamg‘arma hisobidan kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirib, iqtisodiyotning real sektoriga doimiy kapital kiritilishini ta’minlab kelmoqda. Shuningdek, Yaponiya va Koreya Respublikasi banklari aholi jamg‘armalarini uzoq muddatli depozit mahsulotlari orqali jalb etib, iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida samarali kredit siyosatini yo‘lga qo‘ygan [13]. Ularda depozit siyosati nafaqat resurs bazasini ta’minlash vositasi, balki aholining moliyaviy faolligini oshirish va ichki investitsiya salohiyatini kengaytirish omillaridan biri sifatida qaraladi. Shunday qilib, depozit siyosatini to‘g‘ri tashkil etish, kredit siyosatining amaliy poydevori hisoblanadi. U orqali banklar iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun barqaror resurs bazasini yaratadi, milliy jamg‘arma darajasini oshiradi va pul-kredit tizimining umumiy barqarorligiga hissa qo‘shadi. Ikkinchidan, bank tizimida shakllangan moliyaviy resurslarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha maqsadli va samarali yo‘naltirilishi kredit siyosatining amaliy samaradorligini belgilaydi. To‘plangan depozitlar va boshqa moliyaviy manbalarning qay yo‘nalishlarga sarflanishi bank tizimining iqtisodiy rivojlanishga qo‘shayotgan haqiqiy hissasini aniqlaydi. Agar banklar jalb etilgan mablag‘larni asosan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma va ijtimoiy sohalarga yo‘naltirsa, bu holat iqtisodiyotdagi investitsiya faolligini oshiradi, yangi ish o‘rinlarini yaratadi va yalpi ichki mahsulot o‘sishiga turtki beradi. Aks holda, mablag‘larning spekulyativ yoki yuqori riskli sohalarga yo‘naltirilishi moliyaviy barqarorlikka xavf soladi, iqtisodiy samaradorlikni pasaytiradi. Shu jihatdan, banklar kredit resurslarini taqsimlashda ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilashi va ularni davlatning strategik iqtisodiy maqsadlari bilan muvofiqlashtirishi zarur. Masalan, ishlab chiqarish salohiyati yuqori bo‘lgan tarmoqlarga, sanoatni modernizatsiya qilish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi qayta ishlash sohalariga kredit yo‘naltirish iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Xalqaro amaliyotda bu tamoyil keng qo‘llanadi. Masalan, Germaniyadagi KfW (Kreditanstalt für Wiederaufbau) banki davlat qo‘llovi ostida kichik biznes va “yashil iqtisodiyot” loyihalarini kreditlash orqali iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlab kelmoqda [16]. Koreya Respublikasida esa banklar innovatsion texnologiyalar va eksport sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarni afzal ko‘radi, bu esa milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirmoqda [11]. Shuningdek, Singapur va Finlyandiya tajribalarida banklar davlatning industrial siyosatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida kredit resurslarini ilmiy-tadqiqot ishlari va yuqori texnologiyali tarmoqlarga yo‘naltirib kelmoqda [15,9]. Bu amaliyotlar iqtisodiy tuzilmani diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport salohiyatini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Shunday qilib, bank tizimida to‘plangan moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishi, kredit siyosatining amaliy natijadorligini belgilaydigan asosiy mezon hisoblanadi. Bu jarayon orqali banklar nafaqat moliya bozorida likvidlikni ta’minlaydi, balki iqtisodiyotning real sektoriga rag‘bat, innovatsiyalarga esa imkoniyat yaratadi.
Shu bilan birga, bank tizimiga aholi va xo‘jalik sub’ektlarining vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini jalb etish jarayoni mamlakat iqtisodiy barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Chunki bankka jamg‘arilgan ushbu mablag‘lar markaziy bank tomonidan qo‘shimcha pul emissiyasini amalga oshirish zaruratini kamaytiradi [12]. Bu esa iqtisodiyotda ortiqcha pul massasi shakllanishining oldini oladi, inflyatsion bosimni pasaytiradi va muomaladagi pul aylanmasini optimal darajada ushlab turish imkonini yaratadi. Boshqacha aytganda, depozit siyosati orqali iqtisodiyotdagi mavjud pul resurslarining samarali qayta taqsimlanishi ta’minlanadi. Aholi jamg‘armalari bank tizimi orqali qayta iqtisodiy aylanmaga kiritilgani sababli, iqtisodiy sub’ektlar ichidagi moliyaviy resurslar taqchilligi qisqaradi. Bu holat bank tizimining likvidligini mustahkamlaydi, kreditlar hajmini oshiradi va iqtisodiy faollikni rag‘batlantiradi. Xalqaro amaliyotda ham ushbu qonuniyat yaqqol kuzatiladi. Masalan, Shveysariyada, bank tizimiga aholi jamg‘armalarini keng jalb etish natijasida davlat tomonidan qo‘shimcha pul emissiyasi ehtiyoji deyarli yo‘q darajaga tushirilgan. Bu holat milliy valyuta, shveysar frankining barqaror qiymatini saqlab turishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, Germaniya va Yaponiyada aholi depozitlarining yuqori ulushi orqali iqtisodiyotning real sektori kredit resurslari bilan ta’minlanib, iqtisodiy o‘sish ichki moliyaviy manbalar hisobiga qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu mamlakatlarda banklar faoliyati pul aylanmasi barqarorligini ta’minlovchi asosiy instrumentlardan biri sifatida namoyon bo‘lgan. Shu ma’noda, depozit siyosati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan kredit siyosati nafaqat bank resurslarini samarali taqsimlash vositasi, balki milliy iqtisodiyot barqarorligini saqlash, inflyatsiyani tartibga solish va pul-kredit siyosatini takomillashtirishning muhim mexanizmi sifatida ham katta ahamiyat kasb etadi. Bunday uzviy bog‘liqlik bank tizimini barqaror, iqtisodiyotni esa moliyaviy jihatdan muvozanatli rivojlantirishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar29 ta adabiyot
- Allen, F., & Gale, D. (2004). Financial Intermediaries and Markets. Econometrica, 72(4), 1023–1061.10.1111/j.1468-0262.2004.00525.x
- Berger, A. N., & Udell, G. F. (2004). The Institutional Memory Hypothesis and the Procyclicality of10.2139/ssrn.386622
- Bank Lending Behavior. Journal of Financial Intermediation, 13(4), 458–495.
- Borio, C., Gambacorta, L., & Hofmann, B. (2017). The Influence of Monetary Policy on Bank10.1111/infi.12104
- Profitability. International Finance, 20(1), 48–63.
- Claessens, S., & Kose, M. A. (2018). Frontiers of Macroeconomic Research on Financial Crises. Journal of International Economics, 113, 153–170.
- European Central Bank. (2023). Monetary Policy Instruments and Procedures of the Eurosystem.
- Frankfurt am Main: ECB Publications.
- International Monetary Fund (IMF). (2022). Global Financial Stability Report: Navigating the HighInflation Environment. Washington, D.C.: IMF.
- Basel Committee on Banking Supervision. (2019). Basel III: Finalising Post-Crisis Reforms. Bank for
- International Settlements, Basel.
- Mishkin, F. S. (2019). The Economics of Money, Banking, and Financial Markets (12th ed.). Pearson
- Saunders, A., & Cornett, M. M. (2020). Financial Institutions Management: A Risk Management
- Approach (10th ed.). McGraw-Hill Education.
- 10.Bank for International Settlements (BIS). (2023). Quarterly Review: International Banking and
- Financial Market Developments. Basel: BIS.
- 11.World Bank. (2022). Global Economic Prospects. Washington, D.C.: World Bank Publications.
- 12.Central Bank of Uzbekistan (CBU). (2024). Monetary Policy Review. Tashkent: CBU. Retrieved from https://cbu.uz/
- 13.Bank of Japan (BoJ). (2023). Monetary Policy Measures and Economic Outlook. Tokyo: BoJ
- Publications.
- 14.Swiss National Bank (SNB). (2023). Financial Stability Report. Zurich: SNB.
- 15.Monetary Authority of Singapore (MAS). (2023). Financial Stability Review. Singapore: MAS.
- 16.KfW Bankengruppe. (2022). Promoting Sustainable Development through Targeted Lending. Frankfurt am Main: KfW Research.
- 17.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MOHIYATI,
- MAQSADI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. (2025). Kelajak o’qituvchisi - Kelajak
- Bunyodkori, 1(2), 701-710.18.Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA
- MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-330.
- 18.Tursunov Ramziddin Abdixalil-o’g’li. (2025). JAMIYAT HAYOTIDA IJTIMOIY ONG VA
- MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 324-33
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011296
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/296
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 163–168
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-12 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25