Asosiy mazmunga o‘tish

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPENENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Ibrogimova Mahira ShukhratovnaPuchon universiteti 2-kurs magistranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 134–136

Annotatsiya

Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishdaintegrativ yondashuvning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda integratsiya jarayonining ta‘limtizimidagi o‘rni, uning pedagogik jarayonda samarali qo‘llanilishining afzalliklari hamda tarbiyachilarningkasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, integrativ yondashuvasosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning mazmuni, tarkibiy qismlari va metodik jihatlari ochibberilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩИХ ПЕДАГОГОВ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

В данной статье рассматриваются теоретические и практические основы интегративного подхода к развитию профессиональной компетентности будущих педагогов. Анализируется роль интеграционного процесса в системе образования, преимущества его эффективного использования в педагогическом процессе и его значение для повышения качества профессиональной подготовки педагогов. Также раскрываются содержательные, компонентные и методологические аспекты формирования профессиональных компетенций на основе интегративного подхода.

inglizchaDEVELOPING THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE EDUCATORS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

This article discusses the theoretical and practical foundations of an integrative approach to the development of professional competence of future educators. The study analyzes the role of the integration process in the education system, the advantages of its effective use in the pedagogical process, and its importance in improving the professional training of educators. It also reveals the content, components, and methodological aspects of the formation of professional competencies based on an integrative approach.

Kalit so‘zlar

  • integrativ yondashuv
  • kasbiy kompetentlik
  • tarbiyachi tayyorlash
  • innovatsion ta‘lim
  • pedagogik integratsiya
  • kompetensiyalar tizimi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA BO’LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY KOMPENENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Ibrogimova Mohira Shuxratovna Puchon universiteti 2-kurs magistranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda integrativ yondashuvning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan. Tadqiqotda integratsiya jarayonining ta’lim tizimidagi o‘rni, uning pedagogik jarayonda samarali qo‘llanilishining afzalliklari hamda tarbiyachilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, integrativ yondashuv asosida kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning mazmuni, tarkibiy qismlari va metodik jihatlari ochib berilgan. Kalit soʻzlar: integrativ yondashuv, kasbiy kompetentlik, tarbiyachi tayyorlash, innovatsion ta’lim, pedagogik integratsiya, kompetensiyalar tizimi.

DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE EDUCATORS BASED ON AN INTEGRATIVE APPROACH

Ibrogimova Mohira Shukhratovna 2nd year master's student of Puchon University

Abstract: This article explores the theoretical and practical foundations of the integrative approach to developing the professional competence of future educators. The study analyzes the role of the integration process in the education system, the advantages of its effective application in the pedagogical process, and its importance in improving the professional training of educators. Additionally, the content, structural components, and methodological aspects of developing professional competencies based on the integrative approach are discussed. Keywords: integrative approach, professional competence, teacher training, innovative education, pedagogical integration, competency system.

РАЗВИТИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ ВОСПИТАТЕЛЕЙ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА

Ибрагимова Мохира Шухратовна магистрант 2-го курса университета Пучон

Аннотация: В данной статье раскрываются теоретические и практические основы интегративного подхода к развитию профессиональной компетентности будущих воспитателей. В исследовании проанализирована роль процесса интеграции в системе образования, преимущества его эффективного применения в педагогическом процессе, а также значение данного подхода в совершенствовании профессиональной подготовки воспитателей. Кроме того, раскрыты содержание, структурные компоненты и методические аспекты формирования профессиональных компетенций на основе интегративного подхода. Ключевые слова: интегративный подход, профессиональная компетентность, подготовка воспитателей, инновационное образование, педагогическая интеграция, система компетенций.

Mamlakatimizda ta’lim sohasida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, samaradorlikka erishish, maktabgacha ta’lim tarbiyachilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish, pedagog kadrlarni innovatsion faoliyatga yo‘naltirish, o‘quv jarayoniga innovatsion ta’lim hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish va ularni aniq maqsadlarga yo‘naltirish dolzarb vazifa sifatida belgilangan. Ushbu jarayonlarda tarbiyachilar kasbiy faoliyatining zamonaviy kompetensiyalar asosida takomillashtirilishi, ularning innovatsion pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etish qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Kompetensiya - lotincha so‘z bo‘lib, oʻzbek tilida “munosib”, “to‘g‘ri keladi” yoki “mos keladi” ma’nolarini anglatadi. O‘z bilim, mahorat va amaliy tajribalarni qo‘llagan holda oddiy va murakkab masalalarni yecha olishga munosib inson deb tushunsa bo‘ladi. Ko‘p hollarda “kasbiy kompetenlik” atamasi qo‘llaniladi. Bu so‘zni kasbiy vazifalarini amalga oshirishda o‘z amaliy tajribalari, bilim va ko‘nikmalarini muvaffaqiyatli qo‘llay olish qobiliyati deb tushunsa bo‘ladi.[1] Demak, psixologik nuqtai nazardan kompetentlik — bu “noan’anaviy vaziyatlar va kutilmagan holatlarda tarbiyachining o‘zini tutish strategiyasi, kommunikativ jarayonga kirishish qobiliyati, raqobatchilar bilan o‘zaro munosabatlarda yangicha yondashuvni qo‘llashi, noaniq vazifalarni bajarishda hamda zid ma’lumotlardan samarali foydalanishda, shuningdek, dinamik va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga ega bo‘lishi” ni anglatadi. Kasbiy kompetentlik esa tarbiyachi tomonidan oʻz faoliyatni samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar va malakalarning egallanishi hamda ularni amaliyotda yuqori darajada qo‘llay olish qobiliyatini bildiradi. Kasbiy kompetentlik faqat alohida bilim yoki malakalarning o‘zlashtirilishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar tizimi va faoliyat strategiyalarining shakllanishini ham o‘z ichiga oladi. Integratsion yondashuv - ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda boshqariluvchi ob’yektga bir necha yondashuvlar (vaziyatli, tizimli, innovatsion va h.k.) ni birgalikda qo‘llash. Mazkur atama umumlashtirilgan yondashuvlarni ifodalaydi. [2] Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari kasbiy kompetentligining yuqori darajada shakllantirilishi bilan uzviy bog‘liqdir. Shu sababli, zamonaviy ta’lim texnologiyalari imkoniyatlaridan unumli foydalanish negizida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish uning muhim o‘ziga xos jihatlaridan biridir. [3] Zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy va ijtimoiy faoliyatini shakllantirish jarayoni modellashtirilgan holda amalga oshiriladi. Bunda fanlararo integratsiya ilm-fanning turli yo‘nalishlarini bir butun tizim sifatida birlashtiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi davr bitiruvchisi o‘z kasbiy faoliyatida turli sohalar bo‘yicha olingan bilimlarni uyg‘unlashtirib, amaliyotda qo‘llay olish malakasiga ega bo‘lishi talab etiladi. Fanlararo integratsiya — bu ta’lim jarayonida turli o‘quv fanlarini o‘zaro bog‘lash orqali kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish, muammoli vaziyatlarni kompleks yondashuv asosida hal etish imkonini beruvchi tizimdir. Ushbu yondashuv ta’lim mazmuni, maqsadi va tamoyillarining o‘zaro uyg‘unligini ta’minlab, o‘quv dasturlarining yaxlitligini shakllantiradi. Natijada, talabalar ta’limning dastlabki bosqichlaridanoq kasbiy kompetensiyalarini rivojlantira boshlaydilar. Yuqori bosqichlarda esa ular fanlararo aloqalar asosida mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish hamda amaliy harakatlarni to‘g‘ri tashkil etish ko‘nikmalarini hosil qiladilar.

Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy kompetentlikka quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin: ➢ maktabgacha pedagogika, bolalar psixologiya fanlarini chuqur o‘rganish; ➢ maktabgacha ta’lim boʻyicha maxsus fanlar, ularni o‘qitish metodikasini chuqur bilish; ➢ o'z kasbiga qiziqish, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish; ➢ o‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bolish; ➢ o‘z ustida mustaqil ishlash, shaxsiy malakasini muntazam oshirib borish; ➢ o‘z-o‘ziga talabchanlik, mas’uliyatni teran his etish; ➢ murakkab va muammoli vaziyatlardan chiqib keta olishi. Demak, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, muayyan bilim, ko‘nikma, malaka va fazilatlarni talab etadi. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda ushbu bilim, ko‘nikma, malaka va sifatlar “kompetensiyalar” tushunchasi bilan birlashtirilgan. Tarbiyachi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tushunchaning turli ta’riflarini tahlil qilish asosida quyidagi variantni sintez qilish mumkin: tarbiyachining kasbiy kompetentligi - bu fundamental ilmiy ta’lim va pedagogik faoliyatga hissiy-qadriyatli munosabatga asoslangan lavozim talablari bilan belgilanadigan kasbiy faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir. U kasbiy va nazariy bilimlar, shaxsiy sifatlar, kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Yuqoridagilarni xulosa qilib aytganda integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim jarayonida nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirishni talab etadi. Bu yondashuv pedagogik faoliyat samaradorligini oshiradi, tarbiyachilarda innovatsion fikrlash, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantiradi. Natijada, bo‘lajak tarbiyachilar professional faoliyatda yuqori malaka va ijodkorlik bilan ishlashga tayyor bo‘ladi, bu esa ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ochilova G.O., Akbarova S.Sh. Kasbiy kompetentlik. (Darslik). 10-bet - Т.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi’', 2022. 324 bet. 2. Педагогика: энциклопедия. II жилд / тузувчилар: жамоа. 101-bet.- Тошкент: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2015. 3. Ахмедова М. Т. Педагогик компетентлик -Т.: -2016. -84 б 4. Qodirova F.R., Toshpulatova Sh.Q. va b. "Maktabgacha pedagogika." Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. 195-bet. 5. Abdullayeva Sh. va boshq. “Umumiy pedagogika.” O‘quv qo‘llanma. T.: 2019.` 6. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.

AUDIOVIZUAL AUTENTIK MATERIALLAR VOSITASIDA TALABALARNING NUTQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Azimova Guljamol Begimqul qizi О‘zbеkistоn milliy реdаgоgikа univеrsitеti tаyаnch dоktоrаnti Е-mаil:guljаmоlаzimоvа15@gmаil.cоm Annotatsiya: Ushbu tezisda audiovizual autentik materiallar vositasida talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: audiovizual, autentik materiallar, nutqiy ko‘nikmalar, o‘quv jarayoni, til ta’limi, metodlar.

METHODOLOGY OF DEVELOPING STUDENTS' SPEAKING SKILLS THROUGH AUDIOVISUAL AUTHENTIC MATERIALS Azimova Guljamol Begimqul qizi Researcher of the National University of Editorial Studies of Uzbekistan E-mail:guljamolazimova15@gmail.com

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Ochilova G.O., Akbarova S.Sh. Kasbiy kompetentlik. (Darslik). 10-bet - Т.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi’', 2022. 324 bet.
  2. Педагогика: энциклопедия. II жилд / тузувчилар: жамоа. 101-bet.- Тошкент: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2015.
  3. Ахмедова М. Т. Педагогик компетентлик -Т.: -2016. -84 б
  4. Qodirova F.R., Toshpulatova Sh.Q. va b. "Maktabgacha pedagogika." Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. 195-bet.
  5. Abdullayeva Sh. va boshq. “Umumiy pedagogika.” O‘quv qo‘llanma. T.: 2019.`
  6. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI
  7. IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY
  8. TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011287
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/287
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
134–136
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25