ABDULLA QAHHORNING “O‘G‘RI” HIKOYASINING HOZIRGI DAVR BILAN MOSLASHISHI
Norboboyev Diyorbek Baymat ogluSamarqand davlat unversiteti Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalish 2-bosqich 204-guruh talabasi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 158–161
Annotatsiya
Ushbu maqolada Abdulla Qahhor serqirra ijodkor, taniqli davlat arbobi va ko‘plabhikoyalar mualifi hisoblanadi. Uning asar va hikoyalarida xalq hayotini, odamlarning orzuintilishlarini,ijtimoiy muammolarini teran yoritib bergan yozuvchidir. Abdulla Qahhor hikoyalaridaxalqning o‘ziga xos hayot tarzi,odatlarini, inson fazilatlarini hamda illatlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgikunda ham amaldorlar oddiy xalqni azoblashini, nohaqliklar qilishini ko‘rishimiz mumkin. Hikoyada bizgahammaga birdek momila va tarbiya jihatlarni o‘rgatib boradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Boshqa tillarda
ruschaАктуальность рассказа Абдуллы Каххора «Вор» для нашего времени
В этой статье Абдулла Каххор рассматривается как плодовитый писатель, известный государственный деятель и автор множества рассказов. В своих произведениях и рассказах он глубоко исследует жизнь людей, их чаяния и социальные проблемы. В своих рассказах Абдулла Каххор описывает уникальный образ жизни, обычаи, человеческие качества и пороки людей. Даже сегодня мы видим, как чиновники применяют пытки и совершают несправедливость по отношению к простым людям. Не будет преувеличением сказать, что рассказы учат нас тем же принципам и аспектам воспитания, которые важны для всех.
inglizchaTHE RELEVANCE OF ABDULLA QAHHOR‘S STORY "THE THIEF" TO THE PRESENT TIME
In this article, Abdulla Qahhor is considered a prolific writer, a well-known statesman, and the author of many stories. In his works and stories, he is a writer who has deeply covered the life of the people, their aspirations, and social problems. In his stories, Abdulla Qahhor includes the unique lifestyle, customs, human qualities, and vices of the people. Even today, we can see that officials torture and commit injustices against ordinary people. It is no exaggeration to say that the story teaches us the same attitude and upbringing aspects for everyone.
Kalit so‘zlar
- Qobil bobo
- kampir
- ellikboshi
- amin
- pristavga
- Egamberdi
- paxtafurush
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
yondashuv natijasida ijodiy tafakkur, ilmiy algoritmlar va texnologik innovatsiyalar bir tizimda uyg‘unlashadi. Shuningdek, AI yordamida naqsh generatsiyasi moda sanoatida ekologik barqarorlikni ham ta’minlaydi - virtual sinovlar orqali mato isrofi kamayadi, energiya sarfi qisqaradi va “zero-waste fashion” tamoyillariga erishiladi. Shunday qilib, sun’iy intellekt asosida naqsh yaratish tizimlari modaning raqamli transformatsiyasini tezlashtiribgina qolmay, yangi ilmiy-estetik paradigmaga -“Virtual badiiy loyihalash davriga” asos solmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Wilson, H. (2017). The Development of Textile Patterning Techniques. Journal of Textile Technology, 15(2), 88–103. 2.Carter, P. (2019). 3D Modeling and Pattern Making in Fashion Design. Fashion Design and Technology Review, 23(4), 45–59. 3.Martin, S. (2020). The Role of Artificial Intelligence in Pattern Creation. Journal of Textile Innovation, 32(3), 150–165. 4.Zhao, Y., & Huang, J. (2021). Advances in Digital Pattern Making for Fashion. Textile Science and Technology, 27(5), 112–124. 5.Kim, S., & Hsiao, L. (2022). Text-to-Pattern AI Systems in Virtual Fashion. International Journal of Smart Design, 14(1), 37–49. 6.Patel, R., & Nguyen, T. (2023). Generative Adversarial Networks in Fashion Industry Applications. IEEE Transactions on Emerging Topics in Computing, 11(2), 114–129. 7.Zheng, Y., & Park, J. (2023). Artificial Intelligence for Digital Fashion Transformation: A Systematic Review. Computers in Industry, 152(4), 103–121. 8.O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHDA MULTIMODAL YONDASHUVNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(4), 380-388. 9.R.A.Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT UYGʻUNLIGINING IJTIMOIY MUHITGA TA’SIRI. ZAMONAVIY FAN: INNOVATSION YONDASHUVLAR VA YOSH TADQIQOTCHILARNING DOLZARB IZLANISHLARI, 1(1), 16-19.
ABDULLA QAHHORNING “O‘G‘RI” HIKOYASINING HOZIRGI DAVR BILAN MOSLASHISHI
Norboboyev Diyorbek Baymat o‘g‘li Samarqand davlat unversiteti Urgut filiali Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalish 2-bosqich 204-guruh talabasi.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abdulla Qahhor serqirra ijodkor, taniqli davlat arbobi va ko‘plab hikoyalar mualifi hisoblanadi. Uning asar va hikoyalarida xalq hayotini, odamlarning orzu intilishlarini,ijtimoiy muammolarini teran yoritib bergan yozuvchidir. Abdulla Qahhor hikoyalarida xalqning o‘ziga xos hayot tarzi,odatlarini, inson fazilatlarini hamda illatlarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda ham amaldorlar oddiy xalqni azoblashini, nohaqliklar qilishini ko‘rishimiz mumkin. Hikoyada bizga hammaga birdek momila va tarbiya jihatlarni o‘rgatib boradi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kalit so‘zlar: Qobil bobo, kampir, ellikboshi, amin, pristavga, Egamberdi, paxtafurush.
ADAPTATION OF ABDULLA QAHHOR'S STORY "THE THIEF" TO THE PRESENT TIME
Norboboyev Diyorbek Baymat oglu Samarkand State University Urgut Branch Faculty of Pedagogy and Language Teaching, 2nd year, Primary Education, Group 204, Student.
Abstract: In this article, Abdullah Qahhor is considered a versatile artist, a well-known statesman, and the author of many stories. He is a writer who has deeply covered the life of the people, the dreams and aspirations of the people, and social problems in his works and stories. Abdullah Qahhor's stories include the unique lifestyle, customs, human qualities, and vices of the people. Even today, we can see that officials torture and commit injustices against ordinary people. It is no exaggeration to say that the story teaches us the same attitude and upbringing aspects for everyone. Keywords: Grandfather Cain, old woman, chief of fifty, amen, to the priest, the cotton merchant.
АДАПТАЦИЯ РАССКАЗА АБДУЛЛЫ КАХХОРА «ВОР» К НАСТОЯЩЕМУ ВРЕМЕНИ
Норбобоев Диёрбек Баймат оглу, Самаркандский государственный университет, Ургутский филиал Факультет педагогики и преподавания языков, 2 курс, начальное образование, группа 204, студент.
Аннотация: В этой статье Абдулла Каххор рассматривается как разносторонний художник, известный государственный деятель и автор множества рассказов. Он – писатель, глубоко отражающий в своих произведениях и рассказах жизнь народа, его мечты и стремления, а также социальные проблемы. Истории Абдуллы Каххора отражают уникальный образ жизни, обычаи, человеческие качества и пороки народа. Даже сегодня мы видим, как чиновники подвергают простых людей пыткам и несправедливостям. Не будет преувеличением сказать, что эта история учит нас одинаковому отношению и воспитанию для всех. Ключевые слова: Дедушка Каин, старуха, пятидесятник, аминь, священнику, торговцу хлопком.
Kirish. Bu hikoya 1936-yillarda Abdulla Qahhor tomonidan yozilgan. Bir o‘qishda voqealar rivoji kitobxon hayolida gavdalansada, ammo buning tag mohiyatida juda katta ma’no yashiringan.Asarga epigraf qilib olingan maqolaga etibor qaratsak: “Otning o‘limi itning bayrami”. Bu bilan Abdulla Qahhor nima demoqchiligini asar bilan tanishib keyin izohlaylik. Ma‘lumki asar sho‘rolar davrida yozilgan. Bu davrda oddiy xalqning ongsizligi, bilimsizligi asarda yaqqol namoyon bo‘lgan. Asar obrazlariga to‘xtalsak. Qobil bobo sodda, o‘qimagan, oddiy bilimsiz kishi. Shu sababli ham mansabdor amaldorlar uni alday olishgan. Uning kampiri ham juda sodda,ishonuvchan bo‘lgan. Mansabdor shaxslar bu vaziyatdan unumli foydalanib qolishgan. Agar biz hozirgi zamon bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, o‘sha zamonda ham mansabdor shaxslarni mansabi evaziga korrupsiyani yuzaga keltirib chiqarganligini ko’rishishimiz mumkin. O‘sha zamonda vaziyat og‘ir, yashash qiyin bo‘lganligi uchun ham Qobil boboni ho‘kizi yo’qolishiga sabab bo’lgan. Chunki ho‘kizni o‘g‘irlagan noma‘lum inson ham och qolmaslik uchun shu ishni qilgan. Asardagi voqeylikka keladiga bo‘lsak, Qobil bobo ho‘kizini yo‘qolganligiga kuyinib yig‘layotgan bir paytda, burunsiz ellikboshining “Ho‘kizing oq poshsho qo‘l ostidan chiqib ketmagan bo‘lsa, albatta topiladi” degan gapi soddagina Qobil bobo hayolida ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi. Hatto Qobil boboning o‘ylashicha ko‘chaga chiqsa bas ho‘kiz topiladi. Ammo Qobil bobo amin yoniga boradigan bo‘lganda asardagi maqol juda o‘rinli ishlatilgan edi. Ya’ni “Quruq qoshiq og‘izni yirtadi”, “Berganga bitta ko‘p, olganga o‘nta kam”. Shu sababli sodda Qobil bobo kampiri bilan kengashib shunday qarorga kelishadi: bu chiqim oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab beradigan chiqim, shuning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas. Ammo ular xato o‘ylashgan edi. Qobil bobo amin uchrashgandagi aminning xatti harakatlariga e’tibor beraylik. Aminning og‘zini ochmasdan qattiq kekirishi, baqbaqasini osiltirib kulishi oddiy xalqqa shunchalik bee’tiborligidir. Uning Qobil bobo bilan qilgan g‘alatamos savol-javobi: -Ha sigir yo‘qoldimi? -Yo‘q sigir emas ola ho‘kiz edi. -Ho‘kizmidi…Ho‘kiz ekan-da…Ola ho‘kiz tavba! Endi asar nomi nima uchun “O‘g‘ri” ekanligiga e’tibor qaratsak. Yuqoridagi fikrlarimdan ko‘rinib turibdiki, aslida haqiqiy ,,O‘g‘ri’’lar amaldorlar ekan. Asarda ,,Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin” degan ibora qo‘llangan. Endi yaxshilab o‘ylab qarasak, dehqonning ham ho‘kizi yo‘qolgani-yu ham uyi kuyganligini ko‘rishimiz mumkin. Soddagina Qobil bobo qiyofasida o‘sha davrdagi oddiy ishonuvchan xalqni, amaldorlar qiyofasida esa xalqni boshiga ish tushganda xalqni borini yeydigan mansabdor shaxslarni juda ravshan tasvirlab berilganligini anglab yetishimiz mumkin.
Abdulla Qahhor bu asarda maqol va iboralardan juda o‘rinli foydalangan. Hatto epigrafning birgina o‘zi butun boshli hikoya mazmunini keltirib chiqargan. Ya’niki “Otning o‘limi, itning bayrami”. Bu bilan Abdulla Qahhor “Ot Qobil bobodek oddiy insonlar bo‘lsa, it ularning boshiga ish tushganda qorni to‘yadigan amaldorlar qiyofasidir” - deb tasvirlangan. “O‘g‘ri” hikoyasida faqat chol va kampirning ho‘kizi yo‘qolganligida emas, balki butun bir jamiyat amaldorlar dastidan aziyat chekayotganligini ko‘rishimiz mumkin. Bu hikoyada kambag‘allarni qiynalganligi yaqqol ko‘rsatib berilgan. E’tibor beradigan bo‘lsak, hikoyada o‘g’ri nima uchun ho‘kizni o‘g‘irlagani haqida so‘z bormagan. Lekin o‘g‘rini o’g‘irlik qilishga majbur qilgan narsa nima ekan deb keng mushohada qiladigan bo‘lsak, o‘sha davrda qashshoqlik, pulga muhtojlik, juda katta sabablardan biri bo‘lgan. Qobil bobo va kampir birgina ho‘kizni topish uchun sarf qilgan harajatlaridan ham ko‘rishimiz mumkinki, boshqa hech vaqosi bo‘lmaganidan ho‘kizni topish uchun qilmagan chorasi qolmaydi. Afsuski, amaldorlar bundan foydalanib qoladilar holos. Hikoya bugungi kunning ham siyosiy, ijtimoiy ahvolini tahlil qilishga yordam beradi. Muhokama qismi. Har bir xalq va millat o‘zining yashash sharoiti, ijtimoiy holati, tarixi va bugungi, erishgan yutuqlarini ma’lum bir qolipga solib, ulardan tajriba o‘rgangan holda xalqqa tegishli bo‘lgan hikmatli so‘zlar, maqol va matallarni yaratadi va ular umumxalq mulki hisoblanadi. Abdulla Qahhorning ham “O‘g‘ri” hikoyasida bu iboralarni juda ko‘p uchratishimiz va ma’no mazmuni nimada ekanligini keng muhohakama qilishimiz mumkin. “O‘g‘ri” hikoyasida o‘tgan davrda amaldorlar oddiy xalqni qiynaganligini, balki insoniyatni adolatsizlikka chorlagani chuqur aks etgan. Hikoyada tasvirlangan o‘g‘rilik fojiasi butun bir insoniyatning toptalishiga olib kelmoqda. Bu hikoyada chol va kampirning faqatgina bitta ho‘kizi borligini va uni ham yo‘qolishi, endi hech narsasi qolmaganligidan dalolat beradi. O‘sha hikoyadagi voqealarni hozirgi kunga solishtiradigan bo‘lsak hozirgi kunda ham boy amaldorlarni pora yo‘li bilan ish qilayotganligini misol tariqasida olishimiz mumkin. Hozirgi davrga kelib bunday nohaqliklarga asta sekin chek qo‘yilmoqda. Haq-huquqlarmiz qonun yo‘li bilan hal qilinmoqda. O‘g‘ri hikoyasida har bir qahramon bir biriga o‘xshamas harakterga ega. Barcha obrazlarda o‘zini g‘amini, foydasini ko‘zlab ish tutayotgan amaldorlarni ko‘rishimiz mumkin. Hikoya boshlanishida hikoya rivoji qanday bo‘lishi, ya’ni amaldorlar cholning ho‘kizi yo‘qolganligidan foydalanganligini ko‘rishimiz mumkin. Hikoyaning asosiy g‘oyalari: 1.Adolat va gumanizm: Hikoyada muallif insoniylikni, mehr-oqibatni, adolatni ifodalaydi. 2.Ho‘kizning yo‘qolishi: Ho‘kizning yo‘qolishidan faqatgina o‘g‘rilikni emas, balki amaldorlarni oddiy xalq ustidan ezg‘ilayotganligini ko‘rishimiz mumkin. 3.Poraxo‘rlikka qarshi kurashish: Hikoya qahramonlarida ko‘rishimiz mumkinki, hattoki elikboshi ham bu lavozimga o‘tirishi uchun mingboshiga yetti yuz bog‘beda, bir toy bergani ma’lum. Bundan ko‘rishimiz mumkinki o‘sha davrda amaldorlar o‘rtasida poraxo‘rlik juda avjiga chiqqan. Qobil bobo esa birgina ho‘kizni topish uchun aminning o‘ziga uch yelpish tovoq jo‘xori, ikki kalava ip beradi. Shuning uchun ham hikoya boshida Otning o‘limi, itning bayrami deb maqol keltirilgan. Hikoya so‘ngida ho‘kiz topilmagach ellikboshi Qobil boboga qaynatasidan, ya‘ni Egamberdi paxtafurushdan yer haydashi uchun ikki bosh ho‘kiz olib beradi. Lekin Egamberdi bir shart bilan ho‘kiz berishini aytadi. Shartini esa kuzda aytaman deydi. Bu gapi bilan hattoki Egamberdi ham Qobil bobodan foydalanmoqchiligini idrok etishimiz mumkin. O‘sha davrdagi voqealarni hozirgi zamon bilan taqqoslasak, o‘sha davrdagi xalqimiz juda xo‘rlangani, amaldorlar dastidan juda qattiq aziyat chekkanligini etirof etishimiz mumkin. Shukr qilib yashaymizki, hozirgi paytda ya’ni mustaqillikka erishganimizdan so‘ng bunday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmay hamma haq-huquqlarimiz qonun himoyasidadir. Xulosa: Xulosa o‘rnida shunday deyish mumkinki, yozuvchi va munaqqid Abdulla Qahhor ijod yo‘li ancha murakkab, ammo asarlari tushunarli va sodda jumlalardan tuzilgan bo‘lishiga qaramay ma‘no–mazmun jihatdan keng ko’lamga egaligi bilan boshqa yozuvchilardan ajralib turadi va yozuvchining har bir asarlaridan ma’naviy ozuqa olishimiz mumkin..
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Sinf darsligi yettinchi sinf adabiyoti: Toshkent 2017-yil 312-315-bet.
- Murodxon Burxonov (Abdulla Qahhor O‘g‘ri) 4-7-bet.
- U.Normatov Abdulla Qahhor haqida xotiralar.https:kh-davron.uz
- A.Qahhor Adabiyot muallimi Toshkent Yangi asr avlodi 2019-yil.
- D.Qurbonov: Adabiyotshunoslikka kirish.
- Karimov H.O‘tkir Hoshimov: “Yozuvchi” 2002-yil.
- O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI. TA’LIM VA TARAQQIYOT, 4(3), 607-613.
- Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI. MAʼNAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORI, 1(1), 98-102.
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011294
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/294
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 158–161
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25