Asosiy mazmunga o‘tish

AUDIOVIZUAL AUTENTIK MATERIALLAR VOSITASIDA TALABALARNING NUTQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Azimova Guljamol Begimqul qiziO‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tayanch doktoranti2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 136–140

Annotatsiya

Ushbu tezisda audiovizual autentik materiallar vositasida talabalarning nutqiyko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish masalalariyoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaМЕТОДОЛОГИЯ РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ УСТНОЙ РЕЧИ У СТУДЕНТОВ С ПОМОЩЬЮ АУДИОВИЗУАЛЬНЫХ АУТЕНТИЧНЫХ МАТЕРИАЛОВ

В данной диссертации рассматриваются вопросы повышения эффективности образовательного процесса посредством методологии развития навыков устной речи у студентов с использованием аутентичных аудиовизуальных материалов.

inglizchaMETHODOLOGY FOR DEVELOPING STUDENTS‘ SPEAKING SKILLS THROUGH AUDIOVISUAL AUTHENTIC MATERIALS

This thesis discusses the issues of increasing the effectiveness of the educational process through the methodology of developing students‘ speaking skills using audiovisual authentic materials.

Kalit so‘zlar

  • audiovizual
  • autentik materiallar
  • nutqiy ko‘nikmalar
  • o‘quv jarayoni
  • til ta‘limi
  • metodlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilar kasbiy kompetentlikka quyidagi bosqichlarda erishishi mumkin: ➢ maktabgacha pedagogika, bolalar psixologiya fanlarini chuqur o‘rganish; ➢ maktabgacha ta’lim boʻyicha maxsus fanlar, ularni o‘qitish metodikasini chuqur bilish; ➢ o'z kasbiga qiziqish, pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish; ➢ o‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, unga nisbatan tanqidiy munosabatda bolish; ➢ o‘z ustida mustaqil ishlash, shaxsiy malakasini muntazam oshirib borish; ➢ o‘z-o‘ziga talabchanlik, mas’uliyatni teran his etish; ➢ murakkab va muammoli vaziyatlardan chiqib keta olishi. Demak, maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining kasbiy faoliyati ko‘p qirrali bo‘lib, muayyan bilim, ko‘nikma, malaka va fazilatlarni talab etadi. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda ushbu bilim, ko‘nikma, malaka va sifatlar “kompetensiyalar” tushunchasi bilan birlashtirilgan. Tarbiyachi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu tushunchaning turli ta’riflarini tahlil qilish asosida quyidagi variantni sintez qilish mumkin: tarbiyachining kasbiy kompetentligi - bu fundamental ilmiy ta’lim va pedagogik faoliyatga hissiy-qadriyatli munosabatga asoslangan lavozim talablari bilan belgilanadigan kasbiy faoliyatni samarali bajarish qobiliyatidir. U kasbiy va nazariy bilimlar, shaxsiy sifatlar, kasbiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Yuqoridagilarni xulosa qilib aytganda integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish ta’lim jarayonida nazariy bilimlar bilan amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirishni talab etadi. Bu yondashuv pedagogik faoliyat samaradorligini oshiradi, tarbiyachilarda innovatsion fikrlash, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llay olish kompetensiyalarini shakllantiradi. Natijada, bo‘lajak tarbiyachilar professional faoliyatda yuqori malaka va ijodkorlik bilan ishlashga tayyor bo‘ladi, bu esa ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Ochilova G.O., Akbarova S.Sh. Kasbiy kompetentlik. (Darslik). 10-bet - Т.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi’', 2022. 324 bet. 2. Педагогика: энциклопедия. II жилд / тузувчилар: жамоа. 101-bet.- Тошкент: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2015. 3. Ахмедова М. Т. Педагогик компетентлик -Т.: -2016. -84 б 4. Qodirova F.R., Toshpulatova Sh.Q. va b. "Maktabgacha pedagogika." Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2019. 195-bet. 5. Abdullayeva Sh. va boshq. “Umumiy pedagogika.” O‘quv qo‘llanma. T.: 2019.` 6. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.

AUDIOVIZUAL AUTENTIK MATERIALLAR VOSITASIDA TALABALARNING NUTQIY KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Azimova Guljamol Begimqul qizi О‘zbеkistоn milliy реdаgоgikа univеrsitеti tаyаnch dоktоrаnti Е-mаil:guljаmоlаzimоvа15@gmаil.cоm Annotatsiya: Ushbu tezisda audiovizual autentik materiallar vositasida talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi orqali o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: audiovizual, autentik materiallar, nutqiy ko‘nikmalar, o‘quv jarayoni, til ta’limi, metodlar.

METHODOLOGY OF DEVELOPING STUDENTS' SPEAKING SKILLS THROUGH AUDIOVISUAL AUTHENTIC MATERIALS Azimova Guljamol Begimqul qizi Researcher of the National University of Editorial Studies of Uzbekistan E-mail:guljamolazimova15@gmail.com

Annotation: This thesis discusses the issues of increasing the effectiveness of the educational process through the methodology of developing students' speaking skills through audiovisual authentic materials. Keywords: audiovisual, authentic materials, speaking skills, educational process, language education, methods.

МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ РЕЧИ СТУДЕНТОВ С ПОМОЩЬЮ АУДИОВИЗУАЛЬНЫХ АУТЕНТИЧНЫХ МАТЕРИАЛОВ

Азимова Гулжамол Бегимкул кизи Научный сотрудник Национального университета редакционного дела Узбекистана E-mail: guljamolazimova15@gmail.com

Аннотация: В данной диссертации рассматриваются вопросы повышения эффективности образовательного процесса посредством методики развития навыков речевой речи студентов с помощью аудиовизуальных аутентичных материалов. Ключевые слова: аудиовизуальные материалы, аутентичные материалы, навыки речевой речи, образовательный процесс, языковое образование, методы.

Zamonaviy til o‘qitish metodikasi global ta’lim jarayonining eng dinamik va innovatsion yo‘nalishlaridan biridir. Bugungi kunda chet tillarni o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda nafaqat grammatik bilim, balki real kommunikativ muhitda samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, audiovizual autentik materiallardan foydalanish til o‘qitish jarayonida didaktik va psixologik jihatdan yuqori samaradorlikka ega vosita sifatida e’tirof etilmoqda. XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi, ommaviy axborot vositalari, internet va raqamli kontentning o‘quv jarayoniga kirib kelishi o‘qituvchidan multimodal ta’lim yondashuvini qo‘llashni talab etmoqda. Bunday yondashuvda o‘quvchi tinglaydi, ko‘radi, sezadi, his qiladi, ya’ni o‘rganish jarayoni VAKT modeli (visual – ko‘rish, auditory – eshitish, kinesthetic – harakat, tactile – sezish) asosida kompleks tarzda kechadi. Natijada o‘quvchilar chet tilidagi nutqni qabul qilish, tushunish va adekvat javob qaytarish malakalarini real muloqot holatlarida mustahkamlaydi. Til o‘qitish jarayonida autentik materiallar — ya’ni ona tilida so‘zlashuvchi muhitda yaratilgan va asl kommunikativ maqsadga xizmat qiluvchi matn, audio va video lavhalar — o‘quvchining nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Bunday materiallar o‘quvchilarni sun’iy til namunalaridan uzoqlashtirib, haqiqiy til tizimi va madaniyatini anglashga, sotsiokulturologik kompetensiyani shakllantirishga yordam beradi. Ayniqsa, audiovizual autentik materiallar (film lavhalari, intervyular, reklama roliklari, teleko‘rsatuvlar, videobloglar va boshqalar) o‘quvchining diqqatini tortuvchi, hissiy jihatdan ta’sirli hamda real kommunikatsiyani modellashtiruvchi resurs sifatida nutqiy rivojlanishning kuchli stimulyatoriga aylanadi. O‘zbekistonda chet tillarni o‘qitish tizimi Prezidentning “Yoshlarning chet tillarini o‘rganishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlari hamda “Chet tillarni o‘qitish milliy dasturi” asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda. Ushbu jarayon o‘qituvchilar zimmasiga autentik vositalarni metodik asosda qo‘llash, ularni o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlariga moslashtirish, didaktik tahlil asosida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tizimini yaratish kabi mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, audiovizual autentik materiallar asosida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasi nafaqat lingvistik, balki psixolingvistik, sotsiokultural va pedagogik jihatlarni o‘zida mujassam etadi. Shuningdek, bu yondashuv kommunikativ til o‘qitish metodlari bilan uyg‘unlashgan holda, o‘quvchi markazli, interaktiv, ijodiy va kontekstual ta’lim muhitini shakllantiradi. Til o‘qitish metodikasida autentik materiallarning o‘rni va ahamiyati so‘nggi o‘n yilliklarda ko‘plab xorijiy hamda mahalliy tadqiqotchilar tomonidan chuqur o‘rganilgan. Dastlab “autentiklik” tushunchasi til materialining tabiiyligi va haqiqiy kommunikativ vaziyatga mosligini anglatgan (Gilmore, 2007). Nunan (1989) va Little, Devitt & Singleton (1989) kabi olimlar autentik materiallar o‘quvchilarning tilga bo‘lgan motivatsiyasini kuchaytirishini, real til muhitini sinfga olib kirishini ta’kidlaydilar.

Peacock (1997) esa autentik materiallar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshirishi, ayniqsa, tinglab tushunish (listening comprehension) jarayonida ularning e’tibor va diqqatini faollashtirishga xizmat qilishini ilmiy tajribalarda isbotlagan. Shu bilan birga, Bacon va Finnemann (1990) autentik materiallar orqali o‘quvchilar ona tili va o‘rganilayotgan til o‘rtasidagi madaniy tafovutlarni idrok etib, interkultural kompetensiyani rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishini qayd etganlar. Audiovizual autentik materiallar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda Mishan (2005) va Brett (1995) bu turdagi vositalar nafaqat til o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi, balki o‘quvchilarda vizual va eshituv tahlil mexanizmlarini birgalikda ishga solib, informatsiyani yaxlit idrok etish qobiliyatini shakllantiradi, deb ta’kidlaydi. Ularning fikricha, video materiallar orqali o‘quvchi tilni kontekstda qabul qiladi: mimika, intonatsiya, jest, madaniy elementlar va ijtimoiy kontekstni bir vaqtning o‘zida o‘zlashtiradi. Canning-Wilson (2000) esa video asosidagi darslar o‘quvchilarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantirishini, ularni og‘zaki nutq jarayoniga jalb etishini qayd etadi. Bu yondashuv, ayniqsa, nutqiy ko‘nikmalarni (speaking skills) rivojlantirishda yuqori samaradorlik beradi. O‘zbekiston metodistlari ham autentik materiallardan foydalanishning milliy ta’lim tizimidagi imkoniyatlarini o‘rganib kelmoqdalar. G‘ulomova Sh. (2021), Toshpulatova M. (2020), Rahmatova Sh. (2019) singari tadqiqotchilar chet tili darslarida autentik videomateriallardan foydalanish o‘quvchilarning muloqot kompetensiyasini shakllantirish, madaniyatlararo anglashuvni rivojlantirish va o‘z fikrini erkin bayon etish ko‘nikmalarini mustahkamlashini ilmiy asoslaganlar. Yevropa til o‘qitish tajribasida esa bu yondashuv CEFR (Common European Framework of Reference for Languages) tamoyillariga asoslanadi. CEFRda nutqiy faoliyatning asosiy turlari — tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish — o‘zaro bog‘liq kompetensiyalar tizimi sifatida qaraladi. Audiovizual autentik materiallar ushbu to‘rtta ko‘nikma orasidagi integratsiyani tabiiy tarzda ta’minlab, kommunikativ kompetensiyani rivojlantiradi. Shu o‘rinda, Richards va Rodgers (2001) tomonidan ishlab chiqilgan Kommunikativ til o‘qitish (CLT) modeli audiovizual materiallar vositasida nutqiy rivojlanish uchun eng mos metodik asos hisoblanadi. Chunki CLT o‘quvchini passiv bilim oluvchidan faol muloqot ishtirokchisiga aylantiradi, tilni “tizim” sifatida emas, muloqot vositasi sifatida o‘rgatishni nazarda tutadi. Ayni shu jihatdan, audiovizual autentik videomaterial vositasida Kommunikativ Til O‘qitish (CLT) metodikasi asosida tahlil va o‘qitish jarayonida qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. Videomaterial sifatida ingliz tilida ona tili egasi tomonidan yaratilgan “Akeelah and the Bee” nomli film tanlandi. Ushbu videofilm o‘quvchilar uchun real kommunikativ muhitni aks ettiruvchi, leksik va fonetik jihatdan tabiiy, ijtimoiymadaniy kontekstga boy namuna hisoblanadi.

CLT yondashuvining mohiyati o‘quvchilarni til tizimini o‘rganishdan ko‘ra, muloqot qilishga o‘rgatishga qaratilganidir (Richards & Rodgers, 2001). Shu sababdan video asosida mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: Pre-listening (tinglashdan oldingi tayyorgarlik)-bu jarayon CLT’dagi “engagement” (jalb etish) tamoyiliga mos ravishda o‘quvchini faol muloqotga tayyorlaydi. Bu bosqichda o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha muloqotga tayyorgarligi, fon bilimlari faollashtirildi. O‘qituvchi quyidagi strategiyalardan foydalaniladi: - Videodagi asosiy so‘z va iboralarni vizual tarzda taqdim etish (flashcard yoki slayd orqali);

- Savollar orqali kutilayotgan vaziyatni muhokama qilish (“Siz kimgadir yo‘l so‘raganmisiz?”, “Chet elda muloqot qilishda nimalar qiyin bo‘lgan?”). While-listening (tinglash jarayoni)-bu jarayon autentik kommunikativ kompetensiyani shakllantirishga xizmat qildi, chunki o‘quvchi real tovush, tabiiy talaffuz va ijtimoiy holatni eshitgan holda tildan foydalanish strategiyasini o‘rganadi. - O‘quvchilar videoni 2 marotaba tinglashadi: - Birinchi tinglashda — umumiy mazmunni tushunishga, - Ikkinchi tinglashda — asosiy so‘z birikmalari, intonatsiya va jest-mimikaga e’tibor qaratiladi. - O‘qituvchi video tinglash jarayonida CLT’ning “task-based” elementlarini qo‘llaydi: o‘quvchilar guruhlarda muloqotni to‘ldirish, reaksiyani taxmin qilish, yoki dialogdagi xatoni aniqlash kabi kommunikativ topshiriqlarni bajaradilar. Post-listening (tinglashdan so‘nggi faoliyat)-mazkur bosqichda CLT metodikasining asosiy tamoyili — “meaning-focused communication” (ma’noga yo‘naltirilgan muloqot) to‘liq amalga oshadi. O‘quvchilar grammatika yoki talaffuzga emas, balki mazmunni aniq ifodalashga e’tibor qaratadilar. Bu bosqichda o‘quvchilar: - Videodagi vaziyatni rolli o‘yin (role-play) shaklida qayta ijro etdilar; - Juftliklarda dialog yaratish orqali o‘z nutqiy javoblarini ishlab chiqishdi; - Yakuniy refleksiya sifatida o‘zlari yozgan dialogni qisqa video yoki audio shaklida qayta yozib, baham ko‘rishdi. Tajriba tahlili natijalariga ko‘ra, CLT metodikasi asosida autentik videomateriallardan foydalanish quyidagi afzalliklarni beradi: - o‘quvchilarda real til muhitini his qilish imkoniyatini yaratadi; - madaniy va ijtimoiy kontekstni tabiiy shaklda singdiradi; - nutqiy faollikni oshiradi va dars jarayonida o‘zaro muloqotni kuchaytiradi; - motivatsiyani barqarorlashtiradi, chunki o‘quvchi o‘rganayotgan tilning amaliy foydasini bevosita ko‘radi; - o‘qituvchiga interaktiv, multimodal dars muhitini yaratish imkonini beradi. O‘qituvchining roli: -yo‘naltiruvchi va fasilitator sifatida o‘quvchini fikrlashga undash; -tildan foydalanishda xatolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, refleksiya va muhokama orqali tahlil qilish; -baholashda grammatik to‘g‘rilikdan ko‘ra muloqot samaradorligiga e’tibor qaratish. O‘quvchilar faoliyatini mustahkamlash: -har bir video asosida mini-dialoglar, role-play mashqlari yaratish; -darsdan keyin refleksiya jurnali yozish orqali o‘rganilgan iboralarni mustahkamlash; -ijtimoiy tarmoqlar yoki sinf blogi orqali o‘z videolarini baham ko‘rish — bu real kommunikatsiya maydonini yaratadi. Audiovizual autentik materiallar asosida CLT metodikasini qo‘llash nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning zamonaviy, interaktiv va psixologik jihatdan samarali yo‘nalishidir. Bu yondashuv o‘quvchini sun’iy dars muhitidan chiqib, real til muloqotiga tayyorlaydi, mustaqil fikrlash, kreativ yondashish va kontekstual tushunish qobiliyatini kuchaytiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar18 ta adabiyot

  1. Bacon, S. M., & Finnemann, M. D. (1990). A study of attitudes, motives, and strategies of university foreign language students and their disposition to authentic oral and written input. The Modern Language Journal, 74(4), 459–473.
  2. Brett, P. (1995). Authenticity in content-based instruction: Using video materials in the language classroom. English Language Teaching Journal, 49(4), 317–328.
  3. Canning-Wilson, C. (2000). Practical aspects of using video in the foreign language classroom. The Internet TESL Journal, 6(11).
  4. Gilmore, A. (2007). Authentic materials and authenticity in foreign language learning. Language Teaching, 40(2), 97–118.
  5. Little, D., Devitt, S., & Singleton, D. (1989). Learning foreign languages from authentic texts: Theory and practice. Dublin: Authentik.
  6. Mishan, F. (2005). Designing authenticity into language learning materials. Bristol: Intellect Books.
  7. Nunan, D. (1989). Designing tasks for the communicative classroom. Cambridge: Cambridge University Press.
  8. Peacock, M. (1997). The effect of authentic materials on the motivation of EFL learners. ELT Journal, 51(2), 144–156.
  9. Richards, J. C., & Rodgers, T. S. (2001). Approaches and methods in language teaching (2nd ed.). Cambridge: Cambridge University Press.
  10. Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes. Cambridge, MA: Harvard University Press.
  11. Leontiev, A. N. (1981). Problems of the development of the mind. Moscow: Progress Publishers.
  12. Bandura, A. (1986). Social foundations of thought and action: A social cognitive theory. Englewood Cliffs, NJ: Prentice-Hall.
  13. G‘ulomova, Sh. (2021). Chet tili o‘qitishda autentik materiallardan foydalanishning metodik asoslari. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 3(1), 56–63.
  14. Rahmatova, Sh. (2019). Audiovizual vositalar asosida o‘quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirish metodikasi. Jizzakh State Pedagogical Institute Scientific Bulletin, 2(5), 74–81.
  15. Toshpulatova, M. (2020). Integratsion yondashuv asosida ingliz tili nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish. Til va Adabiyot Ta’limi, 1(4), 88–93.
  16. CEFR. (2020). Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment (Companion volume). Strasbourg: Council of Europe Publishing.
  17. O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQIY TA’LIMNI TASHKIL ETISH METODIKASI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(1), 470-475.
  18. Ramziddin Tursunov. (2025). IJTIMOIY ONG VA MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI HAMDA UNING MAZMUN-MOHIYATI. Kelajak o’qituvchisi - Kelajak Bunyodkori, 1(2), 36-40.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011288
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/288
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
136–140
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25