ONA TILI TA‘LIMIDA FANLARARO INTEGRATSIYA ORQALI O‘QUVCHILARNI DIZAYN FIKRLASHGA O‘RGATISH
Valiyeva Nargiza AthamboyevnaQo‘qon universiteti o‘qituvchisi2025
Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 126–130
Annotatsiya
Ushbu maqola ona tili ta‘limida fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarni dizaynfikrlashga o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlarini ko‘rib chiqadi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilargaturli fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushunishga yordam berib, ularning til o‘rganish jarayonini yanadaqiziqarli va samarali qiladi. Maqolada interaktiv loyihalar, multimedia vositalari, boshqa fanlar bilanhamkorlik, muammoli vazifalar va tijorat va ijtimoiy loyihalar kabi zamonaviy yondashuvlar muhokamaqilinadi. Ushbu yondashuvlar orqali o‘quvchilar kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va haqiqiyhayotiy muammolarni hal qilishda amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Boshqa tillarda
ruschaОбучение студентов применению дизайн-мышления посредством междисциплинарной интеграции в обучении родному языку.
В данной статье рассматриваются современные подходы к обучению студентов дизайн-мышлению посредством междисциплинарной интеграции в рамках изучения родного языка. Междисциплинарная интеграция помогает студентам понять взаимосвязи между различными дисциплинами, делая процесс изучения языка более интересным и эффективным. В статье обсуждаются современные подходы, такие как интерактивные проекты, мультимедийные инструменты, сотрудничество с другими дисциплинами, проблемно-ориентированные задания, а также коммерческие и социальные проекты. Благодаря этим подходам студенты получают возможность развивать навыки творческого мышления и приобретать практические навыки решения реальных проблем.
inglizchaTEACHING STUDENTS TO USE DESIGN THINKING THROUGH INTERDISCIPLINARY INTEGRATION IN MOTHER LANGUAGE EDUCATION
This article examines modern approaches to teaching students design thinking through interdisciplinary integration in native language education. Interdisciplinary integration helps students understand the connections between different disciplines, making their language learning process more interesting and effective. The article discusses modern approaches such as interactive projects, multimedia tools, collaboration with other disciplines, problem-based tasks, and commercial and social projects. Through these approaches, students have the opportunity to develop creative thinking skills and acquire practical skills in solving real-life problems.
Kalit so‘zlar
- ona tili
- fanlararo integratsiya
- dizayn fikrlash
- kreativ fikrlash
- multimedia
- muammoli vazifalar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
ONA TILI TA’LIMIDA FANLARARO INTEGRATSIYA ORQALI O‘QUVCHILARNI DIZAYN FIKRLASHGA O‘RGATISH
Valiyeva Nargiza Athamboyevna Qo‘qon universiteti o‘qituvchisi nargizavaliyeva1992@gmail.com
Annotatsiya.Ushbu maqola ona tili ta’limida fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarni dizayn fikrlashga o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlarini ko‘rib chiqadi. Fanlararo integratsiya o‘quvchilarga turli fanlar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni tushunishga yordam berib, ularning til o‘rganish jarayonini yanada qiziqarli va samarali qiladi. Maqolada interaktiv loyihalar, multimedia vositalari, boshqa fanlar bilan hamkorlik, muammoli vazifalar va tijorat va ijtimoiy loyihalar kabi zamonaviy yondashuvlar muhokama qilinadi. Ushbu yondashuvlar orqali o‘quvchilar kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va haqiqiy hayotiy muammolarni hal qilishda amaliy ko‘nikmalarni egallash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Kalit so‘zlar: ona tili, fanlararo integratsiya, dizayn fikrlash, kreativ fikrlash, multimedia, muammoli vazifalar
ОБУЧЕНИЕ УЧЕНИКОВ ДИЗАЙН-МЫШЛЕНИЮ ЧЕРЕЗ МЕЖПРЕДМЕТНУЮ ИНТЕГРАЦИЮ В ПРЕПОДАВАНИИ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА.
Аннотация.Данная статья рассматривает современные подходы к обучению учащихся дизайнерскому мышлению через межпредметную интеграцию в преподавании родного языка. Межпредметная интеграция помогает учащимся понять взаимосвязи между различными учебными дисциплинами, делая процесс изучения языка более увлекательным и эффективным. В статье обсуждаются такие современные методы, как интерактивные проекты, использование мультимедийных средств, сотрудничество с другими предметами, проблемные задания, а также коммерческие и социальные проекты. Благодаря этим подходам учащиеся развивают навыки креативного мышления и получают практические умения для решения реальных жизненных проблем. Ключевые слова: родной язык, межпредметная интеграция, дизайнерское мышление, креативное мышление, мультимедиа, проблемные задания.
TEACHING STUDENTS DESIGN THINKING THROUGH INTERDISCIPLINARY INTEGRATION IN UZBEK LANGUAGE EDUCATION.
Annotation.This article explores modern approaches to teaching students design thinking through interdisciplinary integration in mother tongue education. Interdisciplinary integration helps students understand the connections between different subjects, making the language learning process more engaging and effective. The article discusses modern approaches such as interactive projects, multimedia tools, collaboration with other subjects, problem-based tasks, as well as commercial and social projects. Through these approaches, students have the opportunity to develop creative thinking skills and acquire practical abilities to solve real-life problems. Keywords: mother tongue, interdisciplinary integration, design thinking, creative thinking, multimedia, problem-based tasks
Ta’limda o‘quvchilarga ma’lum bilimlar tizimini yetkazib, ularni faqat eslab qolishning o‘zi bugungi kunda yetarli bo‘lmay qoldi. Zamonaviy bilim olishda motivatsiya uyg‘otish, mustaqil bilim olish ishtiyoqini hosil qilish, integratsiya asosida ta’lim berish dolzarb vazifalardandir. Pedagogik texnologiya ana shunday talabni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ta’lim tizimidir. Texnologiyaning asosiy talabio‘quvchilarning puxta bilim olishi, bilimlarni o‘zlashtirishda faollik ko‘rsatishi, mustaqil fikrlashi, ta’limda aniq samarador natijaga erishishdir. Pedagogik texnologiya turli-tuman qirralarga ega. Biz ushbu paragrafda faqat bir masala-integratsiya va shu orqali samarali natijaga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqida to‘xtalmoqchimiz. Integratsiyaayrim bo‘laklarning yoki elementlarning bir-biriga qo‘shilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishidir [1]. Mavzuning dolzarbligi shuki, bugungi kunda ta’lim sohasida o‘quvchilarning faqat bilim olish darajasi emas, balki ularni real hayotiy muammolarni hal qila oladigan, kreativ va mustaqil fikrlovchi shaxs sifatida shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’limda berilayotgan asoslar kelgusidagi rivojlanish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, ona tili ta’limiga fanlararo integratsiyani joriy etish orqali o‘quvchilarda dizayn fikrlash kompetensiyasini rivojlantirish zamonaviy ta’limning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar nafaqat tilni o‘rganadi, balki uni boshqa fanlar bilan bog‘lab, kengroq kontekstda anglaydi hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Ona tili ta’limida fanlararo integratsiya zamonaviy ta’lim jarayonlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu yondashuv o‘quvchilarga turli fanlar o‘rtasida bog‘lanishlarni ko‘rsatib berish va ularni muammolarni hal qilishda keng qamrovli fikrlashga o‘rgatish imkonini beradi. Dizayn fikrlash esa, o‘quvchilarni kreativ va innovatsion yechimlar ishlab chiqishga rag‘batlantiradigan yondashuvdir. Ushbu maqolada, ona tili ta’limida fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarni dizayn fikrlashga o‘rgatishning zamonaviy usullari ko‘rib chiqiladi. Integratsiya- differensiatsiyaning aksi bo‘lib, unga teskari bo‘lgan jarayondir. Uni quydagi yo‘nalishlarda joriy etish mumkin. a) o‘quv predmetlari va fanlar doirasidagi mazmunni integratsiyalab o‘rganish; b) turli o‘quv predmetlaridan tehsil beruvchi shaxslarning faoliyatini integratsiyalash; c) ta’limtarbiya ishini tashkil etish shakllari yoki o‘quv kunini integratsiyalash. Hozirgi zamon boshlang‘ich ta’lim
pedagogikasida ta’limning yanada samarali yo‘llarini toppish jarayoni kechmoqda. Pedagogik integratsiya ana shunday yo‘llardan biri bo‘lib, uning asoslaridan biri integratsion darslardir. Integratsion darslar – interaktiv ta’lim tizimi bo‘lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko‘rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o‘rganadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi. Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi. Integratsion darslarda mavzularni va mashg‘ulotlarni hamkorlikda, mutaxasis ishtirokida va o‘quvchilar faolligida o‘tiladi. Integratsion darslarning 5 ta asosiy maqsadi mavjud va ular quydagilar: 1. O‘quvchilarning aqliy va emotsional qobiliyatlarini rivojlantirish; 2. O‘quvchilarning irodasini rivojlantirish; 3. O‘quvchilarning individual xarakterini rivojlantirish; 4. O‘quvchilarning boshqa fanlarga qiziqishini oshirish; 5. O‘quvchilarda tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish. Fanlararo integratsiya bir o‘quv fanining materialidan boshqasini o‘rganayotganda foydalanishda namoyon bo‘ladi. Bu darajada olib borilayotgan mazmunni tizimlashtirish o‘quvchilar ongida o‘rganilayotgan ob’yektning yaxlit tasavvurini shakllantirish kabi natijaga olib keladi. 3 xil integratsion dars turlari hozirda ommalashgan. 1. Auksion dars; 2. Innovatsion dars; 3. Hamkorlik dars. Integratsion dars turlaridan biri auktsion dars deb nomlanib, muayyan mavzular bo‘yicha qisqacha tushuntirish berilib, o‘quvchilarning fikri o‘rganiladi va ular mutaxassis tomonidan baholanib boriladi. Bunday darsda o‘qucvchilar to‘rt guruhga bolinadi va guruh a’zolari qo‘yilgan mavzular bo‘yicha fikrlar taqdimotini o‘tkazadi. Qaysi guruhning fikri mavzuni keng yoritib bersa, shu guruh g‘olib hisoblanadi va guruh a’zolarining har biri teng baholanadi. Auksion dars yakunida uyga vazifa berilmaydi[2, 668]. Fanlararo integratsiya — bu turli fanlar o‘rtasidagi muvofiqlikni ta'minlash va o‘quvchilarga bilimlarni birlashtirishga yordam berish jarayonidir. Ona tili ta’limida bu yondashuv, masalan, tarix, geografiya yoki san’at kabi fanlardan foydalanib, o‘quvchilarga tilni o‘rganish jarayonida qo‘shimcha kontekst yaratadi. Bunday integratsiya orqali o‘quvchilar tilni faqat grammatik qoidalar sifatida emas, balki madaniyat, tarix va san’at bilan bog‘liq ravishda o‘rganadilar. Tekshiruvlar ko‘rsatishicha, integral yondashuvni amalga oshirishga yordam beruvchi usul va vositalarga: ➢ Evristik suhbatlar. ➢ Umumiy suhbatlar. ➢ Ekskursiyalar. ➢ Ona tili, tabiatshunoslik darslarida kuzatishlar, badiiy asarlar materiallari asosida nutq o‘stirish uchun yozilgan ijodiy ishlar. ➢ Ta’limning ko‘rgazmali metodlari. ➢ Mustaqil ishlar. ➢ O‘qish, matematika darslarida og‘zaki rasm chizish. ➢ Imo-ishorali ko‘rinishlar (pantomimalar). ➢ Tabiatshunoslik darslarida tabiat tasvirlarini ifodali o‘qish. ➢ Ona tili darslarida tabiatshunoslikka oid diktantlar, matnlar yozish (shu sinfga tegishli orfogrammalarni takrorlagan holda). ➢ O‘lkashunoslik asosida matematik masalalarni hal qilish, yechish va boshqalar kiradi. Talimni tabaqalashtirish rad etilmaydigan uni toldiradigan integratsiya tizimini kiritish yaxlit dunyoqarashga, o‘zidagi bor bilimlarni mustaqil tartibga solish va turli muammolarni hal qilishga. noan’analarviy yondashish qobiliyatiga ega bo‘lgan bilimdon yoshlarni tarbiyalashga. an’analarviy predmetlarga bo‘lib o‘qitishga nisbatan ko‘proq yordam beradi. Taiimni integratsiya qilish mohiyati nimadan iborat? Ta’limga bog‘liq «integratsiya» tushunchasi ikki ma’noga ega: ➢ O‘quvchida atrofidagi olam to‘g‘risida yaxshi tasavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya – ta’lim maqsadi sifatida ko‘riladi). ➢ Predmetli bilimlarni yaqinlashtirish uchun umumiy platformani topish (bu yerda integratsiya – ta’lim vositasi)[3, 67]. Dizayn fikrlash — bu muammolarni hal etish jarayonida kreativ yondashuvni qo‘llashdir. Bu yondashuv o‘quvchilarga muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va innovatsion yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi. Ona tili ta’limida dizayn fikrlashni qo‘llash, o‘quvchilarga tilni faqat nazariy jihatdan o‘rganish emas, balki uni amaliyotda qo‘llash imkonini ham beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari shaxsiy rivojlanishning eng faol davrida bo‘lib, aynan shu bosqichda ularda nafaqat bilim va ko‘nikmalar, balki ijodiy tafakkur, muammoli vaziyatlarga yondashish qobiliyati, estetik
sezgirlik va dizayn fikrlashning dastlabki asoslari shakllanadi. Ta’lim jarayoniga dizayn fikrlash metodikasini integratsiya qilish esa nafaqat o‘quvchilarning mantiqiy va ijodiy tafakkurini uyg‘otadi, balki ularni XXI asr talablari — kreativlik, innovatsion yondashuv, hamkorlikda ishlash va muammoga yechim topish kompetensiyalariga tayyorlaydi. Ijodiy dizayn fikrlash o‘quvchilar ongida mavjud muammoni bir nechta nigoh bilan tahlil qilish, turli variantlar taklif etish, prototip yaratish va uni sinovdan o‘tkazish jarayonlari orqali shakllanadi. Boshlang‘ich ta’lim sharoitida bu jarayon bolalarning yosh xususiyatlariga mos tarzda soddalashtirilgan holda amalga oshirilishi zarur. Masalan, oddiy buyum yoki hodisani turli nuqtai nazardan ko‘rib chiqish (“Bir ob’ekt – besh nigoh” metodikasi), oddiy materiallardan (qog‘oz, plastilin, tabiiy resurslar) foydalanib yangi g‘oya yaratish, yoki o‘yin asosida prototip yasash orqali o‘quvchilarni ijodiy izlanishga jalb qilish mumkin [4, 217]. Zamonaviy Yondashuvlar 1. Interaktiv loyihalar: ✓ O‘quvchilarga turli fanlar bo‘yicha interaktiv loyihalar yaratish taklif etiladi. ✓ Masalan, o‘quvchilar o‘zlari tanlagan tarixiy shaxs haqida hikoya yozishlari va bu hikoyani san’at asari orqali tasvirlashlari mumkin. ✓ Bu yondashuv ularni yaratuvchanlik va fikrlashga undaydi. 2. Multimedia vositalaridan foydalanish: ✓ Video, audio va grafik materiallarni integratsiya qilish orqali o‘quvchilar uchun qiziqarli va ta’sirchan o‘quv muhitini yaratish mumkin. ✓ Masalan, o‘quvchilar o‘z hikoyalarini videoga aylantirish va ularni sinfda namoyish etishlari mumkin. 3. Boshqa fanlar bilan hamkorlik: ✓ Ona tili o‘qituvchilari boshqa fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ishlashlari mumkin. ✓ Masalan, san’at o‘qituvchisi bilan birgalikda o‘quvchilarga o‘z hikoyalarini yaratishda san’at asarlarini qo‘llab-quvvatlash imkonini berish. 4. Muammoli vazifalar: ✓ O‘quvchilarga haqiqiy hayotiy muammolarni hal qilish uchun vazifalar berish. ✓ Bu yondashuv o‘quvchilarni real hayotdagi muammolar bilan tanishtiradi va ularga yechimlar izlashga yordam beradi. ✓ Masalan, o‘quvchilar o‘z jamiyatlarida mavjud muammolarni aniqlash va ularga dizayn fikrlash yondashuvi orqali yechimlarni ishlab chiqishlari mumkin. 5. Tijorat va ijtimoiy loyihalar: ✓ O‘quvchilarga tijorat va ijtimoiy loyihalar yaratish orqali o‘z fikrlarini amalga oshirish imkonini berish. ✓ Bunday loyihalar o‘quvchilarning jamoaviy ish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. ✓ Ular o‘z g‘oyalarini muhokama qilish, baham ko‘rish va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Ona tili ta’limida fanlararo integratsiya orqali dizayn fikrlashni o‘rgatish, o‘quvchilarga ko‘p jihatdan foyda keltiradi. Bu yondashuv o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ularni muammolarni hal qilishda innovatsion yondashuvlarga undaydi va tilni amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratadi. Zamonaviy ta’lim jarayonlarida bunday integratsiya muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘quvchilarning umumiy bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa, ona tili ta’limida fanlararo integratsiya orqali dizayn fikrlashni o‘rgatish — bu o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy va kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi samarali metodik yondashuvdir. Integratsiyalashgan ta’lim mazmuni o‘quvchilarga til o‘rganishda chuqurroq tushuncha hosil qilish, uni real hayotiy holatlar bilan bog‘lay olish, hamkorlikda ishlash va turli muammolarga innovatsion yechim topish imkoniyatini beradi. Dizayn fikrlashni joriy etish esa XXI asr talablari asosida kompetent shaxsni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada taqdim etilgan interaktiv loyihalar, multimedia vositalari, fanlararo hamkorlik, muammoli vazifalar va ijtimoiy-tijorat loyihalari kabi yondashuvlar o‘quvchilarni ijodiy o‘ylashga va amaliy faoliyatga jalb etishga xizmat qiladi. Mavzudan kelib chiqqan takliflarimiz quyidagicha: Ona tili ta’limi dasturlariga dizayn fikrlash elementlarini kiritish: Dars jarayonlarida turli nuqtai nazardan fikr yuritish, muammo yechish va innovatsion yondashuvlar asosida topshiriqlar berilishi lozim.
Fanlararo hamkorlikni kuchaytirish: Ona tili o‘qituvchilari tarix, geografiya, san’at kabi fan o‘qituvchilari bilan birgalikda integratsiyalashgan darslar tashkil etishlari tavsiya etiladi. Dizayn fikrlashni rag‘batlantiruvchi interaktiv metodikalarni keng joriy etish: Auksion dars, hamkorlik darsi, ijodiy laboratoriyalar kabi interaktiv dars shakllaridan faol foydalanish lozim. Multimedia va raqamli vositalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish: O‘quvchilarning o‘z loyihalarini videolavhalar, raqamli hikoyalar orqali ifodalashi ta’lim samaradorligini oshiradi. Pedagog kadrlar malakasini oshirish: Integratsiyalashgan ta’lim va dizayn fikrlash metodikasini o‘rgatuvchi maxsus seminar va treninglar o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Tajriba maktablari tashkil etish: Dizayn fikrlash va integratsiyalashgan ta’lim asosida faoliyat yurituvchi maktablar orqali tajribani keng yoyish mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Abdiraimova Xusnobod. BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI O‘QITISH DARSLARIDA INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIM JARAYONINI MUHIMLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI. B 20. in-academy.uz/index.php/si 2. Qurbonova Baxtigulxon Qo‘chqarbayevna, 2Ergasheva Ziyodaxon Baxodir qizi 1FarDU dotsenti, pedagodika fanlari doktori, 2FarDu magistranti. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR VOSITASIDA O‘QUVCHILAR AQLIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS” April 26, 2024. 3. N.A. VALIYEVA. FANLARARO INTEGRATSIYA. (Boshlang‘ich tа’lim yо‘nаlishi tаlаbаlаri uchun о‘quv qо‘llаnmа). – T.: “Kreativ fikrlash nashriyot matbaa uyi”, – Toshkent, 2025, 184 b. 4. N.A. VALIYEVA. MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI II. (Boshlang‘ich tа’lim yо‘nаlishi tаlаbаlаri uchun о‘quv qо‘llаnmа). – T.: “Kreativ fikrlash nashriyot matbaa uyi”, – Toshkent, 2025, 258 b.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Abdiraimova Xusnobod. BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI O‘QITISH DARSLARIDA
- INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIM JARAYONINI MUHIMLIGI. ILM-FAN VA INNOVATSIYA
- ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI. B 20. in-academy.uz/index.php/si
- Qurbonova Baxtigulxon Qo‘chqarbayevna, 2Ergasheva Ziyodaxon Baxodir qizi 1FarDU dotsenti, pedagodika fanlari doktori, 2FarDu magistranti. INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR VOSITASIDA
- O‘QUVCHILAR AQLIY FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI. INTERNATIONAL
- SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION:
- PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS” April 26, 2024.
- N.A. VALIYEVA. FANLARARO INTEGRATSIYA. (Boshlang‘ich tа’lim yо‘nаlishi tаlаbаlаri uchun о‘quv qо‘llаnmа). – T.: “Kreativ fikrlash nashriyot matbaa uyi”, – Toshkent, 2025, 184 b.
- N.A. VALIYEVA. MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASI II. (Boshlang‘ich tа’lim yо‘nаlishi tаlаbаlаri uchun о‘quv qо‘llаnmа). – T.: “Kreativ fikrlash nashriyot matbaa uyi”, – Toshkent, 2025, 258 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011285
- Nashr sanasi
- 2025-12-05
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/285
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 126–130
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25