Asosiy mazmunga o‘tish

RASMIIY NUTQNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI (NEMIS TILI MISOLIDA)

Kaharova Mavluda MukaramovnaFarg‘ona davlat universiteti professori, f.f.n2025

Konferensiyalar“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiJild 1Son 4Sahifa 124–126

Annotatsiya

maqolada nemis tilidagi rasmiy nutqning (Amtssprache) leksik-semantikxususiyatlari tahlil qilinadi. Rasmiy uslubning ijtimoiy-lingvistik vazifasi aniqlik, neytrallik vame‘yoriylikni ta‘minlashdan iborat. Tadqiqotda Fachwörter (sohaviy terminlar), Nominalstil (otli ifodalar)va Funktionsverbengefüge (funksional fe‘l birikmalari) rasmiy nutqning asosiy tarkibiy qismlari sifatidako‘rib chiqiladi. Shuningdek, matnlarda passiv tuzilmalar, predloglar (gemäß, hinsichtlich, betreffend) vasinonimik cheklovlarning roli tahlil etiladi. Rasmiy nutqning lingvistik o‘rganilishi tarjima, til siyosati vanemis tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa tillarda

ruschaЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ФОРМАЛЬНОЙ РЕЧИ (НА ПРИМЕРЕ НЕМЕЦКОГО ЯЗЫКА)

В статье анализируются лексические и семантические особенности официальной речи (Amtssprache) на немецком языке. Социолингвистическая функция официального стиля заключается в обеспечении ясности, нейтральности и нормативности. В исследовании рассматриваются Fachwörter (специализированные термины), Nominalstil (именные выражения) и Funktionsverbengefüge (функциональные глагольные сочетания) как основные компоненты официальной речи. Также анализируется роль пассивных конструкций, предлогов (gemäß, hinsichtlich, betreffend) и синонимических ограничений в текстах. Лингвистическое исследование официальной речи имеет большое значение для перевода, языковой политики и методики преподавания немецкого языка.

inglizchaLEXICAL-SEMANTIC FEATURES OF FORMAL SPEECH (ON THE EXAMPLE OF GERMAN)

The article analyzes the lexical and semantic features of official speech (Amtssprache) in German. The sociolinguistic function of official style is to ensure clarity, neutrality, and normativity. The study examines Fachwörter (specialized terms), Nominalstil (noun expressions), and Funktionsverbengefüge (functional verb combinations) as the main components of official speech. The role of passive structures, prepositions (gemäß, hinsichtlich, betreffend) and synonymous restrictions in texts is also analyzed. The linguistic study of official speech is of great importance in translation, language policy, and German language teaching methodology.

Kalit so‘zlar

  • rasmiy nutq
  • leksik-semantik xususiyatlar
  • Amtssprache
  • Fachwörter
  • Nominalstil
  • Funktionsverbengefüge
  • rasmiy uslub
  • til madaniyati
  • neytrallik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

RASMIIY NUTQNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI (NEMIS TILI MISOLIDA)

Kaxarova Mavluda Mukaramovna Farg‘ona davlat universiteti professori, f.f.n.

Annotatsiya: maqolada nemis tilidagi rasmiy nutqning (Amtssprache) leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Rasmiy uslubning ijtimoiy-lingvistik vazifasi aniqlik, neytrallik va me’yoriylikni ta’minlashdan iborat. Tadqiqotda Fachwörter (sohaviy terminlar), Nominalstil (otli ifodalar) va Funktionsverbengefüge (funksional fe’l birikmalari) rasmiy nutqning asosiy tarkibiy qismlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, matnlarda passiv tuzilmalar, predloglar (gemäß, hinsichtlich, betreffend) va sinonimik cheklovlarning roli tahlil etiladi. Rasmiy nutqning lingvistik o‘rganilishi tarjima, til siyosati va nemis tili o‘qitish metodikasida muhim ahamiyat kasb etadi. Kalit so‘zlar: rasmiy nutq, leksik-semantik xususiyatlar, Amtssprache, Fachwörter, Nominalstil, Funktionsverbengefüge, rasmiy uslub, til madaniyati, neytrallik.

ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ОФИЦИАЛЬНОЙ РЕЧИ (НА ПРИМЕРЕ НЕМЕЦКОГО ЯЗЫКА)

Аннотация: в статье исследуются лексико-семантические особенности официальной речи (Amtssprache) немецкого языка. Официальный стиль рассматривается как средство точной и нейтральной коммуникации. Анализируются ключевые элементы – Fachwörter, Nominalstil и Funktionsverbengefüge, обеспечивающие ясность и однозначность высказывания. Отмечается роль пассивных конструкций, предлогов gemäß, hinsichtlich, betreffend и ограниченной синонимии.

Подчеркивается значение официальной речи для перевода, языковой политики и методики преподавания немецкого языка как иностранного. Ключевые слова: официальная речь, лексико-семантические особенности, Amtssprache, Fachwörter, Nominalstil, Funktionsverbengefüge, официальный стиль, языковая культура, нейтральность.

LEXICAL AND SEMANTIC FEATURES OF OFFICIAL SPEECH (ON THE EXAMPLE OF THE GERMAN LANGUAGE)

Abstract: the article explores the lexical and semantic features of German official language (Amtssprache). The official style is viewed as a means of precise and neutral communication. Core elements such as Fachwörter, Nominalstil, and Funktionsverbengefüge are analyzed as key markers of semantic clarity. The study also discusses the use of passive constructions, prepositions (gemäß, hinsichtlich, betreffend), and limited synonymy. It concludes that official language plays an essential role in translation, language policy, and teaching methodology of German as a foreign language. Keywords: official speech, lexical-semantic features, Amtssprache, Fachwörter, Nominalstil, Funktionsverbengefüge, official style, linguistic culture, neutrality.

Zamonaviy ijtimoiy hayotda rasmiy nutq (Amtssprache) jamiyatning siyosiy, huquqiy va ma’muriy tizimlarida aloqa vositasi sifatida alohida o‘rin tutadi. U davlat boshqaruvi, diplomatik yozishmalar, qonun hujjatlari, muassasalararo munosabatlar hamda ijtimoiy institutlar faoliyatida kommunikativ barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Nemis jamiyatida Amtssprache faqat ma’muriy muloqot vositasi emas, balki nutq madaniyatining muhim ko‘rinishi sifatida ham qaraladi [3.67]. Rasmiy nutqning asosiy ijtimoiylingvistik vazifasi ma’lumotni aniqlik, neytrallik va obyektivlik bilan ifodalashdir. Shu jihatdan, nemis tilidagi rasmiy uslub kommunikativ intizomni, til madaniyatining me’yoriy shaklini va ijtimoiy mas’uliyatni ifodalaydi. Nemis tili tizimida rasmiy nutqning shakllanishi tarixan davlat boshqaruvi va huquqiy soha bilan bog‘liq bo‘lib, Kanzleisprache (idoraviy til) dan Amtssprache (rasmiy til)ga aylanish jarayonida aniq terminologiya, leksik standartlar va grammatik modellar mustahkamlangan [5.103]. Bugungi kunda nemis rasmiy nutqi Yevropa Ittifoqi doirasida ham integrativ kommunikatsiya vositasi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib, u madaniyatlararo muloqotda aniqlik va me’yorlikni kafolatlaydi. Nemis rasmiy nutqining leksik qatlamida asosan Fachwörter (sohaviy terminlar), Nominalstil (otli ifoda shakli) va Funktionsverbengefüge (funksional fe’l birikmalari) ko‘p qo‘llaniladi. Mazkur ifodalar aniq chegaralarni ta’minlab, semantik ikkiyoqlamalikni kamaytirishini kuzatish mumkin. Masalan, in Kraft treten (kuchga kirmoq), zur Verfügung stellen (ixtiyoriga berilmoq), zur Kenntnis nehmen (ma’lumot uchun qabul qilmoq) kabi birliklar rasmiy nutqning tipik frazeologizmlaridir. Ular semantik jihatdan qat’iy, konnotativ ma’nosiz, emotsional neytral birliklar bo‘lib, Denotation tamoyiliga asoslanadi [1.78]. Rasmiy matnlarda shaxsiy olmoshlar, emotsional baholovchi birliklar va og‘zaki ifodalar deyarli ishlatilmaydi. Ich (men)yoki wir (biz)o‘rniga man, die Behörde (rasmiy boshqaruv organi,), das Ministerium (Vazirlik) kabi jamoaviy subyektlar ishlatiladi. Bu holat rasmiy nutqning obyektivlik tamoyilini aks ettiradi. Duden tahririyatining qayd etishicha, rasmiy nutqda “aniqlik, qisqalik, neytrallik va stilistik intizom” (Präzision, Kürze, Neutralität, Stilstrenge) asosiy mezonlar hisoblanadi [2.207]. Nemis rasmiy nutqi semantische Neutralität — ma’no betarafligi tamoyiliga tayangan holda shakllanadi. Bu uslubda har bir so‘zning denotativ (bevosita) ma’nosi muhim, konnotativ (ko‘chimli yoki emotsional) ma’no esa istisno holatlarda qo‘llaniladi. Masalan, Beschluss fassen (qaror qabul qilish) birikmasida har bir leksik birlikning semantik chegarasi aniq va funksionaldir. Bunday birliklar semantik jihatdan lexikalische Festigkeit (barqarorlik) va Bedeutungseindeutigkeit (ma’no yagonaligi) tamoyillariga bo‘ysunadi. Metaforik yoki tasviriy birliklar (bildhafte Ausdrücke) rasmiy uslubda cheklanadi, chunki ular subyektiv bahoni kiritadi. Verwaltungssprache (idoraviy nutq)da metaforik ifodalar o‘rniga aniq terminlar tanlanadi. Masalan, Maßnahmen ergreifen(choralar ko‘rmoq) o‘rniga Schritte unternehmen (harakatga kirishmoq)ishlatilmaydi, chunki u so‘zlashuv nutqiga xosdir. Röhrich ta’kidlaganidek, rasmiy uslub “tilning tejamkorligi” (Sprachökonomie) va “me’yoriy semantika” (normative Semantik) asosida tashkil topadi [4.3012].

Nemis rasmiy nutqining sintaktik tuzilmasi ko‘pincha nominal shaklga asoslangan. Masalan, Die Umsetzung des Projektes erfolgt gemäß den Vorschriften (Loyiha belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq amalga oshirilmoqda). Bu kabi jumlalar axborot berishni oshiradi va subyektiv niyatni kamaytiradi. Rasmiy matnlarda Passivkonstruktionen (passiv tuzilmalar) keng qo‘llanadi. Masalan, Der Antrag wird geprüft (Ariza ko‘rib chiqilmoqda), Das Gesetz wurde verabschiedet (Qonun qabul qilindi) kabilar. Leksik-semantik jihatdan Konnektoren (bog‘lovchi birliklar) – gemäß, hinsichtlich, betreffend, im Falle von (ga muvofiq, asosida, binoan, bo‘yicha) matnlarni mantiqiy bog‘lab, argumentativ strukturaning aniqligini ta’minlaydi. Ular yordamida matnning ichki bog‘liqligi kuchayishini kuzatish mumkin. Brinker rasmiy nutqni “ma’lumotni minimal tafovut bilan yetkazuvchi kommunikativ model” sifatida ta’riflaydi [1.119]. Rasmiy uslubda sinonimiya juda chegaralangan, chunki sinonimlarning semantik soyasi har doim ma’lum xissiy yoki stilistik rangga ega bo‘ladi. Masalan, kündigen (rasmiy bekor qilish) o‘rniga aufheben (bekor qilmoq)yoki streichen (bekor qilmoq) ishlatilsa, ma’no noaniqligi yuzaga keladi. Shu sababli, rasmiy nutqda so‘z tanlovi semantik minimallashtirishga asoslanadi. Weinrich fikricha, rasmiy nutqda “denotativ qatlam ustun, konnotativ qatlam esa turg‘unlashtirilgan holda mavjud”. Bunday qatlamlilik rasmiy kommunikatsiyada muloqot ishonchliligini oshiradi [5.69]. Nemis rasmiy nutqi o‘zining leksik-semantik tizimi, grammatik modeli va stilistik intizomi bilan kommunikativ madaniyatning eng yuqori shaklini ifodalaydi. U davlat boshqaruvi, huquqiy tizim va diplomatik muloqotda aniqlik, betaraflik va normativlikni ta’minlaydi. Rasmiy nutqdagi Fachwortschatz (terminlar tizimi), Nominalstil (harakatni ot bilan ifodalash) va Funktionsverbengefüge(fe’lning asosiy ma’nosini otga yuklash) birliklari semantik jihatdan barqaror, hissiy jihatdan neytral va kommunikativ jihatdan samaralidir. Nemis tilshunosligi doirasida rasmiy nutqni o‘rganish natijalari til siyosatini takomillashtirish, rasmiy hujjatlar tarjimasi va nemis tili o‘qitish metodikasini boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, rasmiy uslubni lingvistik tahlil qilish nafaqat til tizimini, balki ijtimoiy muloqot madaniyatini ham chuqurroq tushunish imkonini beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Brinker, K. Linguistische Textanalyse: Eine Einführung in Grundbegriffe und Methoden. Berlin: de Gruyter.1980
  2. Duden Redaktion. Duden – Die Grammatik. Mannheim: Dudenverlag.2009
  3. Glück, H. Metzler Lexikon Sprache. Stuttgart: Metzler.2010
  4. Röhrich, L. Lexikon der sprichwörtlichen Redensarten. Freiburg: Herder.1991
  5. Weinrich, H. Textgrammatik der deutschen Sprache. Stuttgart: Klett.1993
  6. Botirova Sevara Mamurovna, Tursunov Ramziddin Abdixalil o‘g‘li. (2025). maʼnaviy barkamol yoshlar yangi oʻzbekiston bunyodkori. maʼnaviy barkamol yoshlar yangi oʻzbekiston bunyodkori, 1(1), 98-

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011284
Nashr sanasi
2025-12-05
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“Ilm-fan, texnologiya va ta‘limda yangi paradigmalar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Jild
1
Son
4
DOI
10.66073/refocus-conf/284
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
124–126
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25