Konferensiya maqolasi
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
1 582 natija
Konferensiya maqolasi
1 582 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIGIT EKISH MUDDATLARI VA MINERAL O‘G‘IT ME‘YORLARINING TUPROQ HAJM MASSASIGA TA‘SIRI
Sh.Kh. Kholmuminov · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Tadqiqotlarga ko‘ra, 5-10 aprelda ekilgan o‘rta va ingichka tolali g‘o‘za navlarida mineral o‘g‘itlarni oshirilgan me‘yorda qo‘llash tuproq strukturasini yaxshilagan. Mavsum oxirida tuproqning hajm massasi 1,36-1,40 g/sm³ bo‘lib, bu ko‘rsatkich 20-25 mart va 20-25 aprelda ekilgan variantlarga nisbatan 0,01-0,02 g/sm³ ga kam ekani aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN BO‘Z TUPROQLAR UNUMDORLIGINI OSHIRISHDA GIBRID MELIORANTLAR VA SIRT FAOL MODDALARNING QO‘LLANILISHI
Saburov Shadibek Urazbay uli, Eshqurbanov Furqat Bozorovich, Hamidov Azim Panji oglu, Abdullayeva Raykhona Ilhom qizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu tadqiqotda sho‘rlangan bo‘z tuproqlar unumdorligini qayta tiklashda gibrid meliorantlar va sirt faol moddalarni qo‘llashning meliorativ samaradorligi tahlil qilingan. Sho‘rlangan tuproqlarda organik moddalar degradatsiyasi va gumus mineralizatsiyasi muammosi asosiy to‘siq sifatida ko‘rsatilgan. Muallifning kompleks hosil qiluvchi ionitlar va polimer sorbentlar sohasidagi ilmiy ishlariga tayanib, Xovdak bentonitining gumin kislotalarini barqarorlashtirish mexanizmi yoritilgan. Taklif etilayotgan gibrid tizim tuproqning sorbsion xossalarini yaxshilash va ekinlarning (bug‘doyning "Grom" navi) barqaror rivojlanishi uchun qulay biokimyoviy muhit yaratish imkonini beradi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
YER MAYDONLARINING MELIORATIV HOLATINI MONITORING QILISHDA GEOAXBOROT TIZIMLARINING ROLI.
Khaitov Islam Nurboy oglu, Mamatkulov Zohid Jonqobilovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Yer maydonlarining meliorativ holatini monitoring qilishda zamonaviy geoaxborot texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. GAT texnologiyalari yordamida sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanish darajasi, yer osti suvlari sathi, tuproq namligi hamda drenaj tizimlarining holatini baholash imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotda masofadan zondlash ma‘lumotlari, raqamli xaritalar va fazoviy tahlil usullaridan foydalanish orqali meliorativ jarayonlarni tezkor va aniq monitoring qilish mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, masofadan zondlash ma‘lumotlari va geoma‘lumotlar bazalari asosida yerlarning degradatsiya jarayonlarini aniqlash hamda meliorativ tadbirlarni rejalashtirish samaradorligini oshirish masalalari tahlil etiladi. GAT texnologiyalari orqali vaqt bo‘yicha dinamik kuzatuv olib borish, muammoli hududlarni aniqlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonini optimallashtirish mumkinligi asoslab beriladi. Natijada, geoaxborot tizimlari yer resurslaridan oqilona foydalanish, ularning meliorativ holatini yaxshilash va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda samarali vosita ekanligi xulosa qilinadi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
LABORATORIYA SHAROITIDA INOKULYATSIYA QILINGAN NO‘XAT URUG‘INING UNUVCHANLIGI VA O‘SISH INDIKATORLARI (Zabardast) navi misolida)
Khayitbaeva Nodira Alimkulovna, Mamatkulov Ikrom Shavkatovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada no‘xatning “Zabardast” navi urug‘larini mikroelementlar bilan boyitilgan biologik faol “BIOVAK-Y24” preparati bilan inokulyatsiya qilishning laboratoriya sharoitida unuvchanlik va ildiz rivojlanishiga ta‘siri o‘rganildi. Tajribalar Petri chashkalarida uch martalik takrorlanishda o‘tkazilib, natijalar nazorat varianti bilan taqqoslandi. Natijalarga ko‘ra, preparatning 5 l/t dozasi eng samarali bo‘lib, urug‘ unuvchanligi va ildiz ko‘rsatkichlarini sezilarli oshirdi. Tadqiqot natijalari biologik faol o‘g‘itlarning maqbul dozasini tanlash va no‘xatdan yuqori hamda barqaror hosil olishda amaliy ahamiyatga ega.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SARALANGAN BIR CHIGITLI PAXTALARDAN OLINGAN URUG‘LIK CHIGITLARNING UNUVCHANLIGINI ANIQLASH NATIJALARI
Utegenov Usnatdin · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada nazorat va takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligini aniqlash natijalari keltirilgan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, takomillashtirilgan triboelektrik qurilmada saralangan bir chigitli paxtalardan olingan urug‘lik chigitlarning laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanligi nazoratga nisbatan, mos ravishda, 16,0 va 18,0 foizga yuqori bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lik chigitlar olingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
CHIMBOY TUMANIDA SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-ALLUVIYAL TUPROQLARINING SHO‘RLANISH DARAJASI VA TUZLAR ZAXIRASINI EKOLOGIK-MELIORATIV BAHOLASH
Khojasov Allamurat, Sayimbetov Alisher, Khojasov Muratbek Allamuratovich, Saginbaeva Ulmeken Duysengali kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Mazkur maqolada Chimboy tumani sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlarining sho‘rlanish darajasi va tipologik xususiyatlari dala hamda laboratoriya tadqiqotlari asosida tahlil qilingan. Hududdagi 460,4 ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 91,4 foizi turli darajada sho‘rlanganligi aniqlanib, sho‘rlanish darajalari kesimida kuchsiz, o‘rtacha, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan maydonlar ulushi ilmiy asosda yoritilgan. Natijalarda, tuproqlarning quruq qoldiq, anion va kation tarkibi bo‘yicha sezilarli farqlanishlari aniqlanib, ularning asosan xlorid-sulfatli, sulfat-xloridli va sulfatli sho‘rlanish tiplari ustunligi qayd etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA AMARANT O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI
Turdyshev Bekmurat Khojamuratovich, Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich, Berdikeev Baymurza Bekmurzaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida amarant o‘simligini yetishtirish agrotexnologiyasi keltirilgan. Bunda o‘simlikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, ekishga urug‘ni tayyorlash va ekish usullari, biologiyasi, kultivatsiya, oziqlantirish, sug‘orish me‘yorlari, zararkunandalarga qarshi kurash choralari, silos tayyorlash va saqlash hamda hosilni yig‘ib olish usullari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHO‘RLANGAN TUPROQLARI SHAROITIDA SIDERAT EKINLARNING ORGANIK QOLDIQLARI TARKIBIDA OZIQA MODDALARNING MIQDORI
Ismailov Uzagbay Embergenovich, Tolibekov Islambek Makhsetovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘rlangan tuproqlari sharoitida siderat ekinlarning bir, ikki va uch komponentli aralashmasi va unga qo‘shimcha gung qo‘llashi orqali tuproq tuproqga qoldirgan organik qoldiqlari kimyoviy tarkibi sharhlangan. Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun tuproqda ko‘plab oziq moddalar bo‘lishi talab etiladi. Ular tuproqda turli shakllarda, asosan mineral va organik holatda bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sideratsiya sifatida foydalanish ahamiyati katta. Ko‘p yillik tadqiqotlarga ko‘ra, o‘simliklarning qoldiqlari (poya, barg, ildiz va b.) tuproqda qancha ko‘p qolsa tuproqning organik qismi shuncha yaxshilanadi. Siderat ekinlarning tuproqda qoldirgan ildiz, angiz, poya xosili kimyoviy tarkibi o‘rganildi.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQLARDA BAHORGI BUG‘DOYNI EKISHNING OPTIMAL MUDDATLARINI BELGILASH
Ismailov Makhsetbay Enbergenovich, Yuldashova Nazira Bazarbay kizi · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Janubiy Orolbo‘yi (Qoraqalpog‘iston) hududining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi tuproqlari sharoitida bahorgi yumshoq bug‘doyning “Semurg‘”, “Janub gavhari” va “Saratovskaya-29” navlarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta‘siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ekish muddati kechikishi bilan dala unuvchanligi 7-8% ga, hosildorlik esa 15% dan 35% gacha kamayadi. Mintaqa uchun eng maqbul ekish muddati mart oyining birinchi yarmi ekanligi aniqlangan. Eng yuqori hosildorlik ko‘rsatkichi “Saratovskaya-29” navida (41,6 s/ga) qayd etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KONIMEX TABIIY GEOGRAFIK RAYONI TUPROQLARIDAGI ZAHARLI VA ZAHARSIZ TUZLAR TAHLILI
Kilichova Nazokat Akhmedovna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada Konimex tabiiy geografik rayonida tarqalgan sug‘oriladigan qumli cho‘l va sug‘oriladigan tuproqlar tarkibidagi zaharli va zaharsiz tuzlarning miqdoriy nisbati hamda ularning profil bo‘ylab taqsimlanish qonuniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotlar davomida tuzlarning toksiklik darajasi va ularning madaniy o‘simliklarga ta‘siri o‘rganilgan. Aniqlanishicha, o‘rganilgan hududlarda o‘ta zaharli tuz – soda (Na2CO3) uchramaydi, biroq umumiy tuzlar miqdorida boshqa zaharli tuzlar ulushi 13% dan 94% gachani tashkil etadi. Sug‘orma dehqonchilikka tortilgan maydonlarda 2015 va 2023 yillardagi olingan ko‘rsatkichlar qiyoslanganda, sug‘orish va sho‘r yuvish tadbirlari natijasida zaharli tuzlar tuproq profilining quyi qatlamlarida (100-200 sm) akkumulyatsiyasi kuzatilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHIRIN QALAMPIR MOSLANUVCHAN NAVLARINI TURLI O‘G‘ITLASH VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLAR ME‘YORLARIDA HOSIL SHAKLLANISHI VA HOSILDORLIGI
Islamov A.J., Ostonokulov T.E. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada shirin qalampir ajratilgan moslanuvchan navlarini turli organomineral o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me‘yorlarini birgalikda qo‘llanilganda o‘sishi, rivojlanishi, palak, ildiz tizimi va barg sathi shakllanishi, fotosintetik faolligi, mahsuldorlik va hosildorlikka ta‘sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ASOSIY EKIN SIFATIDA MOSLANUVCHAN POMIDOR NAV VA DURAGAYLARINI TURLI O‘G‘ITLASH ME‘YORLARI VA O‘STIRUVCHI STIMULYATORLARDA HOSILDORLIGI VA BIOKIMYOVIY TARKIBI
Ostonakulov T.E., Toychiyev Sh.Sh., Berdanov A.A. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada asosiy ekin sifatida pomidor ajratilgan moslanuvchan nav(duragay)lari turli o‘g‘itlar va o‘stiruvchi stimulyatorlar me‘yorlarida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tupning, barg sathi, paykalning fotosintetik potensialining shakllanishi xususiyatlari, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, hosildorligi, biokimyoviy tarkibi va sifatini o‘rganish yakunlari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TAKRORIY EKIN SIFATIDA BODRING AJRATILGAN DURAGAYLARI TURLI EKISH TARTIBI VA O‘G‘IT ME‘YORLARIDA O‘STIRILGANDA BARG SATHI SHAKLLANISHI, PAYKALNING FOTOSINTETIK POTENSIALI VA HOSILDORLIGINI O‘RGANISH
Meylieva H.Sh., Ostonakulov T.E. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada takroriy ekin sifatida ekilgan bodring ajratilgan moslanuvchan Record F1 va Fontina F1 duragaylari turli o‘g‘it me‘yorlari, ekish tartibi va tup qalinligida o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi shakllanishi, paykalning fotosintetik potensiali va uning faolligi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va hosildorligini o‘rganish natijasida bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
SHIRIN QALAMPIR NAV VA DURAGAYLARINI O‘SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGI BO‘YICHA O‘RGANISH NATIJALARI
Rasulov F.F., Ostonakulov T.E., Islamov A.J. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada Qashqadaryo viloyati sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida shirin qalampir nav va duragaylar to‘plamini o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, palak, ildiz tizimi shakllanish xususiyatlari, paykal fotosintetik potensiali, mahsuldorlik elementlari, hosildorlik, moslanuvchanlik imkoniyati va koeffitsienti, hosilning biokimyoviy tarkibi va sifati bo‘yicha o‘rganish natijalari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
TAKRORIY EKIN SIFATIDA POMIDOR NAV VA DURAGAYLAR TO‘PLAMINING O‘SISHI, PALAK VA ILDIZ SHAKLLANISHI HAMDA HOSILDORLIK BO‘YICHA BAHOLASH
Ostonakulov T.E., Toychiyev Sh.Sh., Shamsiyev A.A. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada pomidor nav-duragaylar to‘plamini takroriy ekin sifatida o‘stirilganda o‘sishi, rivojlanishi, tup, palak va barg sathining shakllanish xususiyatlari, paykalning fotosintetik potensiali va hosildorligini o‘rganish yakunlari bayon etilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
ASOSIY VA TAKRORIY EKINLAR SIFATIDA O‘STIRILGANDA BODRING DURAGAYLARINING O‘SISHI VA HOSILDORLIGI
Ostonakulov T.E., Meyliyeva H.Sh., Umirova D.M. · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Maqolada bodring 11 ta duragaylarini asosiy va takroriy ekinlar sifatida o‘sishi, rivojlanishi, barg sathi, palak va ildiz massasi, paykal fotosintetik potensiali shakllanishi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va hosildorligini o‘rganish natijalari keltirilgan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
INGICHKA TOLALI G‘O‘ZANI QURUQ MASSA TO‘PLASHIGA MAKRO-MIKRO O‘G‘ITLARNI TOMCHILATIB SUG‘ORISHDA QO‘LLASHNING TA‘SIRI
Karamirzaev Yomgir Khudoynazarovich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Sug‘oriladigan taqir-o‘tloqi tuproqlar sharoitida tomchilatib sug‘orishda makro va mikroo‘g‘itlarni qo‘llashning ingichka tolali g‘o‘zani quruq massa to‘plashiga ta‘siri aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNJUT O‘SIMLIGINING XALQ XO‘JALIGIDA AHAMIYATI
Mambetnazarov Yesen Biysenbaevich, Shadenova Bibiruza Turaevich · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Kunjut (Sesamum indicum L.) dunyodagi eng qadimiy moyli ekinlardan biri bo‘lib, yuqori moyliligi, oziqaviy qimmati va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan ajralib turadi. Mazkur maqolada kunjut (Sesamum indicum L.) o‘simligining kelib chiqishi, botanik xususiyatlari, agrobiologik talablari, kimyoviy tarkibi va xo‘jalik ahamiyati tahlil qilingan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
KUNGABOQARNING TUPROQDAGI OZIQA ELEMENTLARIGA TA‘SIRINI O‘RGANISH
Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich, Saparova Ziyoar Musaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada kungaboqarning tuproqtagi oziqa elementlariga ta‘siri keltirilgan. Bunda kungaboqar ekilgan maydonda tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlaridan tuproq namunalari olinib tuproqtagi azot, fosfor va kaliyning umumiy miqdorini mavsum boshida va oxirida aniqlash maqsadida laboratoriya tahlillari olib borilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra ekish oldi olingan dala tuprog‘ining ozuqa elementlariga nisbatan kungaboqar hosili yig‘ib olinganidan keyin olingan agrokimyoviy tahlillarda biroz kamayganligi aniqlangan.
- Ochiq kirishKonferensiya maqolasi
QORAQALPOG‘ISTON SHAROITIDA KUNGABOQARNING TUPROQDAGI OZIQA MODDALARIGA TA‘SIRI
Seytbaev Rao‘aj Sarsenbaevich, Saparova Ziyoar Musaevna · “SHIMOLIY MINTAQALARDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI VA ULARNING INNOVATSION ECHIMLARI” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjuman. · 2026
Ushbu maqolada kungaboqarning tuproqtagi oziqa moddalarga ta‘sirining tahlil natijalari keltirilgan. Bunda kungaboqar ekinidan keyin gumusning miqdori tuproqning 0-30 sm qatlamida 0.02 % dan 0,10 % gacha tuproqning 30-50 sm qatlamida esa 0,09 % gacha kamayganligi aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida kungaboqar ekilgan maydondagi tuproqlarning tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘lishi aniqlangan.